Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi.doc
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 02.12.2023
Просмотров: 2517
Скачиваний: 22
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
SHariat odobini hamma o‘rganishi shart, shundan so‘ng u tartib-intizom bilan yashayotgan inson bo‘ladi. Tariqat odobi esa hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Buni bir misol vositasida anglashga harakat qilaylik. SHariat qonunlariga ko‘ra, o‘g‘irlik qilib qo‘lga tushgan odamning qo‘li kesiladi va sazoyi qilinadi. U aslo jazosiz qo‘yib yuborilmaydi.Tariqatda esa bunday holga munosabat butunlay boshqacha. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida so‘fiy Shayxlar shariat yuzidan tariqat odobini mahkam tutadilar, deb yozadi. U qanday odob ekan?U shunday odobdirki, - deb yozadi Navoiy, - yaxshi-yomonga, katta va kichikka birday bajo keltiriladi. Bunday odobni o‘z tabiatlarida mujassam etganlar barcha insonlardan o‘zlarini kichik, kamtar va xoksor tutadilar. Ularko‘pchilikning xizmatini qilish, ko‘pchilikka foyda etkazish uchun shoshiladilar. Ular, hattoki o‘z farzandlari va xizmatkorlariga ham nihoyatda chiroyli muomalada bo‘ladilar. Bulardan biror adabsizlik yuz bersa, dillarini og‘ritmaydilar.Shu tariqa, tariqat yo‘lida bo‘lgan axloqi komil insonlar barchaga, hatto o‘g‘riga ham nasihatni yumshog‘ va chuchuk til bilan qiladilar.SHarq ma’naviy olamining bebaho boyligi bo‘lmish buyuk ajdodlarimiz - mutafakkir donishmandlar asarlarida tariqat odobi bayon etilgan hikoyat va rivoyatlar, pand-o‘gitlar nihoyatda ko‘p. Xususan, birovning uyiga o‘g‘irlikka kirib, hech narsa topa olmayotgan o‘g‘ridan shu erda kitob mutolaasi bilan band bo‘lib o‘tirgan Shayx o‘rnidan turib, xijolatlik bilan kechirim so‘raydi va o‘zi o‘tirgan gilamchani yig‘ib, unga tutqizadi. Bunday bag‘rikenglikni ko‘rib o‘g‘rining ko‘ngli buzilib ketadi va qilmishidan pushaymon bo‘lib, Shayx oldida tavba qiladi, to‘g‘ri yo‘lga kiradi. Xorazmlik Shayx Abul Vafoi Xorazmiy dastorining g‘oyatda eski va yirtiqligi bois uni o‘g‘irlab, yo‘lda tashlab ketgan o‘g‘ri oldida xijolatini bayon etadi. Ulug‘ diniy rahnamomiz - buyuk muhaddis olim Imom al-Buxoriy hazratlari (q.s.) Makkai mukarrama safariga yolg‘iz ketayotganlari holda, begona va sinalmagan hamrohlarining “yoningda nimang bor”, degan savoliga yolg‘ondan hazar qilganlari sababli “ming dinor tangam bor”, deb haqiqatni aytadilar va tuhmat balosiga giriftor bo‘ladilar. Ul zoti sharifni bu balodan Haq toalo o‘z inoyati ila xalos etadi. Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, tariqat odobini hamma ham o‘zida mujassam eta olmaydi. Chunki insonlar yaratilishdan turli –tumandirlar. Ular tabiati va fe’lining namoyon bo‘lishida inson vujudini tashkil etgan to‘rt unsurning o‘zaro mutanosib yoki nomutanosibligi katta ahamiyatga ega. Inson jismi tuproq, suv, havo va olov kabi tabiati o‘zaro bir-biriga zid unsurlardan tashkil topgan ekan, bu unsurlar hamma insonlar jismida ham bir xil mutanosiblikda bo‘lmaydi. Bir insonning yaratilishida tuproq va suv kabi sabr, himmat, shafqat, saxovat, poklik xislatlari ko‘proq jamlangan bo‘lsa, boshqa bir inson tabiatida shamoldek beqarorlik, olovdek beshafqatlik xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Buni tabiatdagi bir hodisaga qiyoslash ham mumkin. Ma’lumki, rangli metallar er ostida minerallarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Bag‘dodda Ma’mun akademiyasida bir muddat faoliyat yuritgan buyuk ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning suhbatlaridan etib kelgan bir ma’lumotga ko‘ra, er ostida minerallarning oliy darajadagi mutanosibligidan, ya’ni barcha minerallarning bir xil miqdorda birikishidan oltin hosil bo‘lar ekan. Agar bu mutanosiblik bir oz buzilsa, ya’ni biror mineral miqdori boshqasiga qaraganda oshib ketsa yoki kamaysa, kumush hosil bo‘lar ekan. Birikuvdagi tenglik miqdoriga yanada ko‘proq putur etsa, kumushdan ko‘ra qiymati pastroq metall – mis hosil bo‘ladi va jarayon shu taxlitda davom etadi. Tabiatda mis bo‘lib yaratilgan modda oltin vazifasini bajara olmasligi hammaga ma’lum. Bu qiyosni keltirishdan maqsad shuki, hamma insonlar ham o‘z tabiatlarini chuqurroq o‘rganib, jism va ruhlarida a’lo darajadagi mutanosiblik hosil bo‘lmog‘iga erishishlari nihoyatda mushkul. Buning uchun insondan juda katta mehnat, sabr, iroda va kuchli e’tiqod talab qilinadi. Shu jihatdan, to‘g‘ri hayot tarzini tutgan, jamiyatning solih fuqarosi bo‘lmish oddiy mo‘min inson so‘fiylar tabiati va amallarini tushunmay, hayron bo‘lishi mumkin. Tasavvuf axloqida bo‘lmagan shaxslar jinoyatning albatta jazolanishini, yaxshi amalning esa albatta mukofotlanishini kutadilar va buni adolatdan deb biladilar. Sufiylar esa jinoyatga jismoniy jazo bera olmaydilar, buni ularning tabiatlari qabul qila olmaydi. YAxshilik evaziga mukofotni esa jamiyatdan emas, faqat YAratgandan kutadilar. Bu xulqlari bilan ular jamiyatning shar’iy axloqidan yuksaladilar. Agar jamiyat a’zolarining hammasi komil va go‘zal axloq – tasavvuf axloqiga rioya eta olsalar, u holda Forobiy aytmish “fozil shahar” shakllanadi.
Muqaddas Qur’oni karimda jinoyatlarni qanday jazolash haqida insoniyatga aniq-ravshan ko‘rsatmalar berilgan. Hadisi shariflarda bu ko‘rsatmalarga aniqlik kiritilib, marhamat qilinadi. Xususan, yuqorida so‘z yuritganimiz o‘g‘rilik masalasida Imom Muslim (r.a.)ning “Sahih al-Muslim” asarida shunday ma’lumot keltiriladi: Oysha (r.a.)dan xabar berishlaricha, Rasululloh (s.a.v.): “CHorak dinordan kam miqdorda o‘g‘irlik qilgan kishininggina qo‘li kesilmaydi”, - deganlar. Bu ko‘rsatmalarga har bir jamiyat islom shariati asosida rioya etmog‘i lozim. O‘rta asrlar sharq mamlakatlarida bunday ko‘rsatmalarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiladigan maxsus lavozim egalari ham bo‘lgan. Shunday shaxslardan biri Hazrat Navoiy – Nizomiddin edilar. Ul zotning akalari Shayx Bahlulbek ham Nizomiddin, ya’ni din nizomi bajarilishini kuzatib turuvchi bo‘lganlar. Fiqh olimlari ham har qanday masalaga shariat qonun-qoidalari yuzasidan fatvo berganlar. SHariat va sunnatdan tashqari chiqmaganlar.Ammo, muqaddas kitobimizning muayyan oyati karimalarida yomonlikka qay tariqa javob berish haqida xos insonlar – ahli tariqatga ham maxsus ko‘rsatmalar berilgan. Ular “Rahmonning suyukli bandalari” sifatida e’tirof etiladilar. CHunonchi, ularga er yuzida, insonlar jamiyatida tavozu’ va viqor bilan yurish, johil va nodon kimsalar bema’ni gap-so‘zlar, nojoiz harakatlar qilgan taqdirda ham ularga chiroyli muomala qilib,nodonlarning o‘zlarini xijolatga solishgina tavsiya etiladi.Xayru saxovat bobida ham shar’iy va tariqiy madaniyat, etika bir-biridan farq qiladi. Zakot, fidya, fitr sadaqa, ehsoni hasananing miqdori shariatda belgilab qo‘yilgan. Tariqatga kirgan solikka esa: “O‘zingda boridan xalos bo‘lmog‘ing – tasavvuf”,- deb ta’lim beriladi. XU1 asr boshlarida Samarqandning G‘azira tumanida yashab faoliyat ko‘rsatgan Yassaviya tariqatining yirik rahnamolaridan biri Shayx Bobo Xudoydodi Vali (q.s.)ga bag‘ishlab yozilgan qator manba’lar, jumladan, “Ulug‘ avliyo” kitobida56 keltirilishicha, Hazrat Shayx bir kuni ko‘chada ketayotganlarida oldilaridan nihoyatda g‘amgin bir kishi chiqibdi. U muhtojligini, qarzga botganligini, qarz berganlar qaytarishini so‘rab holini tang qilayotganliklarini aytib, dard-hasrat qilibdi. Shayx hazratlari u kimsadan qarzining qanchaligini aniqlabdilar-da, qo‘llaridagi bor aqchalarini beribdilar. Etmaganiga uylaridagi idish-tovoqqacha, bolalarining kiyim-kechaklarigacha qarz berganlarga chiqarib berib, bir bechorani g‘amdan ozod bo‘lishiga sabab bo‘libdilar.Qissadan hissa shuki, tariqatga targ‘ib qilinmaydi, shariat esa joriy va targ‘ib etiladi. SHariat nazorat qilinadi, piri tariqat esa har bir muridining botiniy ahvolidan xabardor, uning va o‘zining ma’naviy tarbiyasi bilan muttasil mashg‘ul bo‘ladi.Naqshbandiya tariqatining X1X asr nihoyasi XX asr boshlarida Samarqandning Urgut mavzeida yashab faoliyat yuritgan yirik peshvosi Shayx Xoja Muhyiddinxon Urgutiy (q.s.) o‘zlarining “Maktubot” asarlarida shunday satrlarni keltiradilar: “Bandalik odobini aslo tark qilmang. Hayotingizni g‘animat bilib, qo‘lingiz bilan, tilingiz bilan, qadamingiz bilan, qalamingiz bilan, molingiz va johingiz bilan muslimlar ommasiga rohat keltirishga harakat qiling.”57 Shayxning o‘git berishlaricha, tariqat ahlining dili kuyuk, ko‘zi mudom yoshli, tani iztirob ichida bo‘lmog‘i lozim. Ammo, naqshbandiya tariqatining yirik rahnamolaridan bo‘lgan Shayxning bu yo‘l-yo‘riqlarini aslo tarkidunyolik, zohidlik ma’nosida tushunmaslik lozim. Shayx insonning botiniy dunyosi tarbiyasini tasarruflariga oladilar. Ya’ni, zohiran jamiyat hayotining faol a’zosi bo‘lgan solik o‘z qalbiga xotirjamlik, ko‘ngilto‘qlik, loqaydlik va beparvolikni aslo kiritmasligi lozim. YOmonlikning zarrachasi ham sufiydek nozik qalb egasini qattiq ranjitmog‘i, larzaga solmog‘i lozim. Sufiy yomonlikka qarshi isyon qilsa ham xufyona qiladi: hech kim bilan tortishmaydi, shikoyat qilmaydi, adolat talab qilib kurashga otlanmaydi – u o‘zini jamiyatdan chetga oladi, yomonlik bor erdan ketadi, yomonlarga insof tilab YAratganga ibodat qiladi. Tasavvuf ta’limoti va tariqatlari shakllanishining asosiy sababi ham aynan shu – jamiyatda yo‘qolib borayotgan samimiyat, ixlos, poklikka qarshi holatlarga nisbatan xufyona isyon edi. Shu ilm nuktadoni Hamidxon Islomiy buning ma’nosini aniqroq tushuntiradilar: “Tasavvuf u olam, bu olamdagi paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lish jarayonini ifodalovchi oliy ta’limot edi. Bu ma’naviyat olamining, qolaversa inson tafakkur olamining inson irodasini oshirmoq bilan kishini donolikka chorlovchi, o‘z-o‘zini tarbiyalash, barcha ishlarda ilmga asoslanish, aql-idrokni yuksaltirish, nafs-xohishdan uzoq bo‘lish kabi fazilatlarga etaklovchi buyuk ta’limot edi.”
58 Mutasavvuf olimlar inson va jamiyatning tasavvufdan bexabarlik bilan o‘tayotgan hayotini “noqis hayot”, ya’ni “o‘zining a’lo darajasiga etmagan” hayot, deydilar. Go‘yoki, ishlov berilmagan bo‘lsa-da, oltinning qiymati, albatta, baland bo‘ladi, ammo tajribali usta qo‘lida qimmatbaho san’at asariga aylangan oltin buyum endi faqat oltin bo‘lganligi uchungina qadrlanmaydi, u inson taqdiriga, millat taqdiriga, mamlakat taqdiriga aylanadi. Shu mazmunda, xususan, naqshbandiy olimlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon etadilar:59
Naqshbandiya ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo, tabiat insonga uni obod qilish, yashnatish uchun berilgan. Shunday ekan, o‘tgan tasavvuf allomalari hayotlaridan o‘rnak olib, ta’limotlarini ibrat maqsadida chuqurroq o‘rganmoq lozim. Tariqatlar esa YAratganning hikmati bilan biz kutmagan va tasavvur qilmagan tarzda davom etaveradi. Ayniqsa, hadisi sharifda keltirilishicha, naqshbandiya daraxtining soyasi to qiyomatgacha etadi.Alisher Navoiy botini munavvar, poktiynat va poksiyrat so‘fiy Shayxlarning sobirlik, hilm, vatanparvarlik bobidagi ibratli holatlarini o‘z asarlarida madh etgan. Biz uchun bu o‘rnak emasmi?! Tasavvuf hayotimiz uchun hikmat va ibrat dasturi bo‘lishi mumkin-ku! Shunday qilsak, mashhur xorazmlik avliyo Shayx Najmiddin Kubro (q.s.) yoshlar ongida tasavvuf namoyandasiva vatanparvarlik timsoli sifatida muhrlanib qoladi. Shayx Fariduddin Attor (q.s.) o‘zini mo‘g‘ul navkaridan yuz tilloga sotib olmoqchi bo‘lgan ixlosmand kishiga sottirmay, mo‘g‘ulga: “men bundan qimmat turaman, sotma”, deydi. Bir muddatdan keyin mo‘g‘ulning oti uchun bir chelak somon berib, Shayxni sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorni ko‘rgach: “meni shunga sot, men bundan ortiq turmayman”, deydi. Qahr va alam ichida qolgan mo‘g‘ul Shayxni shahid qiladi. Xoksor Shayx bir mo‘minning yuz tillosi dushman qo‘liga o‘tishini, bir mo‘minning mehnat bilan topgan yuz tillosi o‘zi uchun sarf bo‘lishini, qolaversa, o‘zining dunyo hayotini yuz tilloga baholanishini istamaydi. Ana shu tafakkurga chorlaydigan mardlik namunasi har bir davr, har bir jamiyatning shakllanib kelayotgan yosh avlodi uchun nihoyatda zarur.Islom eng xalqparvar, eng baynalmilal din. Shuning uchun jahoniy shuhratga ega ijodkorlar o‘z musannifotlari uchun uni chin yurakdan g‘oyaviy tayanch qilib olganlar. Tasavvuf ta’limoti esa ana shu go‘zal dinning javharini, pinhona xazinasini tashkil etadi. Bizga ikki dunyo saodatiga erishish uchun mukammal dasturilamal – shariat taqdim etilgan, javhar haqida esa javharshunos – olim, mutafakkir so‘zlaydi.Tasavvuf milliy madaniyatimiz tarixida eng nodir meros – antikvar sifatida qolishi ham mumkin. Ammo uni jamiyatimiz uchun ziyo manbaiga, yo‘l ko‘rsatuvchi mayoqqa aylantirishimiz ham mumkin. Qalb ko‘zi ochiq inson unga o‘zi yo‘l topib oladi. Pir ham ko‘ngil uyining pokligiga qarab buyuk YAratguchi tomonidan tanlanadi. Chunki qalbimizdagi bor narsani yolg‘iz uning egasigina aniq-ravshan ko‘ra oladi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI MUMTOZ ADABIYOT TARIXI KAFEDRASI“ TASAVVUF VA BADIIY IJOD ”FANIDAN KURS ISHI MAVZULARI VA ULARNI BAJARISH BO`YICHA TAVSIYALAR

-
Tasavvuf bo‘lmaguncha islomiy yuksalish bo‘lmas, noqisdan komil ish chiqmas; -
Tasaavuf... jamiyat munosabatlarini eng to‘g‘ri, eng yaxshi, eng fidoyi, eng qanoatli, manfaat tuyg‘usidan yiroq bo‘lgan holda tartibga solgani, ta’lim bergani uchun ham seviladi. Bugun ham hayot bilan bog‘liq bo‘lgan bu ta’limotni amalda qo‘llashga majburmiz; -
Axloq tarbiyasini Amerika ta’lim tizimidan, Ovrupo ta’lim tizimidan, YAli universitetidan, Kembrij universitetidan emas, balki faqatgina TASAVVUF ta’limotidan o‘rganish mumkin; -
Tariqat jamiyatga qanday munosib bo‘lmasin! Axir, tariqatda ajoyib bir tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Jamiyatning komil insonga ehtiyoji bormi, demak, tariqatga ham ehtiyoji bor. Agar ehtiyoji bo‘lmasa, u holda bu jamiyat o‘zgarmog‘i lozim...
