Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 493

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


143

bo‘lishi mumkin. Kitob olishda ular boshqa kutubxonalar bilan muvofiqlashib, kelishib olishlari lozim.

Ilmiy kutubxonalar o‘z fondini butlashning xilma-xil yo‘llaridan foydalanadi. Yirik ilmiy kutubxonalar majburiy nusxa olish bilan birga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham kitob xarid qiladi. Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayniqsa vaqtli, davom etadigan va ko‘p tomli nashrlarni to‘liq to‘plashi lozim.

Universal ilmiy kutubxonalar o‘zlarining murakkab tuzilishga qarab kitob, jurnal, gazeta, xilma-xil atlaslar, kartalar, chizmalar va hokazolarni oladi. Strukturali bo‘limlar kitob taqsimlashning aniq rejasiga rioya qiladi. Bu kutubxonalar faqatgina yangi adabiyotlar olmasdan kitobxon talabiga ko‘ra ilgari nashr qilingan kitoblarga ham ko‘proq ahamiyat beradi.

Maxsus ilmiy kutubxonalar tipiga ko‘p sohali akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-texnika kutubxonalari kiradi. Ular fan-texnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy axborot berish markazlari bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali ilmiy kutubxonalar fondini butlashni xususiyatlaridan biri- har bir mavzu bo‘yicha kerakli kitoblarni olishdir. Chunki mazkur kutubxonalar mana shu sohadagi kitobxonlarga axborot markazi sifatida xizmat qiladi. Masalan: Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi yoki Kibernetika instituti kutubxonasi va hokazo. Bunday kutubxonalar nafaqat axborot beradi, balki faktografik ma‘lumotlar ham berishga qodir. Natijada bu kutubxonalar mutaxassislar uchun katta axborot tizimiga ega bo‘lgan oz tirajli buyurtmali va bepul nashrlarga ham alohida ahamyat beradilar. Shunga muvofiq kitob va jurnal fondidan tashqari ko‘p sohali kutubxonalar maxsus sanoat kataloglarini, xorijiy ilmiy va ilmiy-texnika adabiyotlarining tarjimalarining, idoraviy adabiyotlarning, algoritmlar hamda dasturlariy mahsulotlarning, ba‘zan e‘lon qilinmaydigan materiallarning kam nusxali fondlarini ham tashkil etadilar. Oz nusxali majburiy nusxalar (pullik va bepul) ko‘p sohali kutubxonalarni butlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali kutubxonalar xorijiy adabiyotlardan birinchi navbatda chet eldagi fan yutuqlari to‘g‗risida yakuniy materiallarni olishga harakat qiladilar. Bunda, albatta,

144

monografiyalar, ilmiy tadqiqot muassasalar, konferensiya, simpozium materiallarini sotib olishga qiziqadilar.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarni butlash xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, bu tarmoq bir necha o‘n yilliklar davomida markazlashgan sharoitda ishlamoqda. Akademiya muassasalari barcha fan va bilim sohalarini qamrab oladi va bu unga kiradigan kutubxonalardan olinadigan kitoblar mavzusini puxta chegaralab olishni talab qiladi. Fanlar akademiyasi institutlari har bir kutubxonasining o‘z butlash sohasi bo‘lib, u olimlarning faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Butlashning bunday takomiliga boshqa kutubxonalar erishgan emas. Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi fondida umumiy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar, ayniqsa asl manbalar, ilmiy konferensiya, kengashlar materiallari, ma‘lumot va noyob nashrlar, qo‘lyozmalar keng jamlanadi. Alohida institutlarning kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan farq qilib, o‘z sohasiga oid va ma‘lumot xarakteridagi adabiyotlarni oladi. Akademiya kutubxonalari tizimi xorijiy nashrlar bilan butlashda qator o‘ziga xoslikka ega. Bu ancha murakkab jarayon, chunki juda katta miqdordagi jahon bosma adabiyotlari bilan ish olib borishga to‘g‗ri keladi. Ayniqsa, vaqtli bosma nashrlarni sotib olish butlashda katta qiyinchiliklar tug‗diradi. Xorijda har yili hamma sohalarga oid 150-200 yangi nomda jurnallar paydo bo‘ladi, ularning ichidan keragini tanlab olish ancha mushkul.

Oliy o‘quv yurti kutubxonalarining fondlarini butlashda mazkur kutubxonalarning o‘ziga xos vazifalari o‘quv-tarbiya jarayoni, talaba va o‘qituvchilarni zarur kitoblar bilan ta‘minlash zarurati bilan belgilanadi. Bundan
tashqari mazkur kutubxonalar talabani komil inson va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun ham qayg‗uradi. Mazkur kutubxona fondida shu o‘quv yurtining sohasi bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali manbalar ham to‘planadi. Bundan tashqari mazkur kutubxona maxsus, ilmiy, texnika, badiiy hamda ma‘lumot nashrlarini ham oladi. Keyingi yillarda bu kutubxona fondlari sezilarli ravishda o‘zgarmoqda, ya‘ni mazkur sohaga oid ilmiy nashrlar axborot vositalari ham olinmoqda. Ayniqsa, o‘quv adabiyotlariga katta ahamiyat berilmoqda. Odatda har

145

bir talabaga o‘quv predmeti bo‘yicha bittadan (1:1) kitob, qo‘shimcha adabiyotlar (1:2) bo‘lishi lozim. Mazkur kutubxona o‘z fondini butlashda kafedralar, o‘qituvchilar, talabalar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bundan tashqari o‘quv jarayonining o‘zgarishi, yangi predmetlarning joriy qilinish, darsliklarning yetishmasligi yoki yaratilmaganligi kabi muammolarni hal qilishga tayyor turishi lozim.

Ilmiy-texnika axborot-kutubxona muassasalari fondlari asosan xodimlar malakasini oshirish hamda mehnatning ilg‘or usullarini o‘zlashtirishda ishlab chiqarishga yordam berish, texnikaning umumiy masalalari bo‘yicha adabiyotlarni targ‗ib qilishga moslangan. Bu kutubxonalar odatda ilmiy-texnika axborogi tizimining tarkibiy qismi sifatida shakllangan adabiyot tanlashda o‘ziga xos turlar: standartlar, sanoat kataloglari, ixtirolar tavsifi va hokazolarga ahamiyat beradi. Odatda texnika adabiyotlari tez eskirib yangilanib turadi, natijada mazkur kutubxona fondlari ham shunga monand bo‘ladi.

Hozirgi davrda texnika axborot-kutubxona muassasalarining tor ixtisoslashgan fondlari tematikani kengaytirish tendensiyasiga ega va bu qonuniydir, chunki ayrim masalalarni ishlab chiqish fan va texnikaning yondosh tarmoqlariga doir axborotlardan foydalanishni talab qilmoqda.

O‗z-o‗zini tekshirish uchun savollar:

1. Fondlarni to‗g‗ri tashkil etish texnologiyasi

2.Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish

3.ARM va AKM larning fondini tashkil qilish texnologiyasi
9.3. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI MODELLASHTIRISH

Mustaqillikka erishgandan so‗ng barcha sohalarda bo‗lgani kabi kutubxonachilikda, jumladan, kutubxona fondini tashkil etish sohasida ham katta o‗zgarishlar kecha boshladi. Axborot-kutubxona fondini modellashtirish yuqoridagi va boshqa bir necha masalalarni aniqlashda, yoritib berishda

146

kutubxonachiga katta yordam beradi. Modellashtirishning ahamiyati shundaki, u fondning izchil va samarali ishlashini ta‘minlaydi.

Kutubxona fondini yaxshi tashkil qilishning ilmiy asoslaridan biri uni modellashtirishdir. Model o‗zining oddiyligi va aniqligi bilan olingan ob‘ektni o‗rganishni yengillashtirib beradi.

Kutubxonachi modelni ishlab chiqar ekan, o‗ziga xos o‗zgarishlar kiritilishiga moslangan konstruksiya yasaydi va hali bunyodga kelmagan tizimni o‗rgana boshlaydi. O‗zi yasamoqchi bo‗lgan modelning xarakteristikasini tuzadi, sharoitni aniqlaydi, xizmat qilish jarayonlarini ishlab chiqadi. So‗ngra o‗z kutubxonasiga mos keladigan samarador modelni vujudga keltiradi.

Kutubxonada mavjud bo‗lgan fondga real modelni, hali mavjud bo‗lmagan kutubxonaga esa ideal modelni ishlash mumkin. Bundan tashqari modellarni xilma-xil oraliq fondni xususiyati, xarakteri o‗rganilib, undan qanday natija chiqishi aniqlanadi. Ushbu natija yaxshi chiqishi uchun shu xususiyat yoki xarakter o‗zgartiriladi.

Shuning uchun ideal modelni tuzishdan oldin kutubxona fondi immitatsiyali modellashtiriladi, so‗ngra kelgusida ishlatiladigan haqiqiy model yasaladi. Model va modellashtiriladigan ob‘ekt o‗rtasida ichki bog‗lanish bo‗lmasa ham modelni asosiy belgilaridan biri originalga o‗xshashligidir. O‗xshashlikni

100% ga yetkazish ancha mushkul. Model kutubxona fondining hamma tomonlarini hisobga olgan bo‗lishi mumkin, lekin uni amalga oshirish ancha qiyin bo‗ladi. Model oddiy va ko‗rgazmali bo‗lishi mumkin, lekin u fondning hamma tomonlarini hisobga olmasligi ham mumkin.

Shuning uchun birinchi navbatda model tuzayotganda uning imkoniyat darajasini aniqlash lozim. Modellashtirishda ma‘lumotlar yozma tavsif sifatida, grafik (grafik model), formulalar sifatida berilishi mumkin. Kutubxonachi o‗z oldiga qo‗ygan vazifasiga qarab modellarning xohlagan xilini tanlab oladi.

Agar biror bo‗lim yoki umuman kutubxona fondi qanday optimal bo‗lishi, qaysi holatda, qancha nusxa kitob olishi mumkinligi, qancha kitobni hisobga

147

olish va qancha chiqarib tashlash kerakligini bilmoq- chi bo‗lsak, unda matematik modeldan foydalangan ma‘qul.

Natijada, shu birgina fond bir necha modellarda kompleks ifoda etiladi. Model kutubxona fondining mohiyatini, mazmunini qanchalik chuqur ifodalasa, u shuncha ko‗proq yashaydi, lekin qancha bo‗lmasin vaqti-vaqti bilan ularni isloh qilib, yangilab borishga to‗g‗ri keladi.

Kutubxona fondi modelini tuzish bir necha bosqichdan iborat. Boshlang‗ich davrda fondning miqdori va tarkibi, undan foydalanish, talabga javob berish kabi ma‘lumotlar yig‗ilib tahlil qilinadi. Bunda fond pasporti ishlatiladi. Ikkinchi bosqichda olingan ma‘lumotlarga tayanib fondning rivojlanish tendensiyasi aniqlanadi. Bu holat ma‘lum vaqt ichida qancha kitob olish mumkinligini belgilab beradi. Fondning umumiy va xususiy parametrlari, ya‘ni umumiy fond, bo‗limlaridagi kitoblar, kitob bilan ta‘minlash, aylanishi va hokazo malumotlar matematik modelda aks etadi.

