Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi.doc

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 684

Скачиваний: 13

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Tasavvuf va badiiy ijodi” fanidan o‘tiladigan

mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan

soatlarning taqsimoti
Maruza mazmuni va soatlar taqsimoti




Mavzular

Soat

1

Tasavvufning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti

2

2

Tasavvuf ta’limotining ilk nazariyotchilari

2

3

Markaziy Osiyoda yoyilgan tariqatlar mashhur namoyandalarining tasavvuf masalalari xususidagi fikrlari

2

4

Islomiy manbalarda poetik (badiiy estetik) tamoyillar ifodasi

2

5

O‘zbek adabiyoti va naqshbandiya ta’limoti

2

6

Tasavvuf ta’limotining umuminsoniy ahamiyati va zamonamizdagi mavqei

2




Jami

12 soat



Amaliy mashg‘ulotlar mazmuni

Amaliy mashg‘ulotlar, asosan, talaba maxsus tayyorlangan mavzular asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘qituvchi amaliy mashg‘ulot rejalarini bir necha dars avvaldan talabalarga yetkazadi. Dars davomida talabalar belgilangan reja asosida birlamchi manbalardan o‘zlashtirgan mavzular talqini, badiiy asarlar tahlili va ayrim yirik mutasavvif adiblar faoliyatiga doir kuzatishlarini bayon qiladilar. Amaliy mashg‘ulotlarni quyidagi mavzular asosida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir:


Amaliy mashg‘ulot mazmuni va soatlar taqsimoti




Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Soatlar

1

Tasavvufning vujudga kelishida ma’naviy asos va omillar (Qur’oni karim oyatlari va Hadisi sharif hikmatlari asosida).

2

2

Tasavvuf tarixida Irfon bosqichi talqini (Imom G‘azzoliy, Ibn Arabiy va Imom Rabboniy ta’limotlari misolida).

2

3

Buyuk muhaddislar asarlari tasavvuf manbalari sifatida.

3.1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al – Buxoriy hayoti va ijodiy merosi

3.2. Abu Iso Termiziy hayoti va ijodiy merosi

2

4

Jaloliddin Rumiy asarlarida tasavvufiy timsollar

2

5

Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari (so‘nggi ilmiy manbalar asosida). Yassaviylik va uning nazariy asoslari.

2

6

Kubroviylik aks etgan badiiy ijod namunalari. Qalandariylik va badiiy adabiyot

2

7

Naqshbandiylik tariqatining suluk yoli haqidagi risola va manbalari

2

8

Fariduddin Attor «Tazkirat ul - anbiyo» asarida mutasavviflar faoliyati

2

9

Alisher Navoiyning “Nasoyimu-l-muhabbat” asarida o‘zbek mutasavviflari va mashoyixlari talqini.

2

10

Navoiy she’riyatida tasavvufiy timsollar

2

Jami

20 soat



Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ish o‘qituvchi tomonidan talabalarga avvaldan tavsiya etilgan mavzular va ayrim asarlarning tahlili tarzida tashkil etiladi. Mustaqil ishni bajarish uchun talaba birlamchi manbalar bilan tanish bo‘lishi, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlardagi qarashlarni o‘zlashtirishi hamda tavsiya etilgan tasavvufiy ruhdagi adabiyot, badiiy asar yoki adabiy hodisani mustaqil tahlil etish ko‘nikmasini o‘zida mujassam qila olishi kerak.
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi





Ishchi o‘quv dasturining mustaqil ta’limga oid bo‘lim va mavzulari

Mustaqil ta’limga oid topshiriq va tavsiyalar


soati

1.




1.

Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»ini o‘qish va o‘rganish

Asarni o‘qib, tahlil qilish, konspektlashtirish. Tasavvufga oid so‘zlar lug‘atini tzish.

2

2.

Farididdin Attorning «Ilohiynoma» asari haqida.

Asarni o‘qish, matn ustida ishlash, qisqacha konspektlashtirish.

4

3.

“Nasoyimu-l-muhabbat” asarida turk mutasavviflari va mashoyixlari talqini.

Bibliografiya tuzish

4

4.

Jaloliddin Rumiyning «Ma’naviy masnaviy» (J.Kamol tarjimasi), «Ichindagi ichindadur» (N.Komilov tarjimasi) asarlari.

Asarlarni o‘qish, matn ustida ishlash. Tushunchalarni qisqacha konspektlashtirish.

4

5.

Mashrab she’riyatida qalandariylik tariqati muammolarining aks etishi.

Og‘zaki

2

6.

Navoiy she’riyatida tasavvufiy timsollar.

Bibliografiya tuzish

2

7.

“Xamsa”da naqshbandiylik muammolari

Yozma

6

8.

Navoiyning tasavvufiy risola va tazkiralari.

Yozma

2

9

Bobur ijodi va tasavvuf adabiyoti. «Mubayyin» asari ma’rifati va poetikasi.

Yozma

2

10

«Volidiya» she’riy tarjimasida tariqat odobi haqida.

Og‘zaki

2




Jami




30 soat

Dasturning informasion-uslubiy ta’minoti

Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan. Fanni o‘zlashtirishda darslik, majmua, uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, ovozli yozuv, video ko‘rsatuvlar foydalaniladi.

ADABIYOTLAR

1.Siyosiy adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2021. – 488 б.

  2. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида //Халқ сўзи, 2021 йил 8 февраль, №28 (6722).


2. Asosiy adabiyotlar

  1. Ислом тасаввуфи манбалари (Тасаввуф назарияси ва тарихи). Илмий мажмуа. Нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Ҳ.Болтабоев). Т.: Ўқитувчи, 2005, 2015.

  2. Шарқ мумтоз поэтикаси Ҳамдулла Болтабоев талқинида. – Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси илмий нашриёти, 2006; 2008.

  3. Шайх Аҳмад Тарозий. Фунуну-л-балоға. Т.: 1996.

  4. Алишер Навоий. Насойиму-л-муҳаббат. МАТ. 17-жилд. Т.: Фан, 2001; Лисону-т-тайр. Т.: 1991; Муножот (нашрга тайёрл. С. Ғаниева). Т.: Шарқ, 1991.

  5. И с ҳ о қ о в Ё. Нақшбандия таълимоти ва ўзбек адабиёти. – Тошкент: Халқ мероси, 2002. – 174 б.

  6. К а р о м а т о в Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиёти. – Тошкент: Фан, 1993. – 96 б.

  7. К о м и л о в Н. Тасаввуф. - Тошкент, “Movaraunnahr” – “O”zbekiston”, 2009. -- 137-138, 290 б.



Qoshimcha adabiyotlar

  1. Қуръони карим. Матн, таржима, шарҳ. Т.: Ислом университети нашриёти, 2000.

  2. Абу Абдуллоҳ Бухорий. Ал-жомиъ ус-саҳиҳ. 1-2 жилдлар. Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси илмий нашриёти, 2008.

  3. Хожа Аҳмад Яссавий. Девони ҳикмат. Т.: 1992.

  4. Жалолиддин Румий. Маънавий маснавий. 1-6 китоб. Т.: 1999–2005.

  5. Salohiy D. Tasavvuf va badiiy ijod. O’quv qo’llanma. Samarqand. 2017.

  6. Салоҳий Д. «Бадоеъ ул-бидоя» малоҳати. – Тошкент: Фан, 2004. – 135 б.

  7. Салоҳий Д. Навоийнинг шеърий услуби масалалари. – Тошкент: Фан, 2005. – 206 б.

  8. Сулаймон Боқирғоний. Боқирғон китоби. Т.: 1991.

  9. Сўфи Оллоҳёр. Саботу-л-ожизин. – Т.: 1991.

  10. Хўжаназар Ҳувайдо. Роҳати дил. – Т.: 1994.

  11. Машраб. Мабдаи Нур. – Т.: 1994.

  12. Аристотель. Поэтика. – Т.: 1980.

  13. Аъзамов А. Муножотнома. – Наманган: 1997, - Т.: 2001.

  14. Бертельс Е.Э. Суфизм и суфийская литература. – М.: Наука, 1965. –С.13-62.

  15. Бобир. Мухтасар. Т.: 1971. Мубаййин. Т.: 2001.

  16. Кароматов Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиёти. – Т.: Фан, 1993.

  17. Комилов Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. 1-2 китоб. – Т.: 1996, 1998.

  18. Фитрат. Аҳмад Яссавий, Яссавий мактаби шоирлари тўғрисида текширишлар, Машраб. / Танланган асарлар. 2-жилд. – Т.: Маънавият, 2000.

  19. Иззат Султон. Нақшбанд абадиёти. – Т.: 1996.

  20. Суфизм в Центральной Азии (зарубежные исследования). Сборник. – С-П, 2001.

  21. Исҳоқов Ё. Нақшбандия таълимоти ва ўзбек адабиёти. - Т.: 2002.

  22. Олим С. Нақшбанд ва Навоий. – Т.: Ўқитувчи, 1996.

  23. Рустамов А. Аруз ҳақида суҳбатлар. – Т.: 1972.

  24. Ҳасанов С. Бобурнинг “Рисолайи аруз” асари. – Т.: 1986.

  25. Ҳожиаҳмедов А. Ўзбек арузи луғати. – Т.: 1998.

  26. Рустамов А. Қофия нима? – Т.: 1976.

  27. Ҳаққул И. Тасаввуф ва шеърият. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1992.

  28. Ҳаққул И. Тасаввуф сабоқлари. - Бухоро: 2004.

  29. Фарҳанги забони тоҷики (аз асри X то ибтидои асри XX), иборат аз ду ҷилд. Дар зери таҳрири М.Ш.Шукуров, В.А.Капранов, Р.Ҳошим, Н.А.Маъсумий. – Москва: Энциклопедия, 1969. – 952; – 952 с.

  30. Ҳ а қ қ у л о в И. Тасаввуф ва шеърият. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991. – 184 б.

  31. Ҳ о м и д и й Ҳ. Тасаввуф алломалари. – Тошкент: Шарқ, 2004. – 205 б.

  32. Н а в о и й, Алишер. Бадойиъ ул-бидоя. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик, биринчи том. – Тошкент: Фан, 1987. – 724 б.

  33. Навоий Алишер. МАТ. 20- томлик III т. Ғаройиб ус – сиғар. Тошкент: “Фан”, 1988, – 614 с

  34. Навоий Алишер. МАТ. 20- томлик IV т. Наводир ун-ниҳоя. Тошкент: “Фан”, 1987, – 597 с

  35. Алишер Навоий. МАТ. 20- томлик IV т. Наводир уш шабоб. Тошкент: “Фан”, 1989, – 558 с

  36. Алишер Навоий. МАТ. 20- томлик VI т. Фавойид ул-кибар. Тошкент: “Фан”, 1990, – 558 с

  37. Н а в о и й, Алишер. Ҳайратул-аброр. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик, еттинчи том. – Тошкент: Фан, 1991. – 390 б.

  38. Н а в о и й, Алишер. Лисонут-тайр. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик, ўн иккинчи том. – Тошкент: Фан, 1996. – 326 б.

  39. Н а в о и й, Алишер. Хазойинул маоний. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик, бешинчи том. – Тошкент: Фан, 1990. – 542 б.

  40. Ж о м и й, Абдураҳмон. Ғазаллардан. Тузувчи ва тўпловчи Ш.Шомуҳаммедов, Масъул муҳаррир М.Муинзода. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971. – 357 б.

  41. Ж о м и й, Абдураҳмон. Мақсуди дил: ғазаллар, рубоийлар, ҳикматлар: Тўпловчи А. Шаропов. – Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1989. – 208 б.

  42. А м и р и й. Девон. (Ўзбек тилидаги шеърлар). Сўз боши. Нашрга тайёрловчи М. Қодирова, Масъул муҳаррир Х. Расул. – Тошкент: Фан, 1972. – 360 б.

  43. Я с с а в и й, Аҳмад. Ҳикматлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1991.–256 б.

  44. М а ш р а б, Бобораҳим. Дилим дарёи нурдир. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги нашр-матбаа ижодий уйи. 2004. – 53 б.

  45. Машраб. Девон. – Тошкент: Ғ. Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980 йил, - (352). .

  46. Машраб. Девон. - Тошкент: “ Янги аср авлоди”, 2006.

  47. Фаридуддин Аттор. Тазкиратул-авлиё. Тошкент,2013. -…б.

