Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 347
Скачиваний: 9
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar (talaffuzning aniq emasligi, duduqlanish, nutq tempining buzilishi va boshqalar) asosida taqlid yotadi.
Nutq kamchiliklari kо‘pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi (qо‘rquv, yaqin odamini yо‘qotganda hayajonlanish, oiladagi uzoq davom etayotgan psixik travmalovchi vaziyat va h.k.).
Bu nutq rivojlanishini kechiktiradi, ayniqsa kuchli psixik travmalarda bolalarda psixogen nutqiy buzilishlarni keltirib chiqaradi: mutizm, nevrotik duduqlanish. Bu nutqiy buzilishlar M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha shartli ravishda funksional buzilishga kiritiladi.
Shuningdek, nutqning funksional buzilishlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
-
Bola organizmiga zararli ta’sir kо‘rsatishi bilan bog‘liq buzilishlar. -
Umumiy, jismoniy zaiflik, chala tug‘ilish yoki tо‘la shakllanmagan homilalik bilan shartlangan yetishmaganlik. -
Ichki organlarning turli kasalliklari, raxit, moddalar almashinuvining buzilishi.
Bolalardagi nutq buzilishlarini baholashda keskin davrlarni hisobga olish shartdir, qaysiki bunda nutq tizimining u yoki bu tarkibiy qismini birmuncha jadal rivojlanishi qachon sodir bо‘ladi, nutqiy faoliyatning, nerv mexanizmi jarohatlanishining yuqori darajadagi havfi nima bilandir bog‘liq ravishda paydo bо‘lishini о‘rganish osonroq kechadi.
Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi:
Birinchi davr (hayotining 1-2 yili). Bu davrda nutqning dastlabki urinishi shakllanadi va nutqiy rivojlanish boshlanadi, aloqaga kirishishga asos solinadi va uning xarakatlanuvchi kuchi bilan muloqotga ehtiyoj paydo bо‘ladi. Bu yoshda pо‘stloq nutq zonalarining birmuncha jadal rivojlanishi sodir bо‘ladi, xususan Broka zonasi. Uning rivojlanishida bola hayotining 14-18 oylari keskin davr hisoblanadi. Bu davrda hattoki sezilarsiz tuyulgan noqulay omillar bola nutqining rivojlanishida о‘z aksini kо‘rsatishi mumkin.
Ikkinchi davr (3 yosh) bog‘langan nutq jadal rivojlanadi. Vaziyatli nutqdan kontekstli nutqqa о‘tiladi. Bu M.N.S. ishida katta muvofiqlikni talab etadi (nutq-xarakat mexanizmini, diqqatni, xotirani va h.k.). M.N.S. ishida vujudga keluvchi ayrim nomuvofiqlik xulqdagi о‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, qaysarlik, negativizm va h.k. lar kuzatiladi. Bularning hammasi nerv tizimining zararlanishiga bо‘lgan havfni belgilaydi. Duduqlanish, mutizm yuzaga kelishi mumkin, nutq rivojlanishining orqada qolishi kuzatiladi. Bola nutqiy muloqotga kirishishdan bosh tortadi, kattalar qо‘ygan talablariga qarshi qat’iy norozilik bildiradi.
Bu davrda yuzaga keluvchi duduqlanish nutq funksional tizimining va turli xil psixik funksiyalarning notekis shakllanishidan bо‘lishi mumkin. Gohida adabiyotlarda bu holat «evolyutiv» termini bilan yuritiladi, ya’ni yosh davrlari bilan bog‘liq rivojlanish. Masalan: «evolyutiv duduqlanish».
Uchinchi davr (6-7 yosh) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi. Bolaning M.N.S. ga tushuvchi yuklama oshib boradi. Bolaga kattaroq talablar qо‘yilganda duduqlanish hosil bо‘lishi bilan nerv faoliyatida «portlash» yuz beradi.
Bolada bor bо‘lgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin davrlarda birmuncha kuchli namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari yangi nutq kamchiliklari ham paydo bо‘lishi mumkin. Logoped bola nutqining rivojlanishida keskin davrlarni yaxshi bilishi va о‘zining kundalik ishida shuni hisobga olishi kerak.
Nutq rivojlanishida keskin davrlar moyillik vazifasini bajaradi. Bu davrlar mustaqil ahamiyatga ega bо‘lgani singari boshqa zararli omillar bilan-genetik, bolaning umumiy zaiflashuvi va hokazolar bilan uyg‘unlashadi.
Nutqning yoshga qarab rivojlanish dinamikasi hayotining birinchi yillarida organizm genotipiga va unga ta’sir qiluvchi atrof muhitga bog‘liq ravishda о‘zgarib turadi: nutq funksional tizimining rivojlanishi uchun M.N.S. ning normal yetukligi va ishlab turishi muhim.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar kо‘proq rol о‘ynaydi. Bu sabablar guruhi M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha jarohat joyiga qarab organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi.
Ekzogen-organik omillar deganda bola M.N.S. ga va bola organizmiga yaxlit ta’sir etuvchi turli xil zararli ta’sirlarni tushunamiz. Bu omillarning ta’sir etish vaqtiga qarab quyidagilarga bо‘linadi:
-
Homilalik ya’ni (perinatal) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi ta’sirlar. -
Tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar (natal). -
Turli xil zararli omillarning tug‘ruqdan keyingi davrda ta’siri (postnatal).
Kо‘pincha homilalik patalogiyasi tug‘ruq paytida bola nerv tizimining jarohatlanishi bilan qо‘shilib yuzaga keladi. Bunday uyg‘unlashuv zamonaviy tibbiy adabiyotlarda «perinatal patalogiya» termini bilan belgilanadi. Nerv tizimining bunday jarohatlanishi turli xil patologik holatlarni, homiladorlik davrida turli xil zararli omillarning homilaga ta’sir etishi, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan sо‘ng dastlabki davrlarda zararli omillarning ta’sir etishini birlashtiradi. Perinatal patalogiya onaning homiladorlik vaqtidagi kasalliklari, infeksiyalar, intoksikatsiyalar, homiladorlik toksikozlari, shuningdek, turli kо‘rinishdagi akusherlik patalogiyalari (tos suyagining torligi, chо‘zilgan yoki tezlashgan tug‘ruq, muddatdan ilgari suv ketishi, kindikka о‘ralish, homilaning notо‘g‘ri yotishi va h.k.) asosida yuzaga keladi.
Nerv tizimining perinatal patalogiyasida dastlabki о‘rinlarni asfiksiya va tug‘ruq travmasi egallaydi.
Homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi buzilishlar tug‘ruq travmasi va asfiksiyani (tug‘ruq paytida homilaga kislorod yetishmasligi) keltirib chiqaradi. Bu esa homilaning himoya va adaptatsiya mexanizmini pasaytiradi. Tug‘ruq travmasi va asfiksiya homila miyasining notо‘g‘ri rivojlanishini kuchaytiradi.
Tug‘ruq travmasi kalla suyagi ichiga qon quyilishi va nerv hujayralarining о‘lishiga olib keladi. Kalla suyagi ichiga qon quyilishi bosh miya pо‘stlog‘ining nutq zonalariga ham о‘z ta’sirini о‘tkazishi mumkin. Buning oqibatida bosh miya pо‘stlog‘i taraqqiyoti jarayonida turli xil nutq buzilishlari kelib chiqadi (alaliya). Chala tug‘ilgan bolalarda kalla suyagi ichiga qon quyilishi xavfi kо‘proq bо‘ladi. Bunga ularning tomir devorlarining zaifligi sabab bо‘ladi.
Nutq harakat mexanizmini ta’minlovchi miyaning ma’lum bir sohasidagi jarohat о‘chog‘i natijasida asosan nutqning tovush talaffuz tomonida buzilishlar vujudga keladi-dizartriY.
Nutq buzilishlari etiologiyasida ona va homila qonining immunologik jihatdan mos kelmasligi ham muhim rol о‘ynaydi (rezus-omil, eritrotsit antigenlari bо‘yicha). Rezus yoki antitelo guruhlari yо‘ldosh orqali о‘tib homila eritrotsitlarining bо‘linishini keltirib chiqaradi.
Buning natijasida eritrotsitlardan M.N.S. uchun zaharli bо‘lgan modda-bilirubin ajraladi. Uning ta’siri ostida miyaning pо‘stloq osti bо‘limlari, eshituv yadrolari jarohatlanadi. Bu esa eshituvning buzilishi bilan birgalikda nutqning tovush talaffuz tomonining buzilishiga olib keladi.
Ona qornidaligida miyaning jarohatlanishi natijasida birmuncha og‘ir nutq buzilishlari vujudga keladi. Bu nutq buzilishlari qoidaga kо‘ra boshqa polimorf nuqsonlar bilan qо‘shilib keladi (eshituv, kо‘ruv, tayanch xarakat apparati, intellekt). Bular homilador ayolning qizilcha, toksoplazmoz va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanganida kuzatiladi. Bu holda nutq buzilishlari va boshqa nuqsonlarning og‘irlik darajasi homilaning ona qornidaligi davrida kо‘proq miyaning jarohatlanishi vaqtiga bog‘liq bо‘ladi. Homiladorlikning dastlabki uchinchi oyida, shuningdek, embriogenez davrida, ya’ni 4 haftalikdan 4 oylikkacha birmuncha og‘ir jarohatlanishlar kuzatiladi. Homiladorlikning kech stadiyalaridagi patalogik ta’sirlar odatda og‘ir nuqsonlarni keltirib chiqarmasa ham, nerv tizimining shakllanishini kechikishiga, uning strukturasi miyelinizatsiyasining buzilishiga olib keladi.
Miya rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarda kо‘pgina dizembriogenetik stigmlar tez-tez kuzatiladi; kalla suyagi assimetriyasi, tanglay anomaliyalari, yuqoridagi jag‘ rivojlanishidagi kamchiliklar, pastki jag‘ aploziyasi; miyekrognatiya, prognatiya va boshqalar. Homilaga ta’sir etuvchi zararli omillar ta’siri ostida vujudga keluvchi nutq buzilishlariga ochiq rinolaliyani misol qilish mumkin.
Homiladorlik davrida onaning yuqumli va somatik kasalliklari, bachadon-yо‘ldosh qon aylanishining buzilishiga, homila oziqlanishining buzilishi va kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga surunkali kislorod yetishmasligi о‘tkir kechmasa, u hech qanday buzilishni keltirib chiqarmasligi mumkin, biroq homila shakllanish tempini birmuncha sekinlashtiradi. Buning natijasida homila muddatiga yetib tug‘ilishiga qaramay bola tо‘la shakllanmagan, nerv tizimi zaif tug‘iladi. Nerv tizimining miyelinizatsiya jarayoni sekinlashadi, nerv hujayrasi va uning aksonlari differensatsiyasi izdan chiqadi, miyaning neyronlararo aloqasining shakllanishi qiyinlashadi. Bu omillar о‘z navbatida nutq faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Ona qornida homila rivojlanishining buzilishi – embriopatiyalar-yuqumli kasalliklar, dori-darmonlar ichish, ionlashgan radiatsiya vibratsiya, homiladorlik vaqtida ichish va chekish bilan bog‘liq hollarda vujudga keladi. Alkagol va nikotinning naslga zararli ta’siri ancha yil ilgari aniqlangan.
Ayni vaqtda nutq buzilishlari bilan uyg‘unlashgan alkagolli-embriopatik genezli oligofreniyaning klinik kо‘rinishi о‘rganildi. Turli xil nutq nuqsonlarining kelib chiqishiga surunkali alkogolizmning ta’siri kо‘rsatildi, jismoniy, nutqiy va aqliy rivojlanishning orqada qolishini о‘z ichiga olgan alkagolli-embriopatik sindrom ta’riflab berildi. Alkagolli-embriopatik sindromda bola nutqining rivojlanishiga noqulay ta’sir etuvchi yaqqol ifodalanmagan eshituvning buzilishi holati aniqlangan.
Alkogolizmga chalingan ota-onalarda homila о‘limining havfi ona qornidaligi va perinatal davrlarda juda yuqoridir. Bundan tashqari, chala tug‘ilishi, homilalik va intranatal asfiksiya, shuningdek kasalliklarga moyillik va bola hayotining birinchi yilida о‘lim holatining yuqori darajadaligi ham alkogolizmga bog‘liqdir.
Bu bolalar maktabgacha va maktab yoshida о‘zining jismoniy zaifligi, nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi bilan uyg‘unlashgan psixik rivojlanishning orqada qolganligi, xarakatchanlikning tormozlanganligi, faol diqqati, kо‘ruv va eshituv idroki funksiyalarining buzilganligi bilan ajralib turadi. Ular diqqatining tarqoqligi bilish faoliyatining kamligi, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashadi. Ayni vaqtda kо‘pgina ishlar chekishning ayol sog‘lig‘i, homiladorlik va tug‘ruqning kechishiga yomon ta’sir etishiga bag‘ishlangan. Bolaning chala tug‘ilishi, psixik va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi bilan chekishning aloqasi borligi isbotlandi.
Ma’lumotlarga kо‘ra ota yoki onaning surunkali chekishi irsiy moddaning patologik о‘zgarishiga-mutatsiyalarga olib kelishi mumkin. Homilaga bir qator zararli omillarning birgalikda ta’sir etishi ayniqsa havfliroqdir (alkogolizm va chekishning homiladorlik toksikozlari bilan birga kelishi va hokazolar).
Homiladorlik toksikozlariga chala tug‘ilish, tug‘ruqdagi qisqa muddatli asfiksiya, yengil kо‘rinishdagi miyaning minimal organik jarohatlanishini keltirib chtqaradi (minimal miya disfunksiyasi (M.M.D.) M.M.D. ga ega bolalar uchun diqqatning tarqoqligi, xotira pastligi, motor buzilishlar, tormozlanganlik, turli xil nutq buzilishlari xarakterlidir.
Ayni vaqtda yengil miya yetishmovchiligida psixik dizontogenezning alohida bir kо‘rinishi ajratilgan. Bu kо‘rinish asosida alohida oliy pо‘stloq funksiyalarining yoshga oid vaqtinchalik yetishmaganligi yotadi. Bu nutq rivojlanishida о‘ziga xos orqada qolish va psixik rivojlanishning notekisligini keltirib chiqaradi.
Minimal miya disfunksiyasida miya funksional tizimi rivojlanishi tempining sekinlashuvi alohida о‘ringa ega.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishi bо‘yicha moyilligi bor bolalar guruhini M.M.D. ga ega bolalar tashkil qiladi. Nutq buzilishlarini о‘z vaqtida aniqlash va psixik rivojlanishni barvaqt rag‘batlantirish, bu toifa bolalar nutqiy va aqliy rivojlanishining kechikishini ma’lum darajada yaxshilashi mumkin. Logoped va pedagog-defektolog M.M.D. sindromining dastlabki belgilarini bilishi muhim. Hayotining birinchi yilida bu sindromning asosiy belgilari «kichik nevrologik belgilar» nomi bilan yuzaga keladi: emadigan bolalarda odatda faol xarakatlarga halaqit bermaydigan, biroq turg‘unligi bilan farqlanuvchi mushak tonusining yengil buzilishi, tremor kо‘rinishidagi yaqqol ifodalanmagan ixtiyorsiz xarakatlar, umumiy titroq sensomotor rivojlanishning kechikishi (ayniqsa kо‘ruv-motor koordinatsiyasi), mayda qо‘l motorikasi differensirlashgan xarakatlarining rivojlanishining orqada qolishi, predmet-manipulyativ faoliyat shakllanishini sekinlashuvi. Yuqoridagi barcha belgilar yengil nevrologik simptomatikada kо‘rish mumkin.
Nutq buzilishlari kо‘pincha erkak jinsiga mansub shaxslarda yuzaga keladi. Sо‘nggi yillar tadqiqotlarida odam jinsiga qarab о‘ng va chap (nutqiy) gemisferalar (yarimsharlar) rivojlanishida farq borligi kо‘rsatib berildi. Chap yarim shar asosan nutqiy funksiyani amalga oshiradi, о‘ng yarim shar esa kо‘ruv-fazoviy gnozisni amalga oshiradi. О‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan о‘ng yarim shar tezroq shakllanadi. Qiz bolalarda esa aksincha chap yarim sharlar tezroq shakllanadi va shunga bog‘liq birmuncha erta muddatlarda ularda nutq rivojlanishi aniqlanadi. Bundan tashqari qiz bolalarda birmuncha yaqqol ifodalangan yarimsharlararo о‘zaro ta’sir erta shakllanadi. Bu ularda miya jarohatlanishini kompensatsiyalashda yaxshi yordam beradi.
Bundan tashqari о‘g‘il bolalarda nutq buzilishlarining kо‘p uchrashiga xromasoma tuzilishidagi о‘ziga xos о‘zgarishlarga bog‘liq ravishda intelektual va nutq buzilishlari sabab bо‘lishi mumkin.
Bolalarda nutq buzilishlarining kelib chiqishida miyaning erta organik jarohatlanishlari katta rol о‘ynaydi.
Emotsional-deprivatsiya katta axamiyatga egadir (kattalar bilan emotsional ijobiy aloqani yetishmasligi).
Hayotining birinchi yillarida bola va onaning о‘zaro aloqasi buzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, nutq funksiyasi shakllanishi uchun hayotning birinchi yilida normal rivojlanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolaning ona bilan yoki о‘ziga yaqin bо‘lgan boshqa kishilar bilan tо‘g‘ri о‘zaro munosabat bо‘lishini talab etadi.
Nutq buzilishlari turli xil noqulay omillarning bola miyasiga va uning keyingi rivojlanishiga ta’sir etishi natijasida ham kelib chiqadi. Bunday nutq buzilishlarining tuzilishi zararli omilning ta’sir etish vaqti va miya jarohatlanishi о‘chog‘iga bog‘liq ravishda farqlanadi.
Miya jarohatlanishida lokolizatsiya jarohatlanish darajasi va nutq buzilishlari aspekti bо‘yicha va keyingi asoratlari orasida tо‘la bir-biriga bog‘liqlik bо‘lmaydi. Bolalardagi chap gemisferalarning tug‘ma yoki erta orttirilgan jarohati kо‘pincha nutq buzilishlariga olib kelmaydi (jarohatlanish nutqqacha bо‘lgan davrda hosil bо‘ladimi yoki shakllanib bо‘lgan nutq davridami, bundan qat’iy nazar). Bu fikr 100 yil avval kо‘rsatilgan va sо‘ng tadqiqotlarda tasdiqlangan.
Kattalarda shunga о‘xshash jarohatlar ma’lum о‘ringa ega bо‘ladilar. Ma’lumki, yaxshi rivojlangan nutqqa ega bolaning kalla suyagi travmasi kattalarga qaraganda afaziyani ancha kam keltirib chiqaradi. Miya plastikligi ma’lum darajada miya tuzilishining yetilmaganligi bilan belgilanadi. Bu bilan bola miyasining jarohatlanish о‘chog‘i va og‘irligi orasida va nutq buzilishlarining kelib chiqishi chastotasi orasida aniq bir-biriga bog‘liqlikning yо‘qligi tushuntiriladi.
Adabiyotlarda shunday nazariya keltirilgan, erta yoshlarda bolaning chap gemisferalarining hatto butunlay olib tashlaganda ham maxsus nutq buzilishlari kelib chiqmasligi mumkin. Bu holat bola miyasining plastikligi bilan, qolaversa bolaning yetilmagan miyasida biroz bir-biriga aralashganroq nutq zonalarining borligi bilan izohlanadi. Nerv tizimi plastikligi va nevronlar miyelinizatsiyalanishi darajasi orasida teskari bog‘liqlik mavjud: miyelinizatsiya qancha kam bо‘lsa, ya’ni ular qancha kam yetilsa plastikligi shuncha oshadi.
Bu shunda namoyon bо‘ladiki, о‘zining jarohatlangan tomonida sinapsni (nerv hujayralari orasidagi aloqani amalga oshiruvchi) shakllantira olmaydigan nerv hujayrasining aksoni, uni sog‘lom yarim sharda shakllantirishi mumkin. Biroq bu faqat bir holatda amalga oshadi, agar miya pо‘stloq bо‘limlari miyelinizatsiyasi hali tugamagan bо‘lsa va sog‘lom yarim sharda barcha sinaptik hosilalar shakllanib bо‘lmagan bо‘lsa.
Erta yoshlarda bola bosh miyasi pо‘stlog‘ining bir tomonlama jarohatlanishi kattalarga qaraganda о‘zgacha sifatli buzilishlarni keltirib chiqaradi. Agar kattalarda afaziya odatda dominant chap yarim shar jarohatlanishi natijasida yuzaga kelsa, bolalarda ular kо‘pincha ikkala yarim shar jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Bundan tashqari, hatto о‘ng yarim sharlarning (odatda subdominant) jarohatlanishi nutq rivojlanishida ma’lum miqdordagi buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bu holda, maktabgacha yoshda nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi ekzogen-organik omillarning rolini baholashda quyidagilarni hisobga olish muhim: vaqt, jarohat xarakteri va lokolizatsiyasi, bola nerv tizimining plastik xususiyati, shuningdek, miya jarohatlanish vaqtida nutq funksiyasining shakllanganlik darajasi.
Nutq buzilishlari etiologiyasida nasliy omillar ham ma’lum ahamiyatga ega. Kо‘pincha ular hatto ahamiyatsiz omillar ta’siri ostida nutq patalogiyalarini yuzaga keltiruvchi «moyillik» vazifasini bajaradilar.
Ayrim holatlarda nasliy omillar boshlovchi sabab sifatida ishtirok etadi. Masalan, adabiyotlarda shunday ma’lumotlar keltiriladi: tanglay yoriqligi bilan shartlangan rinolaliya 10%-30% hollarda nasliy omillar bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin. (P.G.Svetlov, 1962 yillar A.Y.Piskunov, 1960 va boshqalar). A.E.Gusan (1980) ma’lumotiga kо‘ra rinolaliyaning nisbiy shakllari chastotasi bor-yо‘g‘i 1,31% ni tashkil etar ekan.
A.Gridnev (1976) ma’lumotiga kо‘ra, duduqlanuvchilar orasida nasliy og‘irlik 17,5% ni tashkil qiladi. Yozma nutq buzilishlarining kelib chiqishida (disgrafiya, disleksiya) nasliy omillarning roli aniqlangan. nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar odatda ekzogen-organik va ijtimoiy omillar bilan birgalikda keladi. Shuningdek ular ayrim nutq buzilishlarning keltirib chiqarishda boshlovchi omil bо‘lib xizmat qiladilar. Bularga xromosoma sindromi va nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi bilan alohida guruhni tashkil qiladi. Ularning xususiyati kasallikning о‘zidan kelib chiqadi.
Xromosoma sindromlari (yoki xromosoma kasalligi) tug‘ma hisoblanadi va odatda progridiyent oqimga ega bо‘lmaydi. Deyarli barcha xromosoma sindromlarida bolaning jismoniy, nerv-psixik rivojlanishida orqada qolish kuzatiladi, shuningdek u yoki bu darajada nutq rivojlanishi ham buziladi.
Xromosoma sindromi ikki guruhga bо‘linadi:
Birinchi guruh-autosoma strukturasi yoki sonining о‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar.
Ikkinchi guruh-jinsiy xromosomalarning о‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar.
Birmuncha yaqqolroq ifodalangan nutq rivojlanishidagi buzilishlar va nutq kamchiliklari birinchi guruh sindromlarida kuzatiladi. Ular odatda intellekt yetishmovchiligi aniq nuqsonlar va rivojlanish anomaliyalari bilan birga qо‘shilib keladi. Bunga Daun kasalligidagi nutq buzilishi misol bо‘la oladi.
Sо‘nggi yillarda butun dunyoda alohida e’tiborni о‘ziga jalb qilib kelayotgan muammo bu- x-xromosomasida о‘ziga xos о‘zgarishlari bо‘lgan bolalarning nutq buzilishlari masalasidir (fragil yoki mо‘rt xromosomalar sindromi). Bu sindromda nutq buzilishlari polimorfdir: nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi, dizartriya, gohida duduqlanish. Perseveratsiyalar bilan birga qо‘shilib keluvchi nutq tempining tezlashuvi, shuningdek xarakatning tormozlanganligi, affektiv buzilishlar bu sindromga xarakterlidir.
Nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklari genetik ma’lumotning о‘zgarishi bilan namoyon bо‘ladi. Ularning asosida gen mutatsiyalari yotadi. Bu gen mutatsiyalari ayrim oqsil strukturalari yoki fermentlar sintezini izdan chiqaradi. Bu turli xil buzilishlarni keltirib chiqaradi.
О‘ziga xos nutq buzilishlari fenilketonuriyada ham kuzatiladi. Fenilketonuriya nasliy kasallik bо‘lib, fenilalanin moddasi almashinuvi buzilishidan kelib chiqadi. Bu nutq buzilishlarining barchasi nerv tizimi nasliy almashinuv kasalliklari strukturasidagi sindromlar sifatida qabul qilingan. Erta boshlangan davolov ishlari ma’lum darajada kasallikning og‘ir kechishini, intellektning keyinchalik pasayishini va nutqning tо‘la rivojlanmaganligini oldinroq ogohlantirish mumkin.
Logoped shunday kasalliklarning mavjudligini, ularni erta aniqlash va davolash muhimligini, shu singari patalogiyalarga shubhalanilgan bolalarni maqsadga muvofiq tibbiy-genetik konsultatsiyaga yо‘naltirishni yodda tutishi muhim.
Demak, nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi etiologik omillar murakkab va polimorfdir. Nasliy moyillik, noqulay muhit va jarohatlar yoki turli xil noqulay omillar ta’siri ostida miya shakllanishining buzilishi qо‘shilib kelishi birmuncha kо‘proqdir.
Nutq buzilishlari etiologiyasining muhim muammolari quyidagilardir:
-
Miya jarohatlanishi vaqti, xarakteri va о‘chog‘ini hisobga olgan holda pо‘stloq genezi (alaliya, afaziya) sistemali nutq buzilishlari sababini о‘rganish. -
Turli xil kо‘rinishdagi nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar rolini aniqlash. -
Duduqlanishning turli xil shakllarini keltirib chiqarishga moyil sharoitlar va sabablarni batafsil о‘rganish. -
Nutq buzilishlarining tarqalganligi va uning sabablari haqida statistik ma’lumotlarni о‘rganish.