Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 485

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
– bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Тadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.

Davlat — foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.

Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.

Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat. Narxlar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Тalab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar, o’z navbatida, narxlardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;

  • tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

  • raqobat kurashning mavjudligi;

  • davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;

  • korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.

Klassik (mumtoz) yoki sof bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari:

a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish;

b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi;

v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning

shaxsiy erkinligi;

g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;

d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat

kurashlari asosida tartiblanishi;

ye) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.

Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, ХIХ asrning oxiri va ХХ asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:

a) mulkchilikning turli shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;

b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi;

v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki;

g) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi; (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);

d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi.

Bozor iqtisodiyotida yuqorida ko’rsatilgan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.

3.2. Bozor iqtisodiyotining muammolari, afzalliklari va ziddiyatlari.


Bozor iqtisodiyotiga yo’l tutgan har qanday mamlakat bu iqtisodiyotning qanday amal qilishini tushunib olish va oldiga qo’ygan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun iqtisodiyotning umumiy muammolari bo’lgan bir qator savollarga javob topishi zarur.

(1) Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?

(2) Qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur?

(3) Kim uchun ishlab chiqarish zarur? - kabi har doim bo’ladigan umumiy muammolar shular jumlasidandir.

Agar bu savollarni umumiy ravishda qo’yib, unga taraqqiyotning hamma bosqichlariga hos bo’lgan umumiy javoblarni lo’nda qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:

(1) aholi ehtiyoji uchun zarur turda va miqdorda tovar va xizmat ishlab chiqarish;

(2) mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarish;

(3) aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish deb javob berish mumkin.


Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga o’zgacha javob beriladi. Bu javoblar bozor iqtisodiyotining o’ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.

Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog’liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga javob berishda korxona zarar ko’rmaslik va foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qilishni hisobga olib xulosa chiqarishimiz zarur.

Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabining alohida muhim rolini ta’kidlash lozim. Iste’molchilar pul daromadlarini sarflash orqali tovarlar bozoriga talab bildiradi. Agar bunday talab bildirish yetarli darajada ko’p miqdorda to’plansa, korxona shu mahsulotni ishlab chiqarishga tayyor bo’ladi. Iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi korxonaning zarar ko’rishiga va vaqti kelib qiyin ahvolga tushib qolgan tarmoqning qisqarishiga olib keladi.

Qisqasi, iste’molchi o’zining maqbul ko’rishini mahsulotlar bozoriga bildiriladigan talab shaklida namoyon qiladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining manfaatlarini ta’minlash uchun shu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul to’lash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo’lgan miqdorda va turda tovarlar ishlab chiqaradi va resurslarni yetkazib beradi.

Тovarlar qanday ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga hos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:

- alohida tarmoqlar o’rtasida resurslar qanday taqsimlanishiga;

- ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira olishiga;

- har bir korxona resurslarning qanday uyg’unlashuvini va qanday texnologiyani tanlashiga.



Bozor iqtisodiyotining e’tborga molik quyidagi afzalliklari bor:

1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi.

2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.

3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, sustqashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko’plab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:

- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining yuqori darajasi;

  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;

  • turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;

  • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

  • cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.

Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari shundaki, bozor iqtisodiyoti o’zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud.

1) Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat — bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi.



2) Bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi.

Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.

Тovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi va bu - pulning qarsizlanishi - inflyatsiya bilan birga boradi.

Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:

- atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;

- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo’qligi;


- mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi;

- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi;

- rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning pasayishi va inflyatsiya jarayonlarining mavjudligi.


3.3. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari, uning turlari va tuzilishi.



Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.

Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi.

Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o’xshab ko’rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o’ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko’p qirrali bo’lib, mazmuni o’zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.

Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e’lon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug’ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo’ldi.

Demak, bozor - bu ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g’indir, u jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.

Bozorning asosiy belgilari:

  • sotuvchi va xaridorlarning o’zaro kelishuvi;

  • ekvivalentlilik tamoyili asosida ayirboshlash;

  • sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;

  • pul to’loviga qodir bo’lgan xaridorlarning talabini qondirish;

  • raqobatchilikdan iboratdir.

Umuman, bozor – bu ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to’rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari)dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu ro’z ham ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda mavjud bo’lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo’li gul ishlovchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, ishchi kuchi pulga sotiladi va sotib olinadi.


Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o’z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo’lib xizmat qiladi.

Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o’zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, manbalarda bozorning boshqa ko’plab qo’shimcha vazifalari ham keltirilib, ularga iqtisodiyotni tartibga solish va sog’lomlashtirish, rag’batlantirish, narxni tashkil etish, nazorat qilish, integratsiyalash, axborot berish, vostitachilik, tejamkorlik va bozor sub’ektlarining manfaatlarini ro’yobga chiqarish kabilar ham kiradi.



Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.

Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (mumtoz, erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi.

Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi.

Erkin (mumtoz) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi.

Hozirgi zamon rivojlangan bozori — bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi.

Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin:

mahalliy bozorlar (Тoshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, Yangibozor, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar);

milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Хitoy bozori va boshqalar);

hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo bozori, Ғarbiy Yevropa bozori);

jahon bozori.

Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.

Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdo to’g’risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Тurli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo’jaliklaridir.

Shuningdek, dehqon bozori savdosi ham muhim o’rin tutadi. Dehqon bozorida savdoni, alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo’jaliklari hamda boshqalar amalga oshiradi.

Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida – o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Ishchi kuchi bozorining aniq namoyon bo’lish shakllaridan eng muhimi — mehnat birjasidir.
Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro’yxatga oluvchi muassasa.

Moliya bozori. Bu bozor turli-tuman va ko’p jihatli bo’lsa ham, oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog’ozlar) hisoblanadi va turli xil shakllarda bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag’lar kamyobligini sezgan sub’ektlarga taklif qiladi.

Qimmatli qog’ozlar bozorida aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda korporatsiyalarning aksiya va obligatsiyalaridan iboratdir. Bu bozorda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo’ladi.


3.4. Bozor infratuzilmasi.



Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir.

Unga ombor xo’jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug’urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo’g’inini tashkil qilib, ularga ma’lumotlarni to’plash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.

Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo’lib, ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.

Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar muhim o’rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz.

Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Тovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatli qog’ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o’rtasida turib, unga bo’lgan talab va taklifni bir-biriga bog’laydi.

Auksionlar - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro’yxati bo’yicha, ommaviy sotuvga qo’yish yo’li bilan o’tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o’tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro’yxatda ko’rsatilgan tartibda savdoga qo’yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.

Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi bo’lib, ular ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi.

Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadigan bo’lsa, chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va supermarketlardan iborat bo’ladi.

Supermarket - bu xaridorning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatadi.

Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega.