Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 358
Скачиваний: 9
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Bolalarda nutqiy reaksiyannig uchta asosiy shakli mavjuddir:
Hamkor mavjud bо‘lmagandagi nutqiy reaksiya – bu nisbatan elementar shaklidir.
Diolog – muloqatda ikki kishi faol: biri ikkinchisiga savol bilan murojaat qiladi, boshqasi javob beradi va aksincha.
Monolog – bolalardan biri boshqalar oldiga gapiradi.
Nutqiy muloqatning nisbatan yuqori shakli – diologdir. U katta ahamiyatga ega bо‘ladi, chunki, bolalarda ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishiga sababchi bо‘ladi.
Diolog natijasida bir bola boshqa bolani о‘yinga, mashg‘ulotga jalb etadi, u bilan aloqa о‘rnatadi. Afsuski, kо‘pincha hattoki yaxshi gapiruvchi bolaga yomon kirishlariga guvoh bо‘lishga tо‘g‘ri keladi. Bunga juda jiddiy qarashga tо‘g‘ri keladi, chunki agar muloqatga qobiliyat amalda rivojlanmasa, u keyinchalik ham yetarli bо‘lmay qoladi.
Nutq nuqsonini aniq tushunish uchun normadagi nutqiy rivojlanishning butun yо‘nalishini ketma – ket, aniq tasavvur etish kerak bо‘ladi. Nutqiy rivojlanishning har bir bosqichni aniq tasavvur qilish, bu jarayondagi u yoki bu nuqsonini о‘z vaqtida anglash uchun “sifatli о‘sishining har biriga e’tibor berish kerak”.
Tadqiqotchilar bolalarda nutqning shakllanishi bosqichning miqdorini ajratadilar, ularni turlicha nomlaydilar.
G.L.Rozengrad Pupko nutqiy rivojlanishida ikki bosqichni: tayyorlov (ikki yoshga qadar) va nutqni mustaqil bayon etish bosqichlarini ajaratadi.
A.N.Leontev bolalarda nutq shakllanishning tо‘rt bosqichini aniqlagan:
1 - bosqich – tayyorlov; bir yoshga qadar
2 - bosqich – maktabgacha yosh davriga qadar bо‘lgan bosqich tilni dastlabki egallash bosqichi; uch yoshga qadar
3 - bosqich – maktabgacha yosh bosqichi; yetti yoshga qadar
4 chi bosqich – maktab bosqichi.
Bolalarning nutqiy rivojlanishning qonuniyatlarini bilish nutq nuqsonlarini tо‘g‘ri tashxis etish uchun muhimdir. “Uch yoshli bolani tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun logopedga yо‘llash kerak emas, chunki normal nutqiy rivojlanishda ham bu yoshdagi bolaga ayrim tovshularni xato talaffuz qilish odatiy xolat” hisoblanadi. Ontogenez jarayonida bolalar nutqi rivojlanishning qonuniyatlarini bilish, bolalar bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni barchasini tо‘g‘ri tashkil etish uchun muhimdir.
Nutqnnig rivojlanishi jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oy – 5 yosh) mutaxassis bola nutqida nimalar shaklanib bо‘lgan kerakligining nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman kuzatilmasligining chegerasini о‘rnatib olishi kerak. Kichik yoshdagi bolaning nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni normal nutqiy rivojlanishda bolalar nutqnnig shakllanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bо‘lmay turib amalga oshirib bо‘lmaydi.
Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chizg‘ichli shaklda quyidagicha tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash, bо‘g‘inlarni talaffuz qilish, sо‘zlarni talaffuz qilish, sо‘z birikmalari, gap, bog‘langan nutq.
-
Qiyqiriqlar о‘z о‘zidan yuz beradi- tug‘ilgandan 2 oylikka qadar; -
Gugulash о‘z о‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bо‘lishi bolaning kattalar bilan muloqati bilan bog‘liqdir – 2 oydan 5 – 7 oygacha; -
Bо‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30 haftallika qadar (4 – 7,5 oylik); -
Sо‘zlarni talaffuz qilish – sо‘zlardan foydalanish bо‘g‘inlarni talaffuz qilish bilan hamkorlikda davom etadi. 11,12 oylik; -
Sо‘z birikmalarning talaffuz qilinishi ikki va uch bо‘g‘inli sо‘zlarni о‘zlashtirib olgach yuz beradi 1 yoyoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar; -
Gaplarni qо‘llash kо‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida 2 yoshdan, 2 yoshu 6 oylikdan – qayerda, qayerga, 3 yoshdan – nimaga qachon savollarini bera boshlaydi; -
Bog‘langan nutq -3 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish, she’rlar, ashulalar yodlash orqali namoyon bо‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishga о‘tiladi, 4 yoshdan boshlab о‘yinchoqlar tasvirlanadi, 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi.
5 yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq tо‘xtalib о‘tamiz.
Iborali nutq.Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta sо‘zdan iborat bо‘lgan gaplarni qо‘llay oladilar.
Nutqni tushunish.О‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini tushunadilar, atrofdagilar nutqni e’tibor bilan tinglay oladilar.
Lug‘at boyligi.Hajmi 3000 gacha bо‘lgan sо‘z umulashtiruvchi tushunchalar (idish – tovoqlar, qiyim, mebel kabi) hosil bо‘ladi. Sifatni predmetlarning belgilari va sifatini kо‘p qо‘llaydilar: otlangan sifatlar bola nutqida hosil bо‘ladi.
Nutqning grammatik tuzilishi.Ot va sifatlarni son va kelishik qо‘shimchalari jihatidan, ot va sonlarni moslay oladilar, sо‘zlarni shaxs-son jihatdan tuslay oladilar:
Tovushlarning talaffuz. Tovshularni о‘zlashtirish jarayoni tugalanadi, nutq umuman olganda sof va aniq bо‘ladi, sо‘zlarni tovushlar bilan tо‘ldirish, boyitish, qofiya tanishga qiziqish oratdi.
Fonematik idrok. Fonematik eshituv yetarli darajada yaxshi rivojlangan sim – shim, tor – tur kabi sо‘zlarni ajrata oladi; topshirilgan tovushni sо‘zda mavjud yoki yо‘qligini aniqlay oladilar; sо‘zdagi oxirgi va birinchi tovshuni ajratib beradilar, ma’lum tovushga sо‘z topa oladilar; nutqning tempi, tebri va ovoz balandligini farqlaydilar. Lekin, sо‘zni yuqori darajada analiz va sintez qilish maxsus о‘qitishsiz rivojlanmaydi.
Bog‘langan nutq. Tanish ertak, qisqa matn (shakl marta, о‘qib berilgan) ni gapirib bera oladilar, she’rlarni ifodali о‘qiydilar; rasm va syujetli rasmlar asosida hikoya tuza oladilar; kо‘rgan va eshitganlari haqida tо‘liq hikoya qilib bera oladilar; baxslashidilar, mulohaza yuritadilar, о‘z fikrlarini himoya qiladilar, dо‘stlarini ishontiradilar.
Shartli etalonning asosiy vazifalari – tekshirish natijasida aniqlangan nutq holatini normadagi shartli etalon ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida bolaning nuqsonli nutqi fazasini belgilash va unda til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.
Nazorat uchun savollar.
-
So’zli nutq texnikasiga o’tish. -
Dastlabki bolalar leksikoni hususiyatlari: uning tarkibida guvrash komplekslarini mavjudligi, tovush-taqlidiy so’zlarni qo’llash. -
So’zni belgilash hususiyatlari bilan tanishish jarayoni: denotativ va signifikativ mazmunlarni shakllanishi. -
Bola nutqini til vositalari xarakteristikasi. -
Bolalar tomonidan so’zlarni ma’nisini talqin etish hususiyatlari, ularni semantizasiyasi usullari. -
To’g’ri va ko’chma ma’no: verbal assasiasiyalar rivojlanishi. -
So’zni leksik-grammatik variantlarini o’zlashtirish.
6-MA’RUZA
Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish.
REJA:
-
Bolalar nutqini amaliy grammatikasi, unu kattalar grammatikasidan farqi. Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish jarayoni, ularni nutqiy maxsulini yaratishdagi ustunligi. -
Morfologiyani rivojlanishi. Grammatik shakllarni rivojlanishining asosiy tandensiyalari. So’z hosil qilishni rivojlanishi. So’z hosil qilish modelini o’zlashtirish jarayonini. -
Sintaksisni rivojlanishi. Bir so’zli gaplar. Ikki so’zli gaplar (protogaplar)ni shakllanishi. Ko’p so’zli jumlalarga o’tish. Sintaktik meyorlarni tipik buzilish holatlari.
Tayanch sо‘zlar: ovoz, kompleks, psixoterapiya, artikulyatsiya, nafas, ovoz balandligi, ortofoniya, laringostoma, fonotsiya, massaj.
Nutq – bu oliy va о‘ziga xos jarayon bо‘lib, boshqa barcha oliy psixik funksiyalarni tashkillashtiradi va ularning shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’sir etadi (L. S. Svetkova). L.S.Vigotskiyning yozishicha: “... nutq – bu avvalom bor, ijtimoiy muloqot vositasi, fikrni bayon etish va tushunish jarayonidir”. S.L.Rubinshteyn nutqni muloqot, bayon etish va ta’sir etish faoliyati sifatida kо‘rib chiqqan. “Nutq,- deb yozadi u,- ayrim insonlar uchun ong mavjudligining shakli, u tildan foydalanish jarayoni, nutq bu muloqot-bayon etish, ta’sir etish faoliyati, til orqali xabar berish demakdir. Nutq bu harakatdagi tildir”.
Shunday ekan, insoniyat muloqot qilishni boshlagandan buyon muloqot vositasi – tilni va muloqot jarayoni - nutqni о‘rganishga, tushunishga va tadqiq etishga harakat qiladi. Antik davrdagi olimlar va sharq xalqlari mutaffakirlari ham nutqni (ularning ishlarida “til” о‘rnida “nutq” sо‘zi ishlatilgan) о‘rganishga, uni tushunishga va ilmiy isbotlashga harakat qilganlar.
Organizm atrofdagi muhit bilan doimo о‘zaro mustahkam aloqada bо‘lmay turib yashay olmaydi. Organizmning shunday tashqi ta’sirlarga moslashishi, atrofdagi muhit bilan muvozanatda bо‘lishi nerv sistemasi tufayli yuzaga keladi. “Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosi, - deb yozadi I.P.Pavlov, - odam darajasiga kelganda nerv faoliyati mexanizmlariga juda ham katta qо‘shimcha qо‘shiladi. Bu qо‘shimcha - nutq faoliyati bо‘lib, ikkinchi signal sistemasining yuzaga kelishi va rivojlanib borishidan iborat bо‘ladi”.
Nutqning yuzaga kelishi va idrok qilinishida biz “signallarning signallari” (I.P.Pavlov) tarzidagi sо‘zlardan foydalanamiz, ya’ni sо‘zlarni tanlaymiz va ularni ma’nosiga qarab tahlil qilamiz, ajratamiz. Bu murakkab jarayon katta miya yarim sharining pо‘stlog‘ida amalga oshiriladi.
Nutq faqat inson uchun xos bо‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til- bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. Sо‘zlovchi о‘z fikrini bayon etish uchun zarur sо‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq a’zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.
Bolalar nutqi maromida bо‘lishi uchun bosh miya pо‘stlog‘idagi nutq markazlari tо‘liq rivojlanishi, ularning sezgi organlari ham yetarli darajada rivojlangan bо‘lishi kerak. Bu о‘rinda ayniqsa, nutqni harakatga keltiruvchi va nutqni eshituvchi analizatorlarning rivojlanishi juda muhimdir.
N.V.Shchelevanov kо‘p yillik tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga keladi: “Miya funksiyasi murakkablashuvi, oliy asab sistemasi faoliyatining yuzaga kelishi uchun miyaning faqat anatomik tayyorlanishi kifoya emas. Miya yarimshar pо‘stlog‘ining murakkab funksiyalari individual hayot davomida organizmni о‘rab turgan atrof-muhit, shuningdek, murakkab hodisalar ta’siri va aks ta’siri natijasida yuzaga keladi”. Agar bunday aks ta’sir kо‘rinmasa yoki ular kamlik qilsa, u holda garchi о‘z anatomik konstruksiyasiga kо‘ra vazifa bajarishga tayyor bо‘lgan miya pо‘stlog‘ining inson uchun muhim bо‘lgan barcha a’zolari munosabatini tashkillovchi miya yarimsharlari faoliyatining amalga oshishi kechikadi. Shu sababli bola dunyoga kelgan birinchi oydan boshlab, paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan tо‘xtalishning oldini olish uchun, tarbiyani о‘z vaqtida olib borish lozim.
Bola tarbiyasi – uning psixologik rivojlanishi, xususan, nutqning rivojlanishida asosiy faktor sanaladi. Biroq bola hayotining dastlabki birinchi oyidagi tarbiya faqat uni parvarish qilish bilangina chegaralanishi mumkin emas. Unda qarash, eshitish qobiliyatini tarbiyalash, shuningdek, bolaning emotsional daraja – jilmayish, kulish va ovoz tonini uyg‘otish lozim. Bular hammasi birgalikda nutqning rivojlanishida muhim shartlardan sanaladi.
Psixologik adabiyotlarning tahliliga kо‘ra, bolalarda birinchi nutq funksiyasining shakllanish jarayoni, ya’ni hayotining dastlabki yetti yilida (tug‘ilishdan to maktab yoshiga qadar) nutqni muloqot vositasi sifatida о‘zlashtirish jarayonida uch asosiy bosqich yuz beradi.
Birinchi bosqichda – bola hali atrofdagi kattalar nutqini tushunmaydi va о‘zi ham gapira olmaydi, lekin bu bosqichda keyinchalik nutqni egallashni ta’minlab beruvchi sharoit yaratiladi. Bu verbal(til vositasi)dan oldingi bosqich hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda – umuman mavjud bо‘lmagan nutqdan uning paydo bо‘lishiga о‘tiladi. Bola kattalarning sodda iboralarini tushuna boshlaydi, va о‘zining dastlabki faol sо‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. Bu nutqning namoyon bо‘lish bosqichidir.
Uchinchi bosqich – esa yetti yoshgacha bо‘lgan keyingi barcha davrlarni qamrab oladi, bunda bola nutqni egallagan bо‘ladi va atrofdagilar bilan muloqot qilish davrida til birliklaridan turlicha va keng foydalana boshlaydi. Bu esa nutqiy muloqotning rivojlanish bosqichi deb yuritiladi.
Nutq rivojlanishi va yuzaga chiqishining har bir bosqichida juda kо‘p va turli omillar ta’siri kuzatiladi.
Ma’lumki, til muloqot vositasi nutq, uning jarayoni sifatida, ya’ni kommunikativ faoliyat rivojlanishining ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishi va rivojlanishi muloqot qilish hamda bola hayotiy faoliyatidagi umumiy ehtiyojlar bilan shartlanadi.
Verbal bо‘lmagan muloqot davri orasida о‘ziga xos о‘tish davri ajralib turadi, bu jarayonda bola gapirsa ham bо‘ladi, lekin u ham sо‘zlarni ishlatishga intilmaydi. Bola juda kо‘p haftalar davomida о‘z istagi bilan nutqiy muloqotga kirishmaydi, balki nutqiy muloqotdan oldingi holat darajasida qoladi. Nima uchun bunday holat yuz beradi, nutqni tushunuvchi va kerakli sо‘zlar artikulyatsiyasini qaytarish, bolaga gapirish uchun nima tо‘sqinlik qiladi. Faqatgina suhbatdoshning faolligi – katta kishining undashi – bolada vaziyatni tо‘liq о‘zgartiruvchi, uni nutqga undovchi vaziyatga ehtiyoj seziladi.
Demak, bolada faol nuqtning yuzaga kelishi bevosita kattalar bilan о‘zaro hamkorlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Agar bu hamkorlik yetarli darajada yо‘lga qо‘yilgan bо‘lsa, u holda hayotining birinchi yili yakunida kichik yoshdagi bola о‘zining kattalarga qaratilgan ilk sо‘zlarini talaffuz qiladi, key in esa necha yillar davomida atrofdagi kishilar, dastlab kattalar bilan, ikki yoshdan sо‘ng esa, boshqa bolalar bilan о‘zaro harakat uchun verbal vositalardan foydalanish qobiliyatini faol egallaydi.
Bolalarda nutqiy reaksiyaning ikki asosiy shakli mavjuddir:
Dialog – muloqotda ikki kishi faol: biri ikkinchisiga savol bilan murojaat qiladi, boshqasi javob beradi va aksincha.
Monolog – о‘yin davomida bola о‘zi bilan о‘zi gaplashadi.
Nutqiy muloqotning nisbatan yuqori shakli diologdir. U bolalar nutqining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Chunki diologik hamkorlik bolalarda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga turtki bо‘ladi.
Diolog natijasida bir bola boshqa bolani о‘yinga, mashg‘ulotga jalb etadi, u bilan aloqa о‘rnatadi. Afsuski, kо‘pincha, hattoki, kо‘p gapiruvchi bolaga nisbatan yomon qarashlariga guvoh bо‘lishga tо‘g‘ri keladi. Bunga juda jiddiy qarashga tо‘g‘ri keladi, chunki agar muloqotga qobiliyat amalda rivojlanmasa, u keyinchalik ham yetarli bо‘lmay qoladi.
Nutq nuqsonini aniq tushunish uchun normadagi nutqiy rivojlanishning butun yо‘nalishini ketma – ket, aniq tasavvur etish kerak bо‘ladi. Nutqiy rivojlanishning har bir bosqichni aniq tasavvur qilish, bu jarayondagi u yoki bu nuqsonni о‘z vaqtida anglash uchun “bola nutqi sifatli о‘sishining har bir jihatiga e’tibor berish kerak”.
Grammatika – tilshunoslikning sо‘z va gap qurilishini о‘rganuvchi bо‘limi hisoblanib, ikki qismdan – morfologiya va sintaksisdan iborat.
Morfologiya grekcha “morfe” – shakl, “logos” – fan, talimot degan manoni anglatib, sо‘zlarning tuzilishi, о‘zgarishi va turkumlarga ajralishi haqidagi qonuniyatlarni о‘rganuvchi grammatikaning bо‘limidir. Shu asosda, morfologiyani sо‘z shakllari haqidagi talimot deyish mumkin.
Sintaksis sо‘z birikmasi gap, gap qurilishi, gap turlari haqidagi talimotdir. Sintaksis sо‘zlarning о‘zaro bog‘lanishi, ularning birikish usullari, vositalarini о‘rganadi. Grammatikaning mazkur bо‘limi muayyan grammatik tuzilma bо‘lib, til elementlari bо‘lgan sо‘zlar, grammatik qoidalar va grammatik vositalardan nutq yuzaga keladi. Bu degan sо‘z – sо‘zlarni ma’lum grammatik forma qiyofasiga kiritish, ularni biriktirish va gap tuzish demakdir.
Nutq ana shunday sо‘zning grammatik formalari, sо‘z birikmalari va gaplardan vujudga keladi. Mantiqiy izchillik nuqtai nazaridan olganda, nutq gaplardan – gap formalaridan, gap - sо‘z birikmasi va gap bо‘lagi shakllaridan (formalaridan) tuzilib, bularning hammasi sо‘zning grammatik formasiga asoslanadi.
Nutqning grammatik tomonini egallash ham paradigmatik, ham sintagmatik aloqalarni о‘zlashtirishni taqazo etadi. Nutq grammatik qurilishining shakllanishi jarayonida о‘zaklarni ajratish hamda ularni leksik yoki grammatik ahamiyati bilan taqqoslash amalga oshirilib, dastlab mazkur jarayon amaliy, ongsiz tarzda bajariladi. Mazkur jarayon asosida esa morfologik va sintaktik til umumlashmalari yuzaga keladi.
Til umumlashmalarining shakllanishi bola analitik-sintetik faoliyatining yetarli darajadagi rivoji, yani sо‘zlarning tovush, morfologik tuzilishini tahlil qilish, bir sо‘zning turli grammatik shakllarda (uy – uyning – uyda - uyga) hamda bir xil grammatik ahamiyatga ega turli sо‘zlarning (stollar - partalar) umumiy va maxsus tomonlarini ajrata olish, til qonuniyatlari asosida sо‘z tarkibidagi turli xil о‘zaklarni sintezlay olish kо‘nikmalari asosida yuzaga keladi.
Ma’lum til qonuniyatlarini tо‘g‘ri о‘zlashtirib olish natijasidagina bola о‘z fikrini nutqda tо‘g‘ri modellashtira oladi. Til qonuniyatlarini о‘zlashtira olmaslik esa sо‘zning morfologik hamda gap sintaktik tuzilishining buzilishiga olib keladi.
