Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 487

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Texnika kutubxonalarida normativ texnika xujjatlariga (standart nomerlari, nashriyotlar va hokazo) inventarsiz hisob varaqasi qo‗llanadi. Ularning raqami kataloglarda hisobga olinadi. Fonddan chiqariladigan adabiyotlar dalolatnoma orqali chiqariladi. Har bir dalolatnomada chiqarish sabablari, yirtilganligi, eskirganligi, ko‗p nusxaligi, sohaga to‗g‗ri kelmasligi ko‗rsatiladi. Dalolatnoma tuzilgandan so‗ng chiqariladigan kitoblarning ro‗yxati ilova qilinadi. Dalolatnoma yuqori tashkilot rahbarlari tasdiqlagandan so‗ng nashrni fonddan chiqarish haqida individual hisob hujjatlarida belgilanadi. Umumiy hisob kitobida kitoblarning
mazkur partiyasi hisobdan chiqarilgani qayd etiladi.

Hisob yuritish uchun maxsus grafalangan katalog kartochkalari ishlatiladi. Kartochkaning yuza tomonida kitobning nomi va unga oid boshqa ma‘lumotlar, unga berilgan inventar nomeri va olingan nusxalarning umumiy miqdori, orqasida esa AKMning filiallariga yuborilgan nusxalar miqdori ko‗rsatiladi. Bu kartochkalardan hisobning alfavit kartotekalari tuziladi va hisob-kitob shu tarzda olib boriladi.

Kutubxona fondini tekshirish. Tekshirish bu fondni individual hisob hujjatlari bilan solishtirib, ro‗yxatdan o‗kazilgan nashrlar mavjudligini aniqlashdir. Tekshirish hisobga olinishning nazoratidir.

Tekshirish orqali quyidagilarni aniqlash mumkin:

Kutubxona hamma kitoblarni hisobga olganmi yoki yo‗qmi;

Ta‘mirlanadigan, muqovalanadigan, qayta shifrlanadigan kitoblar; Javonlarda kitoblarni taxlash tartibi.

Foydalanuvchilarga kitob berilishi va qaytarilish muddatlariga amal qilinishi, qarzdor kitobxonlar, kitoblarning o‗qilishi darajasi va hokazo. Fondni hisobga olish, ishlov berish va xato qilgan javobgar shaxslarni aniqlab boradi

Tekshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:  rejalashtirilganda;

kutubxonada bo‗lim, filial mudiri almashganda; yong‗in, tabiiy ofat yuz berganda;

161




xisobga olinganda qoniqarsiz, deb topilganda

Rejali tekshirish 7-10 yilda yoki tegishli vazirlik belgilagan muddatda o‗kaziladi.

Tekshirish usullari:

inventar kitobi

hisobga olish katalogi, qayd qilish katalogi;

maxsus apparat: nazorat talonlari, topografik katalog va hokazo.

Tekshirish usullari kutubxona sharoitiga, fondning hajmiga, joylashtirish usuliga, qo‗llanilgan hisobga olish shakliga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, fond format-inventar tarzida joylashtirilganda, inventar kitobi orqali tekshirish oson bo‗lsa, fond sistemali joylashtirilgan bo‗lsa, bu tartib to‗g‗ri kelmaydi yoki tekshirish qiyin bo‗ladi. Katta fondga ega bo‗lgan kutubxonalar topografik katalog tuzib, undan tekshirishda foydalanadilar. Nazorat talonlari bo‗yicha tekshirsh keng ommalashgan bo‗lib, tekshirish davomida har bir kitobga alohida kartochka yozilib, unda: inventar nomeri va shifr, muallifning familiyasi, ismi, sarlavhaning birinchi so‗zi yoziladi. Shifr ostida kitob kutubxonaning qaysi bo‗limida turganligi ko‗rsatiladi, agar kitob qo‗lda bo‗lsa, ma‘lumotlar kitobxon formulyalaridan olinadi.

Tekshirish usuli: tekshirilayotgan kitoblarga sanasi yozilib, tekshirildi degan shtamp bosiladi. So‗ngra kitobga yozilgan kartochkalar nomerlari ortib boradigan tarzda joylashtiriladi hamda inventar kitobi bilan taqqoslanadi va tekshirish grafasiga shartli belgi qoyiladi.

Agar navbatdagi nomer tushirib qoldirilgan bo‗lsa, bu kitob yo‗qligidan xabar beradi, kutubxonachi topish yo‗lini qidiradi yoki yo‗qligi sababini aniqlaydi. Agar kitob topilmasa, ularning ro‗yxati tuzilib, tekshirish xaqidagi dalolatnomaga ilova qilinadi. Dalolataoma yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqdangandan so‗ng kitob fonddan chiqarilgan xisoblanadi. Tekshirish tugagach, nazorat talonlari tashlab yuborilmaydi, balki yangi olingan kitoblar taloni bilan to‗ldiriladi, fonddan chiqarilgan kitoblar taloni olib tashlanib, navbatdagi tekshirishda foylalaniladi. Kutubxona fondini hisobga olish va uni tekshirib turish nihoyatda katta ahamiyatga ega

162




O‗z-o‗zini tekshirish uchun savollar:

1. Hujjatlar oqimining tahlili haqida tushuncha.

2. Dastlabki tanlov. Hujjatlarga buyurtma berish. Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari

3. Hisobga olib borishning shakl va usullari.

4. Umumiy hisobga olish va yakka hisobga olish.

5. Fondi tekshirish.
9.5. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI JOYLASHTIRISH
Axborot-kutubxona fondi uning asosiy boyligi hisoblanib, asosan kitobxonlarning talabi asosida to‗ldirilib boriladi. Kutubxona fondi orqali kitobxonlarning kitobga bo‗lgan xilma-xil talablari kondirilar ekan, uni joylashtirish ham asosan kitobxonga to‗liq va yaxshi xizmat ko‗rsatish kutubxonachi oz vaqt sarflab, kitob topib berishiga xizmat qilish talabidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Ayniqsa, X asrlarga kelib O‗rta Osiyoda ilm-fan nihoyatda rivojlanadi, natijada shoxlarning saroylarida, madrasalarda juda ko‗plab kitoblar saqlanadi va ular o‗ziga xos usulda klassifikatsiyalanib joylashtiriladi. Ayniqsa, Buxoro, Samarkand, Urganch va boshqa shaharlarda, y a‘n i Ipak yo‗li u t g a n viloyatlarda katta-katta kutubxonalar vujudga kela boshlaydi.

Bularning ichida Buxoro xukmdorlarining kutubxonasi o‗zining kitobga boyligi va o‗ziga
xos joylashtirilishi bilan mashxur edi. Ulug‗ olim Abu Ali ibn Sinoiing yozishicha, Buxoro kutubxonasining kitoblari alohida saqlanib, bir xonada arabcha va she‘riy kitoblar maxsus sandiqda, boshqasida xuquqqa oid kitoblar, uchinchisida tibbiyotga oid kitoblar joylashtirilgan. Bundan tashqari, kutubxonada ushbu kitoblarniig joylashuvini aks ettiruvchi kitoblar ro‘yxati mavjud bo‗lib, undan foydalangan holda kitoblarni tez va oson topish imkoniyati yaratilgan. Bu tarixiy manba shundan dalolat beradiki, Sharqda kutubxona va

163


uning kitoblarini joylashtirishi haqida qonun va qoidalar yaratilgan davrda g‗arbda bu xaqida xali tasavvurga ham ega emas edilar.

Ayniqsa, Amir Temur o‗zining uzoq ulkalarga yurishi davrida juda ko‗p nodir kitoblarni Samarkandga junatadi va u yerda katta kutubxona barpo etiladi. Mazkur kutubxonadagi kitoblar asosan fan tarmoqlari bo‗yicha joylanshtirilgan edi. Masalan, astronomiya, xuquq, tibbiyot, d i n i y kitoblar va hokazo. Keyinchalik ham bu qoidalar Sharq mamlakatlari kutubxonalarida qo‘llanib, rivojlantirib kelingan.

Umuman kutubxona fondini joy-joyiga qo‘yishga qator talablar quyiladi. Kutubxona fondi foydalanish uchun qulay bo‗lishi lozim. Bu holda kutubxonachi yoki kitobxonning jovondan kitob olishi va uni joyiga kaytarib kuyishi osonlashishi lozim. Buning uchun kutubxonaning xiliga, olinadigan kitoblar soniga, kutubxonaning joyiga e‘tibor beriladi. Shulardan kelib chiqib, mazkur kutubxona turiga qarab alohida joylashtirish tizimi tanlab olinadi. Joy-joyiga qo‘yishga bo‗lgan yana bir talab—kitob saqlanadigan joydan tejam bilan