Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 492

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Ch. Ketter o‗z klassifikatsiyasini har xil ko‗lamdagi — juda kichik, 1000 jilddan kam kitobga ega bo‗lgan kutubxonalardan tortib, fondida bir necha yuz ming jild kitob bo‗lgan yirik kutubxonalarning ham foydalanishiga qulay qilishga intilgan edi. Ketter bo‗limlarning katta-kichikligi har xil bo‗lgan sxemalarning oltita variantini e‘lon qilgan; birinchi variant faqat 11 ta yirik bo‗limni o‗z ichiga oladi. Navbatdagi har bir variant o‗zidan oldin kelgan variantni rivojlantiradi.13

Ch. Ketter sxemaning sekin-asta detallashtira borish imkoniyatini yaratish uchun bosqichli indekslarni qo‗lladi, biroq Ketter sxemasida indekslar latin alfaviti harflarining birikmasidan iboratdir. Bu hol har bir bo‗limda 10 dan ortiq bo‗linma (latin alfavitida 26 harf bor) tuzishga imkon ber-gan, lekin ayni vaqtda talaffuz qilish qiyin bo‗lgan va esda yaxshi qolmaydigan indekslarning hosil bo‗lishiga olib kelgan. Ana shu nuqson, shuningdek sxema e‘lon qilingan vaqtga kelib (1891—1893 yillar) AQShning ko‗pchilik kutubxonalari o‗nli klassifikatsiyani qo‗llay boshlaganligi fakti Ch. Ketter sxemasidan Amerika kutubxonalarining juda oz foydalanishkga sabab bo‗lgan.

Ch. Ketter sxemasi diqqatga sazovordir. Bu sxemada «kengaytirishª usuli qo‗llanilishi ijobiy bahoga loyiqdir. Umumiy klassifikatsiya asosida bo‗linmalarining katta-kichikligi har xil bo‗lgan sxemalarning bir qancha variantlarini, ishlab chiqish, shubhasiz, ratsional g‗oyadir, chunki u fondining hajmi turlicha bo‗lgan kutubxonalarda umumiy (asos qilib olingan) sxemani tso‗llanishga imkon beradi. Ch. Ketterning xizmati yana shundaki, u kutubxona klassifikatsiyasi tarixida birinchi bo‗lib sxemaga aniqlagichlarning yetarli darajada batafsil jadvallarini (geografik aniqlagichlar va forma aniqla-gichlarni) kiritdi14. Birmuncha keyingi davrdagi sxemalarni tuzuvchilarning hammasi bu samarali g‗oyani rivojlantiradilar, bo‗limlarni mazmun va shlklning ayni bir xildagi belgilariga ko‗ra detallashtirishga imkon beruvchi aniqlagichlarni yaxshilab ishlab chiqash usullarini qidiradilar.

13 So‗nggi, yettinchi, eng mukammal variait tugallanmay qolgan.

14 Ch. Ketter kutubxona klassifikatsiyasining dastlabki sxemalari 1879 yildan, ya‘ni o‘nli klassifikatsiyaning ikkinchi variantidan ancha oldin e‘lon qilina boshlagan edi.

64







AQSh Kongressi kutubxonasining klassifikatsiyasi

XIX va XX asrlar bo‗sag‗asida AqShda Kongress kutubxonasi uchun klassifikatsiyasi sxemasi ishlab chiqilgan bo‗lib, u hozir Amerika qo‗shma Shtatlarining ilmiy kutubxonalarida keng tarqalgan. Bu vaqtga kelib, 1800 yilda asos solingan Kongress kutubxonasida kitob fondi

ancha ko‗paydi va shu sababli uni batafsil klassifikatsiya qilish zarurati paydo bo‗ldi.

Klassifikatsiya sxemasini kutubxonaning Ch. Martel rahbarligidagi bir gruppa xodimlari tuzgan. Ish boshlangan chog‗da asosiy bo‗limlarning sxemasi belgilab olingan edi. Keyinchalik har bir bo‗limni bilimning muayyan sohasidagi mutaxassislar gruppasi mustaqil ravishda detallashtirgan. Bu guruhlar bir-biridan alohida-alohida ishlab, ayni bir masalani ko‗pincha har xil hal qildi. Masalan, mamlakatlar bo‗yicha bo‗lish har xil bo‗limlarda har xil izchillikdagi xilma-xil texkik usullar bilan hal etildi. Bo‗limlarni detallashtirish darajasida ham bir xillik yo‗q. Bo‗limlarning maydalashtirilishi kutubxonada biror sohaga doir adabiyotning bor-yo‗qligiga muvofiq keladi. Natijada bo‗limlar juda notekis detallashtirilgan, binobarin, butun sxema yaxshi bog‗lanmagan sohali

klassifikatsiya sxemalari yig‗indisidan iborat

bo‗lib qolgan.

Kongress kutubxonasi sxemasida o‗ziga xos indekslar qo‗llanilgan. Asosiy bo‗limlar lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilangan. Sxema umumiy bo‗lim (A indeksi) bilan boshlanib, undan keyin falsafa, tarix, geografiya va ijtimoiy fanlar

(В-L indekslari) san‘at, tilshunoslik va adabiyot (M—P), aniqfanlar (Q) keladi, meditsina, qishloq xo‗jaligi va texnika (R—T), shuninpdek harbiy ish va dengiz
ishi (L—Y) alohida bo‗lim qilib berilgan.

65

Sxema strukturasining konkret bilim sohasiga doir kitoblar soniga bog‗liqligi ayniqsa tarix bo‗limlari kompleksining tuzilishida namoyon bo‗lganki, biz buni yuqorida ko‗rsatib o‗tgan edik:


S

Tarix fanlari

D

Tarix va o‗lkashunoslik (umuman Amerika mamlakatlaridan boshqa

hamma mamlakatlarning ham tarixi va o‗lkashunosligi)

Ye

Amerika (AqShdan tashqari)

F

AqSh

Mantiqiy tuzilishdan voz kechish hamda Amerika bilan AqShni alohida-alohida bo‗limlar qilib ajratish Kongress kutubxonasida Amerika to‗g‗risidagi kitoblar boshqa mamlakatlar haqidagi kitoblardan, AqSh haqidagi kitoblar Amerikaning boshqa mamlakatlari haqidagi kitoblardan ko‗proq ekanligiga asoslangan.

Hamma bo‗limlardagi bo‗linmalar bo‗lim indeksiga latin alfavitining ikkinchi bosh harfini qo‗shish yo‗li bilan hosil qilingan, masalan:


T

Texnika

TYe

Yo‗l ishi

TN

Qurilish

Bundan keyingi detallashtirish indeksning dastlabki ikki belgisiga raqamli birikmalar qo‗shish bilan hosil qilinadi; raqamli birikmalar har qaysi bo‗linmaning tartib o‗rnini ko‗rsatadi. Masalan, TN-123 indeksi bo‗linmaning qurilish bo‗limi bo‗linmalari qatorida bir yuz yigirma uchinchi o‗rinni egallashini ko‗rsatadi. qongress kutubxonasi sxemasining indekslari belgilarning (harflar va raqamlarshshg) birga qo‗shilishi jihatidan ham, tuzilish usuli (dastlabki belgilarning bosqichli, keyingilarining nomerli bo‗lishi) jihatidan ham aralash sxemadir.
66