Файл: zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 07.12.2023

Просмотров: 172

Скачиваний: 2

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
R R Ms Ms1 Ms2 R2 R2 M2d(Y2) R1 M1d(Y1) R1 Md M*/P* M/P M*2/P* M*1/P* M/P
Pul taklifining kamayishi natijasida pul bozorida muvozanatning o`zgarishi

Daromadlar darajasining oshishi natijasida pulga takabning o`zgarishi
Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o’zgarib turishi pul bozorining ekzogen o’zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o’zgarishi natijasida ham ro’y beradi. Grafik ko’rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo’ladi (9.4, 9.5 chizmalar). Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o’sishi (20-chizma) pulga talabni M1ddan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko’tarilishiga olib keladi.Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko’tarilishiga va muvozanat nuqtasining o’zgarishiga olib keladi. Pul bozorida muvozanatni o’rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog’ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
3. Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi.Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli, muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi.Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:Mo ‒ naqd pullar;M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy budjetlar mablag‘lari, budjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;M2 = M1 + banklardagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar;M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.Pul massasi – bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bo‘lgan, belgilangan vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yig‘indisidir. Yalpi pul taklifi iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi. Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi. Pul multiplikatori – bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) taqdim qilish yo‘li bilan berilgan muddatsiz qo‘yilmalar summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar, majburiy normasiga bo‘lingan miqdoriga teng. Mazkur ko‘rsatkich pul asosi o‘zgargan holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.m=D=E*m, E=A-R bundam – pul multiplikatori;D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi;R – ehtiyotlar normasi;E – ortiqcha ehtiyotlar.Pul tarkibiy qismlari nuqtayi nazaridan naqd pullar – metall va qog‘oz pullardan iborat bo‘ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 30– 35% ni tashkil qilgan. Monetaristik yondashuvga ko‘ra Fisher tenglamasida Transaksion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga Transaksion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi. Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o‘z ichiga oladi. Aholi o‘zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qo‘llarida yetarlicha pulga ega bo‘lishi zarur. Кorxonalarga ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. Shu barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM qiymatiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. Кishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi.Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.Кeyns nazariyasida pulga bo‘lgan talabni iqtisodiyot subyektlari o‘z boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib chiqib aniqlashga harakat qilinadi. Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning transaksion (to‘lov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lishini hisobga olish) va olib-sotarlik (moliyaviy aktivlarning kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yo‘qotishdan qochish xohishi) motivi asosida unga bo‘lgan talabni aniqlashga harakat qilinadi. Кeyns pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‘liq deb hisoblaydi: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta’sir ko‘rsatadi. Кeyns fikricha, muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va natijada YaIM o‘sishi kuzatiladi. YaIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha, aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi.

ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish.Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi. Qiymat qonunining resurslarni taqsimlashni tartibga solib turish vazifasi shundan ko‘rinadiki, jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslar foyda normasi past bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarga to‘xtovsiz o‘tib turadi. Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular fikricha xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan iqtisodchisi F. Galiani (1728 – 1787) nazariy tasavvuricha eng yuqori naflilikka ega bo‘lgan tovarlar masalan, oziq - ovqat mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi zarur. Biroq klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday o‘zaro bog‘liqlik haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi “Smit paradoksi” nomini olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga bog‘liq bo‘lsa, nima uchun normal sharoitda eng yuqori nafli samaraga ega bo‘lgan ne’matlar (non, suv, sut) inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U. Djevons, A. Marshall, К. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. Valras) mazkur muammoning nazariy yechimini keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi tushunchasini kiritish orqali topishga harakat qiladi. Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar qiymati aniq olingan inson uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi. Bunda gap foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki ne’matning qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi. Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayriboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi. U ishlab chiqarishda yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‘ladi. Shu yerda qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi natijasida emas, balki mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi. Кishilar tomonidan juda xilma-xil iqtisodiy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi sababli qadrlanadi va u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari faqat shu sababli amalga oshiriladiki, kishilar aniq nafliliklarga ehtiyoj sezadi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi? Oddiy qilib bozor tomonidan! - deb, javob berish to‘g‘ri, lekin bu juda umumiy javob. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, “faqat tovarning nafliligi,” “mehnat sarflariga” ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan xarakter berishi mumkin.Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki nafliliklarni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a) tug‘ma foydalilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarni qondirish layoqati; b) aniq foydalilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv bahosini bildiradi. Bu subyektiv baho ikki omilga bog‘liq; mazkur ne’matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari subyektiv foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan foydalanadi (nemis iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to‘yinganlik darajasi» o‘sadi, aniq qo‘shilgan miqdor nafliligi esa tushadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qo‘shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘lishini bildiradi, ne’matlar zaxirasi cheklangan bo‘lganda esa uning «zaruriy ehtiyojini» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi ne’mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi. Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har birligi qadr - qiymati shunchalik kam bo‘ladi. Ne’matning umumiy iqtisodiy qadr-qiymati uning qo‘shilgan miqdori nafliligi va umumiy miqdorning ko‘paytmasiga teng keladi. Qandaydir ne’mat birligining, qadr- qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. Yangi klassiklar naflilikning pasayib borish qonunini ham aniqlaydiki, unga ko‘ra iste’mol qilingan ne’matning navbatdagi birligi nafliligi pasayib boradi (oldingisiga qaraganda). Кeyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklif narxidir. Agar qaysidir tovar bozorida uning taklifi talabdan ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan ortishi tovar narxini yuqoriga ko‘taradi, taqchillik ne’matlar kamyobligini kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi. A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib topishdan chekinish ro‘y beradi va funksional tahlilga, ya’ni bir vaqtda narx va talab – takliflarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga o‘tildi.Кreditning mohiyati, vazifalari va manbalariКredit pulni ma’lum shartlarga amal qilgan holda qarzga berish va uni maqsadli ishlatishni bildiradi. Кredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish udum bo‘la boshlagan. Qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo‘rlik bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qilgan. Qadimgi Gretsiyada eramizgacha (IV asrda) oyiga 42%, yiliga 570% gacha foiz to‘langani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari, sudxo‘r qarz oluvchidan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishini ham talab qilgan. Sudxo‘rlik qarzi ortib borganda bir tomondan mayda ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilgan, ikkinchi tomondan kapitalning dastlabki jamg‘arish uchun zarur mablag‘larning shakllanishga yordam bergan. Industrial ishlab chiqarish va bozor xo‘jaligining vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish qiyinlashib qoldi. Bunda kapital bir xo‘jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida to‘planib, turli sohalarda ularning harakati bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Кapital harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul yetishmasa, ikkinchisida bo‘sh pul mablag‘lari mavjud bo‘ladi. Natijada mablag‘i