Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 498

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

undan axborot olishi mumkin. Hujjat kutubxona fondini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‗lib, uning o‗ziga xos alohida xususiyatlari mavjud. Hujjatlardan foydalanish jarayonida undagi axborot hech qachon kamayib qolmaydi.

Hujjat insoniyat tomonidan to‗plangan barcha bilimlarni o‗zida aks ettiradi va uni insonlarga yetkazib berishdek vazifani kutubxona bajaradi. Shuning uchun ham shunday hujjatlar fondiga muhtoj muassasa yoki tashkilotlarning yashashi va ishlashi uchun kutubxonalar garov bo‗lib xizmat qiladi. Kutubxona fondi qanchalik to‗g‗ri tashkil qilinsa, faqat birgina kutubxona faoliyati emas, balki bir xil tipdagi kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, sifatli ishlashiga erishish mumkin. Kutubxona fondining tuzilishini bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan belgilar tashkil etadi.

Kutubxona fondini tashkil etishda kutubxona uchun zarur bo‗lgan belgilar aniqlab olinib, keyin ular ahamiyati bo‗iicha taqsimlanadi, ya‘ni joy-joyiga qo‗yiladi. Ba‘zi kutubxonalar uchun ahamiyatli bo‗lgan belgi hujjatning mazmuni, ikkinchilari uchun shakl, uchinchilari uchun vazifa, to‗rtinchilari uchun mavzularning qiymati, bebaholigi bo‗lishi mumkin. Keyin pastroq ahamiyatli belgilar aniqlanib olinadi. So‗nggida hujjatning javondagi o‗rni belgilanadi.

Hujjatlarning o‗zaro aloqalariga qarab kutubxona fondi tuziladi. Kutubxona fondining asosini hujjatlar tashkil etar ekan, fondni tuzishda ular o‗rtasidagi aloqani saqlab qolishi zarur. Hujjatlar mazmuni, shakli, maqsadi bo‗yicha har xildir. Lekin kitobxonni birinchi navbatda uning mazmuni qiziqtiradi. Shuning uchun ham kutubxonashunoslikda fond klassifikatsiya(tasnif)lanadi, shunga asosan kutubxonalar ham kitobxonning har tomonlama rivojlanishini nazarda tutib, kutubxona fondini mazmuni bo‗iicha universal, ilmiy xarakterdagi, sohalarga ajratilgan maxsus fondlarga bo‗ladilar. Kutubxona fondi tuzilishida kitobning mazmuni bilan birga shakli ham ahamiyatli, chunki u faqat fondni emas balki kutubxona tipini ham belgilab beradi. Masalan, Jahon tillari universiteti kutubxonasi belgi qilib tilni olgan bo‗lsa, Patent-texnika kutubxonasi esa hujjatning turini (patentni) olgan.


126


Hozirgi davrda nashr etilmagan manbalar ham kutubxonalarda ko‗payib bormoqda. Masalan, ilmiy-texnika kutubxonalarida 60 foizga yaqin nomda xilma-xil hisobotlar, chet el taassurotlari, standartlar, chizmalar, tarjimalar, deponent qilingan manbalar saqlanadi. Ushbu manbalar referatlanadi, mikrofilmga olinadi va axborot beriladi. Hozir yirik kutubxonalarda deponentlar fondi tashkil etilgan.

Hozir hujjatlarning hajmini qisqartirib, uni foto, diazo, elektro va boshqa usullar bilan nusxa ko‗chirib saqlash keng qo‗llanmoqda. Texnika jihatdan rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarida bosma va nusxasi ko‗chirilgan materiallar ikkinchi o‗ringa chiqib, ularning o‗rniga elektromagnitli mashina qabul qiladigan manbalar (printer-mashinka qabul qiladigan matnni bosma tekstga aylantiruvchi forma, telefaks matnni kompyuterga solib beradigan forma) kelmoqdaki, ular orqali hujjatdagi axborotni kitobxonga u xohlagan tarzda yetkazib beradi. Bu formada juda ko‗p apparatlar ishlatiladi va undan olingan materiallarni saqlab kitobxonga yetkazish mumkin.

Hozir undan ham mukammal texnikadan foydalanib axborot manbalari yaratilmoqda. Bular video kassetalar, raqamli optik disklar, kompakt disklar bo‗lib, ulardan Amerika, Germaniya, Yaponiya kutubxonalarida foydalanilmoqda. Bu usulda bosma tekstni tezda tasvirga tushirish mumkin, hatto tasvirni sekinlatib, to‗xtatib yozib olish ham mumkin. Bular ancha arzon va qulaydir. Jahondagi kutubxonalarning ko‗pchiligida Lui Brayl (Frantsiya 1825) yozuvidagi kitoblarni, globuslarni, modellarni, tangalarni, ordenlarni, golografik tasvirga ega bo‗lgan axborot vositalarini ko‗rish mumkin.

Hujjatlarni nashrdan chiqqan vaqti belgisiga qarab vaqtsiz, vaqtli va davom etuvchi nashrlarga bo‗lamiz. Vaqtsiz yangi doimiy nashrlar asosan kitoblar bo‗lib fondning asosini tashkil etadi. Vaqtli nashrlar: jurnal, gazeta, byulletenlar, to‗plamlar. Davom etuvchi nashrlar: ilmiy tashkilotlarning to‗plamlari, ilmiy ma‘ruzalar, byulletenlar.

Hujjat maqsadi bo‗yicha ilmiy-amaliy, ommabop, ishlab chiqarish, badiiy adabiyotlarga bo‗linadi. Bundan tashqari hujjatlar til, grafik belgilar va hokazolariga qarab bo‗linishi mumkin. Fondni kutubxona va ularning kichik

127



tizimlari o‗rtasidagi aloqalarga qarab tuzish, tashkil qilishda ko‗pincha kutubxona fondi va kitobxon o‗rtasidagi aloqalarga ahamiyat beriladi. Masalan, kitobxonning yoshiga qarab bolalar, o‗smirlar, katta yoshdagilarga atalgan fondlar tashkil qilinadi.

Kitobxonning sohasiga, ish xarakteriga qarab alohida fondlar tashkil qilinadi: o‗quv muassasa, ilmiy tashkilotlar, yozuvchilar uyushmasi, jamiyatlar. Fondni foydalanishga qarab: aktiv va passiv, ochiq va yopiq fond, maxsus kishilar foydalanishi mumkin bo‗lgan "maxfiy" fondlar va hokazolarga ajratish mumkin.

Kutubxona MTB imkoniyatiga qarab hujjatlar insonlar qabul qiladigan va mashina qabul qiladigan fondlarga bo‗linadi. Hozir bizda birinchisi ko‗proq, lekin kelgusida ikkinchi xil fondlar ko‗payadi va ko‗proq axborot beriladi. Kutubxonachilar uchun alohida yordamchi fond tashkil qilinadiki, undan doimo foydalanishga to‗g‗ri keladi. Kutubxonaning tipi, turi, vazifasi uning fond tuzilishini belgilab beradi. Masalan, qishloq kutubxonasida asosan bolalar va kattalar uchun fond ajratilsa, markaziy kutubxonada esa abonement, o‗quv zali, bolalar bo‗limi fondi tashkil qilinadi. Yirik kutubxonalarda hatto 20 dan ortiq alohida bo‗limlarning o‗ziga xos fondlari mavjud bo‗ladi.

Bundan tashqari alohida olingan kutubxona fondi boshqa kutubxonalar fondi bilan ham doimiy aloqada bo‗ladi va bu ularniig tuzilishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Markazlashgan kutubxonalar tizimidagi filial kutubxonalar fondi kichik sistema hisoblanib, alohida olingan hududni kitob bilan ta‘minlasa, alohida sohalarga oid yirik kutubxonalar fondi shu soha kitobxonlarini ta‘minlaydi. Masalan, Uzbekiston FAsi kutubxona tizimi yoki ilmiy tashkilot, institut kutubxonalari. Shunday qilib, kutubxona fondini tizim (sistema) sifatida alohida kutubxona, hudud, davlatlar, jahon kutubxonalari kabi tizimlarga bo‗lish mumkin va ularning shu tizimda tutgan o‗rnini bilishimiz, fondning tuzilishini o‗rganishimiz mumkin.
Nazorat savollari:

1. Axborot kutubxona fondini tizim sifatida asoslang?

2. Axborot kutubxona tizimida fondining o‗rni nimadan iborat?

128




3. Fonddagi hujjatlar va ularning turlarini ayting?

4. Kutubxona fondining asosiy komponentlari qaysilar?

5. Axborot kutubxona fondida ―To‗gridan-to‗gri aloqa‖ ni nima tashkil qiladi?

6. Axborot kutubxona fondida ―Qaytma (aks) aloqa‖ hususiyatlarini

ko‘rsating?
10-Bob. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI O‗ZIGA XOS BELGI VA XUSUSIYATLARI

Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarining mazmuni va belgilangan maqsadiga ko‗ra universal hamda maxsus axborot-kutubxona muassasalariga bo‗linadi.