Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 468

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi «ekonomiks» vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib o’tish kerak, mazkur yo’nalish klassik ilmiy yo’nalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu yo’nalish tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng doirasiga tayanishadi. Ular birinchi bo’lib xo’jalik jarayonlarining miqdoran o’zaro bog’liqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy psixologiya usullaridan foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining predmeti sifatida insonlar o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi (klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar).

Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor tizimi to’g’risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha so’zdan olingan bo’lib, oxirgi, qo’shilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining, qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi.

Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo’lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog’lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyondalaridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.

Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter 1912 yilda yozgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko’rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.

1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi.

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton Fridmen bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos yondoshuvni vujudga keltirgan nazariyadir.

Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo’nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig’indisi 2 jildlik “Ekonomiks” nomli kitobda mujassamlashgan. “Iqtisodiyot nazariyasi” fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir, ular bir-birini to’ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat alohida bir nazariya asiri bo’lib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan yo’naltirilishi zarur.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini o’rganishdan iborat
, deb aytish mumkin.

Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi ajratib ko’rsatiladi:

1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kengaytiradi;

2) amaliy vazifa amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini topishdan iboratdir;

3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi;

4) g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o’rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g’oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo’lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko’paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo’lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko’tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.

Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo’llanmadir.

1.4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar), iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari



Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o’rganadi.

Boshqacha qilib aytganda, “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizmini ochib berish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy hodisa va jarayonlar iqtisodiy qonunlar bilan boshqarilsada, lekin ular alohida olingan bir iqtisodiy hodisada namoyon bo’lmaydi, balki hodisalar va jarayonlarning o’zaro ta’sirida ko’rinadi, doimiy takrorlanib turadigan hukmron tamoyillar tarzida namoyon bo’ladi.

Iqtisodiy qonunlarbu iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalovchi qonunlardir.

Iqtisodiyot nazariyasi fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar ob’ektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqelikning umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, u ob’ekiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning hohish-irodasiga bog’liq emas.

Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlari bilan tamomila bir xil emas. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo’lib, tarixiydir va o’zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog’liq bo’lib kishilik jamiyati mavjud bo’lganda paydo bo’ladi va amal qiladi.

“Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:

1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar.



2. Хususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.

3. Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.

Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.

Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.

Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o’ylab topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo’g’inlari, sohalari, bo’laklari orasidagi bog’liqlikni, ularning biri o’zgarsa, albatta ikkinchisi ham o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy kategoriya - ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Тalab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.

Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.

Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog’liqdir.

Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo’llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:

1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liqlikda, ziddiyatda, o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo’ladi.

2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va makonda o’rganish. Bu yerda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir iqtisodiy hodisa o’zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo’lgani holda, boshqa bir iqtisodiy jarayonga sabab yoki omil bo’lishi mumkin. Masalan, mashina, stanok, asbob-uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo’lgani holda ikkinchi ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo’lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarishdagi o’zgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida o’zgarish bo’lishiga, qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar sanoatda o’zgarish bo’lishiga turtki bo’ladi, va h. k.

3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha rivojlanishida deb qarash. Bu yerda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat jihatidan o’zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.

4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro kurashiga rivojlanishning manbai deb yondashish.

Ilmiy abstraksiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o’rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko’zga ko’rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.

Тahlil — bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o’rganish bo’lsa, sintez – bu o’rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo’l bilan o’rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi.

Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment (tajriba-sinov) ma’lum o’rin egallaydi, iqtisodiy o’sishning keskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi.

Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy dalillardan umumiy dalillarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy dalillardan xususiy dalillarga tomon harakati deduksiya deb ataladi.

Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o’zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo’lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.

Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o’zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo’ladi.


1.4. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari



Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.

Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo’jaliklari, turli xil texnik va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o’z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi.

Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.

Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir.

Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o’sish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun har bir tonnasi 1000 so’mdan 100 tonna, hammasi bo’lib 100 ming so’mlik paxta tolasi sotib oldi deylik. U shu paxta tolasidan ip yigiradi, qo’llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 20 ming so’mni, ish haqi 30 mingni tashkil etsa, 30 ming so’mlik foyda oladigan bo’lsa hammasi bo’lib yaratilgan mahsulotning qiymati 180 ming so’mni, qo’shilgan qiymat 80 ming so’mni tashkil etgan bo’ladi.


Agar biz 80 ming so’mlik qo’shilgan qiymatdan 20 ming so’mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak 60 ming so’mlik qiymat, ya’ni 30 ming so’mlik ish haqi va 30 ming so’mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.

Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.

Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisidir.

Kapital deganda o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan pul mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymati birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo’lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir.

Bu yerda kapital turli shaklda: pul, ishlab chiqarish vositalari, tovar va boshqa moddiy vositalar shaklida bo’lishi mumkin.

Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer-suv deganda tuproq unumdorligi, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.

Тadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo’shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.

Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi xar doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo’yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko’proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IХ) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:

.

Bu yerda: R’ - foyda normasi, IХ – iqtisodiy resurs xarajatlari.

Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p qirrali masala bo’lib, bu aytilgan birgina asosiy ko’rsatkichda, uni to’la ravishda har tomonlama ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.

Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini esa - V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: .

Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.