Naqshbandiya ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo, tabiat insonga uni obod qilish, yashnatish uchun berilgan. Shunday ekan, o‘tgan tasavvuf allomalari hayotlaridan o‘rnak olib, ta’limotlarini ibrat maqsadida chuqurroq o‘rganmoq lozim. Tariqatlar esa YAratganning hikmati bilan biz kutmagan va tasavvur qilmagan tarzda davom etaveradi. Ayniqsa, hadisi sharifda keltirilishicha, naqshbandiya daraxtining soyasi to qiyomatgacha etadi.Alisher Navoiy botini munavvar, poktiynat va poksiyrat so‘fiy Shayxlarning sobirlik, hilm, vatanparvarlik bobidagi ibratli holatlarini o‘z asarlarida madh etgan. Biz uchun bu o‘rnak emasmi?! Tasavvuf hayotimiz uchun hikmat va ibrat dasturi bo‘lishi mumkin-ku! Shunday qilsak, mashhur xorazmlik avliyo Shayx Najmiddin Kubro (q.s.) yoshlar ongida tasavvuf namoyandasiva vatanparvarlik timsoli sifatida muhrlanib qoladi. Shayx Fariduddin Attor (q.s.) o‘zini mo‘g‘ul navkaridan yuz tilloga sotib olmoqchi bo‘lgan ixlosmand kishiga sottirmay, mo‘g‘ulga: “men bundan qimmat turaman, sotma”, deydi. Bir muddatdan keyin mo‘g‘ulning oti uchun bir chelak somon berib, Shayxni sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorni ko‘rgach: “meni shunga sot, men bundan ortiq turmayman”, deydi. Qahr va alam ichida qolgan mo‘g‘ul Shayxni shahid qiladi. Xoksor Shayx bir mo‘minning yuz tillosi dushman qo‘liga o‘tishini, bir mo‘minning mehnat bilan topgan yuz tillosi o‘zi uchun sarf bo‘lishini, qolaversa, o‘zining dunyo hayotini yuz tilloga baholanishini istamaydi. Ana shu tafakkurga chorlaydigan mardlik namunasi har bir davr, har bir jamiyatning shakllanib kelayotgan yosh avlodi uchun nihoyatda zarur.Islom eng xalqparvar, eng baynalmilal din. Shuning uchun jahoniy shuhratga ega ijodkorlar o‘z musannifotlari uchun uni chin yurakdan g‘oyaviy tayanch qilib olganlar. Tasavvuf ta’limoti esa ana shu go‘zal dinning javharini, pinhona xazinasini tashkil etadi. Bizga ikki dunyo saodatiga erishish uchun mukammal dasturilamal – shariat taqdim etilgan, javhar haqida esa javharshunos – olim, mutafakkir so‘zlaydi.Tasavvuf milliy madaniyatimiz tarixida eng nodir meros – antikvar sifatida qolishi ham mumkin. Ammo uni jamiyatimiz uchun ziyo manbaiga, yo‘l ko‘rsatuvchi mayoqqa aylantirishimiz ham mumkin. Qalb ko‘zi ochiq inson unga o‘zi yo‘l topib oladi. Pir ham ko‘ngil uyining pokligiga qarab buyuk YAratguchi tomonidan tanlanadi. Chunki qalbimizdagi bor narsani yolg‘iz uning egasigina aniq-ravshan ko‘ra oladi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI MUMTOZ ADABIYOT TARIXI KAFEDRASI“ TASAVVUF VA BADIIY IJOD ”FANIDAN KURS ISHI MAVZULARI VA ULARNI BAJARISH BO`YICHA TAVSIYALAR
-
Kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy maslahatlar