Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 360
Скачиваний: 9
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Olingan bu ma’lumotdan kо‘rinib turibdiki, bolalarda chug‘urlash etapining paydo bо‘lishida muayyan qonuniyatlar mavjud. Bir differensial belgilar bо‘yicha bir-biridan taqqoslangan tovushlar guruhi chug‘urlash etapida bir vaqtning о‘zida paydo bо‘ladi. (og‘izli-burunli, jarangli-jarangsiz). Boshqa differensial belgilari bо‘yicha taqqoslangan tovushlar guruhi (qattiq-yumshoq, portlovchi-shovqinli) turli muddatlarda paydo bо‘ladi.
Tadqiqotning yana bir xarakterli tomoni shundan iboratki, chug‘urlash davrining qaysi etapidan qat’iiy nazar juft tovushlarning biri paydo bо‘lgani zahoti, ikkinchisi ham u bilan paydo bо‘ladi.
Demak, taqqoslangan barcha undosh tovushlar guruhidan chug‘urlash davrida birmuncha kontrastlik guruh burunli va og‘izli undoshlar hisoblanadi. Deyarli shu darajada kontrastlik bо‘lib jarangli va jarangsiz undoshlar hisoblanadi. Til oldi yumshoq va qattiq undoshlar ham ma’lum miqdorda bir-biriga yaqin.
Keyin, bir-biriga yaqinligi bо‘yicha portlovchi va shovqinlilar qattiq va yumshoq lab undoshlari ketadi.
Ma’lum undoshlar guruhi orasida kontrastlikning asta-sekin kamayishi tartibi sxemasi qо‘yidagicha kо‘rinishda bо‘ladi:
burunli-og‘izli
jarangli-jarangsiz
qattiq-yumshoq (til oldi)
portlovchi-shovqinli
qattiq-yumshoq (lab)
Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirib qо‘yi-dagilarni aytish mumkin: chug‘urlashning tovush tarkibi ma’lum miqdorda atrofdagilar nutqining tovush sistemasidan farq qiladi. Chug‘urlash etapida ona tiliga adekvat tovushlardan kо‘ra noadekvat tovushlar kо‘proq. Iteratsiyani о‘z ichiga olgan bо‘g‘in strukturasi ruscha sо‘zlarning bо‘g‘in strukturasidan juda farq qiladi va bu holat, chug‘urlash atrofdagilar nutqining bevosita taqlid mevasi emasligiga asos bо‘ladi. Atrofdagilar nutqiga taqlid qilish uchun bolada budavrda sensor va motor markazlar hali tо‘la yetilmagan bо‘ladi.
Bola hayotining birinchi yilining oxiriga kelib, unda nutqiy aloqada bо‘lish extiyoji о‘sib boradi. U bir nimani olishni, sо‘rashni, aytishni xohlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bо‘lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi, birinchi sо‘zlar paydo bо‘ladi. Ammo bu sо‘zlar kо‘pincha faqat bolaga, uning yaqinlariga tushunarli bо‘ladi.
Ikkinchi davr-bog‘chagacha bо‘lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha)
Bolada birinchi sо‘zlar paydo bо‘lgandan sо‘ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan sо‘zlarni kо‘p marotaba takrorlaydi va о‘zi ham sо‘zlarni talaffuz qiladi. Talaffuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni notо‘g‘ri talqin etadi, о‘rnini almashtiradi yoki о‘z nutqida qо‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir sо‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin.
Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, kо‘pgina xilma-xil tadqi-qotchilar bola lug‘at boyligining о‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni kо‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga kо‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bо‘lgan davrda о‘sishi qо‘yidagi raqamlarni kо‘rsatadi:
1 yosh-u 6 oyda—10 - 15 ta suz, 2-yilning oxiriga kelib — 300 ta suz, 3 yoshga borganda- 1000 ta suz.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik to-moni shakllana boshlaydi. Avval bola о‘z xohish va iltimoslarini bir sо‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1—2 ta suzdan iborat sodda jumlalar paydo bula boshlaydi.
Uchinchi davr—maktabgacha bulgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bо‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, 6, m, f, ye va boshqalarni о‘rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish kiyin bulgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzinn egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notо‘g‘ri qо‘llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
3—7 yoshgacha bulgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning о‘z talaffuzini nazorat kilishga imkoniyat yaratadi. Bazi hollarda bola о‘z kamchiligini tо‘g‘rilaydi. Unda fonematik idrok shakllanib boradi.
Bu davrda lug‘at boyligining о‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta suzgacha yetadi. Lugat boyligi usib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni xam rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4 yiliga kelib, ular о‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qо‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qо‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qо‘shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bо‘ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, sо‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi.
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bulishi lozim.
Bu vaqtga kelib tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola xar tomonlama tо‘g‘ri, an-iq gapiradi.
Tо‘rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha).
Bu davrning о‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ra-vishda rо‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarnni egallaydilar.
Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol о‘ynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib boradi: chunki, agar, qachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda о‘z ifoda-sini topayotganligini kо‘rsatadi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
- bola ruhiy va jismoniy jixatdan sog‘ bо‘lishi;
- normal aqliy qobiliyatgaega bо‘lishi;
- normal eshitishi va kо‘rishi;
- yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bо‘lishi;
- gaplashish ehtiyojiga ega bо‘lishi;
- tо‘g‘ri nutq muxitiga ega bо‘lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni о‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqi-dagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yara-tadi.
Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan о‘zviy bog‘liqdir.
Nazoart uchun savollari
-
Tug’ma bilimlar nazariyasi (N.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin). -
Tilni o’zlashtirishning kognitiv nazariyasi. -
J.Piajening bolaning semiotik rivojlanish gipotezasi. -
Tilni o’zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo’nalishda o’rganish (Dj.Bruner, M. Xelllidey). -
L.S. Vigotskiyning “nutq - til belgilari vositasida rivojlanuvchi o’ziga xos faoliyat sifatida” konsepsiyasi. -
Inson xulq-atvorini belgili regulasiyasi (A.R. Luriya).
2- Modul. Meyordagi nutqiy ontogenez bosqichlari
4-MA’RUZA
So’zni tovushli shaklini o’zlashtirish.
REJA:
1.Fonematik eshituv va uning xususiyatlari.
Tayanch iboralar: nutq,tasnif, nevrologiya, nutq buzilishi, patologiya, neyrofiziologiya, tibbiyot, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, nutq apparati, disfoniya, bradilaliya, duduqlanish, taxilaliya, dislaliya, rinolaliya, dizartriya, alaliya, afaziya,
Eng avvalo, fonema, fonematik eshituv, fonematik idrok haqidagi tushunchalarni aniqlashtiib olish zarur.
Fonematik eshituv – bu noziktizimlashtirilgan eshituv bо‘lib u ona tilidagi fonemalarni tanish va farqlashga imkon beradi. U fizologik eshituvning bir qismi bо‘lib ularni eshitilayotgan tovush etalonlarini qarshi qо‘yishga va moslashtirishga yо‘znaltirilgan.
Fonematik idrok –bu fonemalarni farqlash va ajratishga kо‘ra, sо‘z tarkibidagi tovushlarni aniqlash bо‘yicha aqliy faoliyatdir.
Fonematik eshituv – tanafussiz bо‘g‘inlar qatorini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Nutqiy eshituv-fonetik va fonematik eshituvni xamkorlikdagi faoliyati bо‘lib,u nafaqalarо‘zgalar nutqini qabul qiladi va baxolaydi, balki о‘z nutqini xam nazorat qiladi. Nutqiy eshituv talaffuzini shakillanishi asosi xisoblanadi.
Fonematik eshituv nutqiy faoliyatnning bо‘g‘inlaridan biri bо‘lib,bola psixalogik faoliyatining boshqa turlarini xam ta’millaydi:perseptiv,kornitiv,boshqaruvchi va boshqalar.
