Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 484
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Conrad Gesner (1516-1565)
Shveytsariyalik ensiklopedist olim va
bibliograf Konrad Gesner birinchilardan insoniyat tomonidan hayvonlar va o‗simliklar
haqidagi ma‘lumotlarni tizimlashtirgan
olimlardan biri edi.
Shveytsariyalik olim va bibliograf Konrad Gesner (XVI asr) klassifikatsiyasi juda mashhur bo‗lgan; Gesner bu klassifikatsiyani o‗zi tuzgan «umumiy kutubxonaª degan katta bibliografiya uchun ishlab chiqqan edi. Bu asar tomlaridan birida har xil tillardagi kitoblar 250 dan ortiq bo‗linmadan iborat bo‗lgan klassifikatsiya asosida sistemali tartibda joylashtirilgan edi. K.Gesner klassifikatsiyasida
maktabda o‗qitiladigan «etti erkin san‘atª
sistemasiga kiradigan fanlar bo‗limlari hamda «fakul‘tetª fanlari—falsafa, meditsina, yurisprudentsiya va ilohiyot bo‗limlari o‗ziga xos bir tarzda birga qo‗shilgan edi. K.Gesner klassifikatsiyasi sxemasi, shubhasiz, o‗z davrida juda katta voqea bo‗lgan edi. Usha zamondagi bir qancha kutubxona va bibliografiya klassifikatsiyalaridan hamda birmuncha keyingi talay kutubxona va bibliografik klassifikatsiyalardan bu sxemani quyidagi xususiyatlar: bo‗limlarning batafsil ishlab chiqilganligi; o‗sha davrdagi yangi ilmiy masalalarni yorituvchi kitoblar uchun maxsus bo‗linmalar ajratilganligi; rubrikalari keng mazmunli kitoblarni bilimning xuddi o‗sha tarmog‗iga doir juz‘iy masalalarga bag‗ishlangan tor mazmunli kitoblardan ajratishga imkon beradigan sxemaning amalda foydalanishga qulayligi, bir-biriga o‗xshash tematikalarni bog‗lab turuvchi juda ko‗p yo‗naltirgichlarning borligi ajratib turadi. Klassifikatsiyaning progressiv
51
xarakteri yana shu narsada ifodalanardiki, unda «inson turmushi uchun foydali mexanik san‘atª degan alohida bo‗lim birinchi bor ajratib ko‗rsatilgan edi. Bu bo‗lim arxitektura va binokorlikka doir adabiyotni, kasbkorlik va hunarmandchilik haqidagi, taom tayyorlash haqidagi va texnika kompleksini tashkil etuvchi boshqa masalalarga doir adabiyotni o‗z ichiga olar edi.
Uzoq vaqt, yirik xususiy kutubxonada ishlagan nemis idealist faylasufi Gotfried Leybnitsning (1646-1716 yillar) kutubxona klassifikatsiyasi juda mashhurdir. Garchi uning sxemasiga «fakul‘tet sistemalariª uchun tipik bo‗limlar — teologiya (ilohiyot), yurisprudentsiya, meditsina va falsafa kiritilgan bo‗lsa-da, ular ancha detallashtirilgan. Bulardan tashqari, Leybnits sxemaga ikki bo‗limni: beshinchi — tarix va oltinchi—aralash materiallar va umumiy kitoblar bo‗limlarini kiritgan.
Gotfried Leybnits (1646-1716)
Nemis filosof va mantiqshunosi,
matematik, fizik, kashfiyotchi, tarixchi va tilshunos olimi Gotfried Leybnitsning
kutubxona klassifikatsiyasi juda
mashhurdir.
Gannover ommaviy kutubxonasidagi G. Leybnits portreti
Uning sxemasida logika, etika va siyosat bilan birga tabiiyot fanlarini, matematika va filologiyani ham o‗z ichiga olgan falsafa bo‗limi ancha mufassal ishlangan edi. Falsafani o‗sha vaqtdagi juda ko‗p ilmiy klassifikatsiyalar uchun xarakterli bo‗lgan bunday talqin qilish XVIII asr oxirigacha davom etgan7.
G‗arbiy Yevropadagi har xil universitet kutubxonalarida foydalanilgan «fakul‘tet sistemalariª bilan bir vaqtda «fransuz sistemasiª deb atalgan sistema
7 https://ru.wikipedia.org/wiki/Лейбниц,_Готфрид_Вильгельм#
52
ham keng yoyildi; ikki asr davomida (XIX asr boshlariga qadar) Fransiyaning nashriyotlari va kitob do‗konlari bibliografiyalarida hamda bosma kataloglarida ana shu sistema qo‗llanilgan. Bu bibliografiya va kataloglar mashhur fransuz bibliograflari va kutubxonachilari tomonidan tuzilar edi.
