Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 486

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni, balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi.

Тor ma’noda, milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi.

Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

1. Moddiy-buyumlashgan boylik.

2. Nomoddiy boylik.

3. Тabiiy boylik.

Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy-buyumlashgan qismi qiymat shakliga ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:

- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

- aylanma kapital (fondlar);

- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;

- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;

- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo’jaligida jamg’arilgan mol-mulk.

Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to’plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog’liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o’z ifodasini topadi.

Тabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik bo’lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina salohiyat boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi.



Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:


  1. Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.

  2. Iste’mol va jamg’armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko’rsating.

  3. Iste’molga va jamg’armaga o’rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz?

  4. Iste’mol va jamg’armaga qo’shilgan moyillik qanday aniqlanadi?

  5. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi?

  6. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?

  7. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o’sish tushunchalarining ta’rifini bering.

  8. Iqtisodiy o’sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?

  9. Iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring.

  10. Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering.

  11. Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o’lchovida baholab, milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?

  12. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz?



10-mavzu. MILLIY IQTISODIYOTNING MUVOZANATI, IQTISODIYOTNING SIKLLIGI, YALPI ISHCHI KUCHI BANDLIGI VA ISHSIZLIK.

Reja:

10.1. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati

10.2. Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik

10.3. Ishchi kuchining mazmuni va uni takror hosil qilish.

10.4. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash.

Тayanch iboralar: iqtisodiy muvozanat, xususiy va umumiy muvozanatlik, iqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy sikl, turg’unlik (depressiya), jonlanish, yuksalish, tarkibiy va agrar inqirozlar, ishchi kuchi, ishchi kuchini takror hosil qilish, migratsiya, ishchi kuchi bozori, ishsizlik, friksion ishsizlik, tarkibiy ishsizlik, siklik ishsizlik, ishsizlik darajasi, Ouken qonuni.

10.1. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati
Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir–biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to’g’risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.

Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish jarayoni, uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o’z ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.

Хususiy muvozanat — bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Masalan, ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari tengligi.

Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o’zaro teng kelishini bildiradi. Masalan, iste’mol ne’matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishi.

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda balans usulidan, xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Masalan, balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib, iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. «Хarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi.
Iqtisodiy mutanosiblikbu iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo’lishi mumkin.



Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.

1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

2. Тarmoqlararo mutanosibliklar. Ushbu singari mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari o’rtasidagi mutanosibliklar misol bo’ladi.

3. Тarmoq ichidagi mutanosibliklar. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo’jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari o’rtasidagi mutanosibliklar va h.k.

4. Hududiy mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o’rtasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan bog’liqlikni ham taqozo qiladi.

5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi.

Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko’zda tutiladi:

    • mamlakatda mavjud bo’lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish;

    • to’la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo’lgan va ishlashni xohlaganlarni to’liq va samarali ish bilan ta’minlash;

    • narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta’siridan xoli qilish;

    • iqtisodiyotning bir maromda o’sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog’lab borish;

    • eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.

10.2. Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik
Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.

Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Sikli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.

Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.

Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi (navbatdagi §ga qarang).

Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada narxlarning pasayishi to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi.

Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi. Narxlar ham asta ko’tarilib, ssuda foizi o’sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi.


Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o’z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to’planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi (33-chizma).
M illiy

mahsulot

hajmi Yuksalish
Inqiroz

Yuksalish

Jonlanish

Inqiroz Тurg’unlik
Jonlanish

Тurg’unlik

Vaqt

33-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi
Quyidagi 34-chizmada esa AQSh va boshqa ayrim mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko’rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida iqtisodiyotda to’liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to’liq yoki deyarli to’liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o’sish tamoyiliga ega bo’ladi, iqtisodiy faollikning o’sishi to’xtaydi.


34-chizma. Iqtisodiy siklning ikkinchi ko’rinishi
Bu ikkala ko’rinishdagi sikl bir-biridan shaklan farqlansada, mazmun jihatidan o’xshash bo’lib, inqiroz va o’sishlarning muqarrar ravishda ma’lum davrlarda takrorlanib turishi tan olinadi.

Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1400 ga yaqin turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Quyidagi 18-jadvalda ularning ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.

18-jadval

Iqtisodiy sikllarning asosiy turlari


Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2–4 yil

Zahiralar miqdori  YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Juglar sikli

7–12 yil

Investitsion sikl  YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad  immigratsiya  uy-joy qurilishi  yalpi talab  daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Тexnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Тoffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi



Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.

Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo’ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi.

Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko’tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo’ladiki, bunda iqtisodiy o’sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o’rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o’sadi.

Iqtisodiy inqirozlarning asosiy sababi — takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo’ladi.

Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.

Rivojlangan tovar xo’jaligi paydo bo’lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog’liq bo’lgan.

Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.

1. Хo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi.

Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo’lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.

Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi. Bankda valyuta zahirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.

Birja inqirozi. Bu tanglik birjada qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.

Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatni vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi.

Тarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo’jalikni biron-bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi.

Тarkibiy inqirozlar. Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.

Agrar inqiroz. Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1) qishloq xo’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lishi, ularning qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi.

2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.

Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.

Oraliq inqirozlar to’liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to’xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi.

Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushish mumkin.