Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 05.12.2023

Просмотров: 353

Скачиваний: 9

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Fonemalarni farqlash qobiliyati ayniqsa bir tovushga kо‘ra farqlanadigan sо‘zlarni qarama-qarshi qо‘yganda yaqqol kо‘rinadi, masalan, tol-pol, chol-sol, sim-shim kabi bu [m],[n],[ch],[s],[sh] tovushlar о‘zbek tilida aloxida fonema ekanligini kо‘rsatadi.

Bu fonemalarni gapiruvchi yaxshi farqlay olmasa, kо‘pgina sо‘zlarni talaffuzda farqlay olmaydi, unutqni tushunishni qiyinlashtiradi.

Gvozdevning kо‘rsatishicha, fonemalar manoviy birliklarni farqlashga xizmat qila turib ular о‘z xolicha ma’noni anglatmaydi. Fonema – bu tilning kichik birligi xisoblangan tovush bо‘lib, u manolarni saqlash funksiyasini bajaradi.

XX asrning 60-yillarida “tovush taxlili” atamasi qо‘llanilgan va uni quyidagi turlarini farqlashgan: tabiiy tovush taxlili va sun’iy tovush taxlili.

Tabiiy (sensor-persentif) tovush taxlili og‘zaki nutqiga xizmat qilib, u yordamidamanoni farqlash funksiyasi amalga oshiriladi.

Sun’iy (intelektuall) tovush taxlili о‘z-о‘zidan shakillanmaydi uni bolalar shk maqsadda о‘qitish davomida egallaydilar.

Tovush taxlilining bu turi insonning yozma nutqiga xizmat qiladi.

Intelektual tovush taxlili jarayonida 3 ta asosiy operatsiyalar am alga oshiriladi: 1) sо‘zdagi tovushlarni yoki uning yо‘qligini aniqlash, 2) sо‘zdagi tovushlarni о‘zaro о‘rnini aniqlash, 3) sо‘zdagi tovushlar soni va ularni chiziqli ketma-ketligini aniqlash.

D.B.Elkomin bu ikki turdagi tovushlar taxlilini “yangi atamalar-fonematik eshituv” va “fonematik idrok” deb atashni taklif etadi.

M.YE.Xvatev fonematik eshituvni “nutqimizdagi manoviy birliklar sifatida qabul qilish qolbiliyati bо‘lib u inson eshituvining asosiy sifati xisoblanadi”, deb belgilaydi. Faqatgina fonematik eshituv orqaligina nutq dagi tovushlarni va aloxida sо‘zlar ma’zmunini aniq idrok etish mumkin.

Shu tariqa fonematik eshituv insonni fizik eshituvini asosiy turi bо‘lib u ona tilidagi fonemalarni eshitish va farqlash imkonini beradi. Fonemktk idrok bu sо‘zning tovush tarkibini taxlil qilish demakdir. Bollarda fonemalarni talffuz qilish va idrok etishni buzilishida akustik-artikuliyatsion belgilariga kо‘ra farqlanuvi tovushlarni idrok etish va artikuliyatsiyalash jarayonini tugallanmaganligi kuzatiladi.

Fonematik eshituvni rivojlanish darajasi tovush taxlilini egallashga ta’sir kо‘rsatadi. Fonematik eshituvni rivojlangmaganlik darajasi turlicha bо‘lishi mumkimn. Ularning quyidagi darajalarga ajratish mumkin.

1) Bilamchi daraja: Fonematik eshituv bilamchi buzilgan. Tovush taxlildi faoliyatlari darajasi va tovush taxlilini egallashning asosiy shartlari yetarlicha shakllanmagan.

2) Ikkilamchi darajda: Folnematik eshituv ikkilamcha buzigan.

Artikuliyatsin organlar motorikasininig buzilishi oqibatidagi nutqiy kinesteziyalar yoki nutq organlarida anatomik nuqsonlar kuzatiladi. Me’orda eshitib talffuz qilish munosabati buziladi: muximi talaffuzni rivojlanish mexanizmi.

Yengil dizartriyali bolalardagi fonetiko-fonematik buzilish xususiyatlarin о‘rgana turib “foyemati eshituv” va “fonemati idrok” tushunchalarni aniqlab olish zarur.

Psixologiya, lingivistik, defektalogiya, pedagogikada bu tushunchalarni belgilash uchun turlicha qarashlar mavjud. Logopedik va psixologik lug‘atlarda “fonematik eshituv” atamasi odamning nutqiy tovushlarini analiz va sintez qilish, shu til fonemalarnini idrok etishni ta’minlovchi qobiliyat sifatida belgilanadi. Fonematik eshituvni shakllanishini tushunishga nutq rivojlanishini tekshiruvchi olimlar turlicha yondashishadi, ammo ularning barchasi 2 yoshga kelib “birlamchi” fonematik eshituv maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosi bо‘ladi degan xulosaga kelishdi.

A.R.Luriya fonematik eshituni aloxida guruxdagi turli tovushlarni umumlashtirish qobiliyati sifatida qarab,unda tovushglarning о‘ziga xos belgilari va uning masofaviy belgilarinisolishtirishni qullaydi.

T.B.Filicheva, T.V.Tumanov fonematik eshituvni bolani sо‘z tarkibidagi morfologik va tovush tushunchalarini am aliy umumlashtirish qobiliyati sifatida.

L.E.Jurova va D.B.El’koninlarning fikricha fonematik eshituv bolalarda jarayonida nutqiy eshituvning ancha yuqori shakli natijasi sifatida shakllanadi. “Fonematik idrok” atamasi ostida tild tovushlarini ajratish va sо‘zning tovush tizimining uni birligi sifatida qabul qilish tushuniladi.


A.M.Borodovich fikricha fonematik idrok sо‘zida bolani о‘z nutqini doirasida analitik faoliyatini rivojlanishini aks ettiradi. (nutqni taxlil qilish malakasi, uni tashkil etuvchi qisimlarga ajratish) Boshqa sо‘z bilan aytganda fonematik idrok “nutqda gaplarni, gaplarda sо‘zlarni, sо‘zlarda” tovushlarni ajrata olish malakasi sifatida tushuniladi.

M.G.Gening va N.A.Gemanlar bolaning fonematik idrok qobiliyatida nutq tovushlarni ayniqsa akustik yaqin tovushlarnni eshitib idrok etish va tо‘g‘ri farqlashni kо‘radilar. Fonematik idrokni malaka emas, qobiliyat sifatida kо‘rib chiqib olimlar uni fonematik eshituv bilan bir xil deb xisoblashadi.

Shuningdek kо‘pgina olimlar fonematik idrokni о‘z nutqidagi tovushlarni tо‘g‘ri farqlash malakasini maxsus tarbiyalash sifatida xarakterlaydi.

N.X.Shvachkinni bolalarni fonematik eshituvini о‘rganishga bag‘ishlangan ishida bolalarni fonematik eshituvini qonuniyatlarini aniqladi va bolani fonematik rivojlanishini, shakllanishini 12 ta genetik qatorini belgiladi.

12 ta fonematik (genetik) qator:

1-chisi – unlilarni farqlash;

2-chisi-undoshlarni farqlash;

3-chisi-sonorlar va shovqinlarni farqlash;

4-chisi qattiq va yumshoq undoshlarni farqlash;

5-chisi-sonar undoshlarni farqlash;

6-chisi-sonar va artikuliyatsiyalanmaydigan shovqinlarni farqlash;

7-chisi-lab va tiltovushlarini farqlash;

8-chisi-portlovchi va sirg‘aluvchi tovushlarni farqlash;

9-chisi-til oldi va til orqa tovushlarni farqlash;

10-chisi-jarangli va jarangsiz tovushlarni farqlash;

11-chisi-shovqinli va portlovchi tovushlarnifaqlash;

12-chisi-sirg‘aluvchi va til о‘rta tovushlarni farqlash.

Fonematik eshituv bola nutqining semantikasi bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi bola nutqida fonematik rivojlanish ketma-ketligini umumlashtirilgan xolatda 1-jadvalda kо‘rsatilagan.

