Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi.doc

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 681

Скачиваний: 13

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI



SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


Ro‘yxatga olindi: «TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor:

_______________ prof. Soleyev A.

___________________

2021-yil____ ____________ 2021-yil ____ _____________

TASAVVUF VA BADIIY IJOD”

fanidan
O`QUV-USLUBIY MAJMUA


Samarqand – 2021


Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi ishchi o‘quv dasturi va fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi

Tuzuvchi: Muxitdinova N.M. SamDU mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi dotsenti, (DSc).
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi “Mumtoz adabiyot tarixi” kafedrasining 2021-yil __-_______dagi __-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: f.f.d. I. Sulaymonov

Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Filologiya fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021-yil __-______dagi __-sonli bayonnoma).

Fakultet Ilmiy kengashi raisi f.f.d. A.Pardayev

Fakultet uslubiy Kengashi raisi dots. Sh.Mаhmadiyev

Kelishilgan

SamDU oʻquv uslubiy boshqarma

boshligʻi: __________ B.S.Aliqulov

“__”_______2021-yil.

MUNDARIJA:


  1. Fanning annotatsiyasi……………………………………………………..

  2. Mualliflar haqida ma`lumot………………………………………………

  3. Normatif hujjatlar…………………………………………………………

    1. Davlat ta`lim standart…..……………………………………………..

    2. O`quv reja…………………………………………………………….

    3. Ishchi o`quv reja……………………………………………………..

    4. O`quv dasturi…………………………………………………………

    5. Ishchi o`quv dasturi………………………………………………….

    6. Kalendar –tematik reja……………………………………………….

  4. Ta`lim texnologiyasi…………………………………………………….

    1. Mashg`ulotlarning pedagogik texnologiyasi…………………………

    2. Mashg`ulotlarning texnologik xaritasi……………………………….

  5. Nazorat materiallari……………………………………………………..

    1. Topshiriqlar mazmuni……………………………………………….

    2. O.N. va Ya.N. uchun testlar…………………………………………

    3. Yozma ish va og`zaki nazorat savollari (variantlar)…………………

  6. O`quv materiallari……………………………………………………….

    1. Ma`ruza matni………………………………………………………

  7. Amaliyot va seminar mashg`ulotlarining ishlanmalari, ularni o`tkazish bo`yicha uslubiy tavsiyalar…………………………………………..

  8. Tarqatma materiallar (referat mavzulari, adabiyotlar ro`yxati, baholash mezonlari, horijiy manbalar)…………………………………………….

  9. Mustaqil ish mavzulari va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar……

  10. Kurs ishi mavzulari va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar………

  11. BMI mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar…….

  12. Glossariy………………………………………………………………..

  13. Ilovalar………………………………………………………………….

  14. Ishchi o`quv rejada ko`rsatilgan darsliklar, o`quv qo`llanmalar…………

  15. Uslubiy qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar…………………………….

  16. Elektron darsliklar va boshqa elektron o`quv materiallar………………



ANNOTATSIYA

“ TASAVVUF VA BADIIY IJOD ” fanidan yozilgan o`quv-uslubiy majmua islom dinining kirib kelishi, islomiy adabiyot va uning umumturk adabiyotiga ta’siri, Qur’oni karimning nozil bo’lishi va tavhid e’tiqodi, hadis to’plash an’anasi va turkistonlik buyuk muhaddislarning roli, Turkistonda tasavvufning vujudga kelishi va tarqalishi, tasavvuf tarixida irfon bosqichi, ilk turk mutasavviflari ijodi, tariqatlar, ularning badiiy ijodga munosabati rfbi masalalarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, o’quvchilarning mumtoz adabiyot to’g’risidagi bilimlarini shakllantirishga qaratilgan. O`quv-uslubiy majmuada islomdan keyingi yozma adabiyot qamrab olingan. Bu davrda yashab o`tgan mutasavvuflarning hayoti va ijodiga alohida e’tibor qaratilgan va izchillik bilan yoritilgan.

