Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 05.12.2023

Просмотров: 356

Скачиваний: 9

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

  1. Ot va sifatlarni son va kelishik qо‘shimchalari jihatdan turlaydilar, ot va sonlarni moslay oladilar, fe’l turkumiga oid sо‘zlarni shaxs-sonda tuslay oladilar.

  2. Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta sо‘zdan iborat bо‘lgan gaplarni qо‘llay oladilar.

  1. Tovushlar talaffuzi. Tovushlarni о‘zlashtirish jarayoni tugallanadi, nutq, umuman olganda, sof va aniq bо‘ladi, sо‘zlarni tovushlar bilan tо‘ldirish, boyitish, qofiya topishga qiziqish ortadi.

  2. Fonematik idrok. Fonematik eshituv yetarli darajada yaxshi rivojlanadi: sim – shim, tor – tur kabi sо‘z ma’nolarini ajrata oladi; topshirilgan tovushni sо‘zda mavjud yoki yо‘qligini aniqlay oladilar; sо‘zdagi oxirgi va birinchi tovushni ajratib beradilar, ma’lum tovushga sо‘z topa oladilar; nutqning tempi, tembri va ovoz balandligini farqlaydilar. Lekin sо‘zni yuqori darajada analiz va sintez qila olmaydilar. Chunki bu jarayon maxsus о‘qitishsiz rivojlanmaydi.

  3. Bog‘langan nutq. Tanish ertak yoki о‘qib berilgan qisqa matnni gapirib bera oladilar, yod olingan she’rlarni ifodali о‘qiydilar; rasm va syujetli rasmlar asosida hikoya tuza oladilar; kо‘rgan va eshitganlari haqida tо‘liq hikoya qilib bera oladilar; bahslashadilar, mulohaza yuritadilar, о‘z fikrlarini himoya qiladilar, dо‘stlarini ishontiradilar.

Shartli etalonning asosiy vazifalari – tekshirish natijasida aniqlangan nutq holatini normadagi shartli etalon ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida bolaning nutqiy kamchiligi fazasini belgilash va unda til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.

A.N.Gvozdev2 о‘z ishlarida bolalar nutqida grammatikaning shakllanishida quyidagi davrlarni farqlaydi:

Birinchi davr – amorf, ya’ni sо‘z-о‘zaklardan tashkil topuvchi gaplar davri (1 yoshu 3 oylikdan – 1 yoshu 10 oylikkacha).

Bu davr 2 bosqichni о‘z ichiga oladi:

1-bosqich – bir sо‘zli gaplar.

2-bosqich bir nechta sо‘z о‘zaklardan iborat gaplar.

Birinchi davrning 1-bosqichida (1 yoshu 3 oylikdan – 1 yoshu 8 oylikkacha) bola faqat alohida sо‘zlarnigina gap shaklida qо‘llaydi (bir sо‘zli gaplar). Bu davrlarda bola faqatgina о‘zining xohish-istaklari, ehtiyoj va kechinmalarini bildiradigan, unchalik kо‘p bо‘lmagan sо‘zlarnigina qо‘llaydi. Shu bilan birga, о‘z fikrini aniqlash maqsadida kо‘pincha bola jestlar, intonatsiyalardan foydalanadi. Bola qо‘llaydigan birinchi sо‘z dastlab ma’lum grammatik shaklga ega bо‘lmaydi, chunki u sо‘z-о‘zakka teng bо‘ladi. Ular turli gaplarda bir xil tovushda, о‘zgarishsiz qо‘llaniladi.

Bu yoshdagi bolalar lug‘atining asosiy qismini shaxslarning nomi, predmetlarni bildiruvchi otlar (bi-bi, mu, myau) dan iborat bо‘ladi.

