Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi.doc
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 02.12.2023
Просмотров: 687
Скачиваний: 13
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Bitiruv malakaviy ishni yozish uslubi
Malakaviy ish qo’lyozma shaklida yoki kompyuterda bajarilishi mumkin. Kompyuterda tayyorlangan ishning umumiy hajmi 14 shriftda 1,5 intervalda 60-80 betdan iborat bo’lishi kerak. Malakaviy ishning hajmiy o’lchamlari va tarkibiy reja namunasi ilovalarda ko’rsatilgan.
Malakaviy ishni o’z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o’z mustaqil ishini tashkil etish qobiliyatiga bevosita bog’liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba kalendar grafik tuzishdan boshlaydi. Kalendar grafikda reja asosida boblar va paragraflar bajarilish ketma ketligi va muddatlari ko’rsatiladi (Ilova ). Kalendar grafikda talaba bajaradigan quyidagi ishlar aks ettirilishi lozim:
mavzu bo’yicha adabiyotlarni tanlash va tanishib chiqish;
malakaviy ishning dastlabki rejasini tuzish;
tanlab olingan adabiyotlarni chuqur o’rganish va yig’ilgan materiallarni qayta ishlash;
malakaviy ishning oxirgi variantdagi rejasini tuzish;
malakaviy ishni matnini yozish;
malakaviy ishni rasmiylashtirib dastlabki himoyaga olib chiqish.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning asosiy vazifalari
Malakaviy ishning qo’lyozma nusxasi tugatilgach, ilmiy rahbar ruxsati bilan kompyuterda teriladi.
Qo’lyozma matnini kompyuterga tushirish jarayonida ketma-ketlik buzilmasligiga jiddiy e’tibor berish kerak. Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa betlarga o’tkazish man etiladi. Yangi fikr ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar matnda xorij tilida kelgirilgan so’zlar, qo’shimchalar bo’lsa, ular asliga to’g’ri holda to’laligicha yozilishi kerak. Malakaviy ishda raqamli materiallar jadval shaklida berilishi maqsadga muvofiqdir. Mazmun jihatdan ular analitik va ish jadvallariga bo’linadi. Analitik jadvallar o’rganilayotgan muammoni yoritib beruvchi umumiy xulosalar va sharxlarni talab etadi. Malakaviy ishda analitik materiallarning ko’p bo’lishi ma’lum darajada talabaning o’zi tadqiq qilayotgan muammoni tushunish darajasini ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharxlab berish, statistik ko’rsatkichlar tizmini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Qaysi manbadan olinganligani ko’rsatmay turib, matbuotda chop etilgan jadvallardan foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan hollarda jadvalning nomi albatta qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning davomi» deb yozib qo’yilishi kerak. Malakaviy ishning har bir bobi yangi betdan yoziladi. Bobning nomi yoki sarlavhalari asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak. Bobning nomidan keyin paragraf nomi yoziladi.
Malakaviy ish talabaning istagi bo’yicha o’zbek, rus va xorijiy tillarda yozilishi mumkin. Betlarning tartib raqami varaqning yuqori o’ng tomoniga qo’yiladi. Malakaviy ishning sar varag’i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi (Ilova ) va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
malakaviy ish nomi 16 shriftda; muallifning ismi, familiyasi va sharifi 12 shriftda; malakasi 12 shriftda; kafedraning nomlanishi 12 shriftda; ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi.
Izoh. Tadqiqot mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, malakaviy ish hamda so’z boshi katta harflarda teriladi.
Malakaviy ishni Times New Roman shriftida bajarish maqsadga muvofikdir.
Malakaviy ish A4 shaklidagi qog’ozning chap tomonidan 2.5 sm, o’ngdan 1.5 sm, yuqori va pastdan 2 sm dan kam bo’lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi.
Tugallangan malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni avval, kafedradagi dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan taqriz beriladi (Ilova ).
Ba’zi materiallar malakaviy ishning oxirida ilova sifatida berilishi mumkin. Malakaviy ish tipografiya talablariga mos ravishda muqovalangan bo’lishi lozim.
Mavzuni bayon qilishda avvalambor bu mavzuni mohiyatini ochib berish, ikkinchidan qo’yiladigan masalalar va ularni yoritilishi bir biriga bog’liq holda bo’lishi lozim. Shu bois malakaviy ishga qo’yilgan asosiy talablardan biri tanlangan mavzuni chuqur va qamrovli bayon qilish, ko’rilayotgan savollarni uzviy bog’liqlikda yoritib berish. Malakaviy ishda ko’riladigan savollar uning maqsadini ochib berishga qaratilgan bo’lishi lozim. Malakaviy ish matnida uning mavzusiga taaluqli bo’lmagan mant va amaliy materiallar keltirilmaydi. Barcha paragrflarda g’oya birligi va izchilligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat hollarda malakaviy ishning birinchi bobida tanlangan mavzuning nazariy jixatlari yoritiladi. Unda talaba shu mavzuni nazariy jixatdan qanchalik darajada bilishini, turli mualliflarning asarlari va shu soxadagi fikrlarini o’rganganligini, mazmuniy va mantiqiy jixatdan tadqiqot qilinayotgan mavzuga o’z fikrini bildira olishini ko’rsata olishi juda muhim sanaladi. Biror fikr yoki ta’riflarni keltirganda yoki ularni qiyosiy taqqoslaganda ular o’z asliga to’g’ri xolda, hyech qanday qo’shimchalarsiz qo’shtirnoq ichida (........) keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi, nashr joyi, nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Malakaviy ishni bajarish uch bosqichda quyidagi amalga oshirish texnologiyasi bo’yicha bajarilishi mumkin:
Malakaviy ish loyihasi tavsifiy xususiyatlar,
amalga oshirish texnologiyasi
Ayrim hollarda agar talaba izlanish mobaynida o’rganilayotgan masalani yangi qirralarini ochsa, malakaviy ish mavzusiga va rejaga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Shu bilan birga agar o’rganilayotgan mavzu bo’yicha korxonaning ma’lumotlari tijorat siri bo’lib talaba berilmagan va shunga o’xshash boshqa hollarda ham talaba malakaviy ish mavzusini hamda amaliyot bazasini o’zgartirish huquqiga ega.
Malakaviy ish oliy o’quv yurtining, odatda, ushbu maksadga maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyixalash va boshqa muassasalarda bajarilishi mumkin.
Malakaviy ishning bajarilishi kalendar grafigini nazorat qilish kafedra hamda dekanat tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik, ilm, injenerlik ishi, arxitektura va boshqa shunga o’xshash o’z hususiyatiga ega yo’nalishlarda bajariladigan malakaviy ishlar (loyixalar)ga, ularnig chizmalariga qo’yiladigan talablar tegishli o’quv uslubiy birlashmalar (assosiasiyalar) tomonidan belgilanadi.
“ TASAVVUF VA BADIIY IJOD ”
FANIDAN
GLOSSARIY
Abror – yaxshilar, pok insonlar. Bunday insonlar parhezkor bo‘lib, darajalari oddiy xalqdan balandroq, avliyolardan pastroq hisoblangan. Tangri taoloning hamma buyruqlarini bajarib yurishga intiladigan kishilar.
Avliyo – arab tilidan olingan bo‘lib, “valiy” so‘zining ko‘pligi. Haq taoloni yaxshi tanigan, gunoh ishlardan saqlanuvchi, qobil va kamtarin kishilar. Ular Haq taoloning do‘stlari va Undan qattiq qo‘rquvchi zotlar. Tasavvufga oid manbalarning asosiy mavzularidan biri ham avliyolar bilan sodir bo‘lgan g‘aroyib voqea-hodisalar, ularning g‘aybdan xabardor ekanliklari, nochor va ojiz kishilarga uzoq masofadan turib karomat bilan ko‘mak berishlari, kasallarni bir nazar yoki nigoh bilan davolashlari kabi holatlardir.
Adab – yaxshi xulq, xushxulq, degan ma’nolarni anglatadi. Tasavvufda adab asosan insonning qalbi va nafsini poklashni, ezgu amalga qo‘l urganda ichki qarshilikka duch kelmaslik holati shakllanishini, nopoklikni ko‘ra bilish va undan hazar qilishni, umuman olganda inson ma’naviyatini ko‘tarishni maqsad qiladi. Tasavvufda haqiqiy adab barcha ishlarda – Rasuli akram (s.a.v.) sunnatlariga amal qilishdir.