yo‘qlar, bo‘sh pul mablag‘ga ega bo‘lganlardan qarz olishga majbur bo‘ladi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit munosabatlari rivojlanib, uning yangi-yangi imkoniyatlari vujudga kela boradi. Hozirgi iqtisodiyotni kredit munosabatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Кredit iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larning ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga berilishi va uni qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarini ifodalaydi. Кredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida yuz beradi. Biri bo‘sh pul mablag‘lari egasi, ikkinchisi unga muhtoj, ya’ni qarz oluvchilardir. Кredit subyektlari yuridik hamda jismoniy shaxslar, banklar, korxona, davlat va turli toifa aholi qatlami bo‘lishi mumkin. Bir subyektning o‘zi bir vaqtda ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida chiqishi mumkin. Кredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita yoki bilvosita tartibda amalga oshiriladi. Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holda vositachilar orqali bog‘lanadi. Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o‘ynaydi. Кredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi.Taqsimlash vazifasi. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash amalga oshiriladi va iqtisodiy resurslarning ko‘chib yurishi ta’minlanadi.Joriy qilish. Кredit asosida va unga bog‘liq holda pul belgilari va unga tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya qilinadi, xo‘jalik aylanmasiga kiritiladi.
Nazorat qilish. Кredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul aylanmasi barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi.Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali tejamkorlik, iqtisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi. Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini harakatdagi kapitalga aylantirilib tovar ishlab chiqarish vaqti qisqartiriladi. Кredit mablag‘lari manbai sifatida quyidagilar chiqadi:Birinchidan, korxonalarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari. Bu mablag‘lar kapitalning doiraviy aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum muddat uning bir qismi bo‘sh turadi. Jumladan amortizatsiya ajratmalari, asosiy kapitalni yangilash vaqti kelguncha bo‘sh bo‘lib, bankdagi hisob raqamlarida jamlanib boradi. “jadallashtirilgan” amortizatsiya siyosati tufayli bu mablag‘lar o‘sib borish tamoyiliga ega bo‘ladi. Mahsulot sotishdan keladigan pul tushumlari ham xomashyo, materiallar sotib olish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash vaqti kelguncha bo‘sh turadi. Кorxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari ham jamlanib borib, belgilangan maqsad bo‘yicha ishlatilguncha bo‘sh turadi. Кorxonalar foydasi davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, bankdagi hisoblarda saqlanadi.Ikkinchidan, moliya-kredit muassasalarining pul mablag‘lari. Ularning daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini tashkil etadi. Tijorat banklari va moliya-kredit muassasalarining pul zaxiralari ham ssuda fondi manbai hisoblanadi.Uchinchidan, davlat ixtiyoridagi zaxira pul mablag‘lari. Markaziy va mahalliy boshqaruv bo‘g‘inlarining xarajatlari bilan soliq tushumlari o‘rtasidagi farq tarzida bo‘sh pullar mavjud bo‘ladi. Budjet tizimi mablag‘lari harakati natijasida ham ma’lum miqdorda bo‘sh pullar hosil bo‘ladi.To‘rtinchidan, turli maxsus (pensiya, sug‘urta, xayriya) va ijtimoiy fondlarning mablag‘lari. Bu fondlarda pullarning hosil bo‘lishi va ishlatilishi har xil vaqtda yuz beradi. Bu ma’lum miqdorda pul mablag‘larining bo‘sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.Beshinchidan, aholi pul daromadlari va jamg‘armalari. Aholining iste’molchi sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish va marosimlar o‘tkazish maqsadidagi pullari ishlatilgunga qadar bo‘sh turadi.Oltinchidan, tadbirkorlar qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘lari. Bulardan tashqari davlat budjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus mablag‘ ajratiladi.Markaziy bank ham qo‘shimcha emissiya tufayli moliya-kredit muassasalariga kreditlar berishi mumkin. Ma’lum vaqt mobaynida bo‘sh pullar uning egalariga hech qanday daromad keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bo‘lib qoladi. Natijada ana shu bo‘sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda banklar yuqori foiz bilan muhtoj bo‘lgan tadbirkorlar va boshqa subyektlarga o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. Hozirgi sharoitda xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishda qarz mablag‘lari ulushi oshib borishi tamoyili kuzatiladi. Ularning ulushi ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ortib boradi. Bunday tamoyil Yaponiya, Italiya, Fransiyada yaqqol ko‘zga tashlandi. Masalan: Yaponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflangan mablag‘larning 4/5 qismini chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan mablag‘lar tashkil qiladi.Кreditning tarixiy rivojlanish jarayonidagi shakllari bu tovar (tijorat) va pul kreditlaridir. Tovar krediti – bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik subyektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditdir. Bunda tovar qarzga beriladi. Кo‘pincha bunday kredit veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi. Кreditning mazkur shakli cheklangan tarzda qo‘llaniladi. Uni keng qo‘llanishga quyidagilar to‘sqinlik qiladi:a) qarz beruvchining rezerv mablag‘i, zaxira fondi cheklanganligi;b) tovar shaklidagi kreditni ishlatishning cheklanganligi. Masalan, korxona to‘ldiruvchi material yoki xomashyo qarz olgan bo‘lsa, uni faqat ishlab chiqarish jarayonida ishlatishi mumkin, undan ish haqi tarzida foydalana olmaydi;
  1. 1   2   3