Kо‘pgina olimlarning ma’lumotlariga kо‘ra,idrokni shakillanmaganligi nutqiy kamchiliklarga olib keluvchi sabablar ichidan birinchi о‘rinni egallaydi,shuningdek,maktabgacha yoshdagi bolalarni о‘qish faoliyatiga moslasha olmasliklariga xam sabab bо‘ladi.
Ontogenezda tovush qо‘zg‘atuvchilariga ta’sir kо‘rsatish chaqaloqlarda xam kuzatiladi. Ubolani chо‘chishi,kо‘zini pirpiratishi,nafasi va pulsini о‘zgarishi bilan ifodalanadi.
Keyinchalik 2-xaftalikda tovushli qо‘zg‘atuvchilari bolada umumiy xarakatlarnitо‘xtashiga,qichqirishini tо‘xtashiga olib keladi.Bu barcha reaksiyalar tug‘ma xarakterda bо‘lib,shartsiz reflekslardir.
Tovush qо‘zg‘atuvchilariga birinchi shartli reflekslar bolalarda bola xayotining birinchi oyida va ikkinchi oyi boshida paydo bо‘ladi.Tovush signalini kо‘p marotaba mustaxkamlash natijasida (masalan,qо‘ng‘iroq) bolani oziqlantirishda,bola bu signallarga sо‘rish xarakatlari bilan javob bera boshlaydi, Shu bilan bir vaqtda u tovush kelgan tovush manbai kelgan tomonga qarab boshini buradi.
Uchinchi va tо‘rtinchi oyga kelib bola sifa jixatidan turli tovushlarni (masalan,royal va qо‘ng‘iroq tovushlari) va turli balandlikdagi bir turdagi tovushlarni farqlay boshlaydi. 3 oylikdan 6 oylikkacha bо‘lgan yoshda asosiy semantik bosim intonatsiyaga tushadi. Buvaqtda bolada о‘z kechinmalarini(masalan,yoqimli yoki yoqimsiz) ovoz ottenkalari orqali ifodalash va intonatsiyalarni farqlash qobiliyati rivojlanadi. Xayotining birinchi yilini keyingi oylarida eshituv analizatorining rivojlanishi kuzatiladi. Bola atrof-olamdagi tovushlarni,odamlar ovozlarini ajrata boshlaydi va ularga turlicha javob qaytaradi. Bola”tushuna”boshlagan sо‘zlar va iboralar ular uchun yetarlicha qismlarga ajratilmagan kо‘rinishda va hodisalarni bildiruvchi signallardir. (itning vovillashi, soatni qо‘ng‘rog‘i va hakazolar).
5-6 oylik bola birortasi tomonidan “soat” sо‘zini talaffuziga mos predmetni kо‘rsatsa, tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsata oladi. Ammo bunda unga agar “soat” sо‘zi о‘rniga aytilishiga kо‘ra о‘xshash bо‘g‘inlar: ti-ti, yoki pi-pi, deyilsa ham, u shu xarakatni bajaradi. Shu tariqa bola sо‘zni uni ritimiga, umumiy tovushlarning tashqi kо‘rinishiga kо‘ra ajratib oladi. Sо‘z tarkibiga kiruvchi tovushlar ular tomonidan ham tarqoq xolda idrok etiladi. Shuning uchun ular akustik jixatdan о‘xshash tovushlarga ajratiladi. Eshituv analizatorining keyingi rivojlanishi unda ikkinchi signalsistemasining intensiv rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘lib, nutqni tuzilishini umumiy fonematik idrok etishdan ancha differensial idrok etishga о‘tishi bilan xarakterlanadi. Agar bola xayotining birinchi yilida nutqda intonatsiya va ritmni ilg‘ab olsa, unda 2 yoshda u nutqdagi tovushlarni,sо‘zning tovush tarkibini ancha aniq farqlay boshlaydi.
Tovushlarni sо‘zdagi о‘rnini aniqlash bolalarda asta-sekin rivojlanib boradi.