Ahror – arab tilidan “hur” so‘zining ko‘pligi, “ozod” degan ma’noni anglatadi. “Tasavvufda uch xil asirlikdan xalos topgan kishiga “hur” unvoni beriladi. Birinchisi – hayvoniy va shahvoniy xohish-istaklarni engib, ularning asirligidan qutulish. Bu martabaning nomi – “hurriyati omma”. Bu xususiyat hammada ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchisi – ortiqcha orzu-havaslardan voz kechish. Bu – “hurriyati xossa” atalib, tasavvuf ahlining ko‘pchiligida topilishi mumkin. Uchinchisi – barcha dunyoviy amallar, an’ana va mashg‘ulliklardan dilni pok tutish. Bu – “hurriyati xossatil-xossa” atalib, tasavvuf ahlining ayrimlarigagina nasib etadi, deb hisoblanadi. Xoja Ubaydulloh Toshkandiy mana shu uch xil qullikdan ozod bo‘lgan zot uchun Xoja Ahror laqabini olgan, degan fikr ham bor.”61
Bobo – tasavvufiy atama sifatida Yassaviylik, bektoshiylik, haydariylik va qalandariylik tariqatlari Shayxlariga nisbatan “bobo” so‘zi ishlatilgan. “Bobo” qalandar egallashi lozim bo‘lgan bir daraja bo‘lib, pirlik maqomidir. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida turkiy Shayxlar haqida gapirganda “BOBO” istilohini ishlatadi.
Vajd – arabchadan “topmoq”, “his qilmoq” ma’nolarini anglatib, sufiylarning holdagi tarzini ifodalovchi atama. Bu atama “to‘lqinlanish, mavjlanish, qizish”, “kuchli sevgi, intilish”, “shodlik, xushchaqchaqlik, jazava” kabilarni ham bildiradi.62
Vara’ – harom, mumkin bo‘lmagan narsalardan o‘zni tiyish, parhezkorlik, shubhali narsalardan uzoqroq bo‘lishni anglatadi.
Vajd – haddan ortiq xursandlik, Haq taolodan murid qalbiga tushib uning ichki dunyosini o‘zgartiruvchi holat.
Vird – ibodat vaqtining nomi, sufiy muntazam bajarib turadigan vazifa: zikr, duo.
Darvesh – forschadan eshikma-eshik yuruvchi, degan ma’noni bildiradi. Bu so‘z tariqatga kirgan sufiylar, qalandarlarga nisbatan ishlatilgan. Atamaning ma’nosi kamtarinlik, xoksorlik, Haq taolodan boshqadan behojatlik kabi tushunchalarni anglatadi. Yassaviya, kubraviya, naqshbandiya tariqatlarida darveshlik g‘oyalari o‘z aksini topgan.
Zavq – tasavvufda Haq taoloni ko‘rishning birinchi darajasi.
Ziyorat –muqaddas qadamjolarga, mozorat va qabristonlarga borib, u erda Qur’on tilovati, xayr-ehson qilish. Muhammad alayhissalom hadislariga ko‘ra, ziyorat oxiratni eslash uchun qilinadi. Ziyoratga borganda, islom qoidalariga ko‘ra, marhumlarning ruhlaridan hojat so‘ralmaydi. Inson har qanday hojatini, hatto poyabzalining ipigacha faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Haq taolodan so‘ramog‘i lozim.
Zikr – arabchadan “yodda tutmoq”ma’nosini bildiradi. Zikr tushish tasavvufda asosiy marosim hisoblanib, tariqatlar zikr shakli, ko‘rinishlari, bajarilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ammo barcha tariqatlarda zikr mazmuni bitta: Haq taoloni ismlari va sifatlari bilan yodda tutish, buni dil va til bilan takror-takror aytish va shu vosita bilan qalbdagi dunyo havasidan hosil bo‘lgan g‘uborni aritish. Tariqatlar namoyandalari tomonidan zikr ado etish bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar, asarlar yozilgan. Sufiy (murid)ning yakka holda qiladigan zikriga “vird”, “avrod” deyiladi. Tariqatlarda jamoaviy zikrlar ham shakllangan bo‘lib, bu zikrlarning turlari tariqat ahli istiqomat qilayotgan hudud, o‘sha hududdagi madaniy va ma’rifiy muhit, davr xususiyati va talablari asosida shakllangan. Masalan, Yassaviya tariqatining ovoz chiqarib qilinadigan “jahriy” deb atalmish “ARRA” zikri sahro sharoitiga, jamiyatga islom dini yangi kirib kelayotgan bir sharoitda, qalblar islom nuri vositasi bilan jaholat g‘uboridan poklana boshlagan bir sharoitda paydo bo‘lgan bo‘lsa, naqshbandiya tariqatining “xafiy”, ya’ni xufyona zikri islomiy jamiyatning madaniy, shahar sharoitiga moslashgan.
