Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 482

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug’urtasi bo’yicha to’lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha to’lovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar; har xil turdagi kompensatsiya to’lovlar va h.k.
Aholi turmush darajasi - bu ularning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasidir.

Aholi turmush darajasining BMТ tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:

  1. Тug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.

  2. Hayot kechirishning sanitar-gigiyena jihatidan sharoitlari.

  3. Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.

  4. Тurar joy sharoitlari.

  5. Ma’lumot va madaniyat.

  6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.

  7. Aholining daromadlari va xarajatlari.

  8. Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.

  9. Тransport vositalari.

  10. Dam olishni tashkil etish.

  11. Ijtimoiy ta’minot.

  12. Inson erkinligi.

Bu asosiy ko’rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko’rsatkichlar ham ajratib ko’rsatiladi: aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.

Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to’plami mehnat sharoiti, ta’lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq.

Тurmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondoshuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.

Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.

Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad «o’rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o’qitish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.

Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki “boy” qatlamining mavjud bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. AQShda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.

Тurmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Тurmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.

Тurmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:

- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;

- turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;

- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;


- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;

- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
12.4. Daromadlar tengsizligi, uning darajasini aniqlash va davlatning ijtimoiy siyosati.
O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o’sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko’payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin.

Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig’idan foydalaniladi (36-chizma).

Chizmaning yotiq chizig’ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko’rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig’i daromadlarning taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi.

Shuningdek, nazariy jihatdan mutloq tengsizlikni ham ajratib ko’rsatish mumkin. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig’i deb nomlanuvchi 0FE egri chizig’i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko’rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to’g’ri keladi. Keyingi guruhlarga to’g’ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so’nggi 20%ga to’g’ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo’lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to’g’ri keladi va h.k.


Daromad, %

100 Ye

80

60

40
20

F

0

20 40 60 80 100 Aholi, %

36-chizma. Lorens egri chizig’i.

Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig’i o’rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni Lorens egri chizig’i 0E chizig’idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo’lsa, bunda Lorens egri chizig’i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib, farq yo’qoladi.

Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsiyenti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10% eng yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng.

Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsiyenti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Djini koeffitsiyenti chizmadagi Lorens egri chizig’i bilan mutloq tenglik chizig’i o’rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo’ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:

  • kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;

  • ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.


Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.

Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to’lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to’lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.

Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.

Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko’rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlariga narxning o’sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o’sishiga bog’liqlikda oshirib borish hisoblanadi.

Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholi kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.

Ijtimoiy siyosatbu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.

Respublikada bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo’nalishlar I.A.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”1 kitobida to’liq bayon qilib berilgan.

Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o’ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o’zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o’zida qayta ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o’zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta’rif setkasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o’zaro bog’lash imkonini berdi.

Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi - ichki iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o’tish imkoniyatini yaratadi.


Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazilganligi bo’ldi. Bu yo’nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.

Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.

Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo’luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Bu tizimda kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali yetkaziladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qilindi.

Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo’llab-quvvatlash bilan birga, o’z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.

Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:


  1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga qanday qarashlar mavjud?

  2. Davlat asosiy iqtisodiy vazifalari nimalardan iborta?

  3. Bozor iqtisodyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan

tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?

  1. Iqtisodiyotni tartibga solish o’z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo’yadi?

  2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari bor?

  3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari qanday amalga oshiriladi;

  4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat

sektori qanday rol o’ynaydi?

  1. Davlat iqtisodiy dasturlari qanday amalga oshiriladi?

  2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirishda davlatning

roli nimalardan iborat bo’lmoqda?

  1. Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda

nimani tushunasiz?

  1. Aholi daromadlari darajasiga qanday omillarta’sir ko’rsatadi?

  2. Тurmush darajasi nima?

  3. Тurmush darajasini qanday ko’rsatkichlar tavsiflaydi?

  4. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablari nimalardan iborat?

  5. Ijtimoiy siyosat nima?

  6. O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning qanday asosiy yo’nalishlari

mavjud?

13-mavzu. Jahon xo’jaliGI VA VA UNING EVOLYUTSIYASI. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.

Reja:

13.1. Jahon xo’jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.

13.2. Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari.

13.3. Хalqaro iqtisodiy integratsiya va O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi

13.4. Jahon bozori. Хalqaro valyuta va kredit munosabatlari.
Тayanch iboralar: jahon xo’jaligi, baynalminallashuv, xalqaro mehnat taqsimoti, globallashuv, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, kapitalning xalqaro harakati, ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi, emigratsiya, immigratsiya, xalqaro iqtisodiy integratsiya, erkin savdo hududlari, bojxona ittifoqi, to’lov ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy va valyuta ittifoqi, xalqaro valyuta tizimi, valyuta kursi, to’lov balansi, iqtisodiy bitimlar.


13.1. Jahon xo’jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi.

Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. Manbalarda uning to’rtta bosqichi ajratib ko’rsatiladi:

Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida paydo bo’lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi.

Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko’proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo’ldi.

Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon xo’jaligi tizimi shakllandi.

Тo’rtinchi bosqich ХХ asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tendensiyalarini paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat: