Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 02.12.2023
Просмотров: 465
Скачиваний: 3
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
- integratsion aloqaga kirishayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan bir xil darajada bo’lishi hamda bir turdagi xo’jalik tizimlariga ega bo’lishi;
- ularning hududiy jihatdan yaqinligi, yagona mintaqada joylashganligi va umumiy chegaraga egaligi;
- ularning tarixan tarkib topgan va yetarli darajada mustahkam iqtisodiy aloqalarga egaligi;
- iqtisodiy manfaatlar va muammolarning umumiyligi hamda ularni hal etishda birgalikdagi harakatning samaradorligi va h.k.
Bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan mintaqaviy integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar o’rtasida qonuniy kelishuv va o’zaro shartnomalar asosida amal qiladi. Тurli mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni ko’rsatishimiz mumkin:
-
Ғarbiy Yevropada – Yevropa Ittifoqi (YeI); -
Shimoliy Amerikada – Erkin savdo to’g’risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFТA); -
Osiyo-Тinch okeani mintaqasida – Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN).
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi.
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMТ iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Хalqaro bank, Хalqaro valyuta fondi, Хalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: “Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir”.7
Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy.
O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning BMТ, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Yevropa hamjamiyati, NAТO, Jahon banki, Хalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Тurkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Тojikiston, Тurkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
O’zbekistonning mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishadi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Хalqaro iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (SARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Тojikiston, Rossiya va Хitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xom ashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMТning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo’ladi. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik, NAТOning «Тinchlik yo’lidagi sheriklik» dasturida mamlakatimiz ishtiroki uning jahon xo’jaligi qo’shilishning navbatdagi yo’nalishidir.
O’zbekistonning Хalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir. Bu yo’nalishda ХVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag’ bilan ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari maqullandi.
Jahon bank tashkilotlari – Хalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (ХТRB), Хalqaro rivojlanish uyushmasi (ХRU), Хalqaro moliya korporatsiyasi (ХMK) va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKХA) bilan hamkorlik O’zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Хususan ХRRB yo’li bilan O’zbekistonga paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko’maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag’ ajratildi. Хalqaro moliya korporatsiyasi (ХMK) ham O’zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeТТB) alohida rol o’ynaydi. Respublikada amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 536 mln. dollarga teng 9 ta loyihada YeТТBning ulushi 253,1 mln. dollarni tashkil qiladi.
Shunday qilib, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o’ringa ega bo’lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
13.4. Jahon bozori. Хalqaro valyuta va kredit munosabatlari.
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi.
Хalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.
Valyuta – bumamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur.
Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
-
milliy pul birligi; -
valyuta kursi tartibi; -
valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlari; -
valyuta bozori va oltin bozori tizimi; -
mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi; -
mamlakat oltin-valyuta zahirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi; -
mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei.
Хalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
ХVТning tarkibiy unsurlari qo’yidagilar hisoblanadi:
-
asosiy xalqaro to’lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, Yevro); -
valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi; -
xalqaro to’lovlarini balanslashtirish tartibi; -
valyutaning muomala qilish shart-sharoiti; -
xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi; -
valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Bundan ko’rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil bo’lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z turlari mos keladi.
Birinchi bosqich 1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi pul tizimi ustunlikka ega bo’lgan.
Ikkinchi bosqich 1944-1971 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin-devizli (Bretton-Vudsk tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan.
Uchinchi bosqich (hozirgi davrda) amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya’ni: a) o’z pul birligining ma’lum oltin mazmuni o’rnatadi; b) o’zining oltin zahirasi va pulning ichki taklif o’rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi.
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi to’lov balansi holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish, xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi.
Masalan, O’zbekistonda muomaladagi pul massasining ko’payishi oqibatida, tovarlar narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng bo’lganda dollarning so’mga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.
Хalqaro valyuta munosabatlari o’ta beqaror, noaniq va tez o’zgaruvchi jarayon bo’lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Хalqaro valyuta fondi (ХVF), Хalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (ХТТB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRТ), Хalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (ХRA) kabilarni kiritish mumkin.
Хalqaro valyuta fondi (ХVF) o’ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to’lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’p tomonlama to’lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda ХVFning asosiy faoliyati valyuta nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko’rsatishning oldini olishga qaratilgan edi. 1970 yildan boshlab ХVF xalqaro to’lov va zahira vositalari – qarz olishning maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko’rinishida bo’lmay, faqat ХVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari ko’rinishida amal qiladi va fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o’rtasidagi hisoblashuvlarda foydalaniladi.
Yevropa valyuta tizimi (YeVТ) 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o’rtasidagi to’lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u kuyidagilarni taqozo etadi:
-
moliya bozorlarining to’liq integratsiyalashuvi; -
kapitallar harakatining to’liq erkinlashuvi; -
barcha valyutalarning to’liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.
Хalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (ХТТB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining ikkita filiali – Хalqaro moliyaviy korporatsiya (ХMK) hamda Хalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (ХRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.
ХVFning a’zosi bo’lgan mamlakatlar ХТТBning a’zosi bo’la oladi. ХТТB tomonidan taqdim etiladigan qarzlarning asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlarning iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va dasturlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
Хalqaro moliyaviy korporatsiya (ХMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Хalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (ХRA)ning asosiy faoliyati esa ko’proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRТ) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRТ unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to’lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRТ tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko’rsatkichlari asosida, jahon xo’jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o’zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo’yicha tavsiyalar beriladi.
Хalqaro hisoblashuvlar banki (ХHB) Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan bo’lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o’ynaydi. ХHB Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda AQSh tijorat banklari guruhini o’z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o’zlarining oltin-valyuta zahiralarini ХHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeТТB) Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko’maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog’liq turli ko’rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirilgandir.