Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 491

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.



9- mavzu. ISTE’MOL, JAMG`ARMA VA INVESTITSIYALAR.

Iqtisodiy o’sish va milliy boylik.

Reja:

9.1. Iste’molning mazmuni va turlari, jamg`rmaning mazmuni va manbalari.

9.2. Investitsiyalarning mazmuni va O’zbekistonda investitsion faoliyat.

9.3. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, mezonlari va ko’rsatkichlari.

9.4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.

Тayanch iboralar: iste’mol, unumli iste’mol, jamg’arish, iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik, iqtisodiy jamg’arish, investitsiya, investitsion faoliyat, investitsiyalar samaradorligi. iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy o’sish, iqtisodiy o’sish mezoni va ko’rsatkichlari, ekstensiv va intensiv (jadal) iqtisodiy o’sish, milliy boylik, moddiy–buyumlashgan boylik, tabiiy boylik, ma’naviy boylik.
9.1. Iste’molning mazmuni va turlari, jamg`rmaning mazmuni va manbalari.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg’arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.

Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.

Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.

Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog’liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.

Alohida shaxsning o’z ixtiyorida bo’lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo’lib iste’mol qilishga kiradi.

Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.

Iste’mol sarflaribu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismidir. Aholi o’z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o’rtasida tanlovni amalga oshiradi.

Jamg’armabu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishidir. Uning hajmi barcha xo’jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi, ya’ni D=I+J bulsa, J=D-I demakdir.

Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo’naltirilishini bildiradi.

Shunga ko’ra, jamg’armabu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg’arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg’arma aholi va korxonalar ixtiyordagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi, ya’ni: , bu yerda: Y – barcha xo’jaliklar ixtiyoridagi daromad; C – iste’mol miqdori; S – jamg’arma miqdori.


Iste’mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi.

Iste’mol va shaxsiy jamg’armaning darajasi bevosita soliqlar to’langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog’ida ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataymiz.

Iste’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omilar o’rtasidagi bog’liqlik iste’mol va jamg’arma funksiyasi deyiladi.

Klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi.

J.M.Keyns fikriga ko’ra, iste’mol uy xo’jaliklari joriy daromadlarining o’sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi, ya’ni: .

Iste’mol funksiyasini grafik ko’rinishida ham tasvirlash mumkin (29-chizma). Bunda tik o’qqa iste’mol sarflari, yotiq o’qqa esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdori joylashtiriladi.

F

S E2



V C = C(Y)

E0

C0

E1

0 Y1 Y

29-chizma. Iste’mol funksiyasining grafikdagi tasviri
Har ikkala o’q o’rtasidan 45 ostida o’tuvchi 0F to’g’ri chiziq iste’mol sarflari va ixtiyordagi (sof) daromadning miqdoran tengligini ifodalaydi. V nuqtada aholi daromadlari va sarflarining muvozanatiga erishiladi.

Jamg’arma funksiyasining grafikdagi tasviri bir oz o’zgacha ko’rinishda bo’ladi (30-chizma).

S

S=S(Y)




E0



B E2

0 Y1 Y
30-chizma. Jamg’arma funksiyasining grafikdagi tasviri
Iste’mol va jamg’arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko’rsatadi.

13-jadval

Iste’mol va jamg’arma darajasi, mlrd. so’m
(shartli raqamlar asosida)


Yil-lar

Daro-mad daraja-si (Y)

Iste’-mol

(C)

Jam-g’arma

(S)

Icte’molga o’rtacha moyillik

(S : Y)

Jamg’a-rishga o’rtacha moyillik

(S : Y)

Iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik

(∆S : ∆Y)

Jamg’arishga keyingi qo’shilgan moyillik

(∆S : ∆Y)

1995

1500

1300

200

0,87

0,13

-

-

2000

1800

1500

300

0,83

0,17

0,67

0,33

2004

2200

1700

500

0,77

0,23

0,50

0,50


Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog’liq bo’lmagan omillardan iborat bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • barcha xo’jaliklar tomonidan jamg’arilgan mol-mulk darajasi;

  • narxlar darajasi;

  • real foiz stavkalari;

  • iste’molchining qarzdorligi darajasi;

  • iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.