  48. Ҳ у в а й д о. Кўнгил дарди. Тошкент: “MEKIYUS”, 2009. –




Электрон манбалар

  1. www.literature.uz

  2. www.ziyo-net.uz


KIRISH
Mustaqillik yillarida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» (1997-yil 27-avgust), Davlat Ta’lim standarti (2004, 2006) va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida mamlakat universitetlarida fundamental tadqiqotlar bilan shug‘ullanish, bu ishga iqtidorli yoshlarni jalb qilish maqsadida o‘z reja va dasturlarini zamonaviy asosda qayta tayyorlamoqda. Universitetlar va pedagogika institutlari tizimida 5120100 – Filologiya (O‘zbek filologiyasi) ta’lim yo‘nalishi uchun “Tasavvuf va badiiy ijodi” kursi ixtisoslik fani sifatida o‘qitila boshlanganiga o‘n yildan oshdi. Biroq mamlakatning ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida bu fanni o‘qitish izchil ilmiy-metodik tizimga solingani yo‘q. Ta’lim jarayonidagi ana shu ilmiy-adabiy ehtiyoj hisobga olingan holda mazkur o‘quv dasturi tayyorlandi.

Dastur ixtisoslik fanining talablaridan kelib chiqqan holda ikki bosqichli bo‘lib, uning I bosqichida Tasavvuf va badiiy ijod muammolari, tasavvuf nazariyasi va tarixi, tasavvufiy adabiyotning shakllanishi va taraqqiyoti hamda tasavvuf estetikasi masalalarini o‘rganish tavsiya etiladi. II bosqich esa Mumtoz poetika asoslariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Sharq poetika maktabining shakllanish manbalari, o‘zbek mumtoz poetikasi asoslari va uning adabiyot ilmining bir sohasi sifatidagi taraqqiyot xususiyatlari o‘rganiladi. Har ikki bo‘lim talabalarning “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fanidan olgan bilimlari asosiga qurilgan bo‘lib, uni takomillashtirish va chuqurlashtirish maqsadida Milliy universitetda olib borilayotgan ilmiy-pedagogik tajriba natijalariga suyanildi.
O‘quv fanining maqsad va vazifalari

Tasavvuf va badiiy ijodi” fanini o‘qitishdan maqsad adabiyot ilmidagi va umuman, ma’naviy hayotimizga chuqur singib ketgan mumtoz adabiyot namunalari tarkibidagi tasavvufiy ruhdagi asarlarni o‘rganishdan iborat. Bu ruhdagi asarlardagi timsollar va istilohlar mohiyatini tushunish orqali adabiy manbani har tomonlama izchil tahlil qilishga erishilishi mumkin. Tasavvuf tarixi va nazariyasi masalalarini badiiy asarni tahlil qilish tamoyillari va estetik talablar doirasida o‘rganishga e’tibor qaratiladi. Ana shu jihatdan mazkur fanning vazifasi quyidagilarda ko‘rinadi:

  • Tasavvuf istilohi va uning ma’noviy qamrovini o‘rganish;

  • tasavvuf va tasavvuf adabiyotining vujudga kelgan davri, o‘rni va tarqalish geografiyasini tushunish;

  • risola, maqomot, manqaba, tazkiralar va b. tasavvufiy adabiyot janrlar tizimini aniqlash va bu janrlarda yaratilgan asarlarni tahlil qilishga kirishish;

  • badiiy adabiyotdagi doston, qissa, g‘azal, ruboiy va boshqa janrlarda ifodalangan tasavvufiy g‘oyalar, timsollar mohiyatini anglash;

  • mashhur mutasavviflar faoliyati va ularning yirik asarlarini o‘rganish orqali tasavvufiy dunyo haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • mumtoz adabiyotning tasavvufiy timsollar olamini aniqlash va undan badiiy tahlil jarayonida foydalanish;

  • poetika istilohining ma’noviy qamrovi va mohiyatini anglash;

  • mumtoz poetika tizimidagi fanlar tajmuasi ilmi adab (ilmi aruz, ilmi bade’, ilmi qofiya...), ilmi kalom, ilmi bayon va ularning manbalari haqida bilimga ega bo‘lish;

  • Sharq mumtoz poetikasining ilk ildizlarini aniqlash, mashhur poetika maktablarining taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish;

  • poetikaning turkiy manbalari, xususan, Navoiy poetikasi manbalarini tahlil qilish;

  • XVI-XIX asrlar o‘zbek poetika maktablarining xususiyatlarini aniqlash;

