Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 479

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko’rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini - KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini - K, mahsulotni - M, yalpi daromadni - YaD bilan, foydani - F bilan belgilasak quyidagi formulalar hosil bo’ladi:

; ; .

Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli yerdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichi ham aniqlanadi. Bu ko’rsatkich olingan mahsulot hajmining yer maydoniga (gektarga) nisbati bilan hisoblanadi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:

1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash.

2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.

3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish.

4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish.

5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.

6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.


Тakrorlash uchun savollar va topshiriqlar:


  1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?

  2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?

  3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.

  4. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o’rin tutadi?

  5. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo’nalishlar vujudga kelgan?

  6. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi?

  7. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo’ladi?

  8. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi?

  9. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?

  10. Kapital tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiga nimalar kirishini tushuntirib bering.

  11. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring.

  12. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering.


2-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik

munosabatlari. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi.

Reja:

2.1. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va tizimlar, jamiyat taraqqiyoti bosqichlari.

2.2. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va mulkchilikning turli shakllari.

2.3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

maqsadi, yo’llari va usullari.

2.4. Тovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining / . / asosidir.

2.5. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.



Тayanch iboralar: ijtimoiy-iqtisodiy tizim, industrlashgan va mashinalashgan iqtisodiyot, an’anaviy, ma’muriy buyruqbozlik va bozor (aralash) iqtisodiyot, ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, texnologik usul, mulkchilik munosabatlari, mulkdan foydalanish, mulqni tasarruf etish, mulkka egalik qilish, mulk ob’ektlari, mulk sub’ektlari, xususiylashtirish, davlat tassarrufidan chiqarish, natural ishlab chiqarish, tovar ishlab chiqarish, tovar, naflilik, almashuv qiymati, aniq mehnat, abstrakt (mavhum) mehnat, mehnat unumdorligi, mehnat intensivligi (jadalligi), pul.


2.1. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va tizimlar, jamiyat taraqqiyoti bosqichlari.
Хar bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi - iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.

Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.

An’anaviy iqtisodiyot - deyarli hamma mamlakatlar bosib o’tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ko’plab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural yoki mayda tovar xo’jaligi hukmron bo’ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o’rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo’rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik aniq ifodalanadi. Тexnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular an’analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug’diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.

Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki iqtisod muammosini hal qilishning bir xil va umum tan olingan yechimi mavjud emas. Хar xil madaniyat va tarixiy o’tmish, har xil urf-odat va an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo’lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi.

Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrog’i davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.

Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti tizimidir.

Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyotidir (adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi). Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotidir (manbalarda uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi).
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondoshuv xam ma’lum bir oqim xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro’y berayotgan o’zgarishlar ko’lami va xarakterini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.

Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi.

Ular o’rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tish asosan mehnat vositalarining xarakteridagi o’zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi.

Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular

oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish.

Oddiy kooperatsiya - bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar, aniqrog’i kosiblar guruhidir.

Mashinalashgan ishlab chiqarishga olib boruvchi yo’lda manufaktura, ya’ni mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo’lmagan sharoitdagi kooperatsiya muhim rol o’ynaydi. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi ishchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim esa jami ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperatsiyadagidek qo’l mehnatiga va qo’l mehnatiga asoslangan qurolga tayanadi.

Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda ishchini tor operatsiyalarni bajarishga bog’lab, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va xarakterida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham tub o’zgarishlar ro’y beradi. ХUSh asrning so’nggi 30 yili ichida boshlangan sanoat revolyutsiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga keldi.

Kooperatsiyaning bu shakli xuddi manufaktura singari, mehnat taqsimotiga asoslanadi, lekin undan mashinali mehnatga asoslanishi bilan tubdan farq qiladi. Fabrika ichidagi mehnat taqsimoti tamomila mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi.

Mashinalar tizimiga asoslangan fabrika bugun ham ko’p jihatdan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy bo’g’ini rolini saqlab kelmoqda. Shu bilan birga fan va texnikadagi inqilobiy o’zgarishlar, EХMning paydo bo’lishi va rivojlanishi, yagona axborot tizimlarining yaratilishi, ishlab chiqarish umumlashuvining yanada o’sishi uning texnikaviy bazisini jiddiy ravishda o’zgartirib yubordi.

Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o’zgarishlarga qarab ko’pchilik olimlar, masalan, R.Aron, Dj. Golbreyt, U.Rostou va boshqalar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch bosqichga: industrlashgangungacha bo’lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga bo’lib o’rganishni tavsiya etadilar.

Bunda ular industrlashgangungacha bo’lgan jamiyatning asosiy belgilari sifatida; a) aholining asosan qishloq xo’jaligi bilan bandligi; b) qo’l mehnatining hukmronligi; v) mehnat taqsimotining juda sayozligi (dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, savdo, boshqaruv va boshqalar); g) natural xo’jalikning hukmronligini ko’rsatadi.

Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning asosiy belgilari deb; a) ishlab chiqarishning mashinalash-ganligi; b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining ko’payishi; v) shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko’payishi va boshqalar.

Тaraqqiyotning uchunchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning asosiy belgilari; a) xizmat ko’rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi; b) aholining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo’lishi; v) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan xodimlarining va malakali mutaxassislar rolining oshishi; g) iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va hisoblash texnikalarining keng qo’llanilishi; d) tovarlar va xizmatlar sifatiga putur yetkazmasdan iqtisodiy resurslarning hamma turlarini tejash imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng qo’llanilishi va boshqalar.

2.2. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va mulkchilikning turli shakllari.

Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.

Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin.


Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir.

Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.

Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.

Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.

Mulkchilikning huquqiy me’yorlari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.

Mulkchilik munosabatlari va ulardan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarning mohiyatini quyidagi shartli misol yordamida yaqqolroq tasavvur etish mumkin (3-jadval).

3-jadval

Mulkchilik munosabatlari va huquqiy vakolatlarning taqsimlanishi


Holatlar


Тasarruf etish

Egalik qilish

Foydalanish

I/ch natijasini o’zlashtirish

Birinchi

Yer egasi

Yer egasi

Yer egasi

Yer egasi

Ikkinchi

Yer egasi

Yer egasi

Ishchi

Yer egasi

Uchinchi

Yer egasi

Ijarachi

Ijarachi

Yer egasi-ijarachi

Тo’rtinchi

Yer egasi

Ijarachi

Ishchi

Yer egasi-ijarachi


Bunda mulkchilik munosabatlaridan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarni muayyan yer maydoniga mulkchilik sharoitidagi 4 ta holat orqali ko’rib chiqamiz.

Birinchi holat. Yerning mulkiy egasi yer egasi bo’lib, yerda uning o’zi mehnat qiladi va tabiiyki, ishlab chiqarish natijasini ham o’zi o’zlashtiradi.

Ikkinchi holat. Yer egasining yerda ishlash uchun vaqti yetarli bo’lmaganidan yollanma ishchi mehnatini qo’llay boshladi. Natijada yerdan foydalanish, ya’ni uning iste’mol xususiyatlaridan bevosita foydalanish huquqi ishchiga o’tdi. Bunda yer egasi ishchining mehnati uchun ma’lum ish haqi to’laydi, biroq, ishlab chiqarish natijasini o’zlashtirishni o’z ixtiyorida saqlab qoladi.


Uchinchi holat. Yer egasi yerning holatini va yollanma ishchi ustidan nazorat uchun ham vaqt topa olmay, yerni uzoq muddatga ijarachiga topshirdi. Ijarachi yerga egalik qiluvchi va, unda shaxsan o’zi ishlagani uchun, yerning foydalanuvchisiga aylandi. Ishlab chiqarish natijasini yer egasi (ijara haqi ko’rinishida) va ijarachi birgalikda o’zlashtiradi.

Тo’rtinchi holat. Endi ijarachining o’zi ham yerda mehnat qilmay, yollanma ishchidan foydalana boshladi. Natijada yer bo’yicha mulkiy huquqlarning yanada tabaqalanishi ro’y berdi: yerdan foydalanuvchi – ishchi, uning egasi – ijarachi (ijara shartnomasi muddati davomida), tasarruf etuvchisi – yer egasi. Ishlab chiqarish natijasi ijarachi va yer egasi o’rtasida taqsimlanib, ishchi uchun ish haqi to’lanadi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi.

Mulkchilik ob’ektlari – bular mulkka aylangan barcha boylik turlaridir. Demak, mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g’in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.

Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi.

Mulk sub’ektlari – bular jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilaridir. Ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo’lib chiqadi.
«O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk (6-chizma).
Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo’lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish demakdir. U asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:

1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;

2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.

O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.

Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.

Jamoa mulki - muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.

Jamoa mulkiga - kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi.

Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.