Zohid – dunyodan ko‘ngliniuzgan kishi.Ya’ni, dunyo ne’matlari va hoyu havaslarga mayl qilmaydigan, Haq taolo ibodatida bardavom bo‘lgan, ma’naviy sifatlarga ega, parhezkor shaxs.
Zuhd – Xudoning marhamatiga sazovor bo‘lish va o‘limdan keyingi hayotida jannatga tushish umidida bu dunyo hayoti ehtiyojlariga beetibor bo‘lib, faqat toat-ibodat bilan shug‘ullanish.
Ilhom – tasavvufda “laduniy ilm” deb ataladi. Ya’ni, mo‘minning qalbiga Haq taolo yuborgan ilm. Sufiylarning fikrlariga ko‘ra, “ilhom mo‘minning qalbiga Haq taolo yuboradigan nurdir”. Ayrim mufassir olimlar uni instinkt, deb tushuntiradilar.
Karomat – arabchadan “ustun ko‘rish, siylash” ma’nosini anglatadi. Islom jamiyatida mustahkam va go‘zal iymoni, taqvodorligi, yuksak insoniy fazilatlari bilan ko‘pchilikning e’tiboriga sazovor bo‘lgan kishilarda, boshqacha aytganda, valiylarda sodir bo‘ladigan g‘ayritabiiy holatlar, bashorat qilish, g‘oyibona madad qilish, iloji topilmagan ishlarni Haq taolodan so‘rab berish kabi hodisalarga karomat deyiladi. Bunday insonlargaYAratgan tomonidan siylangan, YAratganning do‘stlari, deyiladi.
Maktubot – tasavvufda pirning turli erlardagi muridlariga yo‘llagan maktublari jamlanib tayorlangan asarga aytiladi.
Malomatiya – bu harakat jamiyatda riyokor dindorlarning, odamlar orasida obro‘ orttirish yoki biror shaxsiy manfaat uchun namoyishkorona ibodat va xudojo‘ylik qilish holatlariga e’tiroz sifatida namoyon bo‘lgan.
Mujohada – arabchadan “jahd”, ya’ni qattiq urinish, bor kuchini sarflash, yomon nafslar va shaytonga qarshi kurash ma’nolarini anglatadi.
Nafs – insonning jismoniy va ruhoniy ehtiyojlari majmuasi. Uning sifatlari mavjud, ya’ni nafs inson jismi va qalbida bir sifatdan boshqa sifatga o‘tib turadi. Nafsning orzulari ham mutasavvuf olimlar tomonidan o‘rganilib, tasnif etilgan.
Sabr – arabchadan “chidam, bardosh”, degan ma’nolarni anglatadi. Tasavvufda sabr Haq taolo rizoligini istab, Unga beodoblik qilishdan qo‘rqib, o‘ziga aziyat etkazgan, o‘zi uchun yoqimsiz bo‘lgan hodisalarga chiroyli munosabat bildirishga aytiladi. Islom ulamolari sabrni uch guruhga ajratadilar: birinchisi – harom va nopokliklardan saqlanish uchun sabr bilan o‘zni tiyish; ikkinchisi – Haqqa yaqin bo‘lish uchun toat-ibodat yukini ko‘tarishga kuch topish; uchinchisi – hayotida sodir bo‘ladigan musibat va qiyinchiliklarni sokinlik va rozilik bilan kutib olish va ko‘tarish uchun hissiyotlarini jilovlay olish.
Xilvat – tanholik, hech kimga ko‘rinmay ibodatga mashg‘ul bo‘lish ma’nolarini bildiradi. Tasavvufdamuridning piri ko‘rsatmalariga binoan yakka holda maxsus bir joyda ibodat qilishiga aytiladi. Ammo tasavvuf hayotni butunlay xilvatda o‘tkazishni ham targ‘ib qilmaydi.
Qalandar – atamaning genezisi noma’lum bo‘lib, darvesh ma’nosida ishlatiladi. Bu atama sufiy so‘zi bilan mos ravishda ham qo‘llanilgan va faqir, miskin, Xudo ishqida darbadar kezuvchi ma’nolarini bildiradi. Qalandarlik sufiylik-zohidlik harakati bo‘lib, tariqat sifatida X1 asr boshlarida Xuroson va Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan. Bu tariqatga malomatiylikning ta’siri katta bo‘lgan.
