Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 490
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
xil tip va xildagi kutubxonalarda qo‗llanila boshladi. Ushbu model fond ko‗rinishining soddalashgan xili bo‗lib, hujjatlarning tipiga qarab, alohida temalar bo‗yicha nechta kitob olishni aniqlab beradi.
―Tematik-tipologik‖ kutubxona fondining kutubxona fondining
rivojlanishini bir necha yil oldin aniqlab, uning umumiy yo‗nalishi va kitob jamg‗arish siyosatini belgilab beradi. Ba‘zan yangiliklarga qarab u o‗zgartirib boriladi.
O‗z-o‗zini tekshirish uchun savollar:
1.Tasnif modeli haqida tushuncha.
2. Matematik model nima.
3. Bibliografik model deb qanday model.
4. Struktura modeli.
153
9.4. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI BUTLASH VA HISOBGA OLISH
Kutubxonachi avvalo kutubxonaning turi, tipi va modeni xisobga olib, uni kitob bilan butlashga harakat qilish. Butlash kitobxonning talabi, qiziqishi va kutubxonani vazifasiga mos keluvchi kitoblarni olish hamda doimo yangilab turish demakdir. Butlash kutubxona fondini tashkil qilishning asosi bo‗lib, kutubxona foliyati kitob olishdan boshlanadi.
Butlashda asosan mazkur kutubxona joylashgan hududning iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy tomonlarini, u yerda aholinnng tarkibi, talabi va qiziqishini ham lozin. Bundan tashqari markaziy kutubxonada ushbu joyda qanday tashkilot va muassasalar mavjudligi va ular kutubxonalari haqida to‗liq ma‘lumot (kartoteka) bo‗lishi lozin. Shundan so‗ng kitob olish manbalari aniqlanib, ular bilan shartnomalar tuziladi va kitob olishga Uch xil butlash mavjud:
1). Joriy butlash — nashr qilingan va qilinayotgan kitoblarni olish.
2). Retrospektiv — ilgari nashr etilgan kitoblarni olish.
3). Fonddan chiqarish — eski, yirtilgan kitoblarni chiqarib tashlash.
Ularning ichida eng asosiysi joriy butlash bo‗lib, unda kitoblarning 80-90 foizi olinadi, retrospektiv butlash da yetishmayotggan kitoblar olinadi. Yangi ochilayotgan kutubxona boshlangich butlovdan boshlanadi. Unda kitobxonlar talabini ma‘lum miqdorla qondiradigan kitoblar bo‗lishi lozim. Bu fondning ancha va qanday bo‗lishi kutubxona tipi va turiga bog‗liq bo‗ladi. Kutubxona fondini butlash to‗rt bosqichdan iborat.
1-bosqich. Nashr etiladigan hujjatlarhaqida xabar beradigan bibliografik qo‘llanmalar ko‘rib chiqiladi. Bibliografik qo‗llanmalarga: nashriyot mavzu rejalari, kitob savdosi muassasalarining byulleteilari, gazeta va jurnallarning bibliografiya qismlari, xilma-xil bibliografik ko‗rsatkichlar kiradi. Ushbu nashrlarni sinchiklab ko‗rib chiqib, tegishli kitoblarni olish uchun kollektor yoki kitob do‗koniga buyurtma berib qo‗yiladi.
154
Vaqtli matbuotni olish uchun esa «gazeta va jurnallar kataloglaridanª foydalaniladi. Buyurtma qilingan hujjatlarning kelib tushishini nazorat qilib turish uchun joriy buyurtma kartotekasi tuziladi.
2-bosqich. Dastlabki tanlov. Kitob olish manbasi aniqlangandan so‗ng kitoblarni tanlashga o‗tiladi. U besh bosqichdan iborat:
1. Kitoblarning fondga to‗g‗ri kelishi yoki kelmasligini formal belgisiga qarab bibliografik qo‗llanmalardan ko‗rib tanlanadi.
2. Ushbu bosqich ancha murakkab va qiyin bo‗lib, unda kitobning mazmunnga, sohasiga, o‗qilishiga qarab tanlab olinadi. Buning uchun kutubxonachi malakali, bilimli, ko‗p sohani tushunadigan, mantiqiy tahlil qila oladigan bo‗lishi lozim.
Shundagina kutubxonaga mos keladigan dolzarb, bilim beruvchi, mazmunli,
kitobxonni qiziqtiradigan kitoblarni tanlashi mumkin. Kitob tanlashda kutubxonachi nashriyotlarning mavzu rejalarini sinchiklab ko‗rib chiqib, muallifi, sarlavhasi, annotatsiyasini ko‗zdan kechirib, u kimlarga mo‗ljallanganligiga asosiy e‘tiborni qaratadi. Xorijiy tildagi kitoblarni tanlashda beriladigan vatani, tilini hisobga olib, mutaxassislarga keraklilgan fundamental bilimga ega kitoblar tanlanadi. Kutubxonachi ilmning hamma sohasini yaxshi bilmasligi mumkin,(uning uchun kitob tanlashda ko‗pincha muayyan soha, fan mutaxassislari ishtirok etishi ma‘qul. Bu jarayonda kutubxonachi kitobxon bilan kitob o‗rtasi vositachi rolini uynaydi, demak, u xam kitobxonning shabini qondirishni, ham kutubxona fondini sifatli to‗ldirishni o‗ylashi lozim. Yirik kutubxonalar esa tanlashda xilma-xil soha kishilari, ya‘ni ekspertdardan foydalanadi, shunda fondda keraksiz kitoblar kamayadi.
