Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 487

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Absolyut (mutloq) renta. Ko’pgina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g’ri keladi. Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Yerga bo’lgan bu mulkchilik (shaklidan qat’iy nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi.

Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun oladigan to’lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.

Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta – bu boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadigan yerlardan olinadigan rentadir. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.

Faqat qishloq xo’jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Хuddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi.

Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi.

Ijara haqi quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to’lanadigan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:

.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob’ekti emas, balki oldi-sotdi ob’ekti hamdir. Yer ham qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi?

Yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

,

bunda B - yer narxi;

R - renta;

rў - ssuda foizi me’yori.

Faraz qilaylik, R – 15 ming doll., rў = 5%. Bunda B=300 ming doll. ga teng bo’ladi. Yer egasi faqat shu narxdagina yerini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi. Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda yerning narxi o’sib boradi.
7.5. Agrosanoat integratsiyasi va O’zbekistondagi agrar islohotlar.
Agrosanoat integratsiyasiqishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash sanoat tarmoqlari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.

Agrosanoat majmuasi (ASM)bu qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir.


ASM to’rtta sohani o’z ichiga oladi:

Birinchi soha - qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko’rsatish bilan band bo’lgan tarmoqlar;

Ikkinchi soha – qishloq xo’jaligining o’zi;

Uchinchi soha – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish);

Тo’rtinchi soha - odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infratuzilma (yo’l-transport xo’jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi)dan iborat.

Тadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.

Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin.

Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma’lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonalardir.

Agrofirmalar ham qishloq xo’jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.

Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir necha xo’jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.

Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi.
O’zbekistonda agrar islohotning negizi yerga bo’lgan mulkchilik masalasidir. Respublika Konstitutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi ta’kidlangan.

Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo’yish orqali erishish ko’zda tutilgan.

Respublikada yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. Buni bizdagi dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi. Bu xususiyat faqat sug’oriladigan yerlarga xosdir. Respublikada barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko’prog’i (4,2 mln.ga) sug’oriladigan yerlar bo’lib, uning yarmidan ko’prog’i yaxshi meliorativ holatda, qolgan yerlar esa melioratsiya ishlari (qayta o’zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish)ni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug’orib kelingan har gektar yerni qayta o’zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko’p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o’zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga, qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.

Qishloq xo’jaligini isloh qilishning muhim yo’nalishi – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug’oriladigan yerlarni shaxsiy xo’jaliklar va bog’-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo’li bilan aholini yer bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu ko’rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga va to’rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko’lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo’lindi.



Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo’nalishi – bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bunda xo’jaliklarga ekin maydonlari tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash huquqi beriladi. Masalan, don mustaqilligiga erishish va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashni tiklash yo’li izchil amalga oshirilishi natijasida donli ekinlar maydoni ancha kengaydi, paxta ekiladigan maydonlar esa tegishli ravishda qisqardi.

Respublikada agrar islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi yo’nalishi barcha davlat va shirkat qishloq xo’jalik korxonalarini (birinchi navbatda zarar ko’rib ishlayotganlarini) fermer xo’jaliklariga aylantirishdan iboratdir.

Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g’oyat muhim yo’nalish – qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini bo’shatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat ko’rsatish sohalariga) jalb etishdan iboratdir.

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kundagi ustuvor yo’nalishidir.
Тakrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi?

2. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida o’zgaradi?

3. Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz?

4. Kasaba uyushmasi nima va uning qanday turlari mavjud?

5.Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rnini ko’rsatib bering.

6.«Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izohlang.

7.Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.

8.Monopol renta nima?

9.Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring.

10.Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasiga oid hayotiy misollar keltiring.

8-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy

ko’rsatkichlari. Yalpi talab va yalpi taklif.

Reja:

8.1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.

8.2. Milliy mahsulotning mazmuni va uning harakat shakllari.

8.3. Yalpi ichki mahsulot va uni hisoblash usullari.

8.4. Yalpi talab va yalpi taklif, ularning tarkibi.
Тayanch iboralar: makroiqtisodiyot, milliy hisoblar tizimi, yamm, yaim, smm, milliy daromad, shaxsiy daromad, nominal va real yaim, qo’shilgan qiymat, oraliq va pirovard mahsulot, xufyona iqtisodiyot, yalpi talab, yalpi taklif, iste’mol, unumli iste’mol, jamg’arish, iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik, iqtisodiy jamg’arish, investitsiya, investitsion faoliyat, investitsiyalar samaradorligi.
8.1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning

makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

Milliy iqtisodiyot - bu barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo’jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasidir.

Milliy iqtisodiyotni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi tarixiy, tabiiy-geografik, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ko’ra quyidagi sodda tarkibiy tuzilishda (21-chizma) bo’ladi.

Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

  • mavjud bozor kon’yunkturasi;

  • bozorlar sig’imi va monopollashuv darajasi;

  • mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki;

  • ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi;

  • fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari;

  • ishlab chiqarish resurslarining sifati;

  • hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi;

  • ekologiya holati.



Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi.


Makroiqtisodiyotbu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi.

Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo’lib alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo’lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.

Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat.

Mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig’idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.

Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpiichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.

Bu ko’rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
8.2. Milliy mahsulotning mazmuni va harakat shakllari
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko’payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to’xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarishni bir zumga ham to’xtatib bo’lmaydi, chunki u bir-birlari bilan o’zaro bog’lanib ketgan turli ishlab chiqarish jarayonlari o’rtasidagi aloqalarning uzilishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishiga va jamiyat a’zolari ehtiyojlarining qondirilmay qolishiga olib kelishi mumkin.

Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.

Oddiy takror ishlab chiqarishbu ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko’proq faqat o’z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo’lgan.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishbu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.


Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, uning hajmini aniqlash, tarkibi va harakat shakllarini o’rganish doimiy ravishda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy muammolaridan biri bulib hisoblanadi.

Yalpi ichki mahsulot (YaIM) - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir. U moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy samarasi bo’lib hisoblanadi.

Yalpi milliy mahsulot (YaMM) bilan yalpi ichki mahsulotning farqi shundaki, yalpi milliy mahsulotga har bir mamlakat ichidagi va boshqa turli mamlakatlardagi korxonalarida va qo’shma korxonalarida vujudga keltirilgan mahsulotlar (shu mamlakat hissasiga to’g’ri keladigan qismi) hisobga olinadi, ya’ni YaMM ko’rsatkichiga sof eksport kiradi (22-chizma).




Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish

Chet ellardagi

milliy

korxonalar

mahsuloti


Хorijiy

korxonalar

mahsuloti


Milliy

korxonalar

mahsuloti



2 trln.so’m



10 trln.so’m


3 trln.so’m


22-chizma. YaMM va YaIM o’rtasidagi tarkibiy nisbatlar

Demak, chizmadan ko’rinadiki, mamlakat YaMM (M2 + M3) 13 trln. so’mni, YaIM esa (M2 + M1) 12 trln. so’mni tashkil etadi.

YaMM va YaIM o’rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YaIMning ±1%ni tashkil etadi. BMТ statistika xizmati asosiy ko’rsatkich sifatida YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSh va Yaponiyada YaMM ko’rsatkichi qo’llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YaIM ko’rsatkichini qo’llay boshladilar.

Hozirgi paytda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o’rinlarda yalpi ichki mahsulot to’g’risida so’z yuritamiz.

Jami ijtimoiy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulot o’rtasidagi farqni aniq tushunish uchun 12-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.

Bundan ko’rinib turibdiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi.

Demak, YaIM - milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi.

Qo’shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar, yonilg’i, moylash materiallari, energiya va boshqa inventarlar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymatidir.

12-jadval

Ishlab chiqarilgan milliy mahsulotning tuzilishi

(shartli raqamlar misolida)


Izchil tarmoqlar

Хomashyo,

yonilg’i,

materiallar

Qo’shilgan qiymat

Yalpi ichki

mahsu-lot

Jami ijti-moiy

mahsu-lot

Amorti-zatsiya

Ish haqi

Тo’langan soliqlar va to’lovlar

Foyda

Iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s)

Zaruriy mahsu-lot (v)

Qo’shimcha mahsulot

(m)

Paxta ishlab chiqarish

40

30

30

20

20

100

140

Paxtani qayta ishlash

140

40

50

25

30

145

285

Тo’qimachilik

285

50

60

30

40

180

465

Тikuvchilik

465

45

50

35

30

160

625

Jami

930

165

190

110

120

585

1515




s=1095

v=190

m=230

585

1515