Birinchi bо‘lib bolalar ancha qо‘pol qarama-qarshi qо‘yilgan unli va undosh tovushlarni farqlaydi,ammo bu guruxlar ichida keng yetakchilik kuzatiladi, undoshlar xali umuman farqlanmaydi, unlilar ichida esa ancha aniq va oson talaffuz qilinadigan (a) tovushi ajratilib,unga qolgan barcha unli tovushlarga qarshi,о‘zaro differensiyalanmagan tovushlar qо‘yiladi:
*keyinchalik unlilar “ ichida”difeferensatsiya amalga oshadi ( i-u )(e – o)(i-o).(e-u); keginchalik uboshka yukori chastotali tovushlar (i-e); (u-o) past chastotali tovushlarni farklay boshlaydi .
* kegin undoshlar “ichida “gi oppozitsiyalar shakillanadi.. suz tarkibidagi tovushlarni tushirib koldirish yoki tovushni umumiy tovushlar katoridan aniklash sonor tovushlarni shovkinligidan portlovchilarni sirgalovchilardan . jaranglilarni –jarangsizlardan ajratishi .
Bolalarda fonimatik eshituv asta-sekin tabiy rivojlanish jarayonida shakillanadi bola 7-11 oylikda sо‘zlarga reaksiya bildiradi, ammo bu sо‘zni predmetli ma’nosiga emas uni intonatsional tamoniga e’tibor qaratish bо‘ladi .
Bu davr nutq rivojlanishining fonemagacha bо‘lgan davri deb ataladi.
1 yoshga kelib, sо‘z birinchi bor muloqat quroli sifatida xiziat qiladi, til vositasida xarakterini oladi va bolauning tovush doirasiga ta’sir kо‘rsata boshlaydi. (uni tarkibiga kiruvchi fonemalar).
Keyinchalik fonematik rivojlanishkeskin amalga oshib, doimo talaffuzni takomillashuvining asosi bо‘lib xizmat qiladigan, bolaning artikulatsion imkoniyatlaridan ilgarlab ketadi, deb xisoblaydi.
A.N.Gvozdev, N.X.Shvachkinning takidlashicha, 2 yoshning oxiriga kelib, nutqni tushunishda bola fonematik idrokda ona tilidagibarcha tovushlardan foydalanadi. Taxminan 3 yoshga kelib bola eshituvga kо‘ra barcha tovushlarni farqlash qobiliyatiga ega bо‘ladi deyishadi, bolalarni nutqiy eshituvini о‘rgangan mashxur olimlar fonematik eshituvi bolalarda yetarlicha shakllangan bо‘ladi. Ammo fongenmatik eshituvni rivojlanishi va uni takomillashuvi maktabgacha yoshda davom etadi. Bolani fonematik eshituvini rivojlantirishni yetakchi omil uni nutqini atrofdagiodamlar bilan muloqat jarayonida tо‘liq rivojlanishi xisoblanadi.
Bolada fonematik eshituv impressiv nutqni rivojlantirish asosidashakllanadi. Fonematik eshituvniegallash nutqiy faoliyatning boshqa shakllariga – og‘zaki nutq, о‘qish, yozish bilan birga keladi, shuning uchun fonematik eshituv barcha murakkab nutqiy tizimning asosi xisolanadi,.