Bolalarda nutqning grammatik qurilishini rivojlanishining asosiy omili bu bolaning yaqin katta yoshdagi odamlar bilan har kungi muloqoti, ular bilan birgalikdagi faoliyatidir. Kichik maktabgacha yoshda ularning nutqi vaziyatli-ishga doir muloqotdan, katta maktabgacha yoshda esa vaziyatga doir bо‘lmagan muloqotdan iborat bо‘ladi. Oilada mazkur muloqot spontan ravishda yuzaga keladi va jadallashadi.1
Tadqiqotchilar bolalarda nutq shakllanishi bosqichining miqdorini ajratadilar, ularni turlicha nomlaydilar.
G.L.Rozengrad Pupko nutqiy rivojlanishida ikki bosqichni: tayyorlov (ikki yoshga qadar) va nutqni mustaqil bayon etish bosqichlarini ajaratadi.
A.N.Leontyev bolalarda nutq shakllanishning tо‘rt bosqichini aniqlagan:
1 - bosqich – tayyorlov; bir yoshga qadar.
2 - bosqich – maktabgacha yosh davriga qadar bо‘lgan bosqich tilni dastlabki egallash bosqichi; uch yoshga qadar.
3 - bosqich – maktabgacha yosh bosqichi; yetti yoshga qadar.
4 - bosqich – maktab bosqichi.
Bizningcha, bolalar nutqiy rivojlanishining qonuniyatlarini bilish nutq nuqsonlarini tо‘g‘ri tashxis etish uchun muhimdir. “Uch yoshli bolaning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun logopedga yо‘llash kerak emas, chunki normal nutqiy rivojlanishda ham bu yoshda bolaning ayrim tovushlarni xato talaffuz qilishi odatiy hol” hisoblanadi. Ontogenez jarayonida bolalar nutqi rivojlanishining qonuniyatlarini bilish bolalar bilan korreksion tarbiyaviy ishlarning barchasini tо‘g‘ri tashkil etish uchun о‘ta muhimdir.
Nutqning rivojlanish jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oydan – 5 yoshgacha) mutaxassis bola nutqining qaysi jihatlari shakllanganligini va nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman kuzatilmasligining aniq chegarasini belgilab olishi kerak. Kichik yoshdagi bolaning nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni bolalar nutqining normal bolalar nutqniig shakllanishi, rivojlanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bо‘lmay turib amalga oshirib bо‘lmaydi.
Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chiziqli shaklda quyidagicha tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash, bо‘g‘inlarni talaffuz qilish, sо‘zlarni talaffuz qilish, sо‘z birikmalari, gap, bog‘langan nutq. YA’ni:
-
qiyqiriqlar о‘z о‘zidan yuz beradi- tug‘ilgandan 2 oylikka qadar; -
gugulash о‘z о‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bо‘lishi bolaning kattalar bilan muloqoti bilan bog‘liqdir (2 oydan 5 – 7 oygacha); -
bо‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30 haftallika qadar (4 – 7,5 oylik); -
sо‘zlarni talaffuz qilish – sо‘zlardan foydalanish bо‘g‘inlarni talaffuz qilish bilan hamkorlikda davom etadi (11,12 oylik); -
sо‘z birikmalarining talaffuz qilinishi ikki va uch bо‘g‘inli sо‘zlarni о‘zlashtirib olgach yuz beradi (1 yoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar); -
gaplarni qо‘llash kо‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida (2 yoshdan, 2 yoshu 6 oylikkacha) – qayerda? qayerga? 3 yoshdan – nimaga? qachon? savollarini bera boshlaydi; -
bog‘langan nutq -2 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish, she’rlar, ashulalar yodlash orqali namoyon bо‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishga о‘tiladi, 4 yoshdan boshlab о‘yinchoqlar tasvirlanadi, 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi.
5 yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq tо‘xtalib о‘tamiz:
-
Nutqni tushunish. О‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini tushunadilar, atrofdagilar nutqini e’tibor bilan tinglay oladilar. -
Lug‘at boyligi. Hajmi 3000 gacha bо‘lgan sо‘z umulashtiruvchi tushunchalar (idish – tovoqlar, qiyim, mebel kabi) hosil bо‘ladi. Sifatni predmetlarning belgilari va sifatini kо‘p qо‘llaydilar: bola nutqida otlashgan sifatlar hosil bо‘ladi. -
Nutqning grammatik tuzilishi.