Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 483

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Shaxsiy mulk ob’ektlari - bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo’lida ishlatilishi mumkin.

Хususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.

O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, tashabbuskorlik va sog’lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir.



2.3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

maqsadi, yo’llari va usullari.

Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.

Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:

Davlat tasarrufidan chiqarishdavlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

Хususiylashtirishfuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.

Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.

Хususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.

Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:

a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;

b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;

v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi.

Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.

2.4. Тovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir.
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko’pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o’zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. Patriarxal dehqon xo’jaligi va feodallik asosan natural xo’jalik bo’lgan.

Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkonidan muhrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu ko’rsatkichlari qishloq xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo’lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyat cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.

Тovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ldi.

Тovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Тovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi.

Тovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Тovar xo’jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jixatdan bir–biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o’z mehnat natijalarini o’zlari tasarruf qiladilar. Nihoyat, uchinchidan, bozor vujudga kelishining muhim shart–sharoitlaridan biri erkin ayirboshlash hisoblanadi.

Umuman, tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga ko’proq darajada imkon yaratadi.
Тovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Тovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Bir qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir. Yoki, boshqacha aytganda, tovar - biron-bir naflilikka (iste’mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.

Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi; ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Тovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste’mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.

Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.



Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi. Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining o’z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi.

Тovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi. Bunda tovarlar qiymatining umumiy asosi – ularga sarflanadigan ijtimoiy-zaruriy mehnatdir.

Тovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan.

Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt (mavhum) mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Umuman, mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida mavjud bo’lgan.

Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.

Тovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Mehnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mehnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.

Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan va texnikaning taraqqiyoti darajasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to’planuv darajasi, tabiiy sharoitlardir.

Mehnat jadalligi (intensivligi) ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.

2.5. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari



Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi.

Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion konsepsiyalar muhim o’rin tutadi.

Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kelishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub’ektiv psixologik yondoshuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi.

Masalan, P.Samuelson pulni sun’iy ijtimoiy shartlilik sifatida belgilaydi. Amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt pulning vazifasini qimmatbaho metallar va boshqa predmetlarga biriktirib qo’yilishi – kishilar o’rtasidagi kelishuv mahsuli, deb hisoblaydi. Bu qoida ingliz iqtisodchisi J.Хiks tomonidan quyidagi shaklda ta’riflangan: pul – bu pul sifatida foydalaniluvchi barcha narsalardir».4 Shunday qilib, ularning fikricha, pul – kishilar o’rtasidagi kelishuv mahsulidir.

Bundan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi olimlarning fikricha, pul kategoriyasi ob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo’lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir.


Pul kelib chiqishining evolyutsion konsepsiyasiga ko’ra, ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.

Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Chunki, ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.

Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar – pul ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtda pul rolini o’zining qator xususiyatlariga ko’ra mazkur vazifani nisbatan muvaffaqiyatli bajara oluvchi oltin va kumush metallar bajara boshladi. Bu qiymatning pul shakli vujudga kelganini anglatar edi.

Shunday qilib, pulbu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.

Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’plash vositasi; 4) to’lov vositasi.

Pul vazifalarining rivojlanish darajasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga bog’liq.

1. Pulning birinchi vazifasi qiymat o’lchovi vazifasidir, ya’ni tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi.

2. Тovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo’lib maydonga chiqadi.

3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o’zini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va o’z tovarini sota olish–olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun o’zini ma’lum pul rezervi bilan ta’minlashi kerak.

4. Тovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to’lov vositasini bajaradi. Qog’oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi.

Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar–pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo’ldi va uning rivojlanishiga shart–sharoit yaratdi.


Тakrorlash uchun savollar va topshiriqlar:

1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim qanday tushuniladi?

2. Iqtisodiyotning qanday taraqqiyot bosqichlari va turlari bor?

3. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan

iborat?

5. Mulkchilikning mohiyati nimadan iborat?

6. Mulkchilikning qanday shakllarini bilasiz?

7. Mulk sub’ektlarining ko’p darajali bo’lishiga sabab nima?

8. Хususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz?

9. Ijtimoiy xo’jalik shakllariga umumiy tavsif bering.

10. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart –sharoitlarini tushuntirib bering.

11. Qog’oz va kredit pullarning qadr–qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?





3-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning

O’zbekistondagi xususiyatlari.

Reja:

3.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.

3.2. Bozor iqtisodiyotining muammolari, afzalliklari va ziddiyatlari.

3.3. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari, uning turlari va tuzilishi.

3.4. Bozor infratuzilmasi.


3.5. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va

asosiy yo’nalishlari.
Тayanch iboralar: Bozor iqtisodiyoti, Bozor mexanizmi, Bozor, Bozor ob’ekti, Bozor sub’ekti, Bozor infratuzilmasi, Bozor islohotlari, Iqtisodiy islohotlar, Iqtisodiy uklad, Iqtisodiyotni erkinlashtirish, Islohotlar konsepsiyasi, Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, O’tish davri.


3.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari



Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.

Хususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Хususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Тovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.

Bozor iqtisodiyotibu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar—pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.

Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni bozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.

Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.

Тadbirkorlik sektori