3. Tanlangan hujjatlar ichki va tashqi tuzilmaga mos kelishi yoki kelmasligi aniqlanadi. Butlovchi kitobga buyurtma berishdan oldin ushbu kitobdan fondda bor yoki yo‗qligini, boshqa kutubxonalarda qanchaligini, qanday o‗qilayotganligini bilishi kerak. Shundan so‗ng ushbu kitob kerakli bo‗lsa buyurtma beradi, kerak bo‗lmasa buyurtma bermaydi.
155
4. Kutubxonga berilgan mablag‗ xisobga olinadi. Birinchidan, berilgan mablag‗ni keraksiz kitoblarga sarflash davlatga xam, kitobxonga ham foyda keltirmaydi, ikkinchidan, kerak kitoblarga mablag‗ yetmasligi xizmat ko‘rsatishni yomonlashtiradi, kitobxonning kutubxonadan ketib qolishiga sabab bo‗ladi. Almashuv fondlari, depozitar kutubxonalar paydo bo‗ldi. Kutubxonalararo abonent to‗liq ishlamay qo‗ydi, kitob almashish yo‘q darajada bo‗lib qoldi. Hozir kitoblar qimmatlashib ketdi. Endi ichki va tashqi kitob almashuvini yo‗lga quyish lozim. Kitob olishga ajratiladigan mablag‗ning yetarli darajada bo‗lishi kutubxona faoliyatini yaxshilash asosi va garovidir.
5. Yuqoridagilardan xulosa chiqarib dastlabki tanlov asosida
butlash boshlanadi. Joriy butlash esa davom etaveradi.
3- bosqich. Xujjatlarga buyurtma berish hujjatlarni manbalari, yo‘llari va shakllari.
Kerakli xujjatlarni olishni aniqlab, kutubxonachi mazkur kitoblarni manbasini qidiradi. Kutubxona fondyni to‗ldirish manbasi, yo‗llari shakl va usullari bir-biridan farq qiladi. Manba—-bu ob‘ekt bo‗lib,5 olinadigan joy, ya‘ni tashkilot, muassasa yoki alohida bo‗lishi mumkin. Ko‗pincha kutubxonalar, 80 foiz kitobni kutubxona kollektoridan oladilar. Kutubxona kollektor bilan shartnoma tuzib,unda bir yilga oladigan kitoblar va ularni mablag‗ bilan ta‘minlashni o‗z bo‗yniga oladi. Kollektor esa o‗z navbatida buyurtma qilingan kitoblar bilan kutubxonani ta‘minlash majburiyatini o‗z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, kutubxonalar kitob do‗konlaridan oladilar. Do‗konlardan kitob olish oson va qulay, chunki kitoblar o‗z vaqtida kutubxonaga keladi.
Bizda nashriyotlar bilan ham shartnoma tuzish endigina yo‗lga qo‗yilmoqda, bu ancha oson va uni rivojlantirish lozim. Kutubxonalar fondi samaradorligini oshirish yo‗llardan biri kutubxonalararo kitob almashuvini yo‗lga qo‗yishdir. Shundagina kitob o‗z o‗quvchisiga tez yetib boradi. Yirik milliy va ilmiy kutubxonalar uchun pullik va pulsiz majburiy nusxa tizimini joriy qilish va ishlatish lozim. Majburiy nusxa yirik milliy va soha kutubxonalariga davlat
156
tomonidan yuboriladi. Bular masshtabiga qarab davlat va mahalliy, yo‗nalishiga, sohaga qarab -umumiy yoki biron-bir maqsadga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin. Kutubxonalarning turiga, ixtisosiga qarab muayyan qoida asosida davlat ularni mazkur kitoblar bilan ta‘minlab turadi. Bunday tizim orqali belgilangan kutubxonalar ma‘lum joyda chiqarilgan barcha nashrlarni oladi va ularni saqlab kitobxonga yetkazadi. Majburiy nushani 1537 yilda Frantsiya qiroli Frantsisk I joriy qilib, u shaxsiy kutubxonasi uchun barcha nashriyotlar chiqarayotgan kitobdan ma‘lum nusha yuboripshi belgilab qo‗ygan edi.
Shu asnoda jarayondagi eng yirik kutubxonalar o‗z fondini to‗ldirgan va nodir kitoblar bilan boyitgan. Bepul majburiy nusha oladigan kutubxonalar barcha xildagi matbuot asarlarini, barcha tilga oid hujjatlarni oladi. Pullik majburiy nusha 1931 yildan joriy qilingan bo‗lib, undan asosan ilmiy kutubxonalar tizimi foydalanadi. Bundan maqsad ilmiy kutubxonalarni kerakli adabiyotlar bilan ta‘minlashdan iborat. Mazkur kutubxonalarni hujjat bilan ta‘minlashning eng tarqalgan yo‗li nashr qilinadigan kitoblarga oldindan buyurtma berib qo‗yishdir. Kutubxona o‗ziga kerakli kitoblarni belgilab, kartoteka tuzib, uni kollektorga va kitob savdosi tashkilotiga jo‗natadi va kerakli kitoblarni muntazam olib turadi.