Uchinchi bosqichda fondning struktura modeli tuziladi, ya‘ni tematik-tipologik butlash rejasi vujudga keladi. Tuzilgan modelning loyihasi kutubxona kengashi va rahbari tomonidan tasdiqlanib, to‗rtinchi bosqishda u haqiqiy hujjatga aylanadi. Beshinchi bosqichda alohida modellar asosida bir sohaga oid fond yoki regional fondning yagona yig‗ma modelini vujudga keltirish mumkin, ya‘ni kutubxonalar fondini butlashning yagona muassasalararo rejasini tuzish mumkin. Masalan: Xorazm, Jizzax viloyati va hokazo. Kerak bo‗lsa kelgusida fonddan foydalanishga qarab bu modellarga joriy o‗zgartirishlar kiritish mumkin.

Yozma yoki tavsif modeli. Ushbu modelning vazifasi fondni shakllantirish tendensiyasi, maqsadi haqida ma‘lumot berishdir, ya‘ni kutubxona joylashgan joy xarakteristikasi, kitobxonlar tarkibi va talabi, kutubxonaning kelgusida rivojlantirilishi, kitoblarni tanlash haqidagi metodik tavsiyalarni hisobga olish.

Fond bilan ishlash unga pasport tuzishdan boshlanadi. Pasportda fond haqidagi asosiy ma‘lumotlar joylashadi: Fondning nomi va joylashgan joyi,

148

tarixi, hozirgi tarkibi, strukturasi va hajmi, kitob olish manbai, yangilanish darajasi, kitoblarni joylashtirish tizimi, saqlash, kataloglarda tavsif etilishi, foydalanish holati, tekshirish davrlari va hokazolar.

Yuqoridagilarga asoslanib fond va uning bo‗limlarini hozirgi ahvolini aniqlab, so‗ng kelajagi belgilab beriladi. Fondning kelajagini aniqlayotganda unga ta‘sir etadigan ob‘ektiv omillarni hisobga olish lozim:

1) Demografik, madaniy, ishlab chiqarish, sotsial vaziyatlarning o‗zgarishi va kitobxonlarning talablari.

2) Nashriyot va kitob savdosidagi o‗zgarishlar.
3) Kitobga qo‗yiladigan narx-navoning o‗zgarishi.
4) Boshqa tashkilot kutubxonalari, kooperativ va kutubxonalar faoliyati.
5) Kutubxonadan foydalanish vaqti, miqdori va tarkibi.

Kutubxona fondi modelini tuzishda avvalo kutubxona oldida

turgan vazifalardan kelib chiqadi. Bu vazifalar davlat, xalq xo‗jaligi, kutubxonachilik ishining rivojlanishidan, kitob va axborot ishlari ahvolidan kutubxona Nizomidan, shu joyda joylashgan tashkilot va muassasalar faoliyatidan kelib chiqadi.Yuqoridagi omillar kutubxonaning yo‗nalishiga mos kitoblar bilan to‗ldirishga yordam beradi. Qo‗shimcha mavzudagi kitoblar boshqa kutubxonalar fondini hisobga olish natijasida aniqlanadi.

Modelni yaratishda kitobxon talabini ham hisobga olish lozim.Bunda uning kasbi, mutaxasisligi, yoshi, qiziqishi ahamiyatlidir, chunki ular qaysi mavzudagi janrdagi, turli xildagi kitoblar kerakligini belgilab beradi. Bu yerda fond bilan ishlovchi xodim kitobxonni qaysi talablari umumiy, qaysilari xususiy yoki juda kerakligini aniqlaydi, chunki ushbu talablar nechta nusxa kitob olishni belgilab beradi. Ba‘zi talablar esa boshqa kutubxonalar hisobiga qondirilishi mumkin.

Yozma modelda ko‗proq so‗raladigan mavzular, kitob turi va xillari, nusxasi, kutubxona fondining belgilari, umumiy tarkibi va hajmi aniqlanadi.
149

Matematik model fond miqdori haqida tasavvur beradi. Bunda hisoblash texnikasi juda muhim. Har bir kutubxona fondi o‗ziga xos kattalikka va tuzilishiga ega bo‗lishi mumkin. Buni hisoblashda oddiy arifmetik formuladan va oliy matematika formulasidan foydalaniladi. (V.M. Motilev, A.G. Raev). Bizda kutubxonaning birinchi, ya‘ni dastlabki fondi qishloq va texnika kutubxonasi uchun 2000, shahar kutubxonasi uchun 5000 jild qilib belgilangan.

