Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 05.12.2023

Просмотров: 351

Скачиваний: 9

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

1-ilova

Blits-so’rov” topshiriqlari.
1.Nutq bog’chalarida guruhlarga komplektasiyalash haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?

2. Nutq bog’chalarida guruhlarga komplektasiyalash qaysi tamoil va mezonlar asosida amalga oshiriladi?

2-ilova
Klaster” grafik organayzerini tuzish topshirig’i


Maxsus MTM guruhlari


3-ilova

Qarama-qarshi munosabat” jadvali


Maxsus maktabgacha ta`lim muassasalining o’ziga xos jihatlari

MTM da (ommaviy) logopedning ish faoliyati

Maxsus MTM da logopedning ish faoliyati

1.

1.

2.

2.

3.

3.

4.

4.

5.

5.

6.

6.

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Tavsiya etilayotgan mustaqil ish mavzulari bevosita talabalar tomonidan bajarilib, uning nazorati referat yozish, tanlangan mavzu bо‘yicha ma’ruza qilish, barcha talabalar ishtirokida о‘zaro savol-javoblar, hamda mustaqil ish mavzularini talabaning nazariy bilimlarini nazorat qilishning asosiy turlaridan hisoblangan oraliq baholash savollariga kiritish orqali ham amalga oshirilib, talabalar bilimi muntazam ravishda joriy baholash orqali amalga oshiriladi.

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik, о‘quv qо‘llanmalar va о‘quv-uslubiy majmua bо‘yicha fan boblari va mavzularini о‘rganish;

  • maxsus adabiyotlar bо‘yicha fan bо‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • fan mavzulari bо‘yicha referat yozish;

  • fan mavzulari bо‘yicha ma’ruza qilish;

  • tanlangan mavzu bо‘yicha о‘zaro savol-javoblar о‘tkazish;

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari

  1. Nutq faoliyatining norma va patologiyasi.

  2. Pereferik nutq apparati tuzilishi.

  3. Nutqni neyrofiziologik mexanizmlari

  4. Bola nutqini rivojlanishida eshitish va ko’rishning o’rni

  5. Nutqning tug’ma asoslari.

  6. Guvrash jarayonining davrlari

  7. Bolalar nutqida ona tili tovushlarini paydo bo’lish ketma-ketligi.

  8. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar nutqida odatiy fonetik xatolar

  9. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning fonetik tomonini shakllanish hususiyatlari.

  10. Bolalar lug’at boyligini shakllanishining asosiy bosqichlari

  11. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning leksik tomonini shakllanish hususiyatlari.

  12. Bolalar tomonidan nutqni morfologik qonuniyatlarini o’zlashtirishi

  13. Ontogenezda so’z hosil qilish mexanizmlarini shakllanishi

  14. Bolalar nutqida sintaktik mexanizmlarini shakllanishi

  15. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishni shakllanish hususiyatlari.

  16. Ontogenezda bog’langan nutqni shakllanishining asosiy bosqichlari

  17. J.Piaje J.Piaje tadqiqotlarida egosentriklik konsepsiyasi.

  18. L.S.Vigotskiy tadqiqotlarida ichki nutq konsepsiyasi.

  19. Kontekstli nutq hususiyatlari.

  20. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda bog’langan nutqni shakllanishi hususiyatlari.

  21. Pereferik nutq apparati tuzilishi.

  22. Bola nutqini rivojlanishida biologik va sotsial faktorlarning roli.



Glossariy

Faol lug‘at- gapiruvchi ushbu tilda nafatqat tushunadigan, balki faol kо‘llaydigan sо‘zlar.

Akustik-eshituvli.

Alaliya- meyordagi eshituv va saqlangan intellektda bosh miya yarim sharlarining tug‘ruq trvamalari, bolani nutqgacha bо‘lgan davrda boshidan о‘kazgan bosh miya kasalliklari yoki jaraohatlari oqbatida nutqning tо‘g‘iq rivojlanmaganligi yoki yо‘qligi. Alaliyaning motor( nutqning ekspressiv tomonini buzilishi) va sensor(nutqni tushunishning buzilishi) shakllari farqlanadi.