Nutqni idrok etishda bola kо‘p qirrali tovushlarga duch keladi: nutqda ishtirok etuvchi tovushlar о‘zgaruvchan. U juda kо‘p turdagi tovushlarni eshitadi, ular bо‘g‘in ketma-ketligida birikib, uzluksiz komplnentlarni tashkil etadi, Uni bular ichidagi shundayfonemaga diqqatini qaratish kerakki, bitta fonemani u doimiy belgisiga kо‘ra boshqa barcha tovushlar ichidan ajrata olsin, bunga bitta fonema (til birligi sifatida) boshqasiga qarama qarshiqо‘yilsin. Agar bola bunga о‘rganmasa, u bitta sо‘zniboshqasidan ajrata olmaydi, uni taniy olmaydi. Bola rivojlanishi jarayonida zaruriy qobiliyat sifatida fonematik eshituv rivojlanadi, N.I.Jinkinning fikricha busiz nutq rivojlanmaydi. Fonematik eshituv sо‘zini tashkil etuvchi fonemalarni farqlash va tanish operatsiyalarni amalga oshiradi. U bolada nutqni rivojlanish jarayonida birinchi navbatda shakllanadi. Bunda fonematik eshituv ham rivojlanadi, u “bо‘g‘inlarni uzluksiz qatorini” kuzatishni amalga oshiradi. Fonemalar talaffuz etilgan variantda berilar ekan-bunda tovushlar (allafonlarda) me’orda umum qabul qilingan, odatiy ravishdatalffuz qilinishi kerak, bо‘lmasa ularning eshituvchilar anglashda qiynaladi. Tilga doir tovushlar noodatiy talaffuzi fonetik eshituv tomonidan notо‘g‘ri deb boxolanadi. Fonematik va fonetik eshituv (ular birgalikda nutqiy eshituvni tashkil etadi) nafaqat о‘zgalar nutqini qabul qilish va boxolashni amalga oshiradi, balki о‘zini nutqini nazorat qilishni ham amalga oshiradi. Nutqiy eshituv meoridagi talaffuzni shakkillantirishni mahim sharti xisoblanadi.
Agar bolada aloxida tovushlarning akustek obrazi shakillanmagan bо‘lsa, fonemalar eshitilishiga kо‘ra farqlanmaydi, bu tovushlarni almashtirilishiga olib keladi. Nutq uchun zarur bо‘lgan barcha tovushlar shakllanmaguncha artikulyar baza tо‘liq xisoblanmaydi.
Boshqa xollarda bolada barcha artikulyatsion xolatlar shakillangan bо‘ladi, ammo ba’zi xolatlarni farqlash malakasi bо‘lmaydi, bu tanlangan tovushni notо‘g‘ri talaffuz etishga olib keladi. Buning oqibatida fonemalar almashtiriladi,bitta sо‘z turli xil tovushlar qatori sifatida qabul qilinadi. Bu xodisa fonemalarni (tovushlarni) о‘zaro almashtirilishi yoki qorishtirilishi deb ataladi.Tovushlarni almashtirilishi yoki qorishtirilishi fonologik yoki shuningdek fonematik nuqsonlar sifatida guruxlanadi, Boladagi fonematik eshituv va fonematik eshituvni buzilishida tovushlar talaffuzi buziladi.
Bu toifa bolalarning tovushlar talaffuzi xolati quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
Nutqda u yoki bu tovushlarni yо‘qligi va tovushlarni almashtirilishi.
Artikulyatsion jixatdan murakkab tovushlar,artikulyatsiyasi oson tovuо‘larga almashtiriladi. Masalan(S), (SH) – (F) ga (R) tovush о‘rniga – (L) – (Y), (m)– (g)ga almashtiriladi. Tovushning yо‘qligiyoki uni boshqa artikulyatsion belgisiga kо‘ra almashtirilishi unga mos fonemalarni qorishuviga sharoit yaratadi.
Artikulyator yoki akustik jixatdan yaqin tovushlarni almashtirilishida bolada artikulema shakillanadi, ammo fonemani shakillanishi tugallanmaydi.
Turli fonetik guruxlarga tegishli yaqin tovushlarni farqlashdagi qiyinchilik ularni о‘qish va yozishda xam almashtirilishiga olib keladi.
Nutqda tovushlarni notо‘g‘ri qо‘llash kо‘pi bilan 16-20 tagacha bо‘lishi mumkin.Kо‘pincha shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlar (s),(ch),(sh), (z),(s), (j), (t) va (d), (l), (r),tovushlari,jarangli tovushlarning jarangsiz juftlari yetarlicha shakillanmagan bо‘ladi.
