Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 486
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
bo‗linmalari jumlasiga «aql-idrokli, ilohiy ruh haqidaªgi bo‗lim kiritilgan. Bu ziddiyatlar hamda ilmiy va diniy dunyoqarashlarni bir-biri bilan kelishtirishga urinish Frensis Bekon klassifikatsiyasi tuzilgan davr uchun tabiiydir.
Bu klassifikatsiyada fanlarni ajratishning tamomila shartliligi va sub‘ektivligiga qaramay, unda ilmiy bilimlarni sistemalashtirishga yangicha yondoshish belgilari paydo bo‗lgan edi. Frensis Bekon dunyoning evolyutsion rivojlanishi, tabiat tarixi bo‗limida samoviy jismlar tarixini va dengizlar tarixini, o‗simliklar va hayvonot tarixini ketma-ket joylashtiradi. Inson haqidagi fanlar bo‗limida u «yakka kishi to‗g‗risidagiª va «jamiyatda yashovchi boshqa mavjudotlar bilan aloqador bo‗lgan inson to‗g‗risidagiª fanlarni ajratib ko‗rsatgan. Frensis Bekon o‗z klassifikatsiyasiga endigina vujudga kelgan va hali mustaqil fan sifatida shakllanib bo‗lmagan ilmiy bilimning ba‘zi sohalarini ham kiritgan edi. Masalan u, mashinalarning texnika taraqqiyotidagi ahamiyatini oldindan payqab, «mashinalar haqidagi fanlarª gruppasini ajratib ko‗rsatgan edi. O‗z davrining buyuk kashfiyoti bo‗lgan Frensis Bekon klassifikatsiyasidan, kutubxona klassifikatsiyasi sxemalarini tuzgan ko‗p kishilar, chunonchi, XIX asrda, garchi bu vaqtga kelib u ilmiy bilimlar darajasining ancha o‗sganligi tufayli juda eskirganligiga qaramay foydalanganlar.
Rossiyada kitoblarni mazmuniga qarab sistemaga solish ehtiyoji XVIII asr boshlarida paydo bo‗ladi; bu vaqtda ilmiy kutubxonalar tashkil etish yo‗lida dastlabki qadamlar qo‗yilgan edi.
Rossiyaning monastir kutubxonalari xuddi g‗arbiy Yevropadagi singari asosan shkaf ro‗yxatlari tipidagi kataloglarga ega bo‗lib, ularda kitoblar tasviri kitoblarning shkaflarda joylashuviga muvofiq — ba‘zan formatiga, tiliga, goho, mualliflar ismlarining alfavitiga qarab guruhlariga ajratilar edi.
Peterburgda 1714 yilda Kunstkamera (Noyob buyumlar kabineti) huzurida bunyod etilgan Xalq kutubxonasida (keyinchalik u Fanlar Akademiyasining kutubxonasiga aylangan) kitoblarni joylashtirishda, shuningdek, katalogda tasvirlarni guruhlarga ajratishda «fakul‘tet sistemasiª variantlaridan biri qo‗llanilar edi.
55
Fanlar akademiyasi kutubxonasida qo‗llanilgan klassifikatsiya sxemasi asosida Rossiyada birinchi marta bu kutubxona kitoblarining sistemali katalogi tuzilgan va latin tilida nashr qilingan edi8. Keyinchalik bibliograf va kutubxonachi
I. Bakmeyster o‗zining «Опыт о Библиотекеª9 degan qiziqarli asarida bu klassifikatsiyaning kamchiliklarini har tomonlama tanqid qilib, uning rasmiy xarakterini hamda detallashtirilishining cheklanganligini ko‗rsatib o‗tgan edi. Bekmeysterning o‗zi mazkur klassifikatsiyaga juda ko‗p tuzatishlar va qo‗shimchalar kiritgan edi.
XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini klassifikatsiyalashning rivojlanishi
XVIII asrning so‗nggi yillari va XIX asrning boshlarida frantsuz burjua revolyutsiyasi g‗oyalari ta‘sirida Frantsiyada yangi printsiplarga asoslangan kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyalari tuzishga intilish yuzaga keldi. Usha davrdagi har xil loyihalarda ilohiyotni oldingi o‗rinnlardan biriga qo‗yishdan keskin voz kechish g‗oyasi namoyon bo‗ladi. Ba‘zi mualliflar uchun shunday tartib o‗rnatishga urindilarki, bu tartib insoniyat tarixidagi bilim olish izchilligiga, olam va tabiat haqidagi bilimlardan inson hamda jamiyat haqidagi bilimlar tomon boradigan izchillikda o‗rganishga mos bo‗lishi lozim edi; boshqa mualliflar fanlarning har xil ehtiyojlar: moddiy va ma‘aviy ehtiyojlar ta‘sirida vujudga kelish izchilligini to‗g‗riroq izchillik deb hisoblar edilar. Yosha davrdagi ko‗pdan-ko‗p klassifikatsiya loyihalari uchun asos qilib olingan g‗oyalarning progressiv xarakterida bo‗lganligiga qaramay, ularda asosiy e‘tibor fanlarni klassifikatsiya qilishga qaratilgan hamda kutubxona klassifikatsiyasi tuzilishi bilan bog‗liq
bo‗lgan masalalar yetarlicha hisobga olinmagan edi. Fransiyada reaktsiya boshlanganligi va reaktsiya bilan birga cherkov ta‘sirining kuchayishi munosabati bilan bu sxemalar amalda qo‗llanilmadi.
8 Garchi titul varag`ida 1742 yil deb ko‗rsatilgan bo‗lsa-da, taxminan 1742—1744 yillarda bosilgan. Bu katalogning keyinchalik rus tilida nashr etilgan bir қismi (nashr etilgan yili ko‗rsatilmagan) «Камерный каталогª degan nom bilan mashhur.
9 I. B a k m e y s t e r, ―Опыт о Библиотеке и Кабинете редкостей и истории натуральной Санкт-Питербургской императорской Академии наук‖; bu asar Fanlar akademiyasining ichki kutubxonachisi Iogann Bakmester tomonidan frantsuz tilida nashr etilgan, rus tiliga esa Vasiliy Kostigov tarjima qilgan. Spb., 1799.
56
G‗arbiy Yevropa kutubxonalarida «Fransuz sistemasiª ning eng keyiigi va ideologik jihatdan juda reaktsion variantlaridan biri — J. Sh. Bryune (1810 yil) klassifikatsiyasi keng yoyildi.
Bryune fransuz revolyutsiyasidan keyin boshlagan reaktsiya yangiliklarini aks ettirib kutubxona klassifikatsiyasining ilmiy bilim rivojiga bog‗liqligini qat‘iy suratda rad etadi va kutubxona klassifikatsiyasiga kitoblarni joylashtirish uchun qulay bo‗lgan amaliy sxema deb qaraydi. U revolyutsiya davridagi sistemalarning mualliflarini «ilohiy kitoblarniª mensimaslikda ayblab, ilohiyot detallashtirilgan sinfni yana birinchi o‗ringa qo‗yadi. Bryune sistemasida ijtimoiy fan bo‗limlari
tartibsiz joylashtirilgan bo‗lib, ularning o‗zaro aloqasini anglab olish mumkin emas. Yurisprudentsiya bo‗limi ijtimoiy fanlar kompleksidan chiqarib tashlanib, ilohiyot bo‗limiga yaqinlashtirilgan edi.
Bryune sistemasi Yevropada XIX asrning birinchi choragida hukmronlik qilgan reaktsion g‗oyaga hamohang edi. Bu sistemaning ta‘siri juda katta bo‗ldi va keyingi davrlardagi ko‗p sistemalarning strukturasida jumladan Parijdagi Milliy kutubxona va Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasi hozirga qadar qo‗llanayotgan sxemalarda aks etdi.
Nemis universitet kutubxonalari XIX asrning birinchi yarmida «fakul‘tet sistemasiªning har xil variantlaridan ularni yanada detallashtirilgan holda foydalanganlar. 50-yillarda A. Shleyermaxerning puxta ishlab chiqilgan bibliografik klassifikatsiyasi munosib ravishda shuhrat qozondi; unda «fakul‘tet sistemaªlarining asosiy bo‗limlari sxemaning oxiridan joy olgan bo‗lib, ulardan oldin esa umumiy bo‗lim, adabiyot va san‘at, tarix, matematika va tabiatshunoslik bo‗limlari joylashtirilgan edi; bundan tashqari, o`nta iqtisodiy va texnika fanlarining katta bo‗limi ham kiritilgan edi.
57