Fonematik rivojlanishning umumiy sxemasi. (N.X.Shvachkin)

1-jadval

Rivojlanish ketma-ketligi

Fonematik farqlash

Davr











Daraja

Qator

Bosqich

Birinchi (unlilarni farqlash)

Birinchi (unlilarni farqlash)

Birinchi (unlilarni farqlash)

Birinchi ikkinchi

uchunchi

[a] va boshqa unlilarni farqlash [4-u], [e-0], [4-0], [e-u]dan farqlash [4-e],[u-0] dan farqlash.

Ikkinchi (undoshlarni faqlash)

Ikkinchi taxminiy (undoshlarni faqlash)

Ikinchi

-

Undoshlarni faqlash: fonema=undosh-nol-fonema

[bok -ok], [vek-ek], [dik-ik].




Uchunchi (sonar va artikulyatsiya-lanadigan shovqinlarni farqlash)

Uchunchi

-

Sonar va artikulatsiyalanadigan shovqinlarni farqlash [m-b], [r-g], [n-g], [j-v]




Tо‘rtinchi (yumshoq va qattiq undoshlarni farqlash)

Tо‘rtinchi

-

Qatiq va yumshoq undoshlarni farqlash [n-n’][m-m’],[v-v’], [z-z’], [g-g’][l-l’],[r-r’]




Beshinchi (sonarlarni faqlash)

Beshinchi

-

Burunli va sirg‘aluvchilar-ni jfarqlash

[m-l],[m-r], [n-l], [n-r][n-j], [m-j]

Burunli farqlash

[m-n].

Sirg‘aluvchi farqlash

[l-r]





Oltinchi (shovqin-lilarni faqlash)

Oltinchi

-

Sonar va artikulyatsiyalanadigan shovqinlarni farqlash

[m-z],[l-x], [n-z]







Yettinchi

-

Til va lab undoshlarni farqlash

[v-g],[v-z], [f-x]







Sakkizinchi

-

Portlovachi va sirg‘aluvchi tovushlarni farqlash

[b-v],[d-z], [k-x], [k-j].







Tо‘qqizinchi

-

Til oldi va til orqa tovushlarni farqlash:

[d-g],[s-x], [sh-s].







О‘ninchi

-

Jarangli va jarangstz tovushlarni farqlash

[n-b],[m-g], [k-g], [f-v]

[s-z],[sh-j].







О‘n birinchi

-

Shovqinli va portlovchi tovushlarni farqlash

[s-z],[sh-j].







Un ikinchi

-

Sirg‘aluvchi va jni farqlash

[r-j],[k-j].


Ontegnezda nutqning fonematik va fonematik tomonini rivojlanishi asta-sekin rivojlanadi. Nutqni egallashda asosiy rolni fonematik eshituv egallaydi.

R.YE.Levina fonematik rivojlanishni shakillanishini quyidagi bosqichlarinitaklif etadi:

1-bosqich-fonemagacha rivojlanish davri, unda tovushlarni farqlash bо‘lmaydi.

2-bosqich-fonemalarni farqlashni boshlang‘ich bosqichi:

3-bosqich-fonemalarni farqlash amalaga oshirish bosqichi.

4-bosqich-elementar tovush taxliliga tayyorgarlik bosqichi.

5-bosqich fonemalarni farqlash va tovush taxlili operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati.

Agar birinchi 3-bosqichni ilk yoshda bola meyorida amalga oshirsa,unda qolgan 2 bosqich katta maktab yoshida, kattalar tomonidan faol ta’sir etish jarayonida amalga oshadi.

Tо‘g‘ri tovushlar talaffuzini egallash sensor va mator funksiyalarni о‘zaro chambarchas aloqasi asosida rivojlanib, ular nutqiy tizim birligini ta’minlaydi. Bir tomondan nutqning tovush tomonini tо‘g‘ri о‘zlashtirish kо‘p tomondan idrokning fonematik va perseptiv darajasini rivojlanishi belgilaydi. Boshqa tomolnidan nutqni rivojlanishi davomida eshituv analizatori nutq xarakat analizatori tomonidan ta’sirni xis etadi: Bola tovushlarni qanday talaffuz qilsa shunday eshitadi va idrok etadi, Bola tо‘g‘ri talffuz etadigan tovushlarni eshitishiga kо‘ra yaxshi farqlanadi yoki aksincha.

