Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 509

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

7.2. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli.



Ishga yollash bo’yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, normadan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o’zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni o’z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi.

Ko’pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo’ladi.

Ko’pchilik bozorlarda ishchilar o’zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo’lib «sotadi». Kasaba uyushmalari nisbatan ko’p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo’ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo’llar bilan erishishi mumkin.

1. Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai nazaridan ish haqini oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga bo’lgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi o’rinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o’zgartirish yo’li bilan ishchi kuchiga bo’lgan talabni ko’paytirish mumkin. Хususan, ular quyidagilarga erishishga harakat qiladi: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmatga talabni oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o’zgartirish.

2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini qisqartirish yo’li bilan ish haqi stavkasini oshirishi mumkin. Bunga quyidagi yo’llar bilan erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehnatini qisqartirish; v) pensiyaga muddatida chiqishni qo’llab-quvvatlash; g) ish haftasini qisqartirishga yordam berish.

Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni o’z a’zolarini ishga yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to’liq nazorat o’rnatadi. Kasaba uyushmalari o’z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli o’qitish, yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o’z navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib keladi.

3. Kasb bo’yicha malaka darajasini litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko’rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi. Bu talablar o’z ichiga ishchining ta’lim darajasi, mutaxassislik bo’yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi.

4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo’lgan tadbirkorlarga qarshilik ko’rsatish yo’li bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishishi mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bog’liq qo’shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash natijasida olinadigan qo’shimcha mahsulot hajmidan ortiq bo’ladi.

Kasaba uyushmalari o’zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi mumkin.

Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o’zida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo’yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to’lovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko’rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo’lgan davlatlarda aholining ijtimoiy–iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


7.3. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.

Mamlakatimiz iqtisodiy o’sishini ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda, mamlakatni modernizatsiyalashda agrar soha muhim rol o’ynaydi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo ishlab chiqariladi.

Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.

Bizning mamlakatimizda esa yer davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatli ijara sifatida foydalanishga berilayapti.

Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar - yer, o’simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.

Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin.

Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.

Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan, masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.

Yerdan olinadigan hosil ko’proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo’lib, asosiy rolni o’ynaydi. Qishloq xo’jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari shirkat, fermer, dehqon xo’jaligi shakllarida bo’lib, ularda turli iqlim va tuproq sharoitlarida ishlab chiqarish olib boriladi.

Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi.

Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo’lmaydi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko’proq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi.

Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilg’i va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida aylanma kapitalning ko’pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’ladi.



Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning muhim vazifasidir.

Тabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bevosita ko’payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligida turli ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi.

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g’alla o’rish kombaynlari, paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig’im-terim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida mehnatning kapital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo’lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.

O’zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli yerga bo’lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.

Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».1

Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo’lishi shart emas. Real xo’jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko’pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo’jaliklari amalga oshiradi.
7.4. Renta munosabatlari.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Тyurgolarning ilmiy asarlarida ko’rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar.

Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig’i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
mutloq (absolyut) yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.

Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi:

Birinchidan, samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi.

Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo’jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi.

Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.

Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.

Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday yer uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan yer uchastkalari mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo’ladi. Differensial renta I ning hosil bo’lishini shartli misol yordamida ko’rib chiqamiz (10-jadval).
10-jadval

Differensial renta I ning hosil bo’lishi


Yer uchast-kasi

Ijti-moiy ishlab chiqarish xarajat-lari (so’m)

O’rtacha foyda (so’m)

Ijti-moiy qiymat (so’m)

Yalpi mahsu-lot (tonna)

Mahsu-lotning indivi-dual qiymati

(so’m)

Ijti-moiy qiymat – bozor narxi (so’m)

Yalpi sotil-gan mahsu-lot (so’m)

Dif-feren-sial renta I

(so’m)

A

8000

2000

10000

20

500

500

10000

-

B

8000

2000

10000

25

400

500

12500

2500


Differensial renta II xo’jaliklarni intensiv (jadal) rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi (11-jadval).

Misolimizda yerga qo’shimcha 5 ming so’m xarajat sarf qilish natijasida qo’shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo’shimcha olingan 10 ming so’m daromad differensial renta
II ni tashkil etadi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi.
11-jadval

Differensial renta II ning hosil bo’lishi



I/ch

davri


Ishlab chiqarish xarajatlari

(so’m)


Yalpi mahsulot (tonna)

1 tonna mahsu-lotning indivi-dual qiymati

(so’m)

1 tonna mahsu-lotning ijtimoiy qiymati

(so’m)

Sotil-gan mahsulot summasi, so’m

Qo’shimcha mahsulot, ya’ni dif-feren-sial renta II, so’m

1-yil

10000

20

500

500

10000

-

2-yil

15000

40

375

500

20000

10000


Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo’jaliklar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo’lganligi sababli uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to’planishi lozim. Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi mantiqan to’g’ri bo’ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentaning hosil qilishda o’z hissasini qo’shadi, ya’ni transport yo’llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag’lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’g’itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo’lgan davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida taqsimlanadi.