Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi.doc

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 688

Скачиваний: 13

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

ASOSIY QISM

Ma’ruza mazmuni

1. Tasavvuf istilohi, mohiyati, vujudga kelish o‘rni va davri

“Tasavvuf” so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma’nolari. Uning zohiriy ma’nosi va ruhoniy mohiyati. Tasavvufga berilgan ta’riflar. Poklanish ilmining ikki jihati: maqbul ko‘rilgan tazkiya (aybdan oqlash, oqlanish) va rad etilgan tazkiya. Tasavvufning maqbul ko‘rilgan tazkiya va tasviya (poklash, tarbiyalash)sifatidagi xususiyati. Tasavvufda bosh amal qalbni oqlash, ruhni poklash va nafs tarbiyasi ekanligi.

Tasavvufning “vatani” xususidagi qarashlar: manbalarini islomning o‘zidan axtarish va islomdan tashqarida deb bilish. Tasavvufning tarqalish geografiyasi. Tasavvuf paydo bo‘lgan davr haqidagi qarashlar. Tasavvuf va saodat asri voqyealari. “Xulafoyi roshidon”lar davrida tasavvufiy qarashlar. Tasavvufning umaviylar davrida paydo bo‘lganini yoqlovchilar. Mazhablarning vujudga kelishi. Hazrat Ali izdoshlari va shiachilik. Abu Hanifa va sunniylik. Mazhabchilik va tasavvufiy qarashlar munosabati.

2. Tasavvufning islomiy manbalari va taraqqiyot omillari


Qur’oni karim tasavvufning bosh asosi va manbasi. “Avval Qur’oni karim sunnatda tasavvuf” qoidasining mohiyati. Islomning asosi (ruknlari) va tasavvuf yo‘llari. Shariatning zohiri – ilmi fiqh (ilmi qol), botini tasavvuf (ilmi hol) ekanligi.

Xalifa Usmon davrida sahobalar tomonidan hadislarning to‘planishi. Buyuk muhaddislar (Imom Buxoriy, Ibn Muslim, at-Termiziy v.b) faoliyati. Hadislarda komil inson axloqi bilan bog‘liq masalalar. Komil inson shaxsi Muhammad payg‘ambar timsolida. Sunnati nabaviy tasavvufni yuzaga chiqaruvchi omillaridan biri sifatida. Tasavvufda murid va murshid munosabati.

3. Islom tasavvufining taraqqiyoti va tasavvuf adabiyotining shakllanishi

(VII-IX asrlar)

Ilk mutasavviflar faoliyati. Zuhd va taqvoga munosabat. Zohidlar ilk mutasavviflar sifatida. Zohidlikning uch martabasi. Imom G‘azzoliy zuhd maqomi haqida. Ibodat maqomi haqida. Zuhdu ibodat ta’ma uchun emas, balki qalbdan “fi sabiulloh” (Alloh yo‘lida) bo‘lishi kerakligi. Robia al-Adaviya va tasavvuf adabiyotining vujudga kelishi. Islomiy adabiyotdagi munojot janri. Ilk so‘fiylar (Hasan Basriy) davri. Halol va harom chegarasini farqlash. Ibrohim Adham va Shaqiq Balxiy ta’limoti.

Tavhid ruhi. Nazariy asoslarning shakllanishi. Havorijiylar va azrakitlar munozarasi. Nazariy guruhlanish. Jabariylik va qadariylik ilk tariq yo‘llari sifatida. Mu’tazila tarafdorlari. Abbosiy xalifalari davrida mu’taziliylik. Yunon manbalariga murojaat. Mutarjimlar davri. Muxosiblik ta’limoti. Zunnun Misriy faoliyati. Niya va riyo haqida.

Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Fano va tariqat tushunchalari. Abu Yazid (Boyazid) Bistomiy. Tasavvufning mantiqan asoslanishi. Junayd Bag‘dodiy va Mansur Xalloj ta’limoti. Azal, surat va tajalli. “Kitobu-t-tavosin”da tajalli nazariyasi. Andalusiyada tasavvufiy qarashlar. Xuroson va Rumda tasavvuf. Markaziy Osiyoga tasavvufning kirib kelishi. Kalom ilmi va Marg‘inoniy merosi. Buxoro mutasavviflar maktabining shakllanishi.

  1. Tasavvuf tarixida irfon bosqichi

(X-XIII asrlarda tasavvuf adabiyoti)

Tasavvuf ma’rifiy asoslarining shakllanishi. Ibn Sino va irfoniy ishq falsafasi. Tasavvufning ruhoniy maqomlari va holatlari. Tasavvufning irfoniy maqomlari. Ahadiyat va vohidiyat. Ta’limiy jihatdan Allohni bilish bosqichlari.Imom G‘azzoliy ta’limoti. “Ixyo ulumu-d-din” asari va uning madaniyat tarixidagi o‘rni. “Kimiyoi saodat”da ko‘ngil falsafasi. “Mukoshafatu-l-qulub” asarda qalblar kashfiyotiga yo‘l.

Tasavvuf adabiyotining shakllanishi. Abu Said ibn Abul Xayr majlislari. Bobo Ko‘hiy Sheroziy ruboiylari. Sufiy dostonchilikning vujudga kelishi. Abdulloh Ansoriy asarlari. Hakim Sanoyi dostonlari.

Farididdin Attor ijodi. “Mazharu-l-ajoyib” asarida Hazrat Ali timsoli. “Mantiqu-t-tayr”da Attor falsafasi. “Ilohiynoma”da Ruh va sittayi quvva talqini.Tavhid asrori («Javharu-z-zot»).

  1. Islom tasavvufi tariqatlari.

Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari

Tariqat nazariyasining shakllanishi. Tasavvuf tariqatlarining diniy mazhablardan farqi. Tariqatlanish tamoyillari. Hujviriyning “Kashfu-l-mahjub” asarida zikr qilingan o‘ntariqat. Muhammad Sheroziyning “Taroyiqu-l-haqoyiq” asarida ko‘rsatilgan tasavvuf silsilalari. G‘arb olimlari talqinida tasavvuf tariqatlarining tasnifi. Tariqat va silsila munosabatlari.

Yassaviylik (jahriylik)ning vujudga kelishi va xususiyatlari. “Faqrnoma”da yassaviylikning nazariy asoslari. Yassaviylikda pir-murid munosabati. Yassaviylik tariqatining manbalari. Yassaviy shayxlari va ularning izdoshlari.

Kubroviylikning vujudga kelishi va taraqqiyoti. Najmiddin Kubro va tariqat asoslari. Kubroviylikda solik va uning sulukdagi niyati. Kubroviy shayxlari. Olami kubro va olami sug‘ro nisbati.


Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abdulxoliq G‘ijduvoniy faoliyati. Sakkiz rashha ta’limoti. Naqshbandiylik xojagon tariqatining davomi sifatida. Bahouddin Naqshband ta’limoti. “Dil ba yoru dast ba kor”ning mohiyati. Maqomotlarda naqshbandiylikning suluk yo‘li, darvishlik sifati, ahvol va axloqlari. Naqshbandiylikning yangilanishi (mujadiddiylik) va uning nazariy asoslari.

Qalandariylik yo‘li. Malomatiylikda qalandariylik asoslari. Yassaviylik va qalandariylik munosabatlari. Qalandariylikning nazariy asoslari. Qalandarlik adabiyoti.

  1. Tasavvufda ijtimoiy masalalar talqini

Ma’rifat. Lug‘aviy ma’nosi: arabcha «arafa» - bilmoq so‘zidan yasalganligi. Tariqatning hosilasi va bevosita davomi ekanligi. Tariqatdan maqsad – ma’rifatdir.

Tasavvufiy bilishning uch bosqichi – ilmul-yaqin, aynul yaqin va haqqul yaqin tushunchalari. Botiniy ilm egallashning yo‘li: toat-ibodat, zikr, riyozat va mujohada bilan qalbni yomon axloq va his-tuyg‘ulardan tozalash va go‘zal axloq va his-tuyg‘ular bilan bezashdir. Ma’naviy razolatdan tozalanmagan qalbda ma’rifat ilmi yuzaga kelmaydi.

  1. Poetika fanining nazariy asoslari

Mumtoz adabiyotning badiiy asosi. Badiiy so‘z tabiati. Inson sifatining yuksala borishi So‘z bilan ekanligi. «Devonu lug‘otit turk», «Qutadg‘u bilik», «Hibat ul-haqoyiq» asarlari tarkibida ham badiiy so‘z haqidagi qarashlar aks etganligi.

Forobiyning mashhur arab tilida yozilgan asar­lari va sharhlarida, Nizomiy Aruziy Samarqandiy­ning fors tilidagi «Nodir hikoyatlar»i, Sayfi Saroyi («Gulistoni bit-turkiy») va Abdurahmon Jomiyning («Silsilatuz-zahab», «Bahoriston» (8-ravza) asarlarida aytilgan mulohazalar mumtoz adabiyotshunoslikda badiiy so‘z san’at sifatida qadrlanganligini ko‘rsatadi.

  1. Tasavvuf va badiiy ijod masalalari

Tasavvuf timsollarining badiiy ijodga ko‘chishi. Qur’oniy mavzular, hadislarning she’riy sharhlari. Sufiy dostonchilik an’analari.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida Qur’oniy mavzular talqini. Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq”ida Hadis sharhlari.

“Qissayi Yusuf” syujeti asosida yozilgan dostonlarda tasavvufiy talqinlar. Payg‘ambarlik qissalari tarixidan.

Tasavvufiy adabiyot g‘oyalarining badiiy ijodga ko‘chishi. Ayrim ijodkorlar badiiy asarlarining tariqatlar kesimida rivojlanishi.

Yassaviylik va ibodat adabiyoti. Xoja Ahmad Yassaviy ilk turk mutasavvifi sifatida. Ijodining mohiyati oriflik ekanligi. Alisher Navoiy “turk piri” haqida.

“Devoni hikmat” va uning nusxalari. Hikmat adabiy janr sifatida. “Devoni hikmat”da shariat va tariqat ahkomlari. Tasavvufiy timsollar talqini. Hikmatlarning badiiyligi.

Yassaviy maktabi shoirlari. Hakim Sulaymon ota hikmatlari. Alisher Navoiy Hakim ota hikmatlari haqida. “Boqirg‘on kitobi”ning tarkibi va undagi she’rlarning janr xususiyatlari. “Bibi Maryam” kitobidagi timsollar.

Xoja Ahmad Yassaviy ijodining xorijdagi izdoshlari. Yunus Emro va Hoji Bektosh. Yassaviylikning badiiy adabiyotdagi ikkinchi umri. Shayboniy, Qul Ubaydiy ijodi. Azim Xoja eshon hikmatlari.

Kubroviylik va badiiy adabiyot. Shayx Najmiddin Kubro badiiy ijodi. Kubroviylik yo‘lidagi risolalar. Aziziddin Nasafiy va Husayn Voiz Koshifiy asarlari.

Kubroviylik va badiiy ijod. Pahlavon Mahmud ruboiylarida kubroviylik an’analari. Xiva adabiy muhitida kubroviylik. Kubroviylik va Ogahiy ijodi.

Xorijda kubroviylik tariqati silsilalari. Kubroviylik ta’sirida yaratilgan tasavvufiy adabiyot.

Qalandariylik adabiyoti. Qalandariylik adabiyotining shakllanishi. “Qissayi Mashrab” manqabasi. Qissada ilmi hol talqini. Mashrab she’riyatida qalandariylik timsollari va ramzlari. Rind va soqiy timsollari.

“Mabdai nur”da Rumiy an’analari. Dostonning tarkibi va ramziylik olami. Qalandariylik adabiyotining xorijiy manbalari. Abdollik va badiiy adabiyot.

Jaloliddin Rumiy va mavlaviylik. Rumiy she’riyatida ma’no va ruh. Shamsiddin Tabriziy tamadduni. “Masnaviyi sharif”da “Naynoma” talqinlari. Kull va juzv munosabati. Mavlaviylikda surat va ma’ni.


9. Naqshband va o‘zbek mumtoz adabiyoti.

Naqshband ta’limoti va badiiy ijod. Sayyid Qosimiy masnaviylari. Atoyi lirikasida majoz va haqiqat. Bobur ijodida naqshbandiylik. “Mubayyin”da islom ruknlari. Qul Ubaydiy ijodida payg‘ambarlar timsollari.

So‘fi Ollohyor g‘azallarida yangilangan (mujadiddiy) naqshbandiylik. “Sabotu-l-ojizin”ning axloqiy jihatlari. Huvaydo ijodida tasavvufiy timsollar talqini. “Rohati dil” dostonida sufiy shayxlar. Amiriy ijodining tasavvufiy asoslari. Haziniy ijodida naqshbandiylik.

XX asrda naqshbandiylik ruhidagi asarlar.

Tasavvvuf ta’limoti talqinida Navoiy badiiy uslubi imkoniyatlari

Alisher Navoiy tasavvuf ruhidagi asar­larida ma’rifat mavzusi. Alisher Navoiy islom dinining mohiyatan insonsevar, komil inson va komil insoniy jamiyat tarbiyasiga xizmat qiluvchi ilm ekanligi uchun ham o‘zining barcha qiziqishlari kali­tini undan izladi. Navoiy tasavvufiy dunyoqarashi­ning falsafiy zaminini tashkil etuvchi vujuduyun (panteizm) ta’limotida ta’kidlanganidek, Alloh taoloning husnu jamoli, kuch-qudrati va hikmati biz ko‘rib, idrok etayotgan olamda yoyilgandir, deb tushundi.

