Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 494
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Kutubxona fondining butunligi uning bo‘laklarga (bo‘limlarga) bo‘linishi (differentsiatsiya) va birlashishi asosida tashkil topadi. Bu yerda qarama-qarshiliklarning birligi va ularning kurashish qonuniga asoslaniladi. Butunlikni saqlab qolish kutubxonalar oldiga qo‘yilgan maqsadga ham bog‘liq. Shu maqsadga qarab kutubxona o‘z fondini xilma-xil kitoblar bilan to‘ldiradi. Uzining ichki va tashqi aloqalari bilan kutubxona fondi kichik tizim hisoblanadi. Kutubxonachilar kitobxonga kerakli kitoblarni aniqlash va shunga o‘xshaganlarini olishga harakat qiladilar. Fondning ochiqligi kitobxonga kerakli bo‘lgan axborotni beruvchi kitoblarni (ilmiy, badiiy, estetik va hokazo) olish imkoniyatini beradi.
Kutubxona fondini ko‘pincha tashqaridan hech nima ta‘sir qilmaydigan va tashqariga hech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydigan yopiq tizim deyishga harakat qilishadi. Bu noto‘gri. Dunyoda bo‘layotgan voqea va xodisalarning matbuotda yoritilishi fondga ta‘sir etsa, fond o‘z manbalari, kitobxonlari orqali tashqariga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Natijada fondning ichida kam miqdoriy va mazmuniy o‘zgarishlar yuz beradi. Ular fondga tushadigan yangi kitoblar va undan chiqarilayotgan eski kitoblar bilan ham bog‘liq, ya‘ni dinamik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Lekin shu bilan kutubxona fondi bir qator xususiyatga ega bo‘lib, unga tushadigan hujjatlarni o‘ziga qabul qilib olaveradi (statik). Bu yerda dinamik o‘zgarib turishi va uning barqaror turg‘unligi o‘rtasida qarama-qarshilik mavjudki, bu fond bilan doimiy ish olib borishni ta‘kidlaydi, hamda uning rivojlanishiga yordam beradi.
Fond qanchalik katta bo‘lsa, undagi kitoblarning aylanishi shuncha kam bo‘ladi. Masalan, yirik kutubxonalarda fondning 15 foizi aylanishi mumkin. Bu jarayon qonuniy, uni to‘xtatib bo‘lmaydi, lekin fondning aylanishini ko‘paytirish uchun passiv fond odatda depozitariyga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ochiq fonddagi ba‘zi o‘qilmagan kitoblar yopiq fonga o‘tkaziladi yoki aksincha yopiq fonddagi ba‘zi kitoblarni ochiq fondga o‘tkazib, fondning tezkor harakat qilish xususiyati ta‘minlanadi.
136
Kutubxona fondining yana bir xususiyati uning tarqoqligi va bir joyga to‘planganligidir. Kutubxona fondi kutubxonalar o‘rtasidagi almashuv, kitobxonga kitob berilishi natijasida tarqalib turadi. Lekin shu bilan birga bir joyga to‘plangan holda turadi. Juda ko‘p miqdordagi xilma-xil kitoblarning bir joyda to‘planib turishining ham ijobiy ham salbiy tomonlari bor. Yirik kutubxonalarda minglab kitob bo‘lib, ular uzoqdagi kitobxonlarga yetib bormaydi.
Uni tezroq tarqatish, kitobxonga yetkazish uchun kitob berishni, axborot berishni avtomatlashtirish lozim. Bugungi kunda axborot-kutubxona muassasalarida elektron kutubxonalarning tashkil etilishi, korporativ tarmoqning mavjudligi, turli virtual xizmatlarning joriy etilishi - AKMlarida mavjud resurslarni aholining keng
qatlamiga etkazishga xizmat qilmoqda. Kutubxona fondining yana bir
xususiyati — extimolligidir. Fondni hech qachon kitobxonning talabiga yuz foiz mos keladigan xolda to‘ldirish mumkin emas. Xujjatlarni tanlash, fondni tashkil etish va undan foydalanish uzining mohiyatiga ko‘ra extimollik xarakteriga ega.
Chunki, kitob tanlovchi (kutubxonachi) hali muayyan mavzudagi, sohadagi kitob qanchalik uqiladi, qanchalik kerakligi aniq bilmaydi, shu sababli u nashriyotlarning mavzuviy rejasidagi kitoblarni extimollik bilan tanlab oladi. Kutubxona fondining yana bir xususiyati boshqarilishdir. Fondning hamma xususiyatlari boshqarish natijasida namoyon bo‘ladi. Kutubxona fondini ichki va tashqi muxitning ta‘siri asosida, kutubxona oldidagi maqsadiga qarab boshqarib borish lozim. Fondni boshqarishda har bir ish jarayoni puxta uylab, takomillashtirilib boriladi. Natijada fond uzining butunligini, barqarorligini, caqlab qoladi. Bu jarayonlarni fondni boshqarish nazariyasi o‘rgatadi. Yuq‘oridagi xususiyatlar kutubxona fondining ishonchligi xususiyatida aks etadi. Bu xususiyat fondning to‘liqligini, xizmat qilishga tayyorligini, yaxshi ishlashini, doimiyligini ifodalaydi. Fondning ishonchli bo‘lishiga juda ko‘p omillar ta‘sir etadi.
Kutubxona fondi ilmiy tushuncha sifatida uzining belgi va xususyatiga ega. Ushbu xolati uni kitob do‘koni, kutubxona kollektori, arxivdan ajratib turadi. Kutubxona fondi—kitobxonlarga atalgan xujjatlar caqlash va foydalanish, tartibga solish, kutubxonaning turiga, tarmogiga moslangan kitoblar yigindisidir. Uzini
137
sifat xususiyatlariga ko‘ra kutubxona fondi butun, ochiq extimoliy, boshqariladigan, ishonchli tizimdir. Avtomalashtirilgan tizimlarda "hujjat" tushunchasi ma‘lumot ma‘nosida yuritiladi. Chunki mashinalar tomonidan ma‘lumotlar hujjatlardan olib beriladi. Kutubxona fondi kitoblar ko‘p bo‘lganligi uchun uning modeli tuziladi, yani tavsif qilinadi va ushbu kartochkalar katalog va kartotekalarda joylashtiriladi. Informatikada bu holat ikkilamchi hujjat deyiladi. Katalog va kartochkalar kutubxona fondi tarkibiga kirmaydi. Kutubxona fondi uzining mustaqil ob‘ektiga ega bo‘lib, kutubxona fondi xaqidagi bilimdir. Kutubxona fondshunosligining predmeti—kutubxona fondini nazariy jihatdan tizim sifatida har tomonla o‗rganishdir.
Nazorat savollari:
1. Kutubxona fondining hususiyatlarini sanang?
2. Umumiy qoidalar va kutubxona fondining belgilari nimadan iborat?
3. Fond ilmiy tushuncha sifatida qanday izohlanadi?
4. Fondning sohaga oidligi prinsipini tushuntiring?
5. Fondning butunligi va barqarorligi qanday saqlanadi?
9.1. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI SHAKLLANTIRISH
Kutubxona fondini shakillantirish mazmuni va maqsadi. Kutubxona fondini shakillantirishdan maqsad uni kutubxonaning vazifalariga moslashtirish, kutubxonalarning talab va ehtiyojlarini to‗liq qondirishdan iborat. Chunki har xil davrda kutubxonalar oldiga alohida vazifalar qo‗yiladi. Masalan, 1920-1930 yillarda targ‗ibot va tashviqot, savodsizlikni tugatish, 40- yillarda urushga qarshi kurash va hakazo. Kutubxona oldiga qo‗yilgan vazifa bilan kitobxon talabi
o‗rtasida qarama-qarashlik bo‗lmasligi lozim. Kutubxona turli tabaqa kitobxonlari qiziqishi va talabi, ehtiyojini hisobga olgan holda o‗z fondini shakillantiradi.
