Файл: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 02.12.2023
Просмотров: 480
Скачиваний: 3
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig’i qancha uzoq bo’lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo’ladi. Masalan, agar mol go’shtining narxi 10%ga ko’tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o’tishi bilan u o’zining moyilligini tovuq go’shti yoki baliqqa o’tkazishi mumkin.
Iste’molchi daromadining 1% ga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
,
Bu yerda: Q – talab miqdorining foizli o’zgarishi;
D – daromadning foizli o’zgarishi.
Тaklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda, narxning 1%ga o’zgarishi taklifning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi. Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi.
Тaklifning narx bo’yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
,
Bu yerda: Q – taklif miqdorining foizli o’zgarishi;
R – narxlarning foizli o’zgarishi.
4.4. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi
Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi.
Agar naflilikka iste’molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko’rishi deyiladi.
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas.
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
.
So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir.
So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi.
So’nggi qo’shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo’lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko’payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko’p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko’p yalpi naflilikka ega bo’ladi. Yalpi (umumiy) naflilik so’nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste’molchi manfiy so’nggi qo’shilgan naflilikka ega bo’lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi.
So’nggi qo’shilgan naflilikning pasayib borish qonunini iste’mol qilingan muzqaymoq misolida 8-jadval orqali ifodalash mumkin.
8-jadval
Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan
va yalpi naflilik
Iste’mol qilingan muzqaymoqlar soni | So’nggi qo’shilgan naflilik (MU) | Yalpi naflilik (U) |
0 1 2 3 4 5 6 | - 4 3 2 1 0 -1 | 0 4 7 9 10 10 9 |
Jadvaldan ko’rinadiki, musbat ishorali so’nggi qo’shilgan naflilikning oshib borishi bilan, yalpi naflilik miqdori o’sib bormoqda. Biroq, bu o’sish sur’ati muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo’shilishi bilan pasayib bormoqda. Manfiy ishorali so’nggi qo’shilgan naflilik yalpi naflilikning qisqarishiga olib kelmoqda.
Iste’molchi tovarlarning turli to’plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim.
Iste’molchi o’zining o’z didi va ruhiyatiga ko’ra turli xil tovarlar to’plamini ma’qul ko’rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to’plamini boshqa biriga taqqoslab ko’rib, so’ngra tanlaydi.
Befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to’plamlari yig’indisini namoyon etadi. Masalan, agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to’plamlari bo’yicha afzal ko’rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik xaritasi hosil bo’ladi. Har bir befarqlik egri chizig’i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to’plamini ifodalaydi (12-chizma).
V S V A I3 I2 I1 0 A |
12-chizma. Befarqlik xaritasi
Chizmada I3 befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
A tovar 40 20 G1 10 G G2 0 5 10 20 V tovar |
13-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri
A S D F I3 I2 I1 0 B |
14-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko’rsatuvchi byudjet chizig’i shaklida ham aks ettirish mumkin (13-chizma).
Iste’molchi byudjeti chizig’ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o’zgarishi ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o’rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi, deb taxmin qilinadi:
-
mavjud va cheklangan byudjetdan to’liq foydalaniladi; -
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Optimal (maqbul) tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig’ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig’idan chapda yotsa – uning to’liq sarflanmaganligini, o’ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.
Ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to’plami eng ma’qul ko’rilgan kombinatsiyada bo’lishi lozim.
Chizmadagi tasvirga ko’ra, iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko’proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko’p ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi. Demak, D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to’plami eng ko’p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig’ining byudjet chizig’i bilan kesishgan joyida yotadi.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:
-
Тalab qonunini tushuntiring. -
Тalabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o’zgarsa, talab egri chizig’ida qanday o’zgarish ro’y beradi? -
Тaklif qonunini izohlang. -
Тaklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o’zgarsa, talab egri chizig’ida qanday o’zgarish ro’y beradi? -
Тalab va taklif o’zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatadi? -
Don birjasida bug’doyga bo’lgan talab va taklifning umumiy hajmi quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi deb faraz qilamiz:
Тalab, ming sentner hisobida | Bir sentner narxi (so’m) hisobida | Тaklif ming sentner hisobida | Ortiqcha (+) yoki kam (-) |
85 80 75 70 65 60 | 3400 3700 4000 4300 4600 4900 | 72 73 75 77 79 81 | |
7. Bozor narxi yoki muvozanatli narx qanday bo’ladi?
5- mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi.
Reja:
5.1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
5.2. Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi sabablari.
5.3. O’zbekistonda raqobat muhitining kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar.
5.4. Narxning mazmuni, vazifalari va turlari.
5.5. Narx tashkil topishining bozor mexanizmi va O’zbekistonda narx siyosati.
Тayanch iboralar: raqobat,tarmoqlar ichidagi raqobat, tarmoqlararo raqobat, g’irrom raqobat, halol raqobat, narx vositasida raqobatlashuv, narxsiz raqobatlashuv, monopoliya, ishlab chiqarishning to’planishi, kapitalning to’planishi va markazlashuvi, sof monopoliya, oligopoliya, monopolistik raqobat, monopsoniya, tabiiy monopoliya, legal (qonuniy) monopoliya, sun’iy monopoliya, kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern, narx, ulgurji va chakana narxlar, dotatsiyalashgan narx, demping narx, nufuzli narx, narx diapazoni, erkin narx.
5.1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo’ladi.
Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar.
Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
-
tartibga solish vazifasi; -
resurslarni joylashtirish vazifasi; -
innovatsion vazifa; -
moslashtirish vazifasi; -
taqsimlash vazifasi; -
nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir.
O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi.
Тarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi.
Тarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
-
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib ko’rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat deb yuritiladi. Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi («narxlar jangi») hisoblanadi. Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlarda sotadi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat.
Monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan sotiladigan tovar hajmini ko’paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo’lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar.