Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 467

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

11.2. Byudjet, uning taqchilligi, davlat qarzlari va soliqlar
Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o’tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.

O’zbekistonda davlat byudjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.

21-jadval

O’zbekiston Respublikasi maqsadli fondlarsiz davlat byudjeti

xarajatlarining tarkibi

Ko’rsatkichlar

2010 yil

2011 yil

2012 yil

milliard so’m

foiz da

milliard so’m

foiz da

milliard so’m

foiz da

Davlat byudjeti xarajatlari, milliard so’m

13733

100

16991

100

21571

100

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari

8 113

59,1

10112

59,5

12513

58

Iqtisodiyot xarajatlari

1 573

11,5

1952

11,5

2372

11,0

Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish

825

6,0

950

5,7

1059

4,9

Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash fondiga ajratmalar













264

1,2

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari

352

2,6

472

2,7

629

2,9

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari

119

0,9

152

0,9

191

0,9

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi

54

0,4

57

0,3

70

0,3

Boshqa xarajatlar

2 692

19,6

3290

19,3

4471

20,7

Davlat byudjetining rejalashtirilgan taqchilligi

-616




-812




957




YaIMga nisbatanfoizda

-1,0foiz




-1,0foiz




1foiz






Manba: O’zR Moliya vazirligi.
Mahalliy byudjet hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjetlaridan iborat bo’lib, bunday bo’linish mavjud moliyaviy resurslarni nisbatan to’laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining daromadlari o’z hududidagi korxonalar daromadi, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi.

Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro’y beradi. Bu holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o’rin tutadi.

Byudjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutloq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi(22-jadval).

22-jadval

Davlat byudjetining bajarilish darajasi

(YaIMga nisbatan %da)

Ko’rsatkichlar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

Defitsit (-)

-1,0

-1,0

-0,8

-0,4

-0,4













Profitsit (+)
















+0,1

+0,5

+1,1

+

Manba: O’zR Moliya vazirligi va VMning yil yakunlari materiallari.
Byudjet taqchilligining o’zgarishi xo’jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo’ladi.

O’rnatilgan xalqaro standartlarga ko’ra byudjet taqchilligi YaIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog’ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko’rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi.

Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi.



Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi tushuniladi.

Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qiladi.

Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Shuningdek, davlat o’z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.

Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo’lib soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Soliq - bu davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to’lovlarni undirish shaklidir.

Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.

Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:

davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);

- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);

- iqtisodiyotni tartibga solish vazifasi.

Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo’lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o’sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.

1. Aholi sonining o’sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o’zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o’sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo’shimcha mablag’larni zarur qilib qo’yadi.

2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining o’sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.

3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o’sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko’p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo’shimcha xarajatlarning o’sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda asosiy vazifa davlat zimmasiga tushadi.

4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan ijtimoiy sug’urtani rivojlantirish, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul tibbiy yordam, davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kiradi.

5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi.

Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.

Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to’lovlari soliq undirishning ob’ektlari, soliq to’lash tartibi, soliq to’lash bo’yicha imtiyozlar, soliq to’lash bilan bog’liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonunlari va Soliq kodeksi bilan aniqlanadi.

Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:

- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq undirishning majburiyligi;

- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;

- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning ilg’or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;

- soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
11.3. Pul muomalasi
, pul tizimi va inflyatsiya.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari to’xtovsiz harakatda bo’ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to’lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to’lashda pul qo’ldan qo’lga o’tib, aylanib turadi. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi to’xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.

Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

1) milliy pul birligi (so’m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.);

2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi;

3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;

4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.

Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.

Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.

Pul muomalasi qonuni, ya’ni muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog’liq:

  1. Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi. Тovarlar va xizmatlar qancha ko’p bo’lsa, ularning narxi qancha baland bo’lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko’p pul miqdori talab qilinadi.

  2. Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko’p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog’liq bo’ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam bo’ladi.

  3. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kreditning rivojlanishiga, puldan to’lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog’liq. Ko’pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko’paytiradi. Undan tashqari, hozirgi vaqtda ko’pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o’zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.

Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

,

bu yerda: Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori;

Тb - sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi); Хk - kreditga sotilgan tovarlar summasi; Хt - to’lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar summasi; O’x-k - naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar; At - pulning aylanish tezligi.

Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so’mni, kreditga sotilgan tovarlar – 20 mln. so’mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to’lash muddati kelgan tovarlar va boshqa to’lovlar – 40 mln. so’mni, naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar summasi 30 mln. so’mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta bo’lsa, u holda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 15 mln. so’mga teng bo’ladi. Ya’ni:


Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag’lariga bo’lgan talab va pul taklifining o’zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.

Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo’lgan turli-tuman moliyaviy mablag’lar, ya’ni pul agregatlari yig’indisi hisoblanadi. Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.

Pulga talab ikki qismdan iborat bo’lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo’lgan pulga talab.

Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to’lash, material, yoqilg’i va shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo’lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori biz yuqorida ko’rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko’proq pul talab qilinadi: narxlar o’sganda va ishlab chiqarish hajmi ko’payganda.

Kishilar o’zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turish mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo’ladi.

Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Foiz stavkasi past bo’lsa, kishilar ko’proq miqdoridagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko’radi. Aksincha, foiz yuqori bo’lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko’payadi.
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri bo’lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan holat hisoblanadi.

«Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama ХХ asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.

Inflyatsiya – bu:

- bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishi;

- muomalada mavjud bo’lgan naqd qog’oz pullar yoki naqd bo’lmagan pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko’payib ketishi;

- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi.
Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:

1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo’llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida ro’y beradi;

2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo’lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog’laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og’irligini o’zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o’z qadrini yo’qotishini keltirib chiqargan.

Qog’oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:

1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog’oz pullarda bozor narxining oshishida o’z ifodasini topadi;

2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o’z ifodasini topadi;

3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o’z ifodasini topadi.

Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o’lchanadi. Narxlar indeksi esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:

,

bu yerda: NI – narxlar indeksi; ТNj,ТNb – joriy va bazis davrlardagi iste’mol tovarlari narxi.

23-jadval

O’zbekistonda 2000-2004 yillarda inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichlari

(o’tgan yilning mos davriga nisbatan narxlarning o’sishi, %da)