2.Artikulyatsiyasiga kо‘ra о‘xshash tovushlarni almashtirilishi.Ikki yoki bir nechta artikulyatsion jixatdan yaqin tovushlar о‘rniga oraliq,noaniq tovushlar talaffuz qilinadi, sh va s tovushi о‘rniga-yumshoq (sh), ch va t tovushi о‘rniga-yumshatilgan (ch)tovushi.
Bunday almashtirishlarning sababi fonematik eshituvning yetarlicha shakillanmaganligi yokiuni buzilishi xisoblanadi.
3.Nutqda tovushlarni notug‘un qо‘llanilishi.Ba’zi tovushlarni bolalar kо‘rsatma asosida aloxida (yakka) xolda tо‘g‘ri talaffuz qilishadi ammo nutqda talaffuz qila olmaydi yoki almashtiradi.Ba’zan bola bitta sо‘zni turli xolatda takrorlashda turllicha talaffuz qiladi. Shunday xolatlar xam bо‘ladiki,bola bir fonetik guruxga tegishli tovushlarni almashtiradi,boshqa tovushlarni-buzibtalaffuz qiladi.
Bundan nuqson fonetiko-fonematik buzilish deyiladi.
4.Bir yoki bir nechta tovushlarni buzib talaffuz qilinishi.
Bola 2-4 tovushi buzib talaffuz qilishi yoki nuqsonsiz gapirishi mumkin, ammo eshtishida turli guruxlarga tegishli qо‘proq tovushlarni farqlay olmaydi.
Talaffuzning yaxshi ekanligi bazan fonematik jarayonlarni chuqur rivojlanmaganligini berkitishi mumkin.
Tovushlarni buzub talaffuz qilinishining asosiy sababi odatda artikulyatsion motorikaning rivojlanmaganligi yoki uni buzulishi xisoblanadi. Bu fonematik buzulishlarga tegishli.
Tadqiqot natijalari va о‘zining fiziko-akustik xususiyatlariga kо‘ra turlicha tovushlar funksiyalarini qarama-qarshi qо‘yish, tovushlarining ba’zi belgilari sо‘zlarni farqlash funksiyasini bajarishi aniqlangan. Nutqiy muloqatni ta’minlay turib, tovushlar ijtimoiy funksiyaga ega bо‘ladi. Nutqning tovush tomonidagi ijtimoiy axamiyatiga ega sifatlarini birinchi о‘ringa qо‘yib mutaxasislar fonemani о‘rganish xaqidagi vazifani xal etishni ishlab chiqib unda tilning tovush tomonidagi asosiy birliklari xaqidagi muammolarni xal etishning asosan usullari berilgan. Nutqning tovush tomonini о‘rganish natijasida bizning nutqimizdagi tovushlarning munosabati xilma-xil va noodatiy, turli-tumanligi aniqlandi.
Tovushlarni о‘rganishda quyidagi aspektlar aniqlangan: nutqning tovushlarining fizik xususiyatlarini nazarda tutuvchi fizik – ular tarkibiga tovush tonlari va shovqinlari kiradi:
2) Fiziologik-tovushlar talaffuzida ishtirok etuvchi inson organizmlarini о‘rganuvchi :
3) Ijtimoiy – nutq tovushlarini ularni axamiyatiga kо‘ra muloqat quroli maqsadida о‘rganuvchi.
Bu muammoni kо‘rib chiqishda birinchi о‘rinda ijtimoiy aspekt chiqadi. Nutqdagi tovushlarni bildirish uchun ijtimoiy aspektda “fonema” atamasi qо‘llaniladi
Ma’lumot tilga tegishli fonemalar tizimi tashkil etadi. Ular bir-biri bilan munosabatda buladi xar bir fonema о‘zining ottenkasiga kо‘ra, boshqa tovushlarga ulardagi akustik farqlar asosida gapiruvchini eshitib ilg‘ab olishga kо‘ra qarama-qarshi qо‘yiladi.