Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 497

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning turli sohalari buyicha shakllantiradi va turli toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo‗lgan extiyojlarini kanoatlantiradi.

Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari buyicha shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo‗lgan extiyojlarini qanoatlantiradi22.

Har xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud. To‘ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondni to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qiladi. Kutubxona fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi)dan kelib chiqiladi. Masalan: universal kutubxonalar o‘z fondini keng kitobxonlar doirasiga mo‘ljallasa, ilmiy va maxsus kutubxonalar asosan ilmiy xodimlar, mutaxassislarga mo‘ljallab kitob olishga harakat qiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Masalan: universal kutubxonalar ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar, texnika adabiyotlarini olsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar
22 O‗zbеkiston Rеspublikasining Qonuni. Axborot-kutubxona faoliyati tug‗risida // Xalq so‗zi.- 2011.-14 apr. 129


mavjud bo‘ladi. Har xil turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladilar23.

Tanlab to‘ldirish fonddan foydalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik adabitlarini, medisina kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni tuliq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. Yirik kutubxonalar, ARM da bu ish bilan alohida bo‘lim va bo‘limchalar shug‗ullansa, kichikroq ommaviy kutubxonada bu ishni bir odam ya‘ni mudir bajaradi. Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususi yatlar mavjud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq saqlashni qisobga olsa, ommaviy kutubxonalar takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi. Ilmiy kutubxona o‘qilmaydigan kitoblarni depozitar kutubxonaga topshirsa, ommaviy kutubxona uni tezroq hisobdan chiqarishga harakat qiladi. Fondni to‘ldirish manbalari jihatidan ham ancha farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa (pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib hisoblansa, boshqa kutubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan oladilar.

Respublikamizda eng ko‘p tarqalgan kutubxonalar - bu Universal axborot kutubxona muassasalaridir. Kitobning o‘rtacha aylanishi umuman 1.5 marta, qishloqda esa 1,7 ni tashkil etadi. Ushbu kutubxonalarga asosan yosh boladan
tortib keksalargacha a‘zo bo‘lib, aholining barcha qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Bu kutubxonalarning maqsadi va vazifasi ushbu toifa kitobxonlarining xilma xil talablariga javob berishdir. Shuning uchun ham uning fondida xilma xil sohalariga oid kitoblar bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Universal axborot kutubxona muassasalari aholini kitobga bo‘lgan xilma xil talablarini bajarishdan tashqari asosiy axborot markazi vazifasini ham bajaradilar. Demak, ushbu omillarni hisobga olgan holda ishbilarmonlarni, xilma xil sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarni, matbuotga bo‘lgan talab va qiziqishni qondirishni ham o‘ylab kitoblar tanlash lozim. Bundan

23 Abdulwahab O. Fundamentals of Library and information science. chapter nine. categories of library collections.-Issa Ilorin publisher, 2009.- p. 64

130


tashqari ilm va fanning turli sohalari, ishlab chiqarishning ilg‗or texnologiyasiga oid kitoblar ham fondda bo‘lishi lozim, chunki ilm va fanni rivojlantirmay biron-bir natijaga erishish mumkin emas. Shuning uchun ilg‗or tajribalar, texnologiyalar yoritilgan xorijiy mamlakatlarning tarjima kitoblariga e‘tibor berish lozim. Xalqimizning milliy, ruhiy, an‘analarini yorituvchi, ularga o‘zligini tanituvchi tarixi, badiy asarlar fondda bo‘lishi tabiiy. Yuqoridagilardan ma‘lumki, badiy kitoblar fondning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, ularni ham tanlab, saralab kitobxon qiziqishiga mos keladiganini olish ma‘qul. Universal axborot kutubxona muassasalari tizimiga kasaba kengashining kutubxonasi, bolalar kutubxonalari ham kiradi. Ushbu kutubxonalarni to‘ldirishda ham shu kutubxonalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kasaba kengashi kutubxonasi odatda biron-bir korxona, tashkilotga, alohida soha kishilariga xizmat qiladi. Ushbu kutubxonada ham nashrlarni ko‘p qismi badiy adabiyot bo‘lib qolishi bilan birga, ushbu korxonaning profiliga oid kitoblar bo‘lishi mumkin. Kitob olishda ular boshqa kutubxonalar bilan muvofiqlashib, kelishib olishlari lozim.

Bizda universal kutubxonaning eng kuchli tizimi bu ARM dir. Markaziy

kutubxona ham huddi shu vazifani bajaradi, lekin uning xizmat qilish masofasi ancha keng. Bu kutubxonada abonement, o‘quv zali, kitob saqlash bo‘limi va qokazolar bo‘lib, keng tabaqaga xizmat qiladi. Ilmiy kutubxonalar o‘z fondini butlashning xilma-xil iullardan foydalanadi . Yirik ilmiy kutubxonalar majburii nusxa olish bilan birga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham kitob xarid qiladi. Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayiiqsa vaqtli, davom etadigan va ko‘p tomli nashrlarni to‘liq to‘plashi lozim. Universal ilmiy kutubxonalar o‘zlarining murakkab tuzilishga qarab kitob, jurnal, gazeta, xilma-xil atlaslar, kartalar, chizmalar va hokazolarni oladi. Strukturali bo‘limlar kitob taqsimlashning aniq rejasiga rioya qiladi. Bu kutubxonalar faqatgina yangi adabiyotlar olmasdan kitobxon talabiga ko‘ra ilgari nashr qilingan kitoblarga ham ko‘proq ahamiyat beradi.

Maxsus ilmiy kutubxonalar tipiga ko‘p sohali akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiytexnika kutubxonalari kiradi. Ular fan-texnika, qishloq xo‘jaligi va

131

boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy axborot berish markazlari bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali ilmiy kutubxonalar fondini butlashni xususiyatlaridan biri- har bir mavzu bo‘yicha kerakli kitoblarni olishdir. Chunki mazkur kutubxonalar mana shu sohadagi kitobxonlarga axborot markazi sifatida xizmat qiladi. Masalan: O‘zbekiston ilmiy-texnika kutubxonasi yoki Kibernetika instituti kutubxonasi va hokazo. Bunday kutubxonalar nafaqat axborot beradi, balki faktografik ma‘lumotlar ham berishga qodir. Natijada bu kutubxonalar mutaxassislar uchun katta axborot tizimiga ega bo‘lgan oz tiratli buyurtmali va bepul nashrlarga ham

alohida ahamyat beradilar. Shunga muvofiq kitob va jurnal fondidan tashqari ko‘p sohali kutubxonalar maxsus sanoat kataloglarini, xorijiy ilmiy va ilmiy-texnika adabiyotlarining, mashinkalangan tarjimalarning, idoraviy adabiyotlarning, algoritmlar hamda dasturiy mahsulotlarning, ba‘zan e‘lon qilinmaydigan materiallarning kam nushali fondlarini ham tashkil etadilar. Oz nusxali majburiy nushalar (pullik va bepul) ko‘p sohali kutubxonalarni butlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali kutubxonalar xorijiy adabiyotlardan birinchi navbatda chet eldagi fan yutuqlari to‘g‗risida yakuniy materiallarni olishga harakat qiladilar. Bunda, albatta, monografiyalar, ilmiy tadqiqot muassalar, konferensiya, simpozium materiallarini sotib olishga qiziqadilar.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarni butlash xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, bu tarmoq bir necha un yilliklar davomida markazlashgan sharoitda ishlamoqda. Akademiya muassasalari barcha fan va bilim sohalarini qamrab oladi va bu unga kiradigan kutubxonalardan olinadigan kitoblar mavzusini puxta chegaralab olishni talab qiladi. Fanlar akademiyasi institutlari har bir kutubxonasining o‘z butlash sohasi bo‘lib, u olimlarning faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Butlashning bunday takomiliga boshqa kutubxonalar erishgan emas. Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi fondida umumiy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar, ayniqsa asl manbalar, ilmiy s‘ezdlar, konferensiya, kengashlar materiallari, ma‘lumot va noyob nashrlar, qo‘lyozmalar keng jamlanadi. Alohida institutlarning kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan farq qilib, o‘z sohasiga oid va ma‘lumot xarakteridagi adabiyotlarni oladi. Markaziy kutubxona o‘z

132

tizimidagi kutubxonalar uchun ayrim nashrlarni mikrofilm, kserokopiya qilib beradi.