Kitobxonning qiziqishi, talabi ijtimoy-demografik (yoshi, jinsi,ma‘lumoti kabi) va shahsiy o‗ziga hos hususiyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun kitobxonning qiziqishi uning kitobga bo‗lgan talabida aks etadi. Kutubxonaning
138
fondi mazkur kitobxonlar qiziqishi va talablariga iloji boricha javob bermog‗i kerak. Fondni butlashda kitobxon talabiga befarq qarash - bu kutubxona ta‘sir doirasining pasayishiga va aksinch faqat kitobxonlar talabi asosida butlash bondning sifati va mazmuniga salbiy ta‘sir etishi, madaniy rivojlanishiga to‗siq bo‗lishi mumkin.
Kutubxona fondini kutubxona vazifasiga, kitobxonlarning talabiga moslab shakillantirish faqatgina hozirni (qisqa davrni) mo‗ljalga olmay, talablarni o‗rganish bilan birga, xilma xil usullar bilan ularni o‗stirishga, takomillashuviga harakat qilinadi. Talab va butlash qonunining buzulishi kutubxonachining ma‘lumoti pasligidan, fond bilan ishlay olmasligidan darak beradi. Kitobxon qiziqishining umumiy, hususiy va alohidalikka bo‗linishi konsepsiyasi kutubxona fondini shakillantirishning nazariy asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunday xilma - xillik o‗rtasida chegara vaqtinchalik xarakterga ega.
Shunga qaramasdan har bir kutubxona o‗z fondini shakillantirayotganda umumiy va hususiylikka etibor beriladi.
Boshqacha aytganda, universal kutubxona bo‗lgan ko‗pchilik talabni hisobga oladi, alohida talabni boshqa kutubxonalar hisobiga bajarishga harakat qiladi. Umumiylik, hususiylik, alohidalik tushunchasi qiziqish borasida nisbiydir, bir kutubxona uchun umumiy va hususiy bo‗lgan narsa boshqa kutubxona uchun alohida bo‗lishi mumkin va aksincha.
Shunday qilib, fondni shakillantirishni moslashtirish qonuni kutubxonachidan malakali bo‗lishi va kutubxonaga xizmat ko‗rsatadigan vazifalarini, muammolarni, kitobxonlar tabaqalari talab va ehtiyojlarini, qobilyat va imkoniyatlarini, kitobni bilishini talab qiladi. Fondni shakillantirishda faqat intuitsiya bilan emas, balki matematik hisob-kitob birgalikda olib borilishi lozim. Kutubxona fondini shakillantirish uchun kitobxonlarning axborotga bo‗lgan ehtiyojini o‗rganish lozim, biroq bu soha bizda hali rivojlanmagan. Shuning uchun kutubxonachilar kitobxonnig axborotga bo‗lgan ehtiyojini qiziqish va talabga tenglashtiriladi. Bu esa noto‗g‗ri.
139
Kutubxona fondini shakillantirishda bir biriga qarama-qarshi bo‗lgan ta‘sir etuvchi kuchlar bo‗lib, ular quyidagilardan iborat:
a) Kutubxona fondi va tashqi muhit.
b) Kutubxona fondi va kutubxonaning boshqa tuzilmalari.
c) Kutubxona fondi va uning ichki qarama-qarshiligi.
Ularning ichidagi eng xaflisi kutubxona fondi va tashqi muhitning tez tez o‗zgarib turishi kutubxona oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‗yadi. Kutubxona fondi mamlakatda chiqayotgan barcha hujjatlarni ololmaydi, chunki bu mablag‗ bilan bog‗liq. Bundan tashqari kutubxonaning tarmog‗i, binosining imkoniyati, caqlash kabi faktlar to‗siqlik qiladi. Kutubxona jismoniy va ma‘naviy eskirgan kitoblarni passiv fonga o‗tkazish yoki chiqarib tashlash haqida ham o‗ylash kerak
bo‗ladi. Yuqoridagi qarama-qarshiliklarni ishlatish, fondni kitobxon talabiga moslashtirish kutubxonaning asosiy vazifasi va kelajagi hisoblanadi.
