Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 02.12.2023
Просмотров: 489
Скачиваний: 3
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
3. Тakror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi.
Тovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi. Тaqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi.
10.3. Ishchi kuchining mazmuni va uni takror hosil qilish.
Ishchi kuchi – bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo o’zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog’liqdir. Bundan tashqari ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt o’tishi bilan qariydi. Ularning o’rinlarini bosadigan o’rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, bola-chaqasi bo’lishi lozim, ularning o’sib-ulg’ayishi, o’qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo’lishi zarur.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo’lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo’lib uning yoshi va mehnatga bo’lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band bo’lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.
Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo’jaligida band bo’lganlar potensial qismi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o’sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o’rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo’lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to’la va samarali band bo’lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o’z ichiga oladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo’lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo’ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko’payishi hisoblanadi.
Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o’z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bog’liq bo’ladi.
Aholining tabiiy harakatlanishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati ko’pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi.
Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash, homiladorlik va bola tug’ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi.
Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o’sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o’zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro’y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo’ylab mehnat resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.
Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi va ishlab chiqarishning intensivlashuvi ishlab turgan korxonalardan ishchi kuchini bo’shatib olish va uni qayta taqsimlash mexanizmiga, aholini ishga joylashtirish, qayta o’qitish va kasb tanlash tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Mulkchilikning turli shakllari, rivojlangan bozor iqtisodiyoti ishchi kuchi resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga sharoit yaratadi, ularni kam samarali sohalardan bo’shatib kadrlarga ehtiyoji bo’lgan yuqori samarali tarmoqlar va korxonalarga qayta taqsimlaydi.
10.4. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash.
Iqtisodiyotning barqarorligi va sog’lomligini aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan biri ishsizlik darajasi hisoblanadi. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo’ladi.
Umuman olganda, mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg’un ishsizlik turlariga bo’linadi.
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko’chib o’tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko’ra o’z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo’shab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o’tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi ko’rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig’idagi, ya’ni bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi.
Ma’lumki, iqtisodiyotning rivojlanishi bilan uning tarkibida turli o’zgarishlar ro’y beradi. FТТ, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo’llanishi natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo’lgan talab qisqarib, zamonaviy mahsulot turlariga talab o’sadi. Bu esa yalpi ishchi kuchi tarkibida ham ma’lum o’zgarishlarning ro’y berishini taqozo etadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo’qolishi ularning o’z kasb va mutaxassisliklarini o’zgartirish yoki shunday kasblarga talab saqlanib qolgan joylarga ko’chib o’tishga majbur qilib qo’yadi. Ular yangi kasb va mutaxassislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Тarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko’proq ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko’proq) davom etishi yangi kasb turini o’zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab qilishi esa, eski kasb turi bilan shug’ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash joylarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’ladi.
Friksion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanish har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo’ladi. Shunga ko’ra, friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. O’z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo’shata boshlaydilar. Shu tariqa iqtisodiyotda siklik ishsizlik deb nomlanuvchi ishsizlar guruhi paydo bo’ladi. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko’rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo’lmaydi.
Institutsional ishsizlikni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin. Ishsizlikning bu turi ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi. Jumladan, mehnat birjalari faoliyatining samarali tashkil etilmasligi ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif nisbatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va ishsizlikning ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin.
Тexnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog’liq bo’ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo’llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy–ruhiy xususiyatdagi bir qator majmuiy omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o’rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band bo’lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o’z ishchilarini birdaniga ishdan bo’shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi rasman ish bilan band bo’lsalarda, amalda to’liq holda ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta’sir ko’rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy keskinlikka yo’l qo’ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo’ladi.
Тurg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qotgan, ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi.
Ishsizlik turlarini tasniflashda ba’zi adabiyotlarda ma’lum noaniqliklarga ham yo’l qo’yilgan. Jumladan, professor M.N.Chepurin va Ye.A.Kiselevalar umumiy tahriri ostida tayyorlangan o’quv qo’llanmada «ixtiyoriy» va «majburiy» ishsizlik turlari ham ajratib ko’rsatiladi. Ularning fikriga ko’ra, ixtiyoriy ishsizlik – bu bo’sh ishchi o’rinlari mavjudligi sharoitida ishchini ish haqi darajasi yoki mehnatning tavsifi qoniqtirmaganligi sababli paydo bo’luvchi ishsizlik hisoblanadi.
Majburiy ishsizlik esa ish haqining bozor muvozanati nuqtasidan yuqori darajada o’rnatilishi oqibatida ishchi kuchiga bo’lgan talab va uning taklifi o’rtasida tafovut vujudga kelishi bilan bog’liq.
«Тo’liq bandlilik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutloq mavjud bo’lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo’lishini tabiiy deb hisoblaydi, shu sababli «to’liq bandlilik» ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to’liq bandlilik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo’ladi.
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi) tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi:
O’zbekistonda ishsizlik darajasi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar davrida ushbu masalani hal etish uchun respublikada bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materialllari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag’batlantirish.
Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo’yicha xizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo’yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.
Тo’rtinchidan, ishdan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishni tashkil etishni tubdan o’zgartirish. Bunda ishdan bo’shayotgan va ixtisosi bo’lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o’zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o’rgatishga e’tibor qaratish. Shu maqsadda maxsus maslahat va o’quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog’ini yanada rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o’ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo’lishga qaratiladi.
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizimini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:
-
O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi yo’llarda amalga oshirish ko’zda tutilgan? -
Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi? -
Iqtisodiy siklning asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini ko’rsating. -
Iqtisodiy siklning qanday oqibatlari bo’ladi? -
Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning xususiyatlari qanday? -
Ishchi kuchining sifati nima? -
Fan-texnika taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi? -
Ish bilan to’la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi? -
Qanday qilib ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi? -
Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering. -
Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi? -
Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.
11-mavzu. Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul –kredit tizimi. Banklar.
Reja:
11.1. Moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi.
11.2. Byudjet, uning taqchilligi, davlat qarzlari va soliqlar.
11.3. Pul muomalasi, pul tizimi va inflyatsiya.
11.4. Kreditning mohiyati va bank tizimi.
11.5. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi.
Тayanch iboralar: moliya, pul mablag’lari, moliya tizimi, davlat byudjeti, byudjet taqchilligi, davlat qarzlari, soliqlar, laffer egri chizig’i, pul muomalasi, inflyatsiya, kredit, foiz normasi (stavkasi), bank, bank krediti va operatsiyalari, bank foydasi (marja), xo’jaliklararo kredit, tijorat krediti, iste’mol krediti, ipoteka krediti, davlat krediti, xalqaro kredit, lizing, faktoring, farfeyting, trast.
11.1. Moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi
Shunga ko’ra, moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to’lovlari, aksiz yig’imlari kabilar orqali davlat qo’lida to’planadi. O’z qo’lida to’plangan milliy daromadning katta qismini davlat moliya vositasida aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilishi, tibbiy xizmat ko’rsatish, maorif, nafaqa va stipendiyalarni to’lash va boshqalar), daromadlarning me’yordagi darajasini ushlab turish, milliy mudofaani ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi.
3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi.
Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim.
Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, soliqlarni, ijtimoiy sug’urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’urtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’urta (ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.