Akademiya kutubxonalari tizimi xorijiy nashrlar bilan butlashda qator o‘ziga xoslikka ega. Bu ancha murakkab jarayon, chunki juda katta miqdordagi jahon bosma adabiyotlari bilan ish olib borishga to‘g‗ri keladi. Ayniqsa, vaqtli bosma nashrlarni sotib olish butlashda katta qiyinchiliklar tug‗diradi. Xorijda har yili hamma sohalarga oid 150-200 yangi nomda jurnallar paydo bo‘ladi, ularning ichidan keragini tanlab olish ancha mushkul. Oliy o‘quv yurti ARMlarining fondlarini butlashda mazkur kutubxonalarning o‘ziga xos vazifalari o‘quv-tarbiya jarayoni, talaba va o‘qituvchilarni zarur kitoblar bilan ta‘minlash zarurati bilan belgilanadi. Bundan tashqari mazkur kutubxonalar talabani komil inson va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun ham qayg‗uradi. Mazkur kutubxona fondida shu o‘quv yurtining sohasi bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali manbalar ham to‘planadi. Bundan tashqari mazkur kutubxona maxsus, ilmiy, texnika, badiiy hamda ma‘lumot nashrlarini ham oladi. Keyingi yillarda bu kutubxona fondlari sezilarli ravishda o‘zgarmoqda, ya‘ni mazkur sohaga oid ilmiy nashrlar axborot vositalari ham olinmoqda. Ayniqsa, o‘quv adabiyotlariga katta ahamiyat berilmoqda. Odatda har bir talabaga o‘quv predmeti bo‘yicha bittadan (1:1) kitob, qo‘shimcha adabiyotlar (1:2) bo‘lishi lozim. Mazkur kutubxona o‘z fondini butlashda kafedralar, o‘qituvchilar, talabalar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bundan tashqari o‘quv jarayonining o‘zgarishi, yangi predmetlarning joriy qilinishi, darsliklarning yetishmasligi yoki yaratilmaganligi kabi muammolarni hal qilishga tayyor turishi lozim. Maxsus axborot-kutubxona muassasalari fondlari asosan xodimlar malakasini oshirish hamda mehnatning progressiv usullarini o‘zlashtirishda ishlab chiqarishga yordam berish, texnikaning umumiy masalalari bo‘yicha adabiyotlarni targ‗ib qilishga moslangan. Bu kutubxonalar odatda ilmiy-texnika axborogi tizimining tarkibiy qismi sifatida shakllanga adabiyot tanlashda o‘ziga xos turlar: standartlar, sanoat kataloglari, ixtirolar tavsifi va hokazolarga
ahamiyat beradi. Odatda texnika adabiyotlari tez eskirib yangilanib turadi, natijada mazkur kutubxona fondlari ham shunga monan, bo‘ladi.

133

Hozirgi davrda texnika kutubxonalarining tor ixtisoslashgan fondlari tematikani kengaytirish tendensiyasiga ega va bu qonuniydir, chunki ayrim masalalarni ishlab chiqish fan va texnikaning yondosh tarmoqlariga doir axborotlardan foydalanishni talab qilmoqda. Bu esa fondning tez o‘sishini ta‘minlamoqda. Ba‘zan alohida maxsus kutubxonalar tashkil etishni talab qilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Republikasi Patent kutubxonasi. Mazkur kutubxonaning kitob olish manbasi xilma-xil bo‘lib, asosiy manba shu mavzuni nashr qiladigan tashkilotdir.

Kutubxona fondi uzining belgi va xususiyatlariga qaraganda alohida tizim

sifatida ajralib turadi. Bu xolatni bilsh kutubxonachiga uni boshqa fondlardan ajratib olish imkoniyatini beradi.

Masalan: muzey fondi, arxiv fondi. Agar belgi fondning tashki holatini ifodalasa, xususiyat uning sifatini, ichki xolatini ifolaydi.

1. Kutubxona fondi asosiy belgilaridan biri — undagi hujjatlardir. Kutubxonada

fondga kiruvchi va kirmaydigan hujjatlar ham bo‘ladi. Masalan, inventar kitobi, qarorlar papkasi va xokazo. Kutubxona fondini tashkil qilishda unda qancha kitob bo‘lishini belgilash lozim. Bizda xilma-xil turdagi axborot-kutubxona muassasalarni tashkil qilishda birinchi (minimum) va oxirgi (maksimum) me‘yorlar belgilanadi. Kutubxonaning xiliga qarab qancha nomda va nushada kitob olish aniqlanadi.

2. Kutubxona fondining ikkinchi belgisi — fondni hajmi va kattaligni undagi

kitoblarning nomi va nushasini hisobga oluvchi ko‘plikdan iborat. Fondlar katta-kichikligiga qarab: kichik, o‘rta va kattaga bo‘linadi. Agar kichik fond

2 ming bo‘lsa, kattasi 5- million bo‘lishi mumkin. Kutubxona fondidagi hujjatlar kimga tegishliligi, mazmuni, mavzusi, turi, xili, yoshiga qarab uziga xos belgilariga ega. Yuqoridagi belgilar kutubxona fondining tarmog‘ini, xususiyatini belgilab beradi.

3. Kutubxona fondining uchinchi belgisi uning tarmog‗idagi, ya‘ni sohalarga

oidligidir. Kutubxona fondini to‘ldirish uchun olinayotgan hujjatlar uning tarmoq belgilariga mos kelishi lozim, shundagina undan tegishli kitobxonl a r

134



foydalanadi, aksincha bo‘lsa, u hujjat o‘qilmasligi mumkin. Kutubxona fondining tarkibi deganda uning tarmog‘ining kengligi (diapazoni) tushuniladi, ya‘ni undagi fan tarmoqlariga oid olingan kitoblar, mavzusi, turlari, xillari, nashr qilingan yillari, fondning yoshi hisobga olinadi. Bundan tashqari kutubxona fondi to‘liqligi va uning tartib bilan joylashtirilganligi ham ahamiyatlidir.

4. Shuning uchun uning to‘rtinchi belgisi xujjatlarni tartibli butlanib, joylashtirilganligidir. Kutubxonaga kitoblar ma‘lum kitobxonlarning talabi va ehtiyojiga qarab olinadi.

5. Kutubxona fondini alohida belgilaridan beshinchisi uning kitobxonga atalganligi va undan foydalanishdir. Kitob faqat o‘qilgandagina undan foyda keladi, aksincha hech qanday foyda keltirmay yotaveradi.

Shuning uchun kitobdan foydalanish vaqti, qoidalari belgilanib u kitob do‘koni fondidan farqlaniladi. Kutubxona fondi belgilaridan yana biri, uning foydalanish uchun tayyorligidir. Kitob kitobxonga yetib borgunicha ancha jarayonlarni bosib o‘tadi. Kitobxon topshirgan kitobni ham o‘z joyiga taxlash lozim. Hali ishlov berilmagan kitoblarga ishlov berilib, kutubxona fondiga topshiriladi.

Kutubxona fondining xususiyatlari. Har qanday moddiy boylik singari kutubxona fondi ham uziga xos xususiyatlarga ega. Kutubxona fondining ko‘pgina xususiyatlari bor — ular fondning rivojiga asos bo‘ladi.

Xususiyatlari: agar o‘ziga xos axborot va bilim manbasiga ega bo‘lsa-yu, lekin ular orasida ichki bog‘liqlik mavjud bo‘lmasa, ya‘ni fond tarmog‘iga to‘g‘ri kelmasa, bunday fondni kutubxona fondi deya olmaymiz.

Agar kitoblar mazmuni jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa, to‘ldirilsa, kitobxon talabiga javob beradigan to‘la jamlangan bo‘lsa - kutubxona fondi deb ataymiz.

Kutubxona fondidagi hujjatlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, kamchiligi doimo to‘ldirib borilsa - bunday fondni to‘liqlik deb ataymiz. To‘liqlik, ya‘ni fondning o‘zaro kelishuvi, bog‘liqligi va o‘zaro harakat birligi bilan ifodalanadi. Kutubxona

fondi—bu tarkibiy bo‘laklar (kichik fondlar)dan tashkil topgan butunlikdir.

135