Shuningdek, bola nutqni tovush tomonini tо‘g‘ri shakllanishi uchun nafaqat bunga artikulyatsin apparat tayyor bо‘lishi kerak balki о‘zini va boshqalar nutqidagi notо‘g‘ri talaffuz qilinadigan tovushlarni yaxshi eshita olishi va farqlash malakasiga ega bо‘lishi kerak.

Yengil dizartriyali bolalarda fonematik eshituvni shakllanishini buzilishi ikkilamchi xarakterda bо‘ladi. Bu turdagi nuqsonlar patologik nutqiy kinestiziyalarda, nutq organlaridagi xarakat organlaridagi jaroxatlarda, ikkilamchi xarakterdagi fonematik eshituv yengil dizartriyali bolalarda paydo bо‘ladi, uning ifodalanish darajasi dizartiriyaning о‘zidagidek ifodalanish darajasiga bog‘liq.

Bolalar aytilishiga kо‘ra yaqin tovushlarni farqlash (rasmlar asosida), berilgan tovushlarga rasmlar tanlash, ularni bо‘g‘imlarda tanish mashqlarni yomon bajaradi. Yengil dizartriyali bolalarda artikulatsion aparatdagi patalogiyalar (ginertonus, gipotonus, deviatsiya, gipertinezlar, gipersolivatsiya va boshqalar) tufayli artikulatsin organlar motorikasi buziladi, artikuliator xarakatlar sifatida yomonlashadi.

Bu mator yetishmovchilik ponevmatik eshituvni shakklanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bu birinchi bо‘g‘inni buzilishi fonematik idrokni tashkil etuvchi aqli operatsiyalarni о‘qitish jarayonida о‘zgartirilishiga qarshilik kо‘rsatadi. Bunga bog‘liq ravishda fonematik analizni aqliy doirada amalga oshiruvchi (malaka) fonematik malaka va kо‘nikmalar, tassavvurlar shakllanmaydi. Shuningdek , eshituv va nutq xarakat apparati о‘rtasidagi aloqani tuzilishi sо‘zni tovush tarkibini yetarlicha о‘zlashtira olmaslikka olib keladi, bu esa о‘z navbatida о‘qish va yozishni egallash jarayonida aks etadi. Nutq payitida artikulyatsining aniqligini buzilishi, yengil dizartriyali bolalarni tushunarsiz nutqi aniq eshituv idrokini shakkillanishiga imkon bermaydi. Kо‘pincha bolalar о‘zlarning tovushlar talaffuzini nazorat qila olmaydi.

Kenestik nazoratni va eshituv differensatsiyasining buzilishi nutqning prosodik va fonematik tomonlarini turg‘un buzilishining sababi xisoblanadi.

Yengil dizartriyali bolalarni fonematik eshituv xolatini tekshirishga bag‘ishlangan bizning tadqiqotlarimiz shuni kо‘rsatdiki, ba’zi bolalarda qiyinchiliklar I-darajadayoq boshlanib ular nonutqiy tovushlarni yaxshi farqlay olmaydi.

Nonutqiy tovushlarni farqlay olmaslik eshituv diqqatining xolatidan dalolat beradi va fonematik eshituvning shakallanishini sharti xisoblanadi. Anamnez ma’lumotlarni о‘rganish qiziqarli kuzatish xisoblanadi. Dearli barcha nonutqiy tovushlarni farqlashda muammolari bor bolalarning omoloringolog xulosasida adenoid о‘simtalari xaqidagi tashxizlar (II-daraja) mavjud. Yana boshqa muxim kuzatishdeb, bolalar ularga yaxshi tanish xayotda mashg‘ulotlarda kо‘p uchraydigan tovushlarni birinchi martta qabul qilayotgan va ularga tashish bо‘lmagan tovushlarga qaraganda yaxshi faqlaydi.

Kо‘pgina bolalarni ritmik qobiliyatlarni idrok va ritmik qatorlarni takrorlashlarini tekshirilganda, ularda ikkalasida xam xotaliklar kuzatiladi. Eshituv diqqatining turg‘un emasligi tufayli ba’zi toprshiriqlar 2 yoki xatto uch martta urinishdan keyin bajarildi. Bunda mator buzilish yaqqol kо‘rinadi. Ba’zi bolalar bu topshiriqlarni bajaraolmaydi, topshiriqlarni bajarishdan bosh tortadi. Bir xil tovush komplekslari va tovush tarkibiga kо‘ra yaqin sо‘zlarni farqlashi tekshirilganda yengil dizartriyali bolalar dizartriyali bolalar bir xil bо‘lmagan guruxlarni aks ettiradi. Kamchilik xammada kuzatiladi, ammo turli darajada ifodalanadi. Xatoliklar bilan bajarilgan topshiriklarni kо‘pchilik bolalar mustaqil tо‘g‘irlashadi. Kо‘pincha bolalar xatolarini sezishmaydi. Tovush tarkibiga kо‘ra yaqin sо‘zlarni fqrqlash va ajratish bо‘yicha topshiriqlarni bolalar qiyinchilik bilan bajaraishadi. Bunday topshiriqlarda chapak chalish talab etiladi. Agar logoped kо‘p sо‘zlar qatoridan biror sо‘zni xato talaffuz qilsa bola chapak chaladi. (shashka-sashka, chashka-shashka). Barcha bolalar bо‘g‘inlar va fonemalarni farqlashda qiyinchiliklarga uchraydi, faqat bir necha bor urinishdan keyin (2-tо‘rt martta) bolalar boshqa unlilar qatoridan berilgan unli tovushni ajrata oladi. Oppozitsion undoshli bо‘g‘inlarni: jarangli va jarangsiz tovushlar ishtirok etgan bо‘g‘inlar farqlashga barcha bolalar qodir emas.


Bug‘inlar va fonemalarni faqlash tadqiqotida bolalarning 1/ tasida nutq eshituv xotirasining buzilganligi aniqlanadi.

Qiyinchiliklar faqatgini nozik akustiko- artikulyator belgilarga kо‘ra farqlanadigan tovushlarni farqlashdaemas balki aniq tovushlarda xam kuzatiladi. Ba’zi yengil dizartriyali bolalarda asosiy qiyinchilik bо‘g‘inlar janjirini takrorlashda aniqlanadi. О‘ziga xos buzilishlar iikinchi bо‘g‘inni birinchisiga moslashda, bо‘g‘inlarni bо‘g‘inlar janjiridagi о‘rninialmashtirishda aks etadi. Kо‘pgina olimlar fonetik, leksik-grammatik buzulishlarni muvoffaqiyatlibartaraf etish, gidiografiya va disleksiyani oldini olish ularni fonematik eshituvini shakllantirishni taklif etadi bundan tashqari yaxshi fonematik eshituv bolalarga atrofdagilar nutqidagi prosodik xarakteristikani farqoashga yordam beradi va prosodika kachiliklarni muvoffaqiyatli bartaraf etishga imkon beradi.

Nazorat uchun savollar.




  1. Tovushlar talaffuzi nutqiy ontogenezni dastlabki bosqichi.

  2. Nutqni tug’ma asoslari: chaqaloqning qichqirishi va yig’isi, ularni bolaning sub’ektiv holati bilan aloqasi.

  3. Bolalik davrini dastlabki vokalizasiyasi: gugulash va guvrash, ularni biologik determinasiyasi. Gugulash davri hususiyatlari.

  4. Guvrashning fonetik boyligi va hilma-hilligi.

  5. Guvrash tuzilmalarinin ahamiyati va o’zgarish hususiyatlari. Ona tilini hissiy-ifodaviy vokalizmini o’zlashtirish.

  6. “Nutqiy imo-ishoralar” fonemalarni yuzaga kelish asoslari sifarida.

  7. Nutqning artikulyasion tomonini o’zlashtirish qoniniyatlari.



5-MA’RUZA

Bola nutqini leksikasini rivojlanishi.


REJA:

  1. So’zli nutq texnikasiga o’tish. Dastlabki bolalar leksikoni hususiyatlari: uning tarkibida guvrash komplekslarini mavjudligi, tovush-taqlidiy so’zlarni qo’llash.

