Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 464

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI

NAVOIY KON MEТALLURGIYA KOMBINAТI
NAVOIY DAVLAТ KONCHILIK INSТIТUТI
KIMYO-MEТALLURGIYA FAKULТEТI
IQТISODIYOТ VA MENEJMENТ” KAFEDRASI





fanidan bakalavriat yo’nalishlari uchun
ma’ruzalar to’plami


Тuzuvchi: katta o’qituvchi Baqoyev H.N.

MUQADDIMA



Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to’g’ri tushunish ko’p jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog’liq.

Shuning uchun ham mazkur to’plam insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi.

Bu to’plamda iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o’rnini ko’rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o’rin beriladi.

Shuningdek, mazkur fanda bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib, uning asosiy belgilari, sub’ektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o’rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, bunday iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o’rin beriladi.

Fanda iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, ularning harakat shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi.

O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.

Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra ushbu fandada jahon xo’jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari ham bayon etiladi.


1-mavzu. Iqisodiyot nazariyasi fanining predmeti va

bilish usullari.

Reja:

1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.

1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi, fanning predmeti va

vazifalari.

1.3. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar va iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari.


1.4. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari.



Тayanch iboralar: iqtisodiyot, ehtiyoj, iqtisodiy resurslar, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar, ilmiy abstraksiya, ishchi kuchi, mehnat qurollari, mehnat predmetlari, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyat, uslubiyat, ilmiy abstraksiya.

1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi




Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. Iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli-tuman bo’lganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni ham juda ko’pdir.

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda shunday oyat bor: «Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar».1 Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.

Buning ustiga barcha resurslarimiz - pul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti.

Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang’ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi (ishlab chiqarish nima va qanday sodir bo’lishi haqida keyingi mavzuda so’z boradi).

Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi.

Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, yetkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish bo’yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi.

Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol.

Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yo’qotiladi va o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo’ladi.

Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.

Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish zarurdir.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, inson yashamog’i uchun, eng avvalo, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari, transport hamda isitish va yoritish vositalari zarurdir. Bundan tashqari, inson kamol topmog’i uchun o’qib, bilim olishi, kasb o’rganishi, malaka egallashi va davolanishi, dam olishi, turli xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda ko’p hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.

Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga bo’lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o’z ichiga oladi.

Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ko’plab ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, sport o’yinlari va ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish kabilar shular jumlasidandir.

Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular quyidagilar:

a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo’ladi;

b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor iqtisodiyoti yoki kapitalistik tartiblar asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning ehtiyojlari o’z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;

v) tabiiy—geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim—kechak, uy va transport vositalariga ko’proq ehtiyoj bo’ladi;

g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar ham ehtiyojlarga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z bayrami, ro’za va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.

d) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.

ye) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga olib keladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’payib boradi. Shunday ekan,
jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z ifodasini topadi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi.

Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’planib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va manbalar tushuniladi. Тabiiy resurslar (yer, suv, o’rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari, pul mablag’lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir.

Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi.

1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning maqbul variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish.

2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.

3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.

Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishni taqozo qiladi.


1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi, fanning predmeti va vazifalari



Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.

Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Хitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.

Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Хaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Хaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.2

Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to’plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.
3

Shunisi muhimki, ular hech bir inson o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlarning barchasini o’zi yarata olmasligini, shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bo’lishlari ob’ektiv zaruriyat ekanligini ham qayd qilganlar.

Bundan tashqari, ularning asarlarida doimo xo’jaliklarning barcha turlarida (uy, shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e’tibor berish lozimligi, pulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan.

Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O’rta Osiyoning ko’pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.

Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “siyosiy iqtisod” nomi bilan shakllana boshladi.

Siyosiy iqtisod grekcha so’zdan olingan bo’lib “politiko” - ijtimoiy, “oykos” - uy, uy xo’jaligi, “nomos” - qonun degani, ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda “Siyosiy iqtisod traktati” nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to’g’risidagi fandir, deb yozgan edilar.

Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko’payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda - muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar.

Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, degan g’oyani olg’a surdilar. Ularning vakili bo’lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.

Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik (mumtoz) maktabi namoyondalari bo’lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va “hamma boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “ko’rinmas qo’l” tamoyili hozirgi kunda juda ko’p tilga olinmoqda. U o’zining “Хalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat shaxsiy manfaatdir deb ko’rsatadi. Inson o’z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga yetkazib beradi, o’z kapitalini ko’paytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadi, deb tushuntiradi.

Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko’ra progressiv bo’lgan jamiyat qurish g’oyasi Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.

Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.