«Fransuz sistemasiªning variantlari goho juda detallashtirib yuborilar, ayrimlari 500 tagacha bo‗linmani, shu jumladan nashrlarning xarakteri va tur, belgilariga qarab tashkil etilgan juda ko‗p bo‗linmalarni o‗z ichiga oladi. «Fransuz sistemasiª, «fakul‘tet sistemalariªga ko‗p jihatdan o‗xshashdir. «Fransuz sistemasidaª ilohiyot, yuridik fanlar va falsafa (meditsina odatda falsafa bo‗limiga kiritilar edi) bo‗limlari asosiy o‗rinda turar edi. Biroq bu sistemaning bir qancha variantlarida ayrim fanlar falsafa qismidan ajratilgan: tarix, ijtimoiy fanlar, badiiy
adabiyot mustaqil bo‗limlari va boshqa ayrim
mustaqil bo‗limlar vujudga kelgan. Keyinchalik «frantsuz sistemasiª birmuncha o‗zgartirilgan holda Yevropadagi bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida qo‗llanila boshladi.
Tuzilishi o‗z davridagi ilmiy bilimlar darajasiga javob bergan K. Gesner va G. Leybnits sistemalaridan farqli o‗laroq «fransuz sistemasiª kitob klassifikatsiyasining amaliy vazifalari bilan
ko‗p darajada bog‗langan hamda
klassifikatsiyaning ko‗p variantlarida katolitsizmning reaktsion qarashlarini aks ettirgan edi.
Ingliz faylasufi Frensis Bekonning (1561-1626 yillar) XVII asr boshlarida tuzgal fanlar klassifikatsiyasi XVII va XIX asrlardagi kutubxona klassifikatsiyasi sxemalarining, shu jumladan, «fransuz sistemasiª eng keyingi variantlarining tuzilishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi.
U fanni taraqqiy ettirish uchun katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, oradan bir yarim asr o‗tgandan so‗ng bu klassifikatsiya birmuncha o‗zgartirilgan va to‗ldirilgan holda D. Didro bilan J. L. Dalamber tomonidan nashr
53
etilgan ko‗p tomli frantsuz entsiklopediyasiga asos qilib olingan hamda
feodalizmga, absolyutizmga va reaktsion cherkov ideologiyasiga qarshi kurashda revolyutsion burjuaziyaning g‗oyaviy quroli bo‗lib xizmat qilgan edi.
Frensis Bekon (1561-1626)
Ingliz faylasufi Frensis Bekonning (1561-1626 yillar) XVII asr boshlarida tuzgan fanlar klassifikatsiyasi XVII va XIX asrlardagi kutubxona klassifikatsiyasi sxemalarining, shu jumladan, «fransuz sistemasiª eng keyingi variantlarining tuzilishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi.
Frensis Bekon tuzgan klassifikatsiyada fanning XV asr ikkinchi yarmi davridayoq boshlangan jadal rivoji umumlashtirilgan ham o‗rta asrlardagi sxolastik sxemalarga qarama-qarshi o‗laroq tabiat hodisalarinn va jamiyat hayotini o‗rganishga tayanadigan fanlarga keng o‗rin berilgan edi.
Biroq Frensis Bekon fanlarni ajratishlda juda ko‗p idealistik sistemalar uchun an‘anaviy bo‗lgan guruhga ajratishga, — «inson ruhining qobiliyatlarigaª ko‗ra, biror fanning paydo bo‗lishi va rivojlanishini qanday «qobiliyatª belgilashiga muvofiq ravishda guruhlarga ajratgan edi. Frensis Bekonning qarashlarnga ko‗ra, bunday qobiliyat uchta: xotira, tasavvur va aql-idrokdir. Xotira inson bilimlari birinchi guruhinig— tarixning paydo bo‗lishini belgilab bergan; tasavvur negizida poeziya paydo bo‗lgan; aql-idrokning faoliyati fanlarning eng katta guruhni falsafani, yoki Fanning o‗zini vujudga keltirgan.
Bunday ajratish asossiz, tasodifiy va aslida idealistik bo‗lib, u asosiy deb hisoblash lozim bo‗lgan belgidan—fan predmetidan, uni o‗rganish ob‘ektidan kelib chiqmagan edi. Aksincha, bir predmet to‗g‗risidagi fanlar har xil gruppalarga kiritilgan edi. Masalan, tabiat tarixi (xuddi jamiyat tarixi, kashfiyotlar tarixi—«mexanik tarixª singari) birinchi gruppaga, tabiat haqidagi fanlar esa (xuddi jamnyat haqidagi, mexanik san‘atlar haqidagi fanlar singari) uchinchi gruppaga kirib qolgan edi.
Frensis Bekon klassifikatsiyasida g‗ayri ilmiy tushunchalarni fanlar jumlasiga kiritish hollari ham uchrab turadi. Masalan, uchinchi guruh «xudo haqidagn fanª «ijtimoiy falsafaª-bilan boshlanadi, inson haqidagi fanlar
54