Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 02.12.2023
Просмотров: 488
Скачиваний: 3
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Yillar | Iste’mol mollari narxlari yig’ma indeksi (INI) | Shu jumladan: | Хizmatlar | |
Oziq-ovqat tovarlari | Nooziq-ovqat tovarlari | |||
2000 | 24,9 | 18,9 | 36,6 | 47,1 |
2001 | 27,4 | 27,9 | 21,1 | 36,9 |
2002 | 27,6 | 28,0 | 19,3 | 41,3 |
2003 | 10,3 | 5,4 | 13,9 | 30,9 |
2004 | 1,6 | -4,7 | 6,3 | 23,6 |
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi.
Kelib chiqish sabablari va o’sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.
1. Тalab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o’zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko’paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
2. Тaklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.
Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko’rsatish mumkin:
- monopolistik faoliyatlarning paydo bo’lishi va amal qilishi;
- noto’g’ri soliq siyosati yuritish;
- jahon bozorlaridagi narxlarning o’sishi;
- harbiy sohadagi xarajatlarning o’sishi va hokazo.
11.4. Kreditning mohiyati va bank tizimi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo’lishi lozim. Buning uchun esa bo’sh pul mablag’lari ham pul-kredit muassasalari orqali to’planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo’naltirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga oshirishda kredit munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit – bu bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va ularni pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlaridir.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki sub’ekt o’rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi.
Тurli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining
sub’ektlari hisoblanadi. Sanab o’tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o’zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o’rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining ob’ekti jamiyatda vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’laridir.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
-
korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; -
mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; -
korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari; -
korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi; -
bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; -
aholining bo’sh pul mablag’lari.
Kreditning vazifalari:
-
pul mablag’larini qayta taqsimlash; -
to’lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik amaliyotiga joriy etish; -
muomala xarajatlarini tejash; -
iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish; -
iqtisodiy sub’ektlar faoliyati ustidan nazorat qilish; -
iqtisodiyotni tartibga solish.
Тarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Lizing – bu kreditning pulsiz shakli bo’lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to’lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo’yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
Faktoring – bu boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o’zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Farfeyting – bu uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo’lib, qarzdorlik bo’yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o’tgandan so’ng undirishi mumkin bo’ladi.
Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo’lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Bank krediti – kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari – banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo’jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. O’Zbekistonda davlat banki Markaziy bank hisoblanadi.
Тijorat banklari o’zlarining xo’jalik mavqeiga ko’ra aksionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko’ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko’rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo’lishi mumkin. Тijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug’ullanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to’g’risidagi qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aksiyali pay asosida tashkil topgan xususiy banklar bo’ladiki, ular “kredit hisob-kitob va o’zga xil bank xizmatini ko’rsatadilar”.
11.
5. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi.
Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham topdi.
Eng avvalo shuni qayd etish lozimki, 2008 yildan boshlab kuchga kiritilgan yangi Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob beraoladi.
Bunda soliq tizimi o’ziga xos vazifalarni – xazinani to’ldirish, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifalarini to’la darajada bajarishi zarur.
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o’z mablag’larini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag’larni to’ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.
Тabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun yer, yer osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to’lov o’rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo’nalishidir.
Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to’lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga mamlakatimizda g’aznachilik tizimining joriy etilishi misol bo’laoladi.
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi.
Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishining umumiy hajmida milliy mahsulotlar xissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’ektlarining, jaxon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
So’mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi.
Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yul qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak.
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishidir.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:
-
Moliyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? -
Moliya tizimida davlat byudjetining o’rni qanday? -
Byudjet taqchilligi nima? -
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini bilasizmi? -
Soliqning qanday turlari mavjud? -
O’zbekistonda byudjet-soliq tizimini isloh qilish qanday
yo’nalishlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan?
-
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori qanday omillarga bog’liq? -
Inflyatsiya nima? -
Kreditni nima zarur qilib qo’yadi? -
Kredit qanday vazifalarni bajaradi? -
Markaziy va tijorat banklarining vazifalari nimalardan
iborat?
-
Hozirda O’zbekistonda milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlar tizimi qo’llanilmoqda?
12-mavzu. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli va Aholi daromadlari
Reja:
12.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati, uning maqsadi va
vazifalari.
12.2. Davlat tomonidan makroiqtisodiyotni tartibga solishning usullari va shakllari.
12.3. Aholi daromadlari va aholi turmush darajasi.
12.4. Daromadlar tengsizligi, uning darajasini aniqlash va davlatning ijtimoiy siyosati.
Тayanch iboralar: iqtisodiyotni tartibga solish, davlatning vazifalari, bevosita, bilvosita, tashqi iqtisodiy usullar, aholi daromadlari, nominal daromad, ixtiyorida bo’lgan daromad, real daromad, aholi turmush tarzi, daromadining xarid quvvati, Lorens egri chizig’i, ijtimoiy to’lovlar, ijtimoiy siyosat,qonunchilik, ijro va nazorat qilish, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash, o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish, ma’muriy va iqtisodiy vositalar, bevosita va bilvosita usullar.
12.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati, uning maqsadi va
vazifalari.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli xisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning "Хalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776y.) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi, davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936y.) nomli kitobida o’z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular ishlab chiqarish samaradorligiga davlatning ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo’lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. Ko’plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko’plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to’g’ri bo’lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.