Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 354
Скачиваний: 9
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
-
urg‘uli bо‘g‘inni bir xillashtirish, urg‘uni sо‘zdagi ma’lum bir bо‘g‘inda mustahkamlash. Otning turli shakllarida ham avvalgi sо‘zdagi urg‘u saqlanib qoladi; -
unlilarni qо‘shish, ketma-ket kelgan unlilarni tushirib qoldirish (salom-salm, bо‘lak-bо‘lk, maktab-makitab); -
sо‘zlarning oxirida kelgan undoshlarni e’tiborga olmaslik; -
qо‘shimchalarning о‘zgarishi, kо‘plik –lar son kategoriyasining о‘rnida birlik shaklining qо‘llanishi (dо‘st-dо‘stlar, stul-stullar, mushuk-mushuklar, daraxt-daraxtlar); -
shakl о‘zgarishida suppletivizmlarning yо‘qligi (odam-odamlar, bola-bolalar, ot-otlar).
Bunda okkazional qо‘shimchalarni tanlash bir xil grammatik ma’nodagi ot shakllarining turlanishida paydo bо‘ladi. Kо‘rinadiki, funksional elementlarning almashtirilib tanlanishi nutqiy vaziyatda doim talab etiladigan funksional kategoriyalar ostida sodir bо‘ladi. Bola nutqida grammatik shakllar ketma-ketligining о‘zlashtirilishi ularning semantik oppozitsiya darajasi bilan belgilanadi. Agar grammatik shakl asosida aniq, semantik qarama-qarshi qо‘yilgan kognitiv rivojlanish yotgan bо‘lsa, u oson farqlanadi. Bu esa bolalarning bosh kelishikdagi birlik va kо‘plik shakllarni farqlash erta о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Tadqiqot natijalariga kо‘ra, okkazional shakllar bilan bog‘liq agrammatizmlar normal bolalar uchun ham, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar uchun ham xosdir.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining xarakterli xususiyatlaridan yana biri bir vaqtning о‘zida nutq grammatik qurilishining ikki usulini о‘zlashtirish xususiyatiga ega:
-
sо‘zlarni bо‘laklarga ajratmasdan, yaxlit holatda о‘zlashtirish (taqlid qilish mexanizmi asosida); -
analiz va sintez mexanizmi asosida sо‘zlarni va uni tashkil etuvchi morfemalarini ajratishni о‘zlashtirish. Bu nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda ancha sekin kechishi belgilangan.
YE.F.Sobatovich [102] nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni (motoralalik) ikki guruhga ajratadi: 1-guruh bolalar nutqida gapning chuqur semantik mazmuni saqlanishi bilan bog‘liq ravishda ularning nutqida tilning morfologik tizimi buzilishi kuzatiladi. Bu guruhdagi barcha bolalar nutqida chuqur morfologik agrammatizmlar mavjudligiga qaramasdan, 2-3 sо‘zdan iborat gaplarni tо‘g‘ri tuzadilar, sо‘zlar orasidagi semantik bog‘liqlik va tartibni tо‘g‘ri ifodalaydilar.
Yuqoridagi misollardan kо‘rinib turibdiki, gaplar tuzilishida tartib saqlangan bо‘lsa ham, sо‘zlar о‘rtasidagi morfologik kо‘rsatkich, sintaktik aloqa bо‘lmaydi. Shu tariqa birinchi guruh bolalar nutqida tilning sintaktik va morfologik tizimining rivojlanish jarayoni о‘rtasida keskin disproporsiya о‘rin egallaydi.
Ikkinchi guruh bolalar nutqida nafaqat tilning morfologik tizimi, balki gapning sintaktik tuzilishidagi buzilishlar ham kuzatiladi. Bunda gap sintaktik strukturasining buzilishi kо‘p hollarda gap bо‘laklarining tushirib qoldirilishi (elmepsis)da, kо‘pincha predikatlarni, sо‘zlarni noodatiy tartibda ifodalash (inversiya)da aks etadi. Bu hatto gapni takrorlashda ham bо‘ladi. Kо‘p о‘rmonda bor (bolalar о‘rmonda kо‘p qо‘ziqorin terishdi); sut tо‘kdi (sutni mushuk tо‘kib qо‘ydi).
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida sintaktik imkoniyatlarning buzilishini mohiyatiga kо‘ra chuqur sintaktik buzilish hamda yuzaki sintaktik buzilishga ajratish mumkin.
Nutqda sintaksisning chuqur buzilish darajasini sо‘z birikmalari semantik komponentlari о‘rtasida (obyektiv, relyativ, atributiv) munosabatlarni о‘zlashtirishda gap ifoda semantik tizimini tashkil etishdagi qiyinchiliklarda paydo bо‘ladi. Yuzaki darajadagi buzilish holati sо‘zlar о‘rtasidagi grammatik bog‘liqlikning buzilishida, gapda sо‘zlarni notо‘g‘ri ketma-ketlik asosida shakllantirish holatlarida paydo bо‘ladi.