Tuzuvchilar:

Nazmiya Muxitdinova
O`QUV – USLUBIY MAJMUA

Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasining 2021-yil 29 avgustdagi № 1- sonli yig’ilishida muhokama qilingan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya qilingan.

Samarqand- 2021

MUALLIFLAR HAQIDA MA`LUMOT
1.
Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.


Muxitdinova Nazmiya muslixiddinovna 1983-yilda Samarqand shahrida tug`ilgan. 2001-2005 yillarda Samarqand Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olib, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta'sis etilgan “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi. 2005-2007 yillarda Samarqand Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti magistraturasini imtiyozli bitirdi. 2005-2007 yillar mobaynida SamDU 1-son akademik litseyida o‘rindoshlik asosida o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

2007 yildan buyon Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetida ishlab kelmoqda. Filologiya fakultetining “Mumtoz adabiyot tarixi” kafedrasi fanlaridan bakalavriatura yo‘nalishi talabalariga ma'ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari olib boradi.

2017-yilda prof. H.Qudratullayev rahbarligida «Мирҳасан Садоий ва унинг адабий мероси» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2021-yilda f.f.d. D.Yusupova rahbarligida “XVIII-XIX asrlar birinchi yarmi o‘zbyek shye'riyatida salaflar an'analarining poetik takomili (Muhammad G‘oziy va Mirhasan Sadoiy ijodi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) diccertasiyasi ni yoqladi. Uning oliy o‘quv yurtlari uchun 1ta o‘quv qo‘llanmasi, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi nashr ettirilgan. 2021 yilda Gyermaniyaning “Laplambyert” nashriyotida Alishyer Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “G‘oziy va Sadoiy shye'riyatida Alishyer Navoiy an'analarining badiiy takomili” nomli monografiyasi nashr ettirilib, 9 ta xorijiy tilga tarjima qilindi. U hozirga qadar 3 ta monografiya, 80 ga yaqin ilmiy hamda ilmiy-uslubiy maqolalar muallifidir.

Yashash manzili: Samarqand shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 44-uy. Tel: +99897 392-45-25

e-mail: nazmiya.muxitdinova@mail.ru

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI

MUMTOZ ADABIYOT TARIXI KAFEDRASI


«TASAVVUF VA BADIIY IJOD»

FANINI O’RGANISH BO’YICHA

NORMATIV HUJJATLAR




KIRISH

Mustaqillik yillarida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» (1997-yil 27-avgust), Davlat Ta’lim standarti (2004, 2006) va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida mamlakat universitetlarida fundamental tadqiqotlar bilan shug‘ullanish, bu ishga iqtidorli yoshlarni jalb qilish maqsadida o‘z reja va dasturlarini zamonaviy asosda qayta tayyorlamoqda. Universitetlar va pedagogika institutlari tizimida 5120100 – Filologiya (O‘zbek filologiyasi) ta’lim yo‘nalishi uchun “

Tasavvuf va badiiy ijodi” kursi ixtisoslik fani sifatida o‘qitila boshlanganiga o‘n yildan oshdi. Biroq mamlakatning ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida bu fanni o‘qitish izchil ilmiy-metodik tizimga solingani yo‘q. Ta’lim jarayonidagi ana shu ilmiy-adabiy ehtiyoj hisobga olingan holda mazkur o‘quv dasturi tayyorlandi.