Navoiy epik asarlarida hamd, na’t, munojot va me’rojnomalar. Alisher Navoiyning tasavvufiy, falsafiy, ijtimoiy fikrlar majmuasidan iborat bo‘lgan «Xamsa» dostonlar turkumida inson masalasi markaziy o‘rinda turadi. Insonga bo‘lgan munosabat esa har bir davr taqozosiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Navoiy «Xamsa»siga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda, darsliklarda shoir dostonlarining faqat ijtimoiy mohiyatiga e’tibor qaratilib, birinchi qism, ya’ni hamdlar, na’tlar, munojotlar, me’rojnomalar va sufiylarga bag‘ishlangan boblar nazardan chetda qolib ketgan. Vaholanki, dostonlarning bu sahifalarida komil inson konsepsiyasining sufiyona talqini berilgan.

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur va tasavvuf ta’limoti

Bobur masnaviylarida ma’rifat va badiiyat. Mubayyin. Boburning 1520-1521 yillarda o‘g‘illari Humoyun va Komron Mirzolarga atab ilohiyot va islom fiqhshunosligidan bahs yurituvchi «Mubayyin» masnaviysini yaratdi.

Bu asar Boburning «din ishig‘a ko‘p ehtirom kerak», degan aqidasining mahsuli bo‘lib, u «E’tiqodiya», «Kitob us-salot», «Kitob uz-zakot», «Kitob us-savm», va «Kitob ul-haj» deb ataladigan bo‘lim – kitoblardan iborat. Bu kitoblarda islom dinining ruknlari, qonun-qoidalari, bajarish usullari va tartiblari haqida soda tarzda so‘z yuritiladi. Buni shoir faqat o‘g‘illari uchngina emas, balki kelajak avlodni ham xabardor qilish maqsadida yozgan. Asar shariat ahkomlari targ‘ibi va uning vositasida yosh avlodni komillik sari undab, barkamol shaxsni tarbiyalash maqsadida yozilgan.
Tasavvuf va badiiy ijodi” fanidan o‘tiladigan

mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan

soatlarning taqsimoti
Maruza mazmuni va soatlar taqsimoti




Mavzular

Soat

1

Tasavvufning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti

2

2

Tasavvuf ta’limotining ilk nazariyotchilari

2

3

Markaziy Osiyoda yoyilgan tariqatlar mashhur namoyandalarining tasavvuf masalalari xususidagi fikrlari

2

4

Islomiy manbalarda poetik (badiiy estetik) tamoyillar ifodasi

2

5

O‘zbek adabiyoti va naqshbandiya ta’limoti

2

6

Tasavvuf ta’limotining umuminsoniy ahamiyati va zamonamizdagi mavqei

2




Jami

12 soat



Amaliy mashg‘ulotlar mazmuni

Amaliy mashg‘ulotlar, asosan, talaba maxsus tayyorlangan mavzular asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘qituvchi amaliy mashg‘ulot rejalarini bir necha dars avvaldan talabalarga yetkazadi. Dars davomida talabalar belgilangan reja asosida birlamchi manbalardan o‘zlashtirgan mavzular talqini, badiiy asarlar tahlili va ayrim yirik mutasavvif adiblar faoliyatiga doir kuzatishlarini bayon qiladilar. Amaliy mashg‘ulotlarni quyidagi mavzular asosida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir:


Amaliy mashg‘ulot mazmuni va soatlar taqsimoti




Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Soatlar

1

Tasavvufning vujudga kelishida ma’naviy asos va omillar (Qur’oni karim oyatlari va Hadisi sharif hikmatlari asosida).

2

2

Tasavvuf tarixida Irfon bosqichi talqini (Imom G‘azzoliy, Ibn Arabiy va Imom Rabboniy ta’limotlari misolida).

2

3

Buyuk muhaddislar asarlari tasavvuf manbalari sifatida.

3.1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al – Buxoriy hayoti va ijodiy merosi

3.2. Abu Iso Termiziy hayoti va ijodiy merosi

2

4

Jaloliddin Rumiy asarlarida tasavvufiy timsollar

2

5

Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari (so‘nggi ilmiy manbalar asosida). Yassaviylik va uning nazariy asoslari.

2

6

Kubroviylik aks etgan badiiy ijod namunalari. Qalandariylik va badiiy adabiyot

2

7

Naqshbandiylik tariqatining suluk yoli haqidagi risola va manbalari

2

8

Fariduddin Attor «Tazkirat ul - anbiyo» asarida mutasavviflar faoliyati

2

9

Alisher Navoiyning “Nasoyimu-l-muhabbat” asarida o‘zbek mutasavviflari va mashoyixlari talqini.

2

10

Navoiy she’riyatida tasavvufiy timsollar

2

Jami

20 soat