Alveolali undoshlar-til uchini yuqori tish ildizlaridagi alveolalarga bosib hosil qilinadigan til oldi undoshlari.

Ambidekstriya- о‘ng va chap qо‘llarni birdek boshqara olish malkasi.

Amimiya-yuz muskullarining parezlari, paralichlari yoki yuz muskullari harkatlari koordinatsiyalarining markaziy nevr tizimining turli kasalliklari , falajlanish oqibatida yuz muskullarining ifodalliligining pasayishi yoki yо‘qligi.

Amneziya- xotra buzilishi bо‘lib,bunda odam avval shakllangan tasavvur va tushanchalarni ifodalab bera olmaydi.Amneziyaning ikkita asosiy shakllari farqlanadi:

1) Retrograd(jaholatparast) amneziY. Bunda kasallik ( travmalar) oqibatida xotira buzilishi kuztiladi, bu holatda kasallikkacha bо‘lgan bir necha soat oldin sodir bо‘lgan voqealar , ba’zan kasallikka bо‘lgan bir yildagi voqealar esdan chiqib ketadi.

Analizatorlar-murakkab nerv mexanizmlari bо‘lib, hayvonlar va inson organizmi ichki va tashqi muhitdan qabul qilinadigan qо‘zg‘atuvchilarni nozik tahlilini ta’minlaydi. Har bir analizator quyidagilardan tashkil topgan:

1) qо‘zg‘alishni qabul qiluvchi soha- retseptordan;

2) retseptorlarda paydo bо‘lgan qо‘zg‘alishlarni orqali oliy nerv tizimiga yetkazib beruvchi о‘tkazuvchi yо‘llar(afferent) va yuqori markazlardan quyi darajadagi analizatorlarga impulslarni yetkazib beruvchi efferent yо‘llardan;

3) bosh miyaning aks ettiruvchi maydonlaridan.

Analizatorlarga barcha sezgi organlari (kо‘rish, eshitish, ta’m bilish, teri tuyish, hid bilish), shuningdek, ichki organlar va muskullarda joylashgan maxsus retseptorlar.

Anamnez- bemorning uning hayoti, kasallikni rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlari bо‘lib, tashxis qо‘yish va zarur davolash choralarini belgilash uchun zarur bо‘ladi.

Anartriya- dizartriyaning og‘ir shakli bо‘lib, bunda nutq harakat muskullarining falajlanganligi, artikulyatsiya tizimining kesikn buzilishlariga kо‘ra , deyarli nutqning umuman yо‘qligi.

Anomaliya-organizm va uning qismalari faoliyatlarini meyordan patologik chetga chiqishi.

Antitsipatsiya- oldingi tovushlarni keyingisi bilan almashtirilishi.

Apraksiya- maqsadaga qaratilagan harakatlar va faoliyatlarning bosh miya qobig‘ining jaraohatlanishi oqibatida buzilishi. Apraksiyali bemor qо‘lini harakatlantira oladi, ammo, maqsadga qaratilagan faoliyatni bajara olmaydi( kо‘rsatma asosida qо‘lini kо‘tara olmaydi, tugmalarini qaday olmaydi va hakozo). Apraksiyaning quyidagi asosiy turlari farqlanadi:

1) kinestetik- kinestetik analiz va sintez buzilishi kо‘rinishida zarur harakatlar tо‘plamini buzilishi;

2) fazoviy ( konstruktiv)- harakat aktlarini kо‘ruv-fazoviy tashkil etishning buzilishi;

3) kinetik ( dinamik)- turli harakat kо‘nikmalari asosida yotuvchi ketma- ket bajariladigan harakat akatlarni bajarishining qiyinlashuvi, harakat perservatsiyalarininng yuzaga kelishi;

4) “ peshona” boshqaruvchi- berilgan dasturga bо‘ysunishni buzilishi.

Artikulyatsion fazalar- tovush artikulyatsiyasining uchta qismi: pristup( eskursiya),ushlab turish( о‘rtacha qism), boshidan boshlash (rekursiY.)

Artikulyatsiya- berilgan tovush, bо‘g‘inlar va sо‘zlarni tashkil etuvchi, artikulyatsion fazalardan о‘tgan tovushlar kompleksini talaffuz qilish uchun zarur nutq organlarining faoliyati, holati va harakati.

Astenik – kuchsiz, bо‘sh, zaif. Astenik sindrom-nerv- psixologik holatining zaifligi, nerv jarayonlari tonusining buzilishi.


Asteniya- nerv jarayonlarining qattiq charchashida namoyon bо‘luvchi nervli- psixologik zaiflik, qо‘zg‘aluvchanlik, ishchanlik qobiliyatining va barcha psixik faollik shakllarining pasayshishi. Asteniya bolalarda boshidan о‘tkazgan ( yuqumli) kasalliklari va miyaning jarohatlanishi natijasida paydo bо‘ladi.

Astereognoz- taktil sezgirlik saqlangan holda predmetlarni paypaslabbilish qobiliyatining buzidishidir;bosh miya qobig‘iningdominant yarimsharlarini ikkilamchi jarohatlanishida kuzatiladi.

Asfiksiya- homilaning yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqning nafas olish markazini qо‘zg‘aluvchanligini yо‘qotishi yoki pasayishi oqibatida nafas ololmay qolishi oqibatida bо‘g‘ilib qolishi.

Tovushlar atakasi-ovoz hosil bо‘lishida ovoz boylamlari faoliyatini kо‘rish usuli. Qattiq, yumshoq, nafasli tovushlar atakasi farqlanadi.

Ataksiya- harakat yо‘nalishi, kо‘lami, aniqligi tempini nomutanosibligida paydo bо‘luvchi harakati koordinatsiyasi, bо‘ysunuvchanligining buzilishi. Bu miyachaning vestibulyar labirinti va chuqur sezuvchanliu yо‘llarini jarohatlanishida paydo bо‘ladi.

Atrofiya- qaysidir sezgi, xususiyatni yо‘qotilishi, о‘tmaslashib qolishi. Atrofiyada a’zo tо‘qimalarni kichrayishi hisobiga kichrayib qoladi. Patologik atrofiya tо‘qimalarni oziqlanishini buzilishini keltirib chiqaradigan turli xil omillar natijasida paydo bо‘ladi.

Audiogramma-maxsus audiometr asbobi yordamida eshitishni tekshirishdan olingan ma’lumotlarni maxsus jadvaldagi grafik tasviri.

Audiometriya- eshitish о‘tkirligini tekshirish.

Autizm- psixik holatning kasalligi bо‘lib, tashqi dunyodan tashqaridaligi, о‘zining ichki dunyosi, о‘zining ichki kechinmalari bilan chegaralangan.Autimzmda kо‘pincha, hozir bо‘layotgan vaqea- hodisalar о‘tib ketgan hodisalar bilan, haqiqiysi- fantaziya bilan aralashtiriladi.Autizmli bolalarda hulq –atvorning buzilishlari, fantaziyalar, о‘yinlardagi faollikning pastligida yaqqol namoyon bо‘ladi. Bolalar hafa, о‘zi- bilan о‘zi bо‘lib qoladi, tengdoshlari va kattalar bilan muloqotchanligi yо‘qoladi, nutqiy ikloqot kamyib ketadi. Ba’zan bolalar nutqdan foydalanmay qо‘yishadi (mutizm), atrofdagilar nutqiga ta’sir kо‘rsatishmaydi.

Autogen mashqlar-davolashning psixoterapevtik metodi bо‘lib, bemorlar muskullarini bо‘shashtirish, о‘z- о‘ziga ishontirishga о‘rgatish, diqqatni turg‘unligini va tasavvur kuchini, ixtiyorsiz aqliy faollikni subyekt faoliyatini ahamiyatini, samaradorligini oshirish maqsadida rivojlantirishdir. Ikki xil autogen mashqlar farqlanadi:

1) relaksatsiya, tanani og‘irligini, sovuqni sezishga о‘rgatish bо‘lib, bu vegetativ faoliyatlarni boshqarishdan dalolat beradi;

2) turli darajadagi gipnoz holatlarini yaratish.

Afaziya- bosh miya tramvmalari natijasida ( qon- tomir kasalliklari, insult, miyaning shamollash bilan bog‘liq kasalliklari- ensefalit, abssesslarda) nutq о‘choqlarini jarohatlanishi natijasida nutqni tо‘liq yoki qisman yо‘qolishi. Afaziya о‘zida nutq faoliyatining turli xil tizimli buzilishlarini aks ettiradi, u nutqning fonematik , morfologik,semantik tuzilishini buzilishida shuningdek, nutq apparati harakatlarining saqlangan holda nutqni tushuninshning buzilishi kо‘rinishlarida namoyon bо‘ladi. Quyidagi afaziya turlari farqlanadi:

1) Afferent afaziya- sо‘zlarni talaffuzining buzilishi, bir tovushni boshqasi bilan almashtirilishi, mustaqil yozish va diktovka asosida yozishning buzilishi;

2) Efferent motor afaziya- nutq aktlarining kinetik buzilishi, nutqiy stereotiplarning turg‘unligi sababli bir sо‘zdan ikkinchisiga о‘tishdagi qiyinchiliklar;

3) sensor afaziya- eshitiuv о‘tkirligi saqlangan holda idrok etilayotgan barcha tovushlarning buzilishi; og‘zaki nutqni tushunnishdagi qiyinchiliklar, diktovka asosida yozishda nutq toushlarini akustik tahliliga muhtoj bо‘ladilar, kо‘chirib yozish, о‘qishda esa bunga muhtojlik sezishmaydilar;

4) akustik- mexanik afaziya- nutq eshitiuv xotirasining atrofdagilar nutqini tushunishdagi qiyinchiliklar kо‘rinishida buzilishi,predmetlar nomi va ularning tasvirini, sо‘zlar ka kichik iboralarni esdan chiqarilishi;


5) semantik afaziya- alohida mantiqiy grammatik qurilmalarni buzilishi( dadamning ukasi, dadamning ukasining akasi, yozdan oldin bahor keladi kabi), sanoqningbuzilishi, fazoviy tafakkurning buzilishi qо‘shilib keladi;

6) dinamik afaziya- nutqiy ifodani ketma- ketligini buzilishi nutqni rejalashtirishni buzilishi kо‘rinishida namoyon bо‘lib, bog‘langan og‘zaki nutqni buzilishida va yozma nutqda faoliyatlarni bildiruvchi sо‘zlarni faollashtrishdagi qiyinchiliklar kо‘rinishida namoyon bо‘ladi.

Affekt- emotsional holatninng bir turi bо‘lib, bu kuchli, qisqa muddatli, keskin kechivchi hissiyotlardir.

Afferentli- markazga boruvchi, uzatuvchi.

Afoniya- shivirlagan nutq saqlangan holda jaranglagan ovozning yо‘qligi. Bо‘g‘izning о‘tkir va surunkali kasalliklarida, shamollashlarda, bо‘g‘iz muskullarining falajlanishida, bо‘g‘iz о‘smalarida kuzatiladi. Ovoz boylalaridagi о‘zgarishlarda ( sohta yoki bо‘g‘izli afaoniya), shuningdek, turli isterika va nevrozlarda( funksional yoki isterik afoniya) kuzatiladi. Afoniyaning bevosita sababi ovoz boylamlarining birikmasligi yoki tо‘liq birikishi bо‘lib, uning oqibatida ovoz chiqarish vaqtida havo oqimining siqilib chiqishidir.

