Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 489

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


4-bosqich. Yangn kelgan kitoblarni qabul qilish.

Buyurtma qilingan kitoblarning kitob olish manbalaridan to‗liq va o‗z vaqtida kelishi nazorat qilib turiladi. Kutubxonachi kutubxonaga kelayotgan kitoblarga taalluqli barcha hujjatlarni qabul qilingan kitoblar bilan solishtirib, taqqoslab ko‗radi. O‗zlari buyurtma bergan kitoblarning nomi, miqdori, bahosi mos kelsa bajaradi, kitobxonga kerak bo‗lmasa undan voz kechishi mumkin.

Buyurtma berilmagan yoki defekti bo‗lgan, hujjatlarda ko‗rsatilmagan kitoblarga dalolatnoma tuzilib qaytarib yuboriladi va buxgalteriyaga topshiriladi. Qolgan kitoblarga shartli belgi qo‗yilib, kutubxona fondiga topshiriladi.

Dunyodagi har bir narsaning hisob-kitobi bo‗ladi. Shuning uchun hamma sohada bo‗lgani kabi kutubxonalarga keladigan va chiqariladigan nashrlarni hisobga olib boriladi. Chunki hisob — bu axborot olishdir.

157



Kutubxonalar faoliyatida fond haqidagi ma‘lumotlar keng qo‗llaniladi, chunki fondni tashkil qilish asosi hisobga olish hisoblanib, kutubxona shu asosda nazorat qilinadi. Fondni hisobga olishda quyidagi talablar qo‗yiladi:

Fond haqidagi ma‘lumotlarning aniq va to‗liq bo‗lishi;

Kutubxonaga kelgan va undan chiqarilgan nagshrlarni hujjatlashtirish; Nashrlarni o‗z vaqtida va tezda ro‗yxatga olish;

Hisobga olish natijalarining olingan kitoblar haqidagi ma‘lumotlarga muvofiqligi.

Kutubxonada hisobga olishning ikki turi—umumiy va yakka usuli mavjuddir.

Umumiy hisobga olish. Umumiy xisobga olish yordamida fondning tarkibi va hajmi to‗g‗risida aniq ma‘lumotlar to‗planadi. Kutubxonaga olinadigan yoki undan chiqariladigan barcha nashrlar umumiy hisobga kiritiladi.

Аxborot-kutubxona fondining harakati to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ( 1 — 3-иловалар) Аxborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining quyidagi uchta qismlaida qayd qilinadi:

1-qism — «Аxborot-kutubxona fondiga kelib tushgan axborot-kutubxona resursiª; 2-qism — «Аxborot-kutubxona fondidan chiqarishª;

3-qism — «Аxborot-kutubxona fondining harakati yakunlariª24.
Kutubxona statistikasi bir xil bo‗lishi uchun hisob kitiobning yillik, kunlik va boshqa formalari yaxlitlashtirilgan, lekin umumiy hisob-kitobning barcha Аxborot-kutubxona muassasalari uchun mo‗ljallangan standart shakli yo‗q, chunki mazkur kutubxonalar o‗zining fondi, nashrlar turi, xizmat qilish va boshqa ishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozirgi vaqtda Аxborot-kutubxona muassasalari uchun umumiy hisob-kitobning uchta asosiy turi qo‗llanadi.

Barcha nashrlar ilova hujjatlari (schet, nakladnoy, dalolatnaoma) asosida butun partiyasi bilan qayd qilinadi. Umumiy hisob-kitobning barcha qism va grafalarining o‗zaro muvofiqligi hisobni osonlashtiradi, butun fond yoki uning
24 Yo‗ldoshеv E., Raximova M. Hujjat fondlari.-T., 2003.- 78 b.

158



istalgan qismi haqida ma‘lumot olish imkoniyatini beradi. Markazlashgan Аxborot-kutubxona muassasalari tizimi kabi fondlarning murakkab tizimiga ega bo‗lgan Аxborot-kutubxona muassasalarida (patent-texnika, musiqa, xorijiy adabiyotlar) umumiy hisobning bitta kitobi bilan chegaralanib bo‗lmaydi.

Bu kutubxonalar butun fond uchun umumiy kitobdan tashqari har bir alohida fondga maxsus kitob yuritadi. Filiallar inventar kitobiga ega bo‗ladi. Yakka hisobga olish.
Yakka hisobga olish deyilganda fondga olingan yoki undan chiqarilgan nashrning har bir nusxasini alohida ro‗yxatga olish tushuniladi. Vaqtli matbuot va audio-vizual materiallar ham yakka tartibda hisobga olinadi. Аxborot-kutubxona muassasalariga olinadigan kitobning har bir nusxasiga aloxida inventar raqami beriladi.