Dastur ixtisoslik fanining talablaridan kelib chiqqan holda ikki bosqichli bo‘lib, uning I bosqichida Tasavvuf va badiiy ijod muammolari, tasavvuf nazariyasi va tarixi, tasavvufiy adabiyotning shakllanishi va taraqqiyoti hamda tasavvuf estetikasi masalalarini o‘rganish tavsiya etiladi. II bosqich esa Mumtoz poetika asoslariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Sharq poetika maktabining shakllanish manbalari, o‘zbek mumtoz poetikasi asoslari va uning adabiyot ilmining bir sohasi sifatidagi taraqqiyot xususiyatlari o‘rganiladi. Har ikki bo‘lim talabalarning “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fanidan olgan bilimlari asosiga qurilgan bo‘lib, uni takomillashtirish va chuqurlashtirish maqsadida Milliy universitetda olib borilayotgan ilmiy-pedagogik tajriba natijalariga suyanildi.
O‘quv fanining maqsad va vazifalari

Tasavvuf va badiiy ijodi” fanini o‘qitishdan maqsad adabiyot ilmidagi va umuman, ma’naviy hayotimizga chuqur singib ketgan mumtoz adabiyot namunalari tarkibidagi tasavvufiy ruhdagi asarlarni o‘rganishdan iborat. Bu ruhdagi asarlardagi timsollar va istilohlar mohiyatini tushunish orqali adabiy manbani har tomonlama izchil tahlil qilishga erishilishi mumkin. Tasavvuf tarixi va nazariyasi masalalarini badiiy asarni tahlil qilish tamoyillari va estetik talablar doirasida o‘rganishga e’tibor qaratiladi. Ana shu jihatdan mazkur fanning vazifasi quyidagilarda ko‘rinadi:

  • Tasavvuf istilohi va uning ma’noviy qamrovini o‘rganish;

  • tasavvuf va tasavvuf adabiyotining vujudga kelgan davri, o‘rni va tarqalish geografiyasini tushunish;

  • risola, maqomot, manqaba, tazkiralar va b. tasavvufiy adabiyot janrlar tizimini aniqlash va bu janrlarda yaratilgan asarlarni tahlil qilishga kirishish;

  • badiiy adabiyotdagi doston, qissa, g‘azal, ruboiy va boshqa janrlarda ifodalangan tasavvufiy g‘oyalar, timsollar mohiyatini anglash;

  • mashhur mutasavviflar faoliyati va ularning yirik asarlarini o‘rganish orqali tasavvufiy dunyo haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • mumtoz adabiyotning tasavvufiy timsollar olamini aniqlash va undan badiiy tahlil jarayonida foydalanish;

  • poetika istilohining ma’noviy qamrovi va mohiyatini anglash;

  • mumtoz poetika tizimidagi fanlar tajmuasi ilmi adab (ilmi aruz, ilmi bade’, ilmi qofiya...), ilmi kalom, ilmi bayon va ularning manbalari haqida bilimga ega bo‘lish;

  • Sharq mumtoz poetikasining ilk ildizlarini aniqlash, mashhur poetika maktablarining taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish;

  • poetikaning turkiy manbalari, xususan, Navoiy poetikasi manbalarini tahlil qilish;

  • XVI-XIX asrlar o‘zbek poetika maktablarining xususiyatlarini aniqlash;

  • XX asr boshlarida poetikaning yangilanish jarayonlarini o‘rganishdan iborat.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga

qo‘yiladigan talablar

Mazkur fan bo‘yicha talabalar dastlab tasavvuf nazariyasi va tarixiga doir tavsiya etilgan birlamchi manbalar: risola, manqaba, maqomot va tazkiralar mazmuni bilan tanishishlari lozim. Tasavvufning manshai va manbalari hisoblangan Qur’oni karim, Hadisi sharif, tafsir va kalom ilmiga oid birlamchi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishlari masalaning mohiyatiga yetishga yordam beradi. Tasavvuf tarixiga oid manbalar bilan bir qatorda Markaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlari, yurtimizdan chiqqan buyuk mutasavviflarning manqabaviy hayot yo‘li va ularning mashhur asarlari mazmunini ham bilishlari kerak bo‘ladi. Bulardan tashqari badiiy asarlar tarkibidagi irfoniy hamda tasavvufiy g‘oya va talqinlarni anglashi, ramz va timsollar ma’nolarini tushunishlari lozim. Buning uchun tavsiya etilgan badiiy asarlarni tahlil qilish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishi va buning natijasida mutasavvif adiblar yoki tasavvufiy tariqatlar mazmuniga doir qarashlarni o‘zlashtirishlari lozim.


O‘zbek mumtoz poetikasi asoslari doirasida badiiylik mohiyati, mumtoz adabiyotdagi tur va janrlar munosabati, aruz, qofiya, she’riy san’atlar, badiiy nutq va uslubga doir birlamchi manbalarni o‘qib, ularning mazmunini tushuntira olishi kerak. Ayrim nazariy masalalarning ildizlariga murojaat qilib, adabiy hodisaning bugungi nomlanishi bilan mumtoz adabiyotshunoslikdagi istilohiy munosabatlarni anglashi lozim. Mumtoz adabiyot namunalarining ifoda shakli, janr xususiyatlari, vazn talablari, ularda qo‘llanilgan qofiya tizimi, she’riy san’atlarni aniqlay bilish hamda til va uslublariga doir tahlillarni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Tasavvuf va badiiy ijodi” fani ixtisoslik fani hisoblangani uchun “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fanining mantiqiy davomi hisoblanib, uning mazmunini to‘ldiruvchi va talqin, tahlillar doirasini kengaytiruvchi fandir. Fanning muhim nazariy muammolari Adabiyot nazariyasi masalalarini tushunishga yordam beradi. Shu bilan birga ushbu fan adabiyotshunoslik tizimidagi fanlardan tashqari falsafa, tarix, ruhshunoslik, dinshunoslik, axloq va nafosatshunoslik fanlarida o‘rganiladigan ayrim muammolar bilan o‘zaro bog‘langan.

O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uslubiy izchilligi jihatidan “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi”dan keyin, “Adabiyot nazariyasi” va “O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi” fanlaridan avval o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Fan masalalarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Davlat ta’lim standartlari”da nazarda tutilgan, yoshlarni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda ushbu fanning xizmati katta. Bu bilan o‘tmish merosini o‘rganishga rag‘bat, milliy qadriyatlarga hurmat va mumtoz madaniyatimizni o‘zlashtirishda hamda ma’naviy-axloqiy mezonlar ruhida talaba yoshlarni komil inson qilib ulg‘aytirishda munosib o‘rni bor.



  1. Tasavvuf va badiiy ijodi” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:



T/r

Mavzular nomi

Jami soat

Maruza

Amaliy

Mustaqil talim

1

Tasavvufning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti

4

2

2

5

2

Tasavvuf ta’limotining ilk nazariyotchilari

6

2

2

5

3

Markaziy Osiyoda yoyilgan tariqatlar mashhur namoyandalarining tasavvuf masalalari xususidagi fikrlari

10

2

4

5

4

Islomiy manbalarda poetik (badiiy estetik) tamoyillar ifodasi

10

2

4

5

5

O‘zbek adabiyoti va naqshbandiya ta’limoti

10

2

4

5

6

Tasavvuf ta’limotining umuminsoniy ahamiyati va zamonamizdagi mavqei

12

2

4

5







10

2

2

6




Jami

62

12

20

30



FANDAN TALABALAR BILIMINI REYTING TIZIMI ASOSIDA BAHOLASH MEZONI

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida ishlab chiqilgan va SamDU o‘quv-uslubiy kengashining 2018-yil 20-oktabrdagi majlisining 3-son qarori bilan tavsiya etilib, universitet kengashining 2018-yil 25-oktabrdagi majlisining 3-son qarori bilan tasdiqlangan.

Ushbu tartib 2018-yilda o‘qishga qabul qilingan va keyingi yillarda qabul qilinadigan talabalar bilimini baholashning yakuniy bosqichini tashkil etish, o‘tkazish hamda natijalarni rasmiylashtirish sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.
  1.   1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30