Affrikat- qorishiq undosh tovush. Bunda talaffuziga kо‘ra о‘xshash tovushlar birgalikda kо‘shimlib, qorishib talaffuz qilinadi.

Battarizm- nutq tempining patologik tezlashuvi, taxilaliyaning bir kо‘rinishi. Battarizmda nutqiy nafas buzilgan, sо‘zlar haddan tashqari tez tempda talaffuz qilinib, noaniq, oxirigacha aytilmasdan “ yeb qо‘yiladi”,nutq tushunarsiz. Kо‘pincha battarizmdagi fonematik kamchiliklarga uning sintaksisi, fikralarni ketma-ket bayon qilinishining buzilishi ham qо‘shilib keladi. Battarizm- umumiy darajadagi yuqori qо‘zg‘alish hodisalaridan biri bо‘lib, u kо‘pincha nevropat bolalarda uchraydi.

Bradikineziya-harakatlarning umumiy sustlashuvi.

Bradilaliya- nutqning patologik sekinlashuvi bо‘lib, bunda unlilar chо‘zilib, sust, noaniq talaffuz qilinadi. Sinonimi- bradifraziY. Battarizm о‘zida nerv jarayonlarini sekinlashishini, umumiy bо‘shlikni, tormozlanishni aks ettiradi.

Bilingvizm- ikki tillilik.

Broka markazi- bosh miyaning chap peshona qismida joylashgan nutq harakat markazi. Broka markazi jarahatlanganda odam sо‘zlarni talaffuz qiloa olmaydi ( motor alaliya va afaziya). Nutqni motor faoliyatini boshqarishda bu markazdan tashqari yana boshqa maydonlar ham ishtirok etadi( motor oldi va boshq).

Harf- Ma’lum bir tilni alifbosi tarkibidagi grafik belgilar bо‘lib, tovushlarni yozuvda va ularni turli – tumanligini ifodalashga xizmat qiladi. Birtta harf turlicha tovushlarni anglatishi mumkin. Boshqa tomondan bitta tovush turli harflar bilan ifodalanishi mumkin. Bitta harf ikkita tovushni anglatishi mumkin ( rus tilida:ya, ye,yu ). Rus tilida yana tovush anglatmaydigan harflar ham mavjud: ь,’.

Bulbar falajlik- uzunchoq miyaning kassaliklaridagi klininik hodisa. Uzunchoq miyadagi peshona- miya nervlari- til- yutqun, sayyor, til osti nervlarining jarohatlanishida kuzatiladi. Kо‘pincha yuz va uch boshli nervlar ham jarohatlangan bо‘ladi. Bulbar falajlik til, lab, yutqun,ovoz boylamlari muskullarining periferik falajlanishi bilan xarakterlanadi va yutishning buzilishi- disfagiya kuzatiladi. Bulbar falajlikda odatda artikulyatsiya buzilishlari kuzatiladi( dizartriya): nutq tuzunarsiz, burunli ottenka bilan chiqadi. Ba’zan og‘zaki nutq imkonsiz (yо‘q) bо‘ladi.

Kundalik lug‘at- har kuni qо‘llaniladigan sо‘zlar, predmetlar, hodisalarning nomlari, bizni о‘rab turgan muhit, an’analar, odatlar va boshqalar nomlari.

Velyar tovushlar- til orqa tovushlari (k, g, x)

Verbal- sо‘zli yoki nutqli.

Vernike markazi- bosh mb, miyaning ensa qismida joylashgan bо‘lib, nuqtni idrok qilish markazi hisoblanadi. Agarda odamda bu markaz jarohatlansa, inson nutq tovushlarini eshitadi, ammo, bu sо‘zlarni ma’nosini idrok etish qobiliyatini yо‘qotadi ( sensor alaliya va afaziya).

Portlovchi undoshlar-