Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi.doc
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 02.12.2023
Просмотров: 2498
Скачиваний: 22
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
ASOSIY QISMMa’ruza mazmuni1. Tasavvuf istilohi, mohiyati, vujudga kelish o‘rni va davri“Tasavvuf” so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma’nolari. Uning zohiriy ma’nosi va ruhoniy mohiyati. Tasavvufga berilgan ta’riflar. Poklanish ilmining ikki jihati: maqbul ko‘rilgan tazkiya (aybdan oqlash, oqlanish) va rad etilgan tazkiya. Tasavvufning maqbul ko‘rilgan tazkiya va tasviya (poklash, tarbiyalash)sifatidagi xususiyati. Tasavvufda bosh amal qalbni oqlash, ruhni poklash va nafs tarbiyasi ekanligi. Tasavvufning “vatani” xususidagi qarashlar: manbalarini islomning o‘zidan axtarish va islomdan tashqarida deb bilish. Tasavvufning tarqalish geografiyasi. Tasavvuf paydo bo‘lgan davr haqidagi qarashlar. Tasavvuf va saodat asri voqyealari. “Xulafoyi roshidon”lar davrida tasavvufiy qarashlar. Tasavvufning umaviylar davrida paydo bo‘lganini yoqlovchilar. Mazhablarning vujudga kelishi. Hazrat Ali izdoshlari va shiachilik. Abu Hanifa va sunniylik. Mazhabchilik va tasavvufiy qarashlar munosabati.
Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abdulxoliq G‘ijduvoniy faoliyati. Sakkiz rashha ta’limoti. Naqshbandiylik xojagon tariqatining davomi sifatida. Bahouddin Naqshband ta’limoti. “Dil ba yoru dast bakor”ning mohiyati. Maqomotlarda naqshbandiylikning suluk yo‘li, darvishliksifati, ahvol va axloqlari. Naqshbandiylikning yangilanishi (mujadiddiylik) va uning nazariy asoslari. Qalandariylik yo‘li. Malomatiylikda qalandariylik asoslari. Yassaviylik va qalandariylik munosabatlari. Qalandariylikning nazariy asoslari. Qalandarlik adabiyoti.
9. Naqshband va o‘zbek mumtoz adabiyoti.Naqshband ta’limoti va badiiy ijod. Sayyid Qosimiy masnaviylari. Atoyi lirikasida majoz va haqiqat. Bobur ijodida naqshbandiylik. “Mubayyin”da islom ruknlari. Qul Ubaydiy ijodida payg‘ambarlar timsollari. So‘fi Ollohyor g‘azallarida yangilangan (mujadiddiy) naqshbandiylik. “Sabotu-l-ojizin”ning axloqiy jihatlari. Huvaydo ijodida tasavvufiy timsollar talqini. “Rohati dil” dostonida sufiy shayxlar. Amiriy ijodining tasavvufiy asoslari. Haziniy ijodida naqshbandiylik. XX asrda naqshbandiylik ruhidagi asarlar.Alisher Navoiy tasavvuf ruhidagi asarlarida ma’rifat mavzusi. Alisher Navoiy islom dinining mohiyatan insonsevar, komil inson va komil insoniy jamiyat tarbiyasiga xizmat qiluvchi ilm ekanligi uchun ham o‘zining barcha qiziqishlari kalitini undan izladi. Navoiy tasavvufiy dunyoqarashining falsafiy zaminini tashkil etuvchi vujuduyun (panteizm) ta’limotida ta’kidlanganidek, Alloh taoloning husnu jamoli, kuch-qudrati va hikmati biz ko‘rib, idrok etayotgan olamda yoyilgandir, deb tushundi. Alisher Navoiyning tasavvufiy, falsafiy, ijtimoiy fikrlar majmuasidan iborat bo‘lgan «Xamsa» dostonlar turkumida inson masalasi markaziy o‘rinda turadi. Insonga bo‘lgan munosabat esa har bir davr taqozosiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Navoiy «Xamsa»siga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda, darsliklarda shoir dostonlarining faqat ijtimoiy mohiyatiga e’tibor qaratilib, birinchi qism, ya’ni hamdlar, na’tlar, munojotlar, me’rojnomalar va sufiylarga bag‘ishlangan boblar nazardan chetda qolib ketgan. Vaholanki, dostonlarning bu sahifalarida komil inson konsepsiyasining sufiyona talqini berilgan.
Amaliy mashg‘ulotlar mazmuniAmaliy mashg‘ulotlar, asosan, talaba maxsus tayyorlangan mavzular asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘qituvchi amaliy mashg‘ulot rejalarini bir necha dars avvaldan talabalarga yetkazadi. Dars davomida talabalar belgilangan reja asosida birlamchi manbalardan o‘zlashtirgan mavzular talqini, badiiy asarlar tahlili va ayrim yirik mutasavvif adiblar faoliyatiga doir kuzatishlarini bayon qiladilar. Amaliy mashg‘ulotlarni quyidagi mavzular asosida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir:
2. Tasavvufning islomiy manbalari va taraqqiyot omillari
Qur’oni karim tasavvufning bosh asosi va manbasi. “Avval Qur’oni karim sunnatda tasavvuf” qoidasining mohiyati. Islomning asosi (ruknlari) va tasavvuf yo‘llari. Shariatning zohiri – ilmi fiqh (ilmi qol), botini tasavvuf (ilmi hol) ekanligi. Xalifa Usmon davrida sahobalar tomonidan hadislarning to‘planishi. Buyuk muhaddislar (Imom Buxoriy, Ibn Muslim, at-Termiziy v.b) faoliyati. Hadislarda komil inson axloqi bilan bog‘liq masalalar. Komil inson shaxsi Muhammad payg‘ambar timsolida. Sunnati nabaviy tasavvufni yuzaga chiqaruvchi omillaridan biri sifatida. Tasavvufda murid va murshid munosabati. 3. Islom tasavvufining taraqqiyoti va tasavvuf adabiyotining shakllanishi(VII-IX asrlar)Ilk mutasavviflar faoliyati. Zuhd va taqvoga munosabat. Zohidlar ilk mutasavviflar sifatida. Zohidlikning uch martabasi. Imom G‘azzoliy zuhd maqomi haqida. Ibodat maqomi haqida. Zuhdu ibodat ta’ma uchun emas, balki qalbdan “fi sabiulloh” (Alloh yo‘lida) bo‘lishi kerakligi. Robia al-Adaviya va tasavvuf adabiyotining vujudga kelishi. Islomiy adabiyotdagi munojot janri. Ilk so‘fiylar (Hasan Basriy) davri. Halol va harom chegarasini farqlash. Ibrohim Adham va Shaqiq Balxiy ta’limoti. Tavhid ruhi. Nazariy asoslarning shakllanishi. Havorijiylar va azrakitlar munozarasi. Nazariy guruhlanish. Jabariylik va qadariylik ilk tariq yo‘llari sifatida. Mu’tazila tarafdorlari. Abbosiy xalifalari davrida mu’taziliylik. Yunon manbalariga murojaat. Mutarjimlar davri. Muxosiblik ta’limoti. Zunnun Misriy faoliyati. Niya va riyo haqida. Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Fano va tariqat tushunchalari. Abu Yazid (Boyazid) Bistomiy. Tasavvufning mantiqan asoslanishi. Junayd Bag‘dodiy va Mansur Xalloj ta’limoti. Azal,surat va tajalli. “Kitobu-t-tavosin”da tajalli nazariyasi. Andalusiyada tasavvufiy qarashlar. Xuroson va Rumda tasavvuf. Markaziy Osiyoga tasavvufning kirib kelishi. Kalom ilmi va Marg‘inoniy merosi. Buxoro mutasavviflar maktabining shakllanishi.-
Tasavvuf tarixida irfon bosqichi
-
Islom tasavvufi tariqatlari.
Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abdulxoliq G‘ijduvoniy faoliyati. Sakkiz rashha ta’limoti. Naqshbandiylik xojagon tariqatining davomi sifatida. Bahouddin Naqshband ta’limoti. “Dil ba yoru dast bakor”ning mohiyati. Maqomotlarda naqshbandiylikning suluk yo‘li, darvishliksifati, ahvol va axloqlari. Naqshbandiylikning yangilanishi (mujadiddiylik) va uning nazariy asoslari. Qalandariylik yo‘li. Malomatiylikda qalandariylik asoslari. Yassaviylik va qalandariylik munosabatlari. Qalandariylikning nazariy asoslari. Qalandarlik adabiyoti.
-
Tasavvufda ijtimoiy masalalar talqini
-
Poetika fanining nazariy asoslari
-
Tasavvuf va badiiy ijod masalalari
9. Naqshband va o‘zbek mumtoz adabiyoti.Naqshband ta’limoti va badiiy ijod. Sayyid Qosimiy masnaviylari. Atoyi lirikasida majoz va haqiqat. Bobur ijodida naqshbandiylik. “Mubayyin”da islom ruknlari. Qul Ubaydiy ijodida payg‘ambarlar timsollari. So‘fi Ollohyor g‘azallarida yangilangan (mujadiddiy) naqshbandiylik. “Sabotu-l-ojizin”ning axloqiy jihatlari. Huvaydo ijodida tasavvufiy timsollar talqini. “Rohati dil” dostonida sufiy shayxlar. Amiriy ijodining tasavvufiy asoslari. Haziniy ijodida naqshbandiylik. XX asrda naqshbandiylik ruhidagi asarlar.Alisher Navoiy tasavvuf ruhidagi asarlarida ma’rifat mavzusi. Alisher Navoiy islom dinining mohiyatan insonsevar, komil inson va komil insoniy jamiyat tarbiyasiga xizmat qiluvchi ilm ekanligi uchun ham o‘zining barcha qiziqishlari kalitini undan izladi. Navoiy tasavvufiy dunyoqarashining falsafiy zaminini tashkil etuvchi vujuduyun (panteizm) ta’limotida ta’kidlanganidek, Alloh taoloning husnu jamoli, kuch-qudrati va hikmati biz ko‘rib, idrok etayotgan olamda yoyilgandir, deb tushundi. Alisher Navoiyning tasavvufiy, falsafiy, ijtimoiy fikrlar majmuasidan iborat bo‘lgan «Xamsa» dostonlar turkumida inson masalasi markaziy o‘rinda turadi. Insonga bo‘lgan munosabat esa har bir davr taqozosiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Navoiy «Xamsa»siga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda, darsliklarda shoir dostonlarining faqat ijtimoiy mohiyatiga e’tibor qaratilib, birinchi qism, ya’ni hamdlar, na’tlar, munojotlar, me’rojnomalar va sufiylarga bag‘ishlangan boblar nazardan chetda qolib ketgan. Vaholanki, dostonlarning bu sahifalarida komil inson konsepsiyasining sufiyona talqini berilgan.
| № | Mavzular | Soat |
| 1 | Tasavvufning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti | 2 |
| 2 | Tasavvuf ta’limotining ilk nazariyotchilari | 2 |
| 3 | Markaziy Osiyoda yoyilgan tariqatlar mashhur namoyandalarining tasavvuf masalalari xususidagi fikrlari | 2 |
| 4 | Islomiy manbalarda poetik (badiiy estetik) tamoyillar ifodasi | 2 |
| 5 | O‘zbek adabiyoti va naqshbandiya ta’limoti | 2 |
| 6 | Tasavvuf ta’limotining umuminsoniy ahamiyati va zamonamizdagi mavqei | 2 |
| | Jami | 12 soat |
Amaliy mashg‘ulotlar mazmuniAmaliy mashg‘ulotlar, asosan, talaba maxsus tayyorlangan mavzular asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘qituvchi amaliy mashg‘ulot rejalarini bir necha dars avvaldan talabalarga yetkazadi. Dars davomida talabalar belgilangan reja asosida birlamchi manbalardan o‘zlashtirgan mavzular talqini, badiiy asarlar tahlili va ayrim yirik mutasavvif adiblar faoliyatiga doir kuzatishlarini bayon qiladilar. Amaliy mashg‘ulotlarni quyidagi mavzular asosida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir:
| Amaliy mashg‘ulot mazmuni va soatlar taqsimoti | ||
| № | Amaliy mashg‘ulot mavzulari | Soatlar |
| 1 | Tasavvufning vujudga kelishida ma’naviy asos va omillar (Qur’oni karim oyatlari va Hadisi sharif hikmatlari asosida). | 2 |
| 2 | Tasavvuf tarixida Irfon bosqichi talqini (Imom G‘azzoliy, Ibn Arabiy va Imom Rabboniy ta’limotlari misolida). | 2 |
| 3 | Buyuk muhaddislar asarlari tasavvuf manbalari sifatida. 3.1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al – Buxoriy hayoti va ijodiy merosi 3.2. Abu Iso Termiziy hayoti va ijodiy merosi | 2 |
| 4 | Jaloliddin Rumiy asarlarida tasavvufiy timsollar | 2 |
| 5 | Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari (so‘nggi ilmiy manbalar asosida). Yassaviylik va uning nazariy asoslari. | 2 |
| 6 | Kubroviylik aks etgan badiiy ijod namunalari. Qalandariylik va badiiy adabiyot | 2 |
| 7 | Naqshbandiylik tariqatining suluk yoli haqidagi risola va manbalari | 2 |
| 8 | Fariduddin Attor «Tazkirat ul - anbiyo» asarida mutasavviflar faoliyati | 2 |
| 9 | Alisher Navoiyning “Nasoyimu-l-muhabbat” asarida o‘zbek mutasavviflari va mashoyixlari talqini. | 2 |
| 10 | Navoiy she’riyatida tasavvufiy timsollar | 2 |
| Jami | 20 soat | |