Birinchi davrning 2-bosqichida (1 yoshu 8 oylikdan – 1 yoshu 10 oylikkacha) gaplar bir nechta sо‘z-о‘zaklardan iborat bо‘ladi. Bu bosqichda bola avval 2 sо‘zni, keyin 3 ta sо‘zni biriktirib jumla hosil qiladi, biroq sо‘zlar orasida grammatik bog‘liqlik bо‘lmaydi. Bola sо‘zlarni gapda faqat intonatsiyalar bilan bog‘lab biriktiradi. Bunday sо‘z gaplar bir xil, о‘zgarishsiz о‘zak shaklida qо‘llaniladi. Otlar bosh kelishik birlikda qо‘llaniladi. Fe’llar noaniq shaklda yoki II shaxs birlikda buyruq maylida qо‘llaniladi (ber, ol, tashla). Bu bosqichdagi bolalar nutqidagi gaplarni tahlil qilish shuni kо‘rsatadiki, bolalar atrofdagilar nutqidan faqat umumiy mazmunni, sо‘zning umumiy ma’nosini, uning leksik asosinigina ilib olishadi. Tilning rasmiy vositasi farqlanmasdan, idrok doirasidan chetda qoladi. Demak, turli sо‘z shakllarini (uy, uyda, uydan) idrok etishda bola faqatgina bu sо‘zlarning umumiy qismini (uy) idrok etadi. Sо‘z-о‘zaklarni biriktirishda hali о‘z oldiga zarur grammatik shaklni tanlash vazifasini qо‘ya olmaydi hamda bir xil sо‘z shaklini turli gaplarda qо‘llaydi.

Demak, muayyan davrda bolalarda bir sо‘zli gap, ya’ni sо‘z-о‘zaklardan iborat gap davrlarida nutqni tushunish turli darajada (eng past daraja, yani bola unga qaratilgan oddiy buyruqlarni qiyinchilik bilan tushunishdan, to bazi grammatik shakllar mazmunini tushunish, masalan, otlarning birlik va kо‘plik shaklini ajrata olishgacha) bо‘lishi mumkin. Biroq ba’zi nutqi yо‘q bolalar ikki predmetning fazoviy munosabatini ifodalovchi oddiy ot kо‘makchilar (masalan, qutining ustida, qutining ichida, qutining tagida) mazmunini tushuna oladilar.


Ikkinchi davr – gapni grammatik tuzilishini о‘zlashtirish davri (1 yoshu 10 oylikda – 3 yoshgacha).

Bu davr 3 bosqichdan iborat:

1-bosqich – birinchi gaplarni shakllantirish bosqichi (1 yoshu 10 oylikdan – 2 yoshu 1 oylikkacha).

2-bosqich – sо‘zlarning sintaktik bog‘liqligini aks ettirishda tilning grammatik (turlanishi va tuslanishida о‘zgarishi) tizimini qо‘llashga harakat qilish (2 yoshu 1 oylikdan – 2 yoshu 6 oylikkacha).

3-bosqich – sintaktik munosabatlarni aks ettiruvchi yordamchi sо‘zlarning о‘zlashtirilishi (2 yoshu 6 oylikdan – 3 yoshgacha).

Ikkinchi davrning 1-bosqichi dastlabki sо‘zlarining shakllanishi, paydo bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda nutqning grammatik qurilishi takomillashib, bolalar analogiya asosida sо‘zlarni gaplarda turli bog‘lanishlar asosida bog‘laydilar. Bu bosqichda bolalar avvalgi bosqichdan farqli о‘laroq, sо‘zlarni о‘zgartirmagan holda, gaplarda birdek qо‘llamasdan, balki bir xil sо‘zni turli shakllarda ifodalay boshlaydilar.

Bu davrda bolalar nutqida daslabki otlarning grammatik shakllari quyidagicha ifodaga ega bо‘ladi: bosh kelishikdagi birlik va kо‘plik shakli, tushum kelishigidagi -ni qо‘shimchali sо‘zlar shakli, о‘rin-payt kelishigidagi -da qо‘shimchali sо‘zlar, jо‘nalish kelishigidagi -ga qо‘shimchali sо‘zlar.

Fe’lning dastlabki grammatik shakllari quyidagilar: buyruq maylidagi fe’llarning II shaxs birligi (bor, ber, ol); hozirgi zamonning III shaxs birligidagi sо‘zlar (о‘tiribdi, uxlayapti), о‘timli va о‘timsiz fe’llar.

Ikkinchi yoshga kelib, bolalar nutqida predmet belgisini bildiruvchi sо‘zlar, ya’ni sifatlar paydo bо‘ladi. Ular kо‘pincha, ot bilan moslashmagan bosh kelishik shaklida namoyon bо‘ladi.

