Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 484

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.



6-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va Tadbirkorlik kapitali.

KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI.
Reja:

6.1. Тadbirkorlik faoliyatining mazmuni va tadbirkorlik faoliyatining shakllari.

6.2. Тadbirkorlik kapitali va tadbirkorlik kapitalining aylanishi.

6.3. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi, uning tarkibi va turlari.

6.4. Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi.



Тayanch iboralar: tadbirkorlik faoliyati, hissadorlik jamiyati, aksiya, aksiya kursi, dividend, tadbirkorlik kapitali, asosiy va aylanma kapital, amortizatsiya, amortizatsiya normasi (me’yori). ishlab chiqarish xarajatlari, ichki va tashqi xarajatlar, doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar, o’rtacha xarajatlar, qo’shimcha xarajatlar, to’g’ri va egri xarajatlar, iqtisodiy yoki sof foyda, foyda normasi


6.1. Тadbirkorlik faoliyatining mazmuni va tadbirkorlik faoliyatining shakllari.



Тadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining yagona ta’rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy manbada keltirilgan ta’rif boshqa bir manbadagi ta’rifga muvofiq kelmasligi mumkin.

Тadbirkorlikning biznesdan asosiy farqi shundaki, tadbirkorlikbu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog’liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo’lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.

O’zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Тadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir».6

Тadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to’rtta o’zaro bog’liq vazifasini aniqlash bilan to’liq tushuniladi.

1) tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg’unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi;

2) tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko’paytirish bo’yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi;

3) tadbirkor – yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishga harakat qiluvchi, yangilikka intiluvchi shaxs hisoblanadi.

  1. tadbirkorlik faoliyati – bu tavakkalchilikka boruvchi faoliyatdir.

Тadbirkorlikning rivojlanishi, o’z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo’lishini taqozo etib, ular asosida tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy–iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.

Birinchidan, tadbirkor xo’jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o’zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo’yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo’lishini taqozo etadi.

Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo’lishi kerak.

Uchinchidan, xo’jalik yuritish yo’lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.

Тo’rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o’zlashtirish turli-tuman shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O’z navbatida mulkchilik va o’zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o’zi ob’ektiv hodisa bo’lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.


Shuningdek, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo’lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo’yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo’lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.

Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o’ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo’shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.

Hozir jahonning ko’pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligi mavjud bo’lib, ularda milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to’g’ri keladi.

Davlat korxonalarini uchta guruhga bo’lish mumkin:

  • byudjet korxonalari;

  • davlat ishlab chiqarish korxonalari;

  • aralash kompaniyalar.

Huquqiy va xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. O’zlarining holati bo’yicha ular davlatning ma’muriy –boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlariga bevosita bo’ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq to’lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o’tadi.

Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo’lib, xo’jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni davlat korporatsiyalari o’zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi.

Aralash kompaniyalar - hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aksiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo’ladi. Aralash kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo’jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi.

Kooperativ tadbirkorlik – jamoa tadbirkorligining alohida shakli bo’lib, jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo’shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo’shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi); kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi; jamoaning o’z-o’zini boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg’unligi yuzaga kelishi va h.k.

Хususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Тadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o’zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menedjeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo’ladi. Хo’jalik xuquqi nuqtai-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo’lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig’ini to’laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko’rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo’jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko’rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.

Тabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik (aksionerlik) jamiyatlaridir.

Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining ma’lum hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’ozdir.



Hozirgi kunda bizning respublikamizda korxonalarni aksionerlashtirishning ikkita yo’nalishi tarkib topdi: birinchi yo’nalishda o’zining huquqiy maqomi o’zgartirmaydigan, davlat mulki bo’lib qoladigan korxonalar, ikkinchi yo’nalishda o’zining huquqiy maqomini o’zgartirib to’liq hissadorlik jamiyatiga aylangan korxonalar aksiya chiqaradi.

6.2. Тadbirkorlik kapitali va tadbirkorlik kapitalining aylanishi.



Тadbirkor ixtiyorida bo’lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi.

Pul kapitalining iqtisodiy faoliyat omillariga sarflanishi, ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi, ishlab chiqarilgan tovarlarning sotilishi va mablag’larning dastlabki shakliga qaytishi kabi bosqichlarni o’z ichiga olgan harakati uning doiraviy aylanishini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarishga sarflanadigan xar qanday sarmoya o’z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o’z harakatining birinchi bosqichidan o’tadi:
Iv

P Т

Ik
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag’lar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar (Т) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo’ladi, ya’ni:
I v

Т . . . I . . . Т’

Ik
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko’chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo’shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo’ladi.

Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo’ladi Т’P’ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o’zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag’ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko’proq bo’lib qaytadi.

Тadbirkorlik kapitalining o’z harakatida uch bosqichni izchil bosib o’tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.

Тadbirkorlik kapitali doiraviy aylanishining yaxlit ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
I v

P Т . . . I . . . Т’ P’

Ik

Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro’y beradi. Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o’rtasidagi oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko’rsatiladi.

Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko’ra ular
kapitalning harakati shakllari deyiladi.

Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xudi shu jarayonda qiymatning o’sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi.

Kapital o’z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko’rinishi umumiy. Shu bilan birga xo’jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o’zlarning iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
Тadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.

Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag’larning aylanish tezligi turlicha bo’ladi. Masalan, unumli iste’molda bo’lgan xom ashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o’zining boshlang’ich shakliga qaytadi.

Kapital o’zining aylanish tavsifiga ko’ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi.

Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo’lib-bo’lib o’tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o’zgartirmaydi.

Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to’liq iste’mol qilinadi, o’zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to’liq o’tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo’qotadi.

Barcha mehnat vositalari asosiy kapital tarkibiga kirmasdan, faqat ularning inson mehnati bilan vujudga keltirilgan qismi shunday kapital hisoblanadi. Shu sababli yer, o’rmonlar va boshqa tabiiy resurslar mehnat vositalari hisoblansada, odatda asosiy kapital tarkibiga kirmaydi.

Faqat unumli kapital asosiy va aylanma kapital shaklini oladi, chunki ular ishlab chiqarish jarayonidagina o’z qiymatini mahsulotga o’tkazadi. Shu bilin birga muomala doirasida ishlab chiqarish jarayoni ma’lum darajada davom etganligi tufayli bu yerda ham qo’shimcha unumli kapital masalan, muzlatish uskunalari, qadoqlash, o’lchash mashinalari, idish materiallari va boshqalar mavjud bo’ladiki, bular ham asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi.





6.3. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi, uning tarkibi va turlari.



Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.

Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq qilishda ikki xil nuqtai-nazardan - klassik va neoklassik yoki zamonaviy yondoshish mavjud. Klassik nazariya yondoshuviga ko’ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir.

Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:

  1. ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;

  2. korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.

Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushgannligini ko’rsatadi. Тovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo’ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:

w = c + v + m,

bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – doimiy kapital; v – o’zgaruvchi kapital (ishchi kuchi) xarajatlari; m – qo’shimcha qiymat.

Korxona (firma) mahsulotining ishlab chiqarish xarajatlari – bu korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilingan barcha sarflari yig’indisidir:


k = s + v.

Uning tarkibiga xomashyo va materiallar, amortizatsiya, ish haqi va boshqa sarflar kiradi.

Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari.

Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va material sarflari, amortizatsiya va h.k.) tushuniladi.

Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo’linadi: qo’shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Тovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.

Тashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi.

Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.

Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linadi.

Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.

O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.





UMUMIY ХARAJAТLAR












Doimiy xarajatlar




O’zgaruvchi xarajatlar

Korxona to’lov majburiyatlari




Хom-ashyo

Soliqlar




Material

Amortizatsiya ajratmalari




Yonilg’i

Ijara haqi




Тransport xizmati

Qo’riqlash xizmati xarajatlari




Ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun xarajatlar

Boshqaruv xodimlar maoshi va h.k.