Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 491

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


mazkur sxemalar mualliflarining «fakul‘tetª va «frantsuzª sistemalari

qoidalaridan chetga chiqishga intilishlari edi; «fakul‘tetª va «frantsuzª

sistemalarida ilohiyot, albatta yetakchi o‗rinda turar, juda ko‗p mustaqil fanlar falsafaga kiritilar edi. Klassifnkatsiya tuzilishining yangi formalarini izlash, uning mantiqiy asosini belgilash XIX asr birinchi yarmidagi rus klassifikatsion fikrnning dolzarbligini xarakterlab beradi.

Bu intilishlar akademik K. E. Berning klassifikatsiyasida ifodalab berilgan bo‗lib, u Fanlar akademiyasining Peterburgdagi chet el bo‗limiga mo‗ljallangan edi12. K. E. Ber fanlarni ularning mazmuniga muvofiq ravishda dunyoning taraqqiy etish tarixini aks ettiradigan izchillikda: anorganik tabiat haqidagi,
12 Lotin tilida 1841 va 1908 yillarda bosib chiqarilgan; ruscha tarjimasida: K. Э. B e r, Система классификации 11-го отделения библиотеки Российской Академии наук.

61



organik tabiat haqidagi, inson haqidagi, jamiyat haqidagi fanlar tartibida joylashtirishga urinib ko‗rgan edi. Uning klassifikatsiyasi umumiy mazmunga ega bo‗lgan uchta bo‗lim bilan boshlanadi:


I

Bibliografiya va adabiyot umumiy tarixi.

II

Umummilliy va poligrafik kitoblar (ensiklopediyalar,

yunonistonlik va rimlik mualliflarning kitoblari).

III

Tilshunoslik

IV

Matematika

V—VII

Tabiatshunoslik

VIII

Antropologiya yoki inson tanasi va ruhi to‗g‗risidagi

ta‘limot

IX—XII

Tarix va geografya, siyosat va huquq, iqtisod va texnologiya

XIII—XIV

San‘at va nafis adabiyot

XV—XVI

Ilohiyot va falsafa

XVII

Meditsina

XVIII

Harbiy ish va dengiz ishi

XIX

Arxitektura. Binokorlik

XX—XXI

Qo‗l yozmalar va kutubxona kataloglari

K. E. Ber klassifikatsiyasida fanlarning mantiqiy silsilasini yaratishga harakat qilingan. Tabiat haqidagi fanlar umumiy tabiatshunoslik—fizika va ximiya (V) bo‗limi bilan boshlanadi, so‗ngra anorganik tabiat haqidagi—geologiya va minerologiya (VI) fanlari bo‗limlari va organik tabiat haqidagi (VII) fanlar bo‗limlari keladi. Antropologiya, umumiy fiziologiya va psixologiya alohida bo‗lim — inson haqidagi fanlar (VIII) bo‗limi qilib ajratilgan hamda jamiyat haqidagi fanlar kompleksiga (IX—XII) o‗tish bo‗lib xizmat qiladi. San‘at va adabiyot mustaqil bo‗limlar qilib berilgan.

K. E. Ber nazariy va amaliy fanlarni yorituvchi adabiyotni, masalan, ximiya hamda ximiya texnologiyasiga doir kitoblarni, nazariy va texnikaviy fizikaga doir

kitoblarni birlashtirishdek murakkab masalani hal etishga birinchi bo‗lib kirishgan edi. Biroq, u amaliy jihatdan maqsadga muvofiqligiga asoslanib, mustaqil taraqqiy

62



etgan fanlarni (masalan, meditsina, harbiy ish va dengiz ishi, arxitekturani) alohida bo‗limlarga ajratgan.

Bu sxema yaxshilab bezatilgan. Sxemaning bo‗limlari va bo‗linmalari aniq bosqichli indekslar bilan ko‗rsatilgan: asosiy bo‗limlari raqamlar bilan, bo‗limchalar — latin alfavitining bosh harflari bilan, bundan keyingi bo‗linmalar — kichik latin harflari, ba‘zan yunon harflari bilan ifodalangan.

K. E. Berning o‗z davridagi ilg‗or ilmiy qarashlarini aks ettirgan va amalda foydalanishga yetarli darajada moslashtirilgan sxemasi XIX asr birinchi yarmidagi kutubxona klassifikatsiyalarining eng yaxshilari jumlasiga kiritilishi mumkin.

Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari

(XIX asr oxiri va XX asr boshlari)

Kutubxona klassifikatsiyasining xuddi shu davrda tuzilgan va e‘lon qilingan boshqa sxemalari birmuncha kamroq yoyildi. Garchi ulardan ayrimlari o‗nli klassifnkatsiyaga nisbatan ma‘lum ustunlikka ega bo‗lsada (o‗nli klassifikatsiyada bo‗limlar bir qadar mantiqiy joylashtirilgan edi), o‗nli klassifikatsiya ustun turardi; chunki boshqa klassifikatsiyalar indekslarining tuzilishi nisbatan oddiy bo‗lib, beso‗naqay va foydalanishga noqulay edi.

Ko‗pchilik sxemalarda indekslarnikg kombinatsion tuzilish usuli (Ch. Ketter, D. Braun, G. Bliss sxemalarida va ayniqsa Sh. Ranganatan sxemasida) o‗z ifodasini topdi. Tekshirilayotgan mualliflarining sxemalar tuzilishini fanning zamonaviy darajasiga yaqinlashtirishga intilishlariga qaramay, bu sxemalarning hammasida

ayniqsa ijtimoiy-siyosiy adabiyot bo‗limlari strukturasida burjua

dunyoqarashining cheklanganligi aks etgan.

Ch.Ketter klassifikatsiyasi


XIX asrning oxirgi o‗n yillarida amerikalik kutubxonashunos Ch. Ketter sxemasi vujudga keldi. Unda asosii bo‗limlar-yaing joylashish izchilligi o‗nli klassifikatsiyadagiga qaraganda ancha mantiqyyroqdir: tarix va ijtimoiy fanlar, tilshunoslik hamda adabiyot bo‗limlari bir-biriga yaqinlashtirilgan, meditsina amaliy fanlardan ajratilib, tabiiyot fanlari bo‗limidan keyin keladi, binokorlik ishi va sanoat ishlab chiqarishi bo‗limlari bir-biridan ajratilgan.

63