Har bir tipografik mustaqil rasmiylashgan matbuot asari bosma birlik deyiladi: kitob, broshura, kitoblarnishg qayta nashri, jurnalniig alohida soni, plakat, nota daftari, standart va hokazo. Nashrlarning bunday turlari uchun hisobni bir xil qilish maqsadida xalqaro talablarga muvofiq hujjatni nashr nomeriga ko‗ra hisobga olish joriy etilgan.

Bunday hollarda hisob birligi uchun har bir alohida nashr hisobga olinadi. Bu hisob fonddagi har bir nashr haqida aniq ma‘lumot beradi. Ilmiy kutubxonalar vaqtli matbuotni yillik komplekti va alohida sonini hisob biriligi sifatida hisobga oladilar. Shuningdek, quti, papka, disk, kasseta, manjeta, komplekt va hokazolar ham hisob biriligi bo‗lib xizmat qilishi mumkin.

Bunday xilma-xillik xisobga olishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun jahonda yagona birlikni topish uchun izlanishlar olib borilgan va borilmoqda. Masalan, to‗ldirilgan stellajlar metraji tom (kitob, broshyura, vaqtli nashrlar, qulyozmalar uchun), rulon (tasmadagi axborotlar uchun), fizik birlik (yassi mikrofilimlar uchun) va hokazo.

Kutubxona ishida hisobga olish inventar kitobida, dalolatnoma varaqalarida, kartochkali hisob katalog va kartotekalarda, ro‗yxatga olish daftarlari va xokazolarda olib boriladi. Inventar kitobi yakka hisobning asosiy shakli hisoblanadi. Boshqa kutubxonalardan depozitar fondga olinayotgan kitoblarni

159



inventar nomeriga «Dª belgisi qo‗yiladi. Fond tekshirilganda, Аxborot-kutubxona muassasasi mudiri almashganda inventar kitobi orqali qabul qiladi, chunki u muhim hujjat hisoblanadi.

Katta fondga ega bo‗lgan kutubxonalar inventarizatsiyani tezlashtirish uchun yakka hisobning dalolatnoma tizimini qo‗llaydilar. Bu tizimda Аxborot-kutubxona muassasalariga olingan kitoblarning har bir kelgan guruhi uchun dalolatnoma ro‗yxati tuzilgan bo‗lib, hisob-kitobni yoppasiga olib borish imkoniyatini beradi. Mazkur dalolatnomalarda ham kitob haqidagi asosiy ma‘lumotlar yoziladi va har yili №1 dan boshlanadi. Har bir kitob ega bo‗ladigan dalolatnoma nomeri odatda uch elementdan iborat bo‗ladi. Ro‗yxatga olingan yili, dalolanoma nomeri va undagi kitob ro‗yxatinyng tartib raqami: 2014-14 (153). Yil yakunida hamma dalolatnomalar yig‗ilib inventar kitobiga o‗xshatib kitob holiga keltiriladi.

Kitoblarni qabul qilib olish va ularni hisobdan chiqarish ancha mashaqqatli ish, hozirgi hisob shakllari eskirib qolganlini ko‗psatmoqda. Hisobga olishni sodda, aniq, tez bajarish imkonini beruvchi shakllar izlanmoqda va ba‘zilari qo‗llanmoqda. Masalan, ko‗p nusxada kitob olinsa inventar kitobi yoki kartochkaga ilgarigidek har bir nusxa qayd etilmasdanª faqat nashrning nomi yozilib, nusxalar miqdori ko‗rsatiladi. AKMda hisob katalogi formal joriy qilingan bo‗lsa ham, bizningcha, u o‗zini oqlay olmaydi.

Oliy o‗quv yurtlari kutubxonalarida olingan darsliklarning bir necha nusxasi (3-5) inventar kitobida qayd qilinadi, qolganlari inventarsiz degan so‗z bilan hisobga kiritiladi. Bunda har bir nomdagi kitobga hisob kartochkasi to‗ldiriladi, unda umumiy hisob-kitobdagi kitob partiyasining raqami, olingan, chiqarilgan hamda qolgan nusxalar miqdori, inventar kitobida hisobga olingan darslikning shifri ko‗rsatiladi. Xisob kartochkasidan o‗quv adabiyotlari fondiga kartotekalar tuziladi.

Har bir kartochka maxsus qayd qilish kitobida navbatdagi tartib raqamiga ega bo‘ladi, Bu kitobga ham odatdagi inventar kitobidagi ma‘lumotlar aynan o‗tkaziladi, faqat inventar raqami grafasiga hisob kartochkasi nomeri qo‗yiladi va nusxalar miqdori ko‗rsatiladi.

160