  • XX asr boshlarida poetikaning yangilanish jarayonlarini o‘rganishdan iborat.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga

qo‘yiladigan talablar


Mazkur fan bo‘yicha talabalar dastlab tasavvuf nazariyasi va tarixiga doir tavsiya etilgan birlamchi manbalar: risola, manqaba, maqomot va tazkiralar mazmuni bilan tanishishlari lozim. Tasavvufning manshai va manbalari hisoblangan Qur’oni karim, Hadisi sharif, tafsir va kalom ilmiga oid birlamchi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishlari masalaning mohiyatiga yetishga yordam beradi. Tasavvuf tarixiga oid manbalar bilan bir qatorda Markaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlari, yurtimizdan chiqqan buyuk mutasavviflarning manqabaviy hayot yo‘li va ularning mashhur asarlari mazmunini ham bilishlari kerak bo‘ladi. Bulardan tashqari badiiy asarlar tarkibidagi irfoniy hamda tasavvufiy g‘oya va talqinlarni anglashi, ramz va timsollar ma’nolarini tushunishlari lozim. Buning uchun tavsiya etilgan badiiy asarlarni tahlil qilish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishi va buning natijasida mutasavvif adiblar yoki tasavvufiy tariqatlar mazmuniga doir qarashlarni o‘zlashtirishlari lozim.

O‘zbek mumtoz poetikasi asoslari doirasida badiiylik mohiyati, mumtoz adabiyotdagi tur va janrlar munosabati, aruz, qofiya, she’riy san’atlar, badiiy nutq va uslubga doir birlamchi manbalarni o‘qib, ularning mazmunini tushuntira olishi kerak. Ayrim nazariy masalalarning ildizlariga murojaat qilib, adabiy hodisaning bugungi nomlanishi bilan mumtoz adabiyotshunoslikdagi istilohiy munosabatlarni anglashi lozim. Mumtoz adabiyot namunalarining ifoda shakli, janr xususiyatlari, vazn talablari, ularda qo‘llanilgan qofiya tizimi, she’riy san’atlarni aniqlay bilish hamda til va uslublariga doir tahlillarni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Tasavvuf va badiiy ijodi” fani ixtisoslik fani hisoblangani uchun “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fanining mantiqiy davomi hisoblanib, uning mazmunini to‘ldiruvchi va talqin, tahlillar doirasini kengaytiruvchi fandir. Fanning muhim nazariy muammolari Adabiyot nazariyasi masalalarini tushunishga yordam beradi. Shu bilan birga ushbu fan adabiyotshunoslik tizimidagi fanlardan tashqari falsafa, tarix, ruhshunoslik, dinshunoslik, axloq va nafosatshunoslik fanlarida o‘rganiladigan ayrim muammolar bilan o‘zaro bog‘langan.

O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uslubiy izchilligi jihatidan “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi”dan keyin, “Adabiyot nazariyasi” va “O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi” fanlaridan avval o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Fan masalalarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Davlat ta’lim standartlari”da nazarda tutilgan, yoshlarni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda ushbu fanning xizmati katta. Bu bilan o‘tmish merosini o‘rganishga rag‘bat, milliy qadriyatlarga hurmat va mumtoz madaniyatimizni o‘zlashtirishda hamda ma’naviy-axloqiy mezonlar ruhida talaba yoshlarni komil inson qilib ulg‘aytirishda munosib o‘rni bor.



  1. Tasavvuf va badiiy ijodi” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:



T/r

Mavzular nomi

Jami soat

Maruza

Amaliy

Mustaqil talim

1

Tasavvufning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti

4

2

2

5

2

Tasavvuf ta’limotining ilk nazariyotchilari

6

2

2

5

3

Markaziy Osiyoda yoyilgan tariqatlar mashhur namoyandalarining tasavvuf masalalari xususidagi fikrlari

10

2

4

5

4

Islomiy manbalarda poetik (badiiy estetik) tamoyillar ifodasi

10

2

4

5

5

O‘zbek adabiyoti va naqshbandiya ta’limoti

10

2

4

5

6

Tasavvuf ta’limotining umuminsoniy ahamiyati va zamonamizdagi mavqei

12

2

4

5







10

2

2

6




Jami

62

12

20

30