Kutubxona fondining kutubxona hodimlari bilan qarama-qarshiligi shundaki, kutubxona fondini shakillantirishni tashkil qilish uchun kutubxonachi doimo o‗z malakasini oshirib borishi lozim. Kutubxonachi o‗z fondini doim mukammal to‗ldirib borishi va ularni yaxshi saqlash uchun binoni kengaytirishi, xonalarning yetarli bo‗lishiga erishish lozim. Kitobxonlarning to‗lib ketishi, joyning yetmasligi, avtomatlashtirishga moslashmaganligi, bo‗limning har xil joyda joylashuvi va haozolar shakillantirishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kutubxona fondini kitobxon talabiga moslab shakillantirishning asosiy usullaridan biri -fondni o‗zining ixtisosiga mos kitoblarni olishi, fondning to‗liqligini saqlab qolishdir.
Kutubxona fondini shakillantirishda kerakli hujjatlar kitoblar olamidan shunday saralab, tanlab olinadiki - bu kitobxonga zarur kitobni o‗qish imkoniyatini yaratadi. Kitobxonning axborotga bo‗lgan ehtiyojiga qarab adabiyotlar bilan ta‘minlash kutubxonachining vazifasidir. Bu o‗z navbatida kutubxona fondini tashqi muhit bilan o‗zaro aloqasini va o‗zaro ta‘sirini aks ettiradi. Kutubxona
140
fondini kitobxonlarga bemalol tanlab olish imkoniyatini yaratuvchi kitob olamini tashkil eta oluvchi, har xil mavzudagi muammolar, qiziqarli kitoblar bilan ularni jalb etishi, qiziqishlarini chuqurlashtirish, kengaytirish lozim. Saralab tanlash prinsipi kutubxona fondini shakillantirishning bosh prinsipi bo‗lib qolgan prinsiplar shunga asoslangandir. Muvofiqlash, moslash prinsipi mamlikatda chiqayotgan ko‗plab kitoblardan bizga ushbu kerakli hujjatlarni tanlab olishni o‗rgatadi. Kutubxonaning vazifasi ham o‗zining turu va xili, tarmog‗iga, kibobxonlar talabi va so‗rog‗iga moslab, kerakli kitoblarni olib o‗z fondini shakillanririshi kerak. Mamlakatimizda xilma xil axborot kitubxona muassasalari mavjud. Masalan, oliy o‗quv yurti, kollej va litsey, umumta‘lim o‘rta maktablarning Axborot resurs markazlari va boshqa kutubxonalar o‗zining kitobxonlariga moslab kitob oladilar.
Ushbu kutubxonalar oldiga qo‗ygan vazifasiga qarab kitoblarni saralab tanlaydiki, bu mazkur kutubxona tarmog‗iga mos keladi.
Ixtisoslashtirish - profillashtirish ma‘lum toifa kitobxonlarning axborotga bo‗lgan ehtiyojini va kutubxonaning vazifasini hisobga olib, fondga olinadigan kitoblar mavzusini chegaralashni bildiradi. Bunday ixtisoslashtirish kitobxonga kerakli bo‗lgan kitoblarni boshqa kutubxonadan olish imkoniyati bo‗lganda va kitob olish ishi, yani butlash - shu kutubxonalar bilan kelishilgan holda olib borilganda o‗zini oqlaydi.
Ixtisolashtirish - kutubxona fondi hamma tarkibiy butlamlarning bir-biriga mos kelishini ta‘minlash degani. Masalan, olinadigan kitoblar mavzusi, turi, nushasi, tili, xili va hakozo. Bundan tashqari kutubxonaning ish miqdori, vazifasi, xili ham hisobga olinadi. Kutubxona fondini shakillantirishda mavjud joyning ahvoli, holati kitobxonlar tarkibi, ularning millati hususiyatilari, qiziqishi ham hisobga olinadi.
Kutubxona o‗z ixtisosi bo‗yicha to‗liqroq kitob olishga harakat qilsa, boshqa sohadagi kitoblarni tanlab olishga to‗g‗ri keladi. Masalan, ARM fondida vaqtli matbuot 10 - 15 %ni, tezda axborot beruvchi ilmiy kutubxonalarda vaqtli matbuot
50 %ni tashkil etishi mumkin.
141
Ixtisoslashtirish mazkur kutubxona fondni mazmuni va tuzilishini
kitobxonlarning axborotga bo‗lgan ehtiyojiga yaqinlashtirishga, mazkur joy, muassasa oldida turgan xo‗jalik, iqtisodiy ma‘naviy vazifalarga bo‗ysundirishga olib keladi.
Kutubxonalar fondni butlashda asosiy muvofiqlashtirishga alohida ahamiyat berishi lozim.
Koordinatsiya - boshqa kutubxona fondini xisobga olishni, o‗zaro aloqani, o‗zaro qo‗llab qubatlashni taqazo qiladi. Alohida hudud, viloyat, respublika miqiyosidagi kutubxonalarga ularning turi, tarmog‗iga e‘tibor berib, kitoblarni kelishgan holda olish, muvofiqlash lozim. Bunday hollarda fondning to‗liqligi saqlanadi, talablar o‗z vaqtida bajariladi, kitobga ketayotgan mablag‗ tejaladi va ular yaxshi saqlanadi. Ko‗p so‗raladigan kitoblar o‗quv xonalarida foydalanishga beriladi. Bu holat o‗z navbatida muvofiqlashgan kutubxona fondining bosh vazifasini yechishga yordam beradi, yani kitobxonlarning axborotga bo‗lgan ehtiyojini to‗liq qondirishga, ko‗proq so‗raladigan kitoblarni kitobxonga yetkazilib berilishiga, tez va sifatli hizmat ko‗rsatishga olib keladi.
Tartibga solish prinsipi asosan kutubxona fondini butlash va undan kitoblarni chiqarish rejali, muntazam, tezda bajarilib borilsa u o‗z maqsadiga yetadi. Bu holat odatda tashkiliy prinsip deb ham ataladi.
Demak, kutubxona fondini shakillantirishda ishlab chiqarilgan nazariy va amaliy qoidalar va usullarga alohida e‘tibor berish lozim.
O‗z-o‗zini tekshirish uchun savollar:
1. AKM va ARMarkazlari fondini shakllantirish tushunchasi.
2. Shakllantirishni mavzuni va maqsadi.
3. Shakllantirish jarayoni tahlili.
9.2. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI TASHKIL QILISH TEXNOLOGIYASI
Har xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud. To‘ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari
142
hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qilinadi. Kutubxona fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi)dan kelib chiqiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Masalan: Universal kutubxonalar ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar, texnika adabiyotlarini olsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mavjud bo‘ladi. Har xil tip va turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladilar. Tanlab to‘ldirish fonddan foydalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik adabiyotlarini, meditsina kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni to‘liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi. Ilmiy kutubxona o‘qilmaydigan kitoblarni depozitar kutubxonaga topshirsa, universal kutubxona uni tezroq hisobdan chiqarishga harakat qiladi. Fondni to‘ldirish manbalari jihatidan ham ancha farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa (pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib hisoblansa, boshqa kutubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan oladilar.
Yuqoridagilardan ma‘lumki, badiiy kitoblar fondning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, ularni ham tanlab, saralab kitobxon qiziqishiga mos keladiganini olish ma‘qul. Kasaba kengashining kutubxonalari, bolalar kutubxonalarini to‘ldirishda shu kutubxonalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kasaba kengashi kutubxonasi odatda biron-bir korxona, tashkilotga, alohida soha kishilariga xizmat qiladi. Ushbu kutubxonada ham nashrlarni ko‘p qismi badiiy adabiyot bo‘lib qolishi bilan birga, ushbu korxonaning profiliga oid kitoblar