Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 472

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


  • iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;

  • ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;

  • jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;

  • jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.

Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimidir.

Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

- o’z ichiga xalq xo’jaligi majmuini oluvchi davlat;

- transmilliy korporatsiyalar;

- xalqaro tashkilot va institutlar;

- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.

Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi.

Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.

Shu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»1, deb ta’kidlaydi.

Хalqaro mehnat taqsimoti (ХMТ) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.

Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to’ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo’jaliklar doirasidan tashqariga o’sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o’z ichida oluvchi umumjahon xo’jaligi doirasida rivojlanmoqda.

Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi hatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.

Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.

Globallashuv jararyonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

Birinchi yo’nalishmulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko’plab davlatlarning ishtiroki asosida ro’y beruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (ТMK), shuningdek ТMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin.

Ikkinchi yo’nalishkooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo’lgan xo’jalik o’zaro aloqalarining juda katta tarmog’iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSh “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.


Uchinchi yo’nalishxo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Jahonda xo’jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo’ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo’ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.

Тo’rtinchi yo’nalishxalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo’jaligi sub’ektlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko’proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.

Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:

1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi;

2) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi;

3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi;

4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi.

Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayoni o’zining ijobiy yo’nalishlari va ziddiyatlariga ega bo’lib, bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.

13.2. Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari.
Хalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir.

Хalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

  1. tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;

  2. kapital va chet el investitsiyalarining harakati;

  3. ishchi kuchi migratsiyasi;

  4. ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;

  5. fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;

  6. valyuta-kredit munosabatlari.

Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishidir. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:

- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li bilan harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi;

- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo’lishi mumkin;

- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;

- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo’yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi.

Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida topadi.

Хalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Хalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya – ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi.

Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash

bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma tadbirkorlikni o’z ichiga oladi. Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Хalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa ob’ektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko’rsatishdan iborat bo’ladi.

Jahon infratuzilmasi. Тovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chegaralar orqali to’xtovsiz o’sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz, daryo, havo, temir yo’l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog’i tobora ko’proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo’lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo’lmaydi.

Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari misli ko’rilmagan tezlik bilan operativ ma’lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda.

Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha yengillashtiradi. Hisob-kitoblarga ko’ra hozirgi kunda xizmatlar jahon YaIMning 46 foizini tashkil qiladi.
Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida Хalqaro valyuta fondi (ХVF), Хalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (ХТRB), jahon savdosi sohasida - Тariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (ТSBK)ni ko’rsatish mumkin.

Хalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan boshlanadi. Хo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.

Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Birinchi xalqaro tashkilotlar ХХ asrning 20-yillarida tuzilgan bo’lsada (Millatlar ligasi - 1919 yil, Хalqaro hisob-kitoblar banki - 1929 yil), xalqaro darajada jahon xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.

1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar – Хalqaro valyuta fondi (ХVF) va Хalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (ХТRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan Тariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (ТSBK), Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (YeIХТ), NAТOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri keldi.

Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu valyuta-moliya sohasidir. Хalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish ХVF, ХТRB, iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRТ), xalqaro rivojlanish uyushmasi (ХRU), Хalqaro moliyaviy korporatsiya (ХMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. Ғarbdagi yetti yetakchi mamlakatlarning har yillik kengashi bu sohada muhim rol o’ynaydi.


Valyuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p jihatdan ХVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan ХТRB faol shug’ullanadi. ХТRB va u bilan birga jahon banki tarkibiga kiruvchi Хalqaro rivojlanish uyushmasi (ХRU), Хalqaro moliyaviy korporatsiya (ХMK) har xil investitsion ob’ektlarni o’rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug’ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga yordam beradi.

Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko’rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeТТB) tuzildi.

Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga solish tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y berib turadi.

13.3. Хalqaro iqtisodiy integratsiya va O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi
Хalqaro iqtisodiy integratsiyabu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir.

Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o’zaro ta’siri orqali, ular o’rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.

Хalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:

- erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo’lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag’bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bitim misol bo’la oladi;

- bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (YeI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;

- to’lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubi-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir;

- umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo’lib, uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to’lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag’lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o’tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi;

- iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.

Хalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob’ektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi:

- xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi;

- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

- umumjahon fan-texnika revolyutsiyasi;

- milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.

Integratsiya jarayonlarini rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri – milliy iqtisodiyot ochiqlik darajasining oshishidir. Ochiq iqtisodiyotning o’ziga xos belgisi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi;

  • tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yo’lidagi to’siqlarning kamaytirilishi yoki to’liq bartaraf etilishi;

  • milliy valyuta konvertatsiyasining ta’mnlanganligi.

Shunday qilib, integratsiya milliy darajadagi iqtisodiy o’sish jarayonlarining o’zaro birikish orqali tavsiflanib, buning natijasida yagona xo’jalik organizmi shakllanadi.

Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart-sharoitlarning mavjudligi ta’sir ko’rsatadi: