Файл: zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 07.12.2023
Просмотров: 173
Скачиваний: 2
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari.O`zbekistondagi inflyatsiya bu mustakil O`zbekiston zaminida vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobik SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iktisodiy sababi davlat boshkaruvida iktisodga nisbatan siyosatga kup e`tibor berganidadir. Natijada ishlab chikarish sur`tlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo`lib, tovarlarni ishlab chikarish uchun ko`p xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past baxoda sotilgan. Fark davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baxolarga o`tish natijasida (ozik ovkat va yokilgi resurslardan tashkari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur`atlar bilan rivojlanib ketdi.SHu tufayli O`zbekistondagi inflyatsiya sobik SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSR da, jumladan O`zbekistonda 90 - yillardagi inflyatsiyasining asosiy sabablari: - iktisodiy muvozanatning yo`kligi, ishlab chikarish sur`atlarining tushib ketishi natijasida rejali iktisodiyotdagi inkiroz; -maxsulotlar sifatining, mexnat unumdorligining pastligi; -ishlab chiqarishda xarajatlar salmg’gining oshib ketishi, bexuda sarflar, iktisod printsiplariga rioya qilmaslik va boshkalar xisoblanadi..Undan tashqari rivojlangan bozor sharoitiga o`tmasdan turib baxolarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba`zi bo`limlarining yakka xukmronlik o`rnatishi, baxolarni xoxlagacha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarining noto`g’ri olib borish, iktisodning “dollarlashuvi”, “rubl’ zona” sining emirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi: – ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga to`g’anoq bo`ladi. – kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o`tadi. CHunki ishlab chiqarishdan ko`ra, savdo sohasidagi kapital tezroq va ko`proq foyda keltiradi; – baholarning o`zgarib turishi olibsotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi; – kredit berish jarayonlari cheklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadiyu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin; – davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy ahvoli yomonlashadi. Ularning real daromadlari kamayadi. Nominaldaromadning baholar o`sishidan tushishi natijasida aholining turmush darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi jamg’armalarining qadrsizlanishiga olib keladi. Inflyatsiya aholi ba`zi qatlamlarining (savdosotiq sohasida) boyishiga olib keladi.7.1-rasm.Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va soliqlarni indeksatsiya qilib boradi. 2020–2021 yillarda tarkibiy islohotlardan ko`zlangan natijalar tobora ko`rinib borishi bilan iqtisodiyotdagi cheklovlar kamayib boradi, bu o`z o`rnida narxlarga taklif tomonidan keladigan bosimning pasayib borishiga imkon yaratadi. Bu, birinchi navbatda, davlat korxonalari islohoti va iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqobat muhiti kuchayishi bilan bog’liq.YUqorida qayd etilgan sharoitlarning ta`minlanishi hamda tashqi muhitning barqarorligi 2020 yil oxiriga yillik inflyatsiya darajasining 10–12 foiz oralig’ida bo`lishiga sharoit yaratadi.Naqd pulga talab oshishiga uzoq muddatli omillar (iqtisodiy o‘sish, demografik o‘zgarishlar va moliya sektorining rivojlanishi) bilan bir qatorda, mavsumiy iqtisodiy faollikning oshishi, chet eldan pul o‘tkazmalari ko‘payishi, valuta kurslari barqarorligi ta’sir ko‘rsatmoqda.Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 1 iyun holatiga muomaladagi naqd pullar hajmi 36,9 trln so‘mga yetib, 2017 yilning 1 iyun holatiga (13,2 trln so‘m) nisbatan 2,8 barobar oshdi.
Shunday bo‘lsa-da, naqd pullarning keng ma’nodagi pul massasi tarkibidagi ulushi kamayib bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2017 yil 1 iyun holatiga 31,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil 1 iyun holatiga kelib 23 foizgacha kamaydi.Qayd etilishicha, 2017 yildan boshlab naqd pulga bo‘lgan talab mavsumiy xarakterga ega bo‘lib kelmoqda.Aprel-may oylaridan boshlab iqtisodiy faollik jadallashuvi (to‘y va shunga o‘xshash marosimlar soni ko‘payishi, qurilish ishlari tezlashishi, yozgi pishiqchilik, dam olish va ular bilan bog‘liq xarajatlar ortishi) naqd pulga bo‘lgan talabni oshiradi va ushbu tendensiya noyabr oylariga qadar davom etadi.Noyabrdan mart oyigacha bo‘lgan davrda muomaladagi naqd pul hajmi sezilarli darajada kamayadi.Aprel-noyabr oylarida chet eldan pul o‘tkazmalari ko‘payishi bilan aholi tomonidan valuta sotuvi hajmi ham oshib boradi. So‘mning AQSh dollariga nisbatan qadri mustahkamlanishi yoki barqarorligini saqlab turishi sharoitida ushbu tendensiya yanada jadallashadi. Joriy yil 5 oyida pul o‘tkazmalari hajmi 4,19 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2021 yilning mos davriga (2,61 mlrd AQSh dollari) nisbatan 61 foizga (1,58 mlrd AQSh dollariga) ko‘paydi.Mazkur davrda banklar tomonidan jismoniy shaxslardan 4,32 mlrd AQSh dollari miqdorida valuta sotib olindi va bu o‘tgan yil mos davriga (2,72 mlrd AQSh dollari) nisbatan 59 foizga ko‘proq hisoblanadi.Katta hajmdagi oldi-sotdi operatsiyalari (uy-joy, mashina oldi-sotdisi) xorijiy valutada (AQSh dollari, yevro) amalga oshirilganda, o‘z o‘zidan milliy valutaga talab kamayadi.Ichki valuta bozorida so‘mning AQSh dollariga nisbatan qadri oshishi ortidan aholining ko‘pchiligi valutadagi jamg‘armalarini milliy valutaga o‘tkazishni afzal ko‘ra boshlashdi, deyiladi ma’lumotda.Valuta kursi barqarorligi saqlanib turgan bir sharoitda, 2022 yil 15 iyuldan 200 000 so‘mlik banknotalar muomalaga chiqarilishi katta hajmdagi naqd hisob-kitoblarni osonlashtirib, dollarlashuv darajasini yanada kamayishiga xizmat qilishi mumkin.So‘nggi 4 yilda to‘lov tizimi rivojlantirilishi natijasida naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi sezilarli darajada oshdi. Muomaladagi bank kartalari soni 1,7 barobarga (01.06.2018 yil holatiga 17,7 mln donadan 01.06.2022 yil holatiga 29,4 mln donaga), o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 1,8 barobar (241 mingtadan 433,2 mingtaga), o‘rnatilgan bankomat va infokioskalar soni 2,7 barobar (6,1 mingdan 16,7 mingga) ko‘paydi.2022 yil yanvar-may oylarida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar hajmi 58,2 trln so‘mga yetdi va 2021 yil mos davriga (39,9 trln so‘m) nisbatan 1,5 barobar (2018 yil yanvar-may oylariga (23 trl so‘m) nisbatan 2,5 barobar) oshdi.Bildirilishicha, ushbu tahlil 2013 yil yanvaridan 2022 yil may oyigacha bo‘lgan oylik ma’lumotlarga asoslanib amalga oshirilgan. Axborotlar Markaziy bank ochiq statistik ma’lumotlaridan olingan.XULOSAIqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va jadalligining o‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir. Ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan va o‘rtacha jadallik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik mehnati mobaynida bir ijtimoiy normal sharoitga mos qiymat vujudga keltiradi. Xodimning mahorati va mehnatining jadalligi jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqori yoki pastroq bo‘lsa, bu holda bir soatlik mehnat mobaynida yaratgan qiymat tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur. Кeragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi.
Oddiy mehnat deganda, maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, obyektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuqori mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi.Bular: tovar ishlab chiqaruvchilarni tartibga solish;mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantirish;Asosiy adabiyotlar:
1 Саидова Г., Шадыбаев Т. Макроэкономика Т., ИПАК «Шарк» 2003, 34 -с

-
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. -
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. -
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b. -
Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma.- T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2018. - 300 bet. -
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 9 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2016 -
Миропольского Д.Ю., Бродский Т.Г., Макроэкономика. Учебник для вузов. – СПб.: Питер, 2018. – 368 с. -
Носова С. Микроэкономика. Макроэкономика. Учебник. – М.: Кнорус, 2014, – 468 с. -
Золотарчук В.В. Макроэкономика: Учебник. - М.: ИНФРА-М, 2015. - 537 с. -
Гусейнов Р.М., Семенихина В.А. Макроэкономика. Учебное пособие. - М.: 2014. – 254 с.
-
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. -
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b. -
Абакумова О.Г. Макроэкономика: конспект лекций. М.: Приор, 2010г. -
Ахмедов Д.Қ. Ишмуҳаммедов А.Э., Жумаев Қ.Х., Джумаев З.А. Макроиқтисодиёт. Ўқув қулланма. Т.: “Ўзбекистон ёзувчилар уюшмасининг Адабиёт жамғармаси нашриёт”, 2004. -240 бет. -
Вечканов Г.С., ВечкановаГ.Р. Макроэкономика; Учебникдлявузов ,4еизд., дополненное.-СПб.: Питер, 2010.- 350 с. -
Dornbush R. "Macroeconomics" - Boston. Mcgraw-Hill, 2001.,- 574p. -
Ishmuhamedov A.E., Djumayev Z.A., Jumaev Q.X. Makroiqtisodiyot. O`quv qullanma. T.: “Ўзбекистон ёзувчилар уюшмасининг Адабиёт жамғармаси нашриёт”, 2005. -192 бет.
-
www. soliq.uz - Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси сайти. -
www.cbu.uz - Ўзбекистон Республикаси Марказий банки сайти. -
www.webofscience.com - Халқаро илмий мақолалар платформаси. -
www.sciencedirect.com - Халқаро илмий мақолалар платформаси. -
www.ziyonet.uz -
www.arxiv.uz -
www.aim.uz -
www.5baho.uz