Bundan tashqari xalqaro minimumlar ham mavjud. Masalan: IFLA ning har bir kutubxonaning dastlabki fondi 6000 jild qilib belgilangan. Fondning miqdori shu joyda yashaydigan aholining soniga ham bog‗liq. Besh minggacha aholisi bo‗gan joyda har bir odamni kitob bilan ta‘minlash 2,5 jild, 10 minggacha -2,0,0, 20 ming- 1, 5, 20 mingdan oshgan bo‗lsa 1 jild. Fondning optimal aylanishi-3 marta, fonddan hujjatni chiqarib tashlash-12% yoki butlash budjeti- dan 10%ni tashkil etishi mumkin. Agar fond har yili 3%ga oshib oshib borsa bu ancha ma‘qul hisoblanadi.

Ko‗rsatkichlarni hisoblashning umumiy usullari

Kutubxona o‗z fondi bilan kitobxonlar talabini qanchalik bajarayot- ganini

S. Bredford qonuniga asosan hisoblash mumkin. Agar kitob-xonlarning hamma talabini hisobga olib fond yig‗ilsa, u bir necha o‗n marta oshib ketadi. Shuning uchun umumiy kitobxon sonidan 70%i talabiga javob beruvchi fond ma‘qul deb hisoblanadi. Kitobxonning 30% talabi esa boshqa kutubxonalar hisobidan qondiriladi, ya‘ni bunda KAA va ichki kitob almashtirish hisobga olinadi.

Bredford qonuni bo‗yicha fondning miqdorini aniqlashda xususiy usullar ham qo‗llaniladi. Kutubxona fondining miqdorini (KF), kutubxona xizmat qiladigan aholini kitob bilan ta‘minlash (KT) harflari bilan belgilaymiz.

K.F.dan foydalanishni aniqlashda kitob berish (KB), kitobning o‗qilishi (KO‗), kitobxonlar soni (KS) kabi ko‗rdatgichlar muhimdir. Bu ko‗rsatgichlar bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Kutubxona fondini ko‗paytirish uchun kutubxonachi kitobxonlar sonini oshirishi lozim, ya‘ni KF=KT·KX. Demak,

150

formulaga asosan to‗la fond bo‗lishi uchun yetarli kitob bo‗lishi va yetarli kitobxon bo‗lishi lozim.

Kfopt =Ktopt ·Kxopt

Agar bitta kitobxon bir kelishda 5 ta kitob olish huquqiga ega bo‗lsa, KT -shu o‗rtacha songa teng bo‗ladi. Agar fondda har bir kitobxonga 5 tadan kitob to‗g‗ri kelsa, bunda yangi a‘zo bo‗lgan kitobxonlarga kitob yetishmasligi mumkin. Shuning uchun fondda qo‗shimcha kitob bo‗lishi kerak. Odatda, har
bir kitobxonga fondda o‗rtacha 8 ta kitob bo‗lishi lozim.

Fondning yuqori miqdorini (chegara) aniqlayotganda har bir kitob ham kitobxon tomonidan doimo o‗qilavermasligi (aylanmasligi) hisobga olinadi. Kutubxona fondining asosini tashkil qiluvchi ba‘zi kitoblar: uncha talab qilinmaydigan qomus, ko‗p jildli asarlar, badiiy qiymati pastroq kitoblar, eski, fonddan chiqarilmagan kitoblar o‗qilmasdan fondda yotaveradi. Ba‘zi kitoblar bir necha tilda olinishi yoki ozchilikni tashkil qiluvchi kitobxon guruhlari uchun olinadigan kitoblar KT ni ko‗paytirib yuboradi. Shularni hisobga olganda yetarli kitob bilan ta‘minlash, ya‘ni KT bitta kitobxonga 12 ta kitob to‗g‗ri kelishi taqozo qiladi.

Shunday qilib, MKT ning har bir filialida bir kitobxonga kamida 8 ta, ko‗pi bilan 12 ta kitob to‗g‗ri kelishi mumkin, ya‘ni

Kfopt = Ktopt· Kxopt = 8 ’ 12Kx.

Shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, yirik kutubxonaning kitobxoni ko‗proq kitob tanlash imkoniyatiga, kichik kutubxonaning kitobxoni esa ozroq kitob tanlash imkoniyatiga ega. Shuning uchun bu imkoniyatlarni baravarlashtirish uchun fondning lozim miqdorini aniqlayotganda kitobxoni kam bo‗lgan kutubxona yuqori yuqori shkalani, kitobxoni ko‗p bo‗lgan kutubxona esa quyi shkalani tanlab oladi.

Kitobning o‗qilishi kitob bilan ta‘minlashga bog‗liq, agar har bir kitob kitobxon talabiga mos bo‗lsa, bunda kitobxonning kitob o‗qishiga ketkazgan vaqtini, o‗qish darajasini ham hisobga olish lozim. O‗rta hisobda har bir kitobga

151

12 soat vaqt ajratiladi. Taxminan bir kitobxon bir yilda o‗rta hisobda 16-22 ta kitob o‗qiydi.

Biz kitob aylanishini (Ka=Kb:Kf) berilgan kitoblarni fondga bo‗lish bilan aniqlasak, kitobning aylanishi esa kitob bilan ta‘minlanishi va uning o‗qilishi bilan uzviy bog‗liq. Demak, kitobning aylanishi ushbu ko‗rsatkichlar bilan bog‗liq ekan:

KFA=KT·KS

Modellashtirishda matematik usul asos bo‗la olmaydi, chunki kitob o‗qilishi inson psixologiyasi, qobiliyati va ehtiyoji bilan bog‗liq. U boshqa usullar bilan birgalikda ishlatalganda ancha qo‗l keladi.

Bibliografik model kutubxona fondini bibliografik qo‗llanmalar bilan taqqoslab, birinchidan, kitoblarning yetmayotgan nusxalarini olishni aniqlab borsa, ikkinchidan, dublet va profilga mos kelmaydigan kitoblarni aniqlashga imkon beradi. Ideal model fond tarkibini mazmun jihatdan maqsadga muvofiq bo‗lishini va kerakli kitoblar olinishini ta‘minlaydi. Bu model ommaviy kutubxonalarga mo‗ljallangan namunali kataloglarda aks etadi. Lekin ulardagi kitoblar tezda eskirib qoladi hozir uning o‗rniga kutubxona fondi asosini aks ettiruvchi kitoblar ro‗yxatlarini tuzish dolzarb bo‗lib qoldi. Kutubxonalar ba‘zan fondni qayta to‗ldirish uchun dastlabki va qayta to‗ldirish kartotekasini tuzadilar. Bu ham ideal modellashtirishga yordam beradi.

Kutubxona fondining haqiqiy holatini aks ettiruvchi, ya‘ni fond- ning real modeli kutubxonaning katalogi va kartotekasi, inventar kitobi va jamlama kitobda aks etadi, u xohlagan kitob haqida ma‘lumot beradi.

Strukturali model kutubxona fondining kelajakda tuzilishi va rivojlanib borayotganini belgilab beruvchi hujjatdir. Bu hujjat kutubxonaning foydali va sifatli ishlash parametrlarini (tematik, tip, xil va nusxa) aniqlab beradi.

Ushbu modelninh xili 1893 yili Amerikada paydo bo‗lib, namunali katalog sifatida ma‘lum. U o‗z ichiga kitoblar ro‗yxatini va mavzusini oladi. Ayni chog‗da strukturali va bibliorafik modelning aralashmasi sifatida sifatida xilma-xil kutubxonalarga mo‗ljallangan edi. Keyinchalik strukturali model har

152