Qutb – arabchadan “eng mashhur shaxs” ma’nosini bildiradi. Bu sufiylik ierarxiyasidagi eng oliy daraja bo‘lib, bunday darajaga etgan shaxsga “g‘avs”, insoni komil, deyiladi.
Hol – muridning o‘z ma’naviy talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘aybiy manbadan vositasiz anglab olishi holati.
АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ.
1.Siyosiy adabiyotlar
1. Каримов И.А. Маънавий юксалиш йўлида. Т.: Ўзбекистон, 1998.
2. Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ. 1998.
3. Каримов И.А. Оллоҳ қалбимизда, юрагимизда. Т.: Ўзбекистон, 1999.
4. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2010.
5. Каримов И. Ўрта асрлар Шарқ алломалари ва мутафаккирларининг тарихий мероси, унинг замонавий цивилизация ривожидаги роли ва аҳамияти // Халқ сўзи. 2014. 21 май.
5. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – буюк саодатдир. Т.: Ўзбекистон, 2015.
2. Asosiy adabiyotlar
6. Ислом тасаввуфи манбалари (Тасаввуф назарияси ва тарихи). Илмий мажмуа. Нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Ҳ.Болтабоев). Т.: Ўқитувчи, 2005, 2015.
7. Шарқ мумтоз поэтикаси Ҳамдулла Болтабоев талқинида. – Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси илмий нашриёти, 2006; 2008.
8. Шайх Аҳмад Тарозий. Фунуну-л-балоға. Т.: 1996.
9. Алишер Навоий. Насойиму-л-муҳаббат. МАТ. 17-жилд. Т.: Фан, 2001; Лисону-т-тайр. Т.: 1991; Муножот (нашрга тайёрл. С. Ғаниева). Т.: Шарқ, 1991.
10. Бобир. Мухтасар. Т.: 1971. Мубаййин. Т.: 2001.
3. Qo`shimcha adabiyotlar
11. Қуръони карим. Матн, таржима, шарҳ. Т.: Ислом университети нашриёти, 2000.
12. Абу Абдуллоҳ Бухорий. Ал-жомиъ ус-саҳиҳ. 1-2 жилдлар. Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси илмий нашриёти, 2008.
13. Хожа Аҳмад Яссавий. Девони ҳикмат. Т.: 1992.
14. Жалолиддин Румий. Маънавий маснавий. 1-6 китоб. Т.: 1999–2005.
15. Салоҳий Д. «Бадоеъ ул-бидоя» малоҳати. – Тошкент: Фан, 2004. – 135 б.
16. Салоҳий Д. Навоийнинг шеърий услуби масалалари. – Тошкент: Фан, 2005. – 206 б.
17. Сулаймон Боқирғоний. Боқирғон китоби. Т.: 1991.
18. Сўфи Оллоҳёр. Саботу-л-ожизин. – Т.: 1991.
19. Хўжаназар Ҳувайдо. Роҳати дил. – Т.: 1994.
20. Машраб. Мабдаи Нур. – Т.: 1994.
21. Аристотель. Поэтика. – Т.: 1980.
22. Аъзамов А. Муножотнома. – Наманган: 1997, - Т.: 2001.
23. Бертельс Е.Э. Суфизм и суфийская литература. – М.: Наука, 1965. –С.13-62.
24. Кароматов Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиёти. – Т.: Фан, 1993.
25. Комилов Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. 1-2 китоб. – Т.: 1996, 1998.
26. Фитрат. Аҳмад Яссавий, Яссавий мактаби шоирлари тўғрисида текширишлар, Машраб. / Танланган асарлар. 2-жилд. – Т.: Маънавият, 2000.
27. Иззат Султон. Нақшбанд абадиёти. – Т.: 1996.
28. Суфизм в Центральной Азии (зарубежные исследования). Сборник. – С-П, 2001.
29. Исҳоқов Ё. Нақшбандия таълимоти ва ўзбек адабиёти. - Т.: 2002.
30. Олим С. Нақшбанд ва Навоий. – Т.: Ўқитувчи, 1996.
31. Рустамов А. Аруз ҳақида суҳбатлар. – Т.: 1972.
32. Ҳасанов С. Бобурнинг “Рисолайи аруз” асари. – Т.: 1986.
33. Ҳожиаҳмедов А. Ўзбек арузи луғати. – Т.: 1998.
34. Рустамов А. Қофия нима? – Т.: 1976.
35. Ҳаққул И. Тасаввуф ва шеърият. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1992.
36.Ҳаққул И. Тасаввуф сабоқлари. - Бухоро: 2004.