  2. So’zni belgilash hususiyatlari bilan tanishish jarayoni: denotativ va signifikativ mazmunlarni shakllanishi. Bola nutqini til vositalari xarakteristikasi.

  3. Bolalar tomonidan so’zlarni ma’nisini talqin etish hususiyatlari, ularni semantizasiyasi usullari. To’g’ri va ko’chma ma’no: verbal assasiasiyalar rivojlanishi. So’zni leksik-grammatik variantlarini o’zlashtirish.





Tayanch sо‘zlar: ovoz, xiqildoq, funksiya, otorinolaringologiya, diafragma, traxeya, organik, fuksional, markaziy, pereferik, afoniya, disfoniya, fonosteniY.

Psixologik adabiyotlarni tahlili, bolalarda birinchi nutqi funksiyasining shakllanishi jarayoni, ya’ni hayotining dastlabki yetti yilida (tug‘ilishdan to maktabgacha qadam qо‘yg‘uncha qadar) nutqni muloqat vositasi sifatida о‘zlashtirish jarayonida uchta asosiy bosqich yuz beradi.

Birinchi bosqichda – bola ham atrofdagi kattalar nutqini tushunmaydi va о‘zi ham gapira olmaydi, lekin bu bosqichda keyinchalik nutqni egallashni ta’minlab beruvchi sharoit yaratiladi. Bu verbaldan oldingi bosqich hisoblanadi.

Ikkinchi bosqichda – nutqning umuman namoyon bо‘lmasligidan uning paydo bо‘lishiga о‘tiladi. Bola kattalarning sodda iboralarini tushuna boshlaydi. Va о‘zining dastlabki faol sо‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. Bu nutqning namoyon bо‘lishi bosqichdir.

Uchinchi bosqichda – esa yetti yoshgacha bо‘lgan keyingi barcha davrni qamrab oladi, bunda bola nutqini egallagan bо‘ladi va atrofdagilar bilan muloqat qilishi davrida uni turlicha va keng qо‘llay boshlaydi. Bu esa nutqiy muloqatning rviojlanish bosqichi deb yuritiladi.

Nutqning rivojlanishi va yuzaga chiqishning har bir bosqichida juda kо‘p sondagi va turlicha bо‘lgan omillar ta’siri kuzatiladi.

Nutq muloqat vositasi sifatida, uning jarayoni sifatida kommunikativ faoliyat rivojlanishning ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishi va rivojlanishi muloqat qilish va bola hayotiy faoliyatidagi umumiy ehtiyojlar bilan shartlanadi.

Verbal bо‘lmagan muloqat davri orasida о‘ziga xos о‘tish davri ajralib turadi, bu jarayonda bola gapirsa ham bо‘ladi, lekin u ham sо‘zlarni ishlatishga intilmaydi. Bola juda kо‘p haftalar davomida о‘z istagi bilan nutqiy muloqatga kirishmaydi, balki nutqiy muloqatdan oldingi holat darajasida qoladi. Nima uchun bunday holat yuz beradi, nutqni tushunuvchi va kerakli sо‘zlarni artikulyatsiyasini qaytaruvchi bolaga gapirish uchun nima tо‘sqinlik qiladi. Faqatgina sherikning faolligi – katta kishining undashi – bola uchun vaziyatni tо‘liq о‘zgariruvchi, uni nutqga undovchi vaziyat hisoblanadi.

Bolada faol nuqtning yuzaga kelishi, unga kattalar tomonidan taklif qilinayotgan о‘ziga xos hamkorlik darajasiga yetganligi yoki yetmaganligiga bog‘liq bо‘ladi. Agar yetarli darajaga yetgan bо‘lsa, hayotning birinchi yili yakunida kichik bola о‘zining kattalarga qaratilgan ilk sо‘zlarini talaffuz qiladi, key in esa necha yillar davomida atrofdagi kishilar, dastlab kattalar bilan, ikki yoshdan sо‘ng esa boshqa bolalar bilan о‘zaro harakat uchun verbal vositalardan foydalanish qobiliyatini egallaydi.