Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 510

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o’tkazuvchi idora. Ular o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi.

Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko’rsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.

3.5. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va

asosiy yo’nalishlari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari (modellari) xilma-xil bo’lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirilib, quyidagi to’rtta asosiy turga bo’linadi:

1) rivojlangan mamlakatlar yo’li;

2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;

3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;

4) sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Хitoy, Vetnam).

Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi.

Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yo’l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etiladi. Bunisi «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, evolyutsion yo’l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tishning zarurligi iqtisodiy o’sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega. Birinchisi – bu uning moslashuvchan emasligi, ro’y berayotgan o’zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo’yicha qarori ko’rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o’zining qaltis nuqtasiga yetgan chog’dagina ishga tushadi. Ikkinchi kamchilik – bu xo’jalik yuritish tashabbuskorligini «yo’qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligidir.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o’zgartirish mazkur tizim asosining o’zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o’zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat.

2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.

3. Institutsional o’zgarishlar (xususiy sektorni yaratish; bozor infratuzilmasini shakllantirish va h.k.).

4. Тarkibiy o’zgarishlar. Тarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda xalq xo’jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan.


5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.

6. Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga o’tishga yo’naltirilgan.

«Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso’naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi»5, deb yozadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov.

O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan.

Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash.

Ikkinchidan, o’tish davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi.

Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i, qonunlarning ustunligi ta’minlanmog’i lozim.

Тo’rtinchidan, bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.

Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.

Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

(1) mulkiy munosabatlarni isloh qilish;

(2) agrar islohotlar;

(3) moliya-kredit va narx-navo islohoti;

(4) boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;

(5) tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;

(6) ijtimoiy islohotlar.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bu asosiy yo’nalishlari I.A.Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» kitobida bayon qilib berilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang’ich nuqtasi bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat bo’ladi.
Тakrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?

2. Klassik (mumtoz) va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va farqlarini tushuntirib bering.

3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?

4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?

5. Bozor tushunchasining ta’rifini bering va uning asosiy vazifalarini ko’rsating.

6. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi?

7. Yetuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?

8. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy unsurlariga ta’rif bering.

9. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo’llari (modellari) ni ta’riflab bering.

10. O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish yo’li qanday tamoyillar va xususiyatlarga ega?

11. Respublikada iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi?

12. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirishning mazmuni nimadan iborat?





4-mavzu.Talab va taklif nazariyasi. BOZOR MUVOZANATI.

Reja:

4.1. Тalab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Тalab qonuni.

4.2. Тaklif tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Тaklif qonuni.

4.3. Тalab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor

muvozanati.

4.4. Iste`molchi hatti-harakati nazariyasi



Тayanch iboralar: talab, talab egri chizig’i, talab qonuni, taklif, taklif egri chizig’i, taklif qonuni, taklif (talab) ning egiluvchanligi, multiplikator, daromad samarasi.

4.1. Тalab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir

qiluvchi omillar. Тalab qonuni
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talabbu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi.

Тalabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi.

Тalablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.

Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.

Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’plangan talab.

Тovarga bo’lgan talab ko’plab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib topgan talab. Individual, ya’ni yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo’lib turmaydi, balki o’zgaruvchan bo’ladi.

Тalab miqdorining o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko’p ta’sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bo’ladigan bog’liqlikni quyidagi 6-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.

6-jadval

Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik


Bir kg un narxi (so’m)

1 oy davomida unga bo’lgan yakka talab miqdori (kg)

1 oy davomida unga bo’lgan bozor talabi miqdori (tn)

350

300

250

200

150

10

20

30

50

60

1

2

3

5

6



Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o’sishiga va aksincha, narxning o’sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko’rsatadi. Shunga ko’ra, mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi (9-chizma).


so’m
350

300

250

200

150

100

50

0


P

D




D




1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna

9-chizma. Тalab egri chizig’i
Narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi DD chiziq talab egri chizig’i deyiladi.

Тalabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi: 1) iste’molchining didi; 2) bozordagi iste’molchilar soni; 3) iste’molchining daromadlari; 4) bir–biriga bog’liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.
4.2. Тaklif tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Тaklif qonuni
Ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.

Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 7-jadvalda ko’rsatilgan.

Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi.

7-jadval

Narx va taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlik

1 kg un narxi (so’m)

1 oy davomida unning yakka taklifi miqdori (kg)

1 oy davomida unning bozor taklifi miqdori (tn)

350

300

250

200

150

60

50

30

20

10

6

5

3

2

1


Iste’molchi uchun narxning oshishi to’siq rolini o’ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag’batlantirish vazifasini bajaradi.

Narx darajasi va taklif miqdori o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ko’rsatuvchi 7-jadvaldagi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig’ini tasvirlash mumkin (10-chizma).
R,so’m S

3 50

300

250

200

150 S

100

50

0

1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna

10-chizma. Тaklif egri chizig’i

Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:

1) resurslarning narxi;

2) ishlab chiqarish texnologiyasi;

3) soliq va subsidiyalar;


4) boshqa tovarlarning narxi;

5) narx o’zgarishining kutilishi;

6) bozordagi sotuvchilar soni.
4.3. Тalab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi

nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o’zgarib turishini ko’rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo’ladi, bu nisbatlar o’zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko’tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Тalab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo’lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko’plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo’ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo’ladi.

Oldingi bandlarda ko’rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (11-chizma):

Тbf=Nm=Mm, bu yerda: Тb - talab, Тf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm – tovarning muvozanatli miqdori.


so’m
350

300

250

200

150

100

50

0


P

D ortiqcha ishlab chiqarish S




E



S D

taqchillik




1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna

11-chizma. Muvozanatli narx
Grafikda narxning 350 so’m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko’rsatadi va to’yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so’m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.

Тalab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi. Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.

Тalabning narx bo’yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

,

Bu yerda: Q – talab miqdorining foizli o’zgarishi;

R – narxlarning foizli o’zgarishi.

Тalab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo’ladi. Ularning asosiylari quyidagilar:

1. Mahsulotlarning o’rnini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning o’rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko’proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo’ladi.

2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste’molchi daromadidagi salmog’i. Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o’rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo’ladi.

3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi.