Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 488
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
XIX asrning birinchi yarmida rus kutubxona va bibliografik klassifikatsiyalari juda taraqqiy etdi. Naturalist olim Pavel Grigorevich Demidov o‗z kutubxonasining katalogi10 uchun ishlab chiqqan sxema eng dastlabki klassifikatsiyalardan biri bo‗lib, bu sxema Rossiya va Yevropadagi g‗oyat nodir nashrlarni o‗z ichiga olgan edi. Bu sxemaning tabiiyot fanlari va texnologiya bo‗limi kutubxonaning asosiy mundarijasiga muvofiq tarzda hammadan ko‗ra ko‗proq detallashtirilgan edi. Fanlarni bir-biridan umumiy tarzda chegaralashda Pavel Grigorevich Demidovning XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlaridagi progressiv frantsuz klassifikatsiyalarining birmuncha ta‘sirida bo‗lganligi ko‗zga tashlanadi.
Pavel Grigorevich Demidov o‗zi qabul qilgan fanlar tartibini «bilish qobiliyatiga qarabª degan an‘anaviy bo‗lim bilan asoslangan bo‗lishiga qaramay, u fanlarni Frensis Bekon klassifikatsiyasidagi an‘anaviy ajratishdan chetga chiqqan.
Pavel Grigorevich Demidov
Ilohiyot falsafa bo‗limidan chiqarib tashlangan, alohida texnologiya bo‗limi ajratilgan, tarix bo‗limida faqat jamiyat tarixi va geografiya qoldirilgan. Sxema yozma va og‗zaki ijodiyot tarixiga, fanlar tarixi, bibliografiya, entsiklopediyaga doir adabiyotni va umumiy mazmundagi boshqa kitoblarni o‗z ichiga oladigan umumiy bo‗lim (Polimatiya) bilan tugallanadi.
XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlarida Peterburgdagi Xalq kutubxonasiga asos bo‗lib xizmat qilgan katta kitob kollektsyasi sistemaga solindi. 1809 yilda A.
N. Olenin Xalq kutubxonasi fondini tashkil etish va kataloglarini tuzish uchun foydalanilgan klassifikatsiyani e‘lon qiladi; Olenin Xalq kutubxonasida direktor
10 Bu katalog 1806 yilda nashr etilgan; uning bir qismi oradan 40 yil o‗tgach, bibliograf V. M. Undolskiy tomonidan quyidagi nomda nashr qilingan: «Каталог Российским книгам библиотеки Павла Григорьевича Демидова, Составленный им самимª. M., 1846.
58
yordamchisi lavozimida (keyinchalik direktor lavozimida) ishlagan. Bu asarga11 so‗z boshida A. N. Olenin o‗sha vaqtda juda mashhur bo‗lgan chet el klassifikatsiya sxemalarini tahlil qilib chiqqan. Bu sxemalarning asosiy kamchiligi mualliflarning bahosiga ko‗ra,— bo‗limlarning qabul qilingan tartibi yetarlicha asoslab berilmaganligidir.
A. N. Olenin (1763 - 1843)
A. N. Olenin - Imperator ommaviy kutubxonasi direktori, Imperator badiiy akademiyasi prezidenti, археолог, rassom, yozuvchi. Uning sa‘y-harakatlari natijasida Imperator ommaviy kutubxonasi tartibga keltirilib, sistemalashtirilgan. Kutubxonaning ishiga Olenin zamonasining eng yaxshi yozuvchi va shoirlari -Krilov, Gnedich, Batyushkovich, Delviglarni jalb qildi
A. N. Olenin o‗z sxemasida «bir bilimdan ikkinchisigaª quyidagicha mantiqiy «o‗tishniª belgilab bergan:
I. Fanlar
Aqliy fanlar: 1. Ilohiyot
2. Huquqshunoslik
3. Falsafa
4. Tarix
Tabiiyot fanlari: 5. Tabiatshunoslik tarixi
6. Tabiblik (meditsina)
7. Fizika
8. Ximiya
Aniq fanlar: 9. Matematika
II. San‘at:
1. Mexanik san‘at
2. Erkin san‘at
3. So‗z san‘ati
III. Filologiya:
1. Tilshunoslik
2. Poligrafiya
3. Tanqid
Bu sxemada fanlarning mantiqiy o‗zaro aloqasi bo‗limlarning joylashuvida aks ettirilgan: oxirgi «aqliy fanlarª tarix — bo‗limi «tabiiyot fanlariª—
11 0ленин А.Н.. Опыт нового библиографического порядка для Санкт-Петербургской имп. библиотеки. Пб., 1809.
59
tabiatshunoslik tarixining birinchi bo‗limiga o‗tish bo‗lib xizmat qiladi; matematika tabiiyot fanlari va aniq fanlardan «san‘atlarªning birinchi bo‗limiga — mexanik san‘atga o‗tishdir. So‗z san‘ati — oxirgi gruppaga — tilshunoslik bilan boshlanadigan «filologiyaªga o‗tishdir.