Ba’zan nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqiy vaziyatda dastlab bitta gapda 3-5ta о‘zgarmagan о‘zak-sо‘zdan foydalanishadi. Keyinchalik, nutqning rivojlanishi jarayonida ular sо‘z о‘zgartirishni ham egallab oladilar, biroq ular sо‘zlarni biriktirishni eski usullardan foydalangan holda о‘z fikrlarini ifodalaydilar.
Bolaning tilni о‘zlashtirishi, sо‘z tarkibini tahlil qilish jarayoni gapda sо‘zlarni joylashtirish “texnikasi” bilan bog‘liq bо‘lib, 3, 5 va undan kechroq davrlarda kuzatilishi mumkin. Shunga qaramasdan, ba’zi hollarda bolalar sо‘z oxirini grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza oladilar. Sintaksisning boshqa anologik qurilishida esa tо‘g‘ri sо‘z shakli о‘rniga bola sо‘zning shakllanmagan turini yoki ularning fragmentlarini qо‘llashini kuzatishimiz mumkin.
Bolalar nutqining shakllanishida gapni grammatik jihatdan tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri tuzishning uzoq muddat davom etishi nutq dizontogenezining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar sintaktik konstruksiyalar bilan sо‘zlarni bog‘lash zarurligi haqidagi bilimlarga ega bо‘lishlariga qaramay, turg‘un holatda uzoq vaqt sо‘zlarni ma’nosiga mos bо‘lmagan xolda qо‘llaydilar. Nutqi tо‘liq rivojlanmaganligining og‘ir shaklida bolalar uzoq vaqt kelishik qо‘shimchalarining sintaktik mazmunini о‘zgartira olmaydilar: “bо‘tq ye”, “stul о‘tir”(bо‘tqani ye, stulga о‘tir).
Bolalar nutqi patologiyasi haqidagi materiallarda shuni kuzatish mumkinki, bola sо‘zning grammatik tо‘g‘ri shaklini egallash davrida turli leksik va grammatik til birliklaridan foydalanadi. Shu bilan birga, tanlangan sо‘zning grammatik shakli, kо‘pincha, umumiy kо‘rinishda shakllangan leksik-grammatik va sintaktik nutq kо‘rinishiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘langan bо‘ladi.
A.N.Gvozdev, N.X.Shvachkin, M.N.Krasnogorskiy kabi olimlarning ta’kidlashlaricha, meyoriy nutqiy rivojlanish sharoitida 5 yoshli bola amalda morfologiya va sintaksisning asosiy qonunlarini о‘zlashtirgan bо‘ladi. U nafaqat sodda, balki kо‘pgina murakkab gaplarni ham tо‘g‘ri shakllantiradi.
Ammo nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda boshlang‘ich maktab yoshida (7 yoshda) tilning leksik-grammatik vositasi shakllanganligi sezilarli darajada meyordan farq qiladi. Ularda tilning grammatik qonunlarini qо‘llash va о‘zlashtirishda turg‘un buzilishlar kuzatiladi.
Bolalarning faol nutqiy faoliyati rivojlanishining turli darajasida kо‘p qirrali agrammatizmlarning paydo bо‘lishi xarakterlidir (R.YE.Levina, N.A.Nikashina). Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalardagi impressiv agrammatizmlarning paydo bо‘lishi G.I.Jarenkova tomonidan tavsiflangan. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar tomonidan sо‘z shakllari va grammatik qurilmalarning ma’nosini yetarlicha tushunmaslik faol lug‘atning rivojlanmaganligi, nutqiy malakaning tо‘liq emasligi, tilning barcha murakkab grammatik tizimi meyoriy egallanishiga tо‘sqinlik qiluvchi til sezgirligi deb nomlanuvchi qayta ishlashning yо‘qligi oqibatidir.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda agrammatizmlarning paydo bо‘lishi nafaqat og‘zaki nutqda, balki yozma nutqda ham kuzatiladi. Agrammatizmlar nutqi tо‘liq rivojlanmaslikning paydo bо‘lishidagi asosiy va turg‘un bо‘lmagan hodisa hisoblanadi.
A.N.Gvozdevning ta’kidlashicha, ona tilini egallash, turli xil gap turlarini о‘zlashtirish kо‘rinishida sodir bо‘ladi.
M. Gopnik, M. B.Cragolarning ta’kidlashicha, og‘ir nutq nuqsonlariga ega bolalar nutqining grammatik jihatini egallashlari sust kechadi, bolalar sо‘z oxiridagi kо‘plik, zamon tushunchalarini ifodalovchi qо‘shimchalarni kо‘p xollarda tushirib qoldiradilar. Friedmann va Novogrodsky, Van der Lelylarning tadqiqotlarida ushbu toifadagi bolalar nutqning sintaksis va semantik tomonlarini egallashlaridagi qiyinchiliklari belgilangan. Smith-Lockning ilmiy izlanishlarida og‘ir nutq nuqsonlariga ega bolalar nutqi meyorda rivojlanuvchi bolalarga nisbatan gaplardagi sо‘zlarni grammatik jihatdan moslashtirish kо‘nikmalarning kech rivojlanishi bilan xarakterlanishi keltirib о‘tilgan.
Marc E. Fey, Patricia L. Cleave va Steven H. Long tomonidan о‘tqazilgan tadqiqotlarda mazkur guruh bolalari nutqining grammatik tomonidagi kamchiliklar taxlil etilib, ularni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab о‘tilgan.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda kichik maktab yoshida ham gap tarkibiga kiruvchi lug‘at boyligi ortishi mumkin, ammo nutqda sо‘zlarni hatto sodda gaplarda ham bir-biri bilan bog‘lash yetarlicha shakllanmagan bо‘ladi.
Bolalar nutqida asosan hodisalarning ketma-ketligi yoki ularning qarama-qarshi bog‘lanishi ifodalanadi. Buning uchun bolalar rasmda tasvirlangan hodisalarni tasvirlashda gaplar zanjiridan foydalanishadi.
Sо‘zlarni grammatik kategoriyalariga kо‘ra farqlashda bola turli xil tuzilishdagi gaplarni о‘zlashtirishda, eng avvalo, tilning leksik tarkibini adekvat tushunish va qо‘llashga tayanadi. Ammo lug‘at boyligining rivojlanish kо‘rsatkichi, leksik va grammatik mazmunlarni egallash darajasi sifatida muhim bо‘lib, gapda sо‘zlarning о‘zaro munosabati va bu munosabatlarni aks ettirish vositasi majmui sifatida namoyon bо‘ladi.
Sо‘zlarni farqlash va amaliy qо‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ularning grammatik shakl va sо‘zning gap tarkibidagi grammatik о‘zgarishiga bog‘liq ravishda normada ancha erta egallanadi. Bola sо‘zlarni juda tez turli shaklda ifodalash, ularni grammatik kategoriyalari belgilariga kо‘ra qо‘llash va farqlashni о‘rganadi.
Kо‘pgina olimlar bolalar nutqida avval, ot va fe’llarni aks ettiradi, keyinroq esa, ularda tilning morfologik tizimi shakllanadi deb ta’kidlaydilar.
Sо‘zlarni gaplarda tо‘g‘ri bog‘lash uchun nutqi tо‘liq rivojlanmagan о‘quvchilar nafaqat moslashtirish qoidalarini, balki boshqaruvni ham yaxshi egallashi kerak. Barcha otlar sо‘z birikmasi va gaplarda faqat ma’lum kelishik qо‘shimchalari va qо‘shimchalarsiz berilishi mumkin.
Sо‘zlar о‘rtasidagi rasmiy sintaksis qurilish usuli an’anaviy lingvistikada boshqaruv nomini oldi.
Boshqaruv, deyarli doimo ma’lum mazmunni beruvchi vosita hisoblanadi. Masalan, xat yozmoq, qalam bilan yozmoq yoki akamga yozmoq, turli kelishiklarda nafaqat bir sо‘z ikkinchisiga “bо‘ysunishi” vositasi bо‘lmay, yangi turli ma’nolarni hosil qiladi. Shuning uchun boshqaruvchi sо‘zlarni ma’lum ma’noni berishi yuzasidan kelishik qо‘shimchalari bilan qо‘llash sifatida qarash kerak.
Qо‘shimchalarni notо‘g‘ri qо‘llash, nutqning grammatik jihatdan qurilishining buzilishi barcha turdagi nutqiy kamchiliklarga xos hisoblanadi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik jihatdan rivojlanish xususiyatlarini nutq holatini normadagi ma’lumotlar bilan solishtirish natijasida bolaning nuqsonli nutq fazasini belgilash, til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash, tashxis qо‘yish hamda ular bilan korreksion-pedagogik ishlarni tо‘g‘ri tashkil etish uchun muhimdir.
Demak, yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni maxsus о‘qitish natijasida ularda til tizimidagi nutqiy munosabatlar shakllanadi, sodda va ancha keng tarqalgan murakkab gaplar о‘zlashtiriladi. Maktab yoshiga yetganida esa, о‘z nutqida sodda (4-6 sо‘zli), keng tarqalgan gaplarni qо‘llashga о‘tadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan о‘quvchilar murakkab gaplarni nafaqat nutqda qо‘llashga, balki ularni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzishga ham о‘rganishadi. Bu esa, nafaqat muloqot qilishning osonlashganini, balki ularning ona tilini о‘zlashtirib borayotganligidan ham dalolat beradi.
Nazorat uchun savollar.
-
Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishini shakllanishi. -
Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda bog’lanishli nutqni shakllanishi.
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
1-Mavzu: Nutqiy va psixik me’yor va patologiya tushunchasi
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda nutqning normada va patologiyada farqlash tushunchalari haqidagi bilimlarini umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
-
Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). -
Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). -
Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. -
Ontogenez va disontogenez tushunchalarini yoriting. “Venn” diagrammasi asosida (3-ilova)
1-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Nutq nima? Uning mohiyati nimadan iborat?
2-ilova
Rangli kartochkalar
№ 1. Bolalarda nutqning lug‘at tomonini ontogenez va disontogenezda rivojlanishi mohiyatini ochib bering. |
№ 2. Bolalarda nutqning talaffuz tomonini ontogenez va disontogenezda rivojlanishi mohiyatini ochib bering. |
№ 3. Bolalarda nutqning grammatik tomonini ontogenez va disontogenezda rivojlanishi mohiyatini ochib bering. |
3-ilova
“Venn”diagrammasi
Ontogenez va disontogenez tushunchalarini yoriting.
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Tilni tizimli tuzilishi haqida tushuncha
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarni nutqning anatomik-fiziologik mexanizmi bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
-
Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). -
Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash. Analizatorlar faoliyatini yoritish va “Venn” diagrammasida mustaxkamlash (2-3-ilovalar). -
Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
1-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
-
Nutq so’zini izoxlab bering. -
Nutq apparati necha qismdan iborat? -
Nutq apparati va uning qismlari vazifalarini izohlang. -
Bola nutqining rivojlanishi uchun qanday sharoitlar bo`lishi kerak? -
Bola nutqining rivojlanishida ko`rish, eshitishning roli qanday?
2. Amaliy topshiriqlar.
-
Nutq harakat analizatori. -
Nutq kо‘ruv analizatori. -
Nutq eshituv analizatori.
( izoh: mazkur topshiriq yozma amaliy ish sifatida yoziladi, bajarilgan ish taqdimoti o’tkaziladi topshiriladi.)
3. Amaliy topshiriq.
-
Artikulyatsiya apparati organlarining kesimi rasmini chizing. (3-rasmga qarang). Uning barcha tarkibiy qismlarini rangli qalamlar bilan boyang. -
Artikulyatsiya organlarining kesimi rasmini chizing. Uning barcha harakatchan qismlarini bir xil rang bilan bo`yang (guruhlarga vatmanlar taqdim etiladi)
2.1.-ilova
“Venn”diagrammasi.
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Bolalar nutqning rivojlanishini davrlashtirish
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda bolalar nutqning rivojlanish xususiyatlari haqidagi bilimlarini umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
-
Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). -
Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). -
Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. -
G.L. Rozengar-Pupko, L.N. Leonteva materiallari asosida ontngenez jarayonida bola nutqining rivojlanish davrlarini taqqoslang. “Venn” diagrammasi asosida (3-ilova)
1-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Bola nutqining rivojlanishi necha davrni o‘z ichiga oladi? Uning mohiyati nimadan iborat?
2. G.L. Rozengrad-Pupko nutq rivojlanishini qanday davrlarga ajratdi?
3. A.N. Leontev bola nutqining rivojlanishini qanday davrlarga ajratdi.
2-ilova
Rangli kartochkalar
№ 1. Nutq rivojlanishida tayyorgarlik davrining mohiyatini ochib bering? |
№ 2. Nutq rivojlanishida bog‘chagacha bo‘lgan davr mazmunini yoriting. |
№ 3. Nutq rivojlanishida maktabgacha bo‘lgan davr mazmunini yoriting. |
№ 4. Nutq rivojlanishida maktab davri mazmunini yoriting. |
3-ilova
“Venn”diagrammasi.
G.L. Rozengar-Pupko, L.N. Leonteva materiallari asosida ontngenez jarayonida bola nutqining rivojlanish davrlarini taqqoslang
6-ilova
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: So’zni tovushli shaklini o’zlashtirish
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda so’zni tovushli shaklini o’zlashtirish haqidagi bilimlarini umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
-
Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). -
Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). -
Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Fonematik eshituv- bu…..
2. Fonematik idrok so`ziga ta`rif bering.
3. Nutqiy eshituv so`zini izohlab bering.
4.Nutqni idrok etish qachondan boshlanadi?
5.Fonetik-fonematik buzilish nima?
Amaliy topshiriq
Jadvalni to`ldiring.
Bosqich | Ta`rifi |
Tayyorgarlik (1 yoshgacha) | |
Maktabgacha (1-3yoshgacha) | |
Maktabgacha (7 yoshgacha) | |
Maktab yoshi (7-17) | |