Sub’ektiv omillar asosan iste’molchining o’ziga, uning ruhiyati va bozordagi hatti-harakatiga bog’liq bo’ladi. Bu quyidagi omillardir:

  • iste’mol va jamg’arishga bo’lgan moyillik;

  • kelgusidagi narx;

  • pul daromadlari;

  • soliqlar;

  • tovarlar mavjudligi darajasining o’zgarishiga nisbatan munosabat.

Sub’ektiv omillar ta’sirida iste’mol va jamg’arma darajasining o’zgarishini shartli ma’lumotlar asosida tuzilgan quyidagi 13-jadval orqali ko’rib chiqamiz.

Jadvaldan ko’rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan uning iste’mol va jamg’armaga sarflanishi o’rtasidagi nisbat o’zgarib bormoqda. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o’sib borgan sari ularning jamg’armaga bo’lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste’mol va jamg’armaga bo’lgan o’rtacha va keyingi qo’shilgan moyillik ko’rsatkichlari orqali ham kuzatish mumkin.

Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o’rtacha moyillik (IO’M) deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:

.

Aholi daromadining jamg’armaga ketadigan ulushi esa jamg’armaga o’rtacha moyillik (JO’M) deyiladi:

.

Bunda bo’ladi.

Shuningdek, iste’mol yoki jamg’armaga keyingi qo’shilgan moyillik ko’rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko’rsatkich iste’molchi daromadining navbatdagi o’zgarishi uning iste’mol va jamg’armaga nisbatan munosabati qanday o’zgarishini aks ettiradi. Daromad hajmining o’zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o’zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik deyiladi (IQM), yoki

.

Daromad hajmining o’zgarishi natijasida jamg’arma hajmining o’zgarishi darajasi jamg’armaga keyingi qo’shilgan moyillik deyiladi (JQM), ya’ni:

.
Demak, sof daromadning o’sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o’rtasidagi nisbat o’zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig’indisi 1ga teng bo’ladi, ya’ni:



Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshishida jamg’arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko’ra, jamg’arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko’rsatkichlarini alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
9.2. Investitsiyalarning mazmuni va O’zbekistonda investitsion faoliyat.
Investitsiyalarasosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.

Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Investitsiya faoliyati quyidagi
manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

  • investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.);

  • qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

  • jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);

  • davlat byudjeti mablag’lari;

  • chet elliklar mablag’lari.

Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o’zgarib bormoqda (16-jadval). Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag’larining ulushi kamayib, chet el investitsiyalari va kreditlari hamda aholi mablag’larining ulushi oshib bormoqda.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:

1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;

2) foiz stavkasi.

Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Тadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladilar.

Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu - real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, band qilingan pul kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (masalan, 10 foiz) foiz stavkasi (7 foiz)dan ortiq bo’lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksincha, foiz stavkasi (aytaylik, 12 foiz) kutilayotgan sof foyda normasidan (10 foiz) ortiq bo’lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi.

Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi.

1. Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari.

2. Тadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori.

3. Тexnologik o’zgarishlar.

Shunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.

Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.

Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta’minlaydi.

Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o’rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko’rsatkichi hisoblanadi.
9.3. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, mezonlari va ko’rsatkichlari.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo’lib, u o’z ichiga iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.

Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko’rsatkichlariga ko’proq e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o’sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so’z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»1.

Shunday ekan, iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.


Iqtisodiy o’sish tavsifi yillik o’sish sur’atlarining foizdagi o’lchovida to’liq o’z ifodasini topadi:

,

bu yerda: O’S – iqtisodiy o’sish sur’ati, foizda;

YaIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi;

YaIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi.
Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kerak bo’ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o’sish sur’atining 7,7% darajasida YaIMni 2 baravar oshirish uchun 9,1 yil talab etiladi (70:7,7). Хolbuki, iqtisodiy o’sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko’rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o’sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.

Ijtimoiy mahsulotning o’sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi nisbat iqtisodiy o’sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana bir korxona quriladi.

Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi.

Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

1) YaIM va milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;

2) YaIM va milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;

3) YaIM va milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati. Iqtisodiy o’sishning jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan boshqa ko’rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi.

Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:

1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;

2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;

3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;

4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.

Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o’sishni tavsiflash mumkin.

Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni:

,

bu yerda:Y – yalpi milliy (ichki) mahsulot; L – ishchi kuchi sarflari; K – kapital sarflari; N – tabiiy resurslar sarflari.

Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
9.4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
Milliy boylikbu insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.