Fanlarning bunday tartibi birmuncha sun‘iy tartibliligiga qaramasdan fanlar keskin uzilishlarsiz bamisoli yaxlit bir butunni tashkil etadigan sxema tuzish g‗oyasi qiziqish uyg‗otadi. Klassifikatsiya sxemalarining an‘anaviy tuzilishan chetga chiqish, chunonchi meditsina, tabiatshunoslik tarixi, fizika va boshqa fanlarning falsafadan ajratilishi ham diqqatga sazovordir.
XIX asr birinchi choragining oxirlarida Moskva universiteti kutubxonasining fondlari sistemalashtirilgan edi. Kutubxonaga rahbarlik qilgan professor F. F. Reyss o‗zi tuzgan klassifikatsiyani bu ishga asos qilib oldi. Reyss sxemasining mantiqiy strukturasini, garchi muallif so‗z boshida klassifikatsiyaning vazifalari va sistemali katalog haqida to‗g‗ri fikrlarni aytgan bo‗lsa-da, ilmiy sxema deb bo‗lmaydi. F. F. Reyss «ikki tomga bo‗lishª degan rasmiy printsipini, ya‘ni har bir tushunchani izchillik bilan ikkiga ajratishni klassifikatsiyaga asos qilib olgan edi. U hamma fanlarni «ilohiy va «bashariyª fanlarga bo‗ladi, «bashariyª fanlar yana «sezishga moyil bo‗lmagan fanlarªga va «sezsa bo‗ladigan fanlarªga bo‗linadi; «sezsa bo‗ladigan fanlarª, «moddiy narsalar haqidagiª hamda «ilohiy narsalar haqidagiª fanlarni va boshqa fanlarni o‗z ichiga oladi. Bunday bo‗lishning sun‘iyligi ko‗rinib turibdi: u fanlarning ko‗p tomonlama aloqalarini hech bir ochib berolmaydi.
Biroq bu sxemaning ijobiy tomonlari ham bor edi: u har xil turdagi nashrlar—lug‗atlar, o‗qish kitoblari, kartalar, jadvallar va boshqalar uchun ko‗p bo‗linmalarga ega edi. Unda arab raqamlaridan va lotin hamda yunon alfavitlari harflaridan tuzilgan bosqichli indekslar sistemasi yaxshi ishlab chiqilgan edi.
1843 yilga kelib «План расположения библиотеки...ª ni tuzgan K. K. Foygt Qozon universiteti kutubxonasida original klassifikatsiya sxemasini ishlab chiqqan edi. U o‗z sxemasiining muqaddimasi rus va chet el klassifikatsiyalari eng muhim sxemalarining muntazam va tanqidiy obzorini bergan. K. K. Foygt
60
sxemasining asosiy g‗oyasi — inson bilimining yaxlitligidir. Muntazam sharhda ta‘riflab berilgan bu to‗g‗ri fikr A. N. Oleninning fikriga nisbatan birmuncha chuqurroq va to‗laroq fikr bo‗lsa-da, afsuski, sxemada aniq aks ettirilmagan edi.
K. K. Foygt fanlarni «insonning ehtiyojlariga qarabª ajratishni sxemaga asos qilib olgan edi. U insonning moddiy zaruratini (ehtiyojlarini) belgilovchi narsa deb bilib, asosiy bo‗limlar sxemasini ishlab chiqdi; bu sxemada birinchi o‗rinni «oziq-ovqatª ehtiyoji bilan bog‗liq bo‗lgan «Sanoatª bo‗limi olgan, so‗ngra «Harbiy ishª («tashqi xavfsizlikª ehtiyoji) «Yurisprudentsiyaª («ichki xavfsizlikª ehtiyoji) va hokazolar kiradi.
Fanlarni «inson ruhining qobiliyatlariga qarabª ajratish qanchalik shartli bo‗lsa, ularni «insonning ehtiyojlarigaª qarab ajratish ham shunchalik shartlidir. Masalan, K. K. Foygt tarixni «izzat-nafsª ehtiyoji bilan, tabiiyot fanlarini — «sinchkovlikª ehtiyoji bilan bog‗laydi; bu — Foygt fanlariing haqiqiy kelib chiqishini, ularning ijtimoiy praktika bilan, kishilarning ishlab chiqarish faoliyati bilan aloqasini tushunmaganligidan dalolat beradi.
XIX asrning birinchi yarmida klassifikatsiyaning kitob do‗konlari bosma kataloglari uchun mo‗ljallangan bibliografik sxemalari ham ishlab chiqildi. Bu davrdagi rus klassifikatsiya sxemalarining ko‗pchiligiga xos xususiyat