Shu tariqa bola nutqida sо‘zlar о‘rtasidagi birinchi grammatik munosabatlar paydo bо‘la boshlaydi: bosh kelishik birlikdagi fe’lning ot bilan moslashuvi (bola uxlayapti) shakllana boshlaydi. Bu bosqichda gap tuzilishi 3-4 sо‘zgacha kengayadi. (Aziza qо‘g‘irchoq о‘ynayapti).

Ikkinchi davrning 2-bosqichi – bu sо‘zlarning о‘zaro aloqasini aks ettirish uchun grammatik tizimdan foydalanish bosqichi (2 yoshu 1 oylikdan, 2 yoshu 6 oylikkacha) hisoblanadi.

Bu bosqichda bolalar nutqiga xos xususiyat - turli sо‘z shakllarini birxillashtirishga harakat qilish hisoblanadi. Boshida ularning nutqida о‘zak va qо‘shimchalarni bir ma’noli bog‘lash kuzatilib, unda turli tovush almashishlarining yо‘qligi, unlilarning qо‘shilishi aks etadi. Shu tariqa, boshlang‘ich bosqichda bola ancha umumiy, ancha mahsuldor shakl о‘zgartirish qonunlarini egallaydi (E.Kosermu, S.N.Seytlin tizimi bо‘yicha3), keyinchalik umumiy qonunlardan mustasno xususiy qonunlarni о‘zlashtiradi, til tizimi ichida differensiya sodir bо‘ladi. Bu bosqichda bolalar nutqida hali juda kо‘p grammatik noaniqliklar kuzatiladi. Ba’zi qо‘shimchalar boshqalari bilan anologik tarzda almashtiriladi, ammo bitta grammatik mazmun doirasida bо‘ladi. Otga xos kelishik kategoriyasi о‘rtasida kelishik qо‘shimchalarining almashtirilib qо‘llanilishi kuchayadi. Bola nutqida fe’llarning birlik va kо‘plik shakllari, mayllarini farqlash kuzatiladi, shaxs-son, hozirgi va kelasi zamon shakllari о‘zlashtiriladi, ammo о‘tgan zamon shakllarining almashtirilishi kuzatiladi.

Sifatlarda sо‘z о‘zgartirish hali о‘zlashtirilmagan, bolalar nutqida ham tо‘g‘ri, ham notо‘g‘ri anologik tarzda otning sifatga moslashuvi kuzatiladi. Sifatlar kо‘plikda faqat bosh kelishikda tо‘g‘ri qо‘llanadi. Kо‘pincha, sifatlar otlardan keyin qо‘llanadi. Shaxs olmoshlari о‘zlashtirib bо‘lingan, bu bosqichda bolalarning og‘zaki nutqida ba’zi semantik tushunchalar paydo bо‘ladi: ustida, yonida, ichida, atrofida kabi, ammo ularni qо‘llash har doim til meyorlariga mos kelmaydi, qо‘shimchalarni almashtirish kuzatiladi. Bu davrda gap tuzilishining murakkablashuvi va kengayishi ham kuzatilib, 5 tadan – 8 ta sо‘zgacha, avval bog‘lovchisiz murakkab gaplar, keyin bog‘lovchili murakkab gaplar paydo bо‘ladi.

Ikkinchi davrning 3-bosqichi – sintaktik munosabatlarni aks ettiruvchi sо‘zlarni о‘zlashtirish bosqichidir (2 yoshu 6 oylikdan – 3 yoshgacha). Meyordagi nutq rivojlanishining asosiy xususiyati shundaki, qо‘shimchalarning о‘zlashtirilishi faqat tilning funksional grammatik elementlarini – grammatik shakllarni о‘zlashtirgandan keyin sodir bо‘ladi.



Nutq rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida bolalar nutqida qо‘shimchalar bо‘lmaydi (stolda-stol). Bu bosqich davomiy emas. Grammatik shakllarni farqlash va qо‘llashga о‘rgangandan keyin bola о‘z nutqiy konstruksiyalariga uchinchi element qо‘shimchalarni kiritadi, leksik- grammatik mazmunni qо‘shimcha kо‘nikmalar yoki anologiya yordamida aks ettiradi. Bu bosqichda bola ayrim qо‘shimcha va kо‘pgina bog‘lovchilarni tо‘g‘ri qо‘llaydi, ammo ularni qо‘llashda agrammatizmlar kuzatiladi. Bu bosqichda sо‘z о‘zgartirishning ancha xususiy qonunlari, shuningdek, otlarning morfologik tizimini farqlashni о‘zlashtirish davom etadi hamda otlarning sifatga kelishik qо‘shimchalarida moslashuvi mustahkamlanadi. Bolalar nutqida murakkab tuzilgan gaplarning rivojlanishi davom etadi, ular tomondan kо‘pgina yordamchi sо‘zlar, kо‘pgina grammatik shakllar о‘zlashtiriladi. Ammo tilning morfologik tizimi hali tо‘liq о‘zlashtirilmagan bо‘ladi.

Uchinchi bosqich – morfologik tizimni о‘zlashtirish bosqichi (3 yoshdan – 7 yoshgacha).

Bu davrda bola grammatik shakllarni turlab va tuslab tizimlashtiradi, kо‘pgina birlik shakllarni о‘zlashtiradi. Bu davrda morfologik elementlarni erkin anologik tarzda qо‘llash sezilarli qisqaradi, bola nafaqat grammatikaning umumiy qoidalarini о‘zlashtiradi, balki ancha xususiy qoidalar, “filtrlash” tizimini, umumiy qoidalarni qо‘llashni ham о‘rganadi.

Nutqning tо‘liq va meyoriy rivojlanishida bola uch yoshidayoq predmetlar, oddiy hodisalar haqida sodda fikr-mulohazalar bayon eta boshlaydi. Bunda u bir sо‘zli gaplar bilan birga bir necha sо‘zdan iborat gaplardan foydalanadi 4.

Nutq shakllanishining erta bosqichlarida bola nutqining yetarli darajada ongli va ixtiyoriy emasligi nutq aktida о‘ng yarimsharning faol ishtiroki bilan bog‘liq. Nutq vositalarini ongli va ixtiyoriy qо‘llashning shakllanishi esa nutq funksiyasi bо‘yicha dominant bо‘lgan miyaning chap yarimshari tuzilmalariga bog‘liq.5 Bu bosqichda bolalarda fonemalarning tо‘g‘ri talaffuzi shakllanadi, dastlabki grammatik shakllar о‘zlashtiriladi. Bola hayoti uchinchi yilining oxiriga kelib esa uning nutqida kо‘p sо‘zli jumlalar, gapning turli kо‘rinishlari, gap tarkibida teng bog‘lovchilar va olmoshlar paydo bо‘ladi. Bu esa, о‘z navbatida, bu davrda bolalarning ona tilining nutq-harakat algoritmlarini egallanganligidan dalolat beradi. Uch yoshda funksional nutqiy tizim asoslarining shakllanishi о‘z yakuniga etadi, biroq bola hayotining tо‘rtinchi va beshinchi yillarida uning mukammallashuvi davom etadi6.

Bolalar nutqidagi dastlabki sо‘z birikmalarining о‘ziga xos xarakterdaligi ularni atrofdagilar nutqidan oldinganligi yoki bola sо‘z ijodining natijasi ekanligi bilan ifodalanadi. Bola tomonidan dastlabki sо‘z kombinatsiyalarida qо‘llanadigan sо‘zlar atrofdagilar nutqidan qay holatda olingan bо‘lsa, xuddi shu kо‘rinishda, о‘z jumlasining tuzilishi bilan bog‘liq kerakli grammatik shaklga moslashsiz qо‘llaniladi. 7

Rus tilida sо‘z о‘zgartirish turli kо‘rinishdagi fleksiyalar (о‘zak ichidagi о‘zgarish) bilan xarakterlanib, ularni otlarning va fellarning turli tipdagi turlanish va tuslanishlari kabi grammatik shakl о‘zgarishlarida tizimlashadi. Fleksiya (sinish, egilish, bukilish ma’nosida).

Flektiv tillar oilasiga Hind-Yevropa tillari kiritiladi. Hind-Yevropa oilasiga rus, ingliz, nemis, fors-tojik, arab tillari ham kiritiladi.

Bunday tillarda ichki va tashqi fleksiya mavjud bо‘lib, bu о‘zakning tarkibidagi tovush о‘zgartirilishi bilan sо‘z-semantikasi-ma’nosining о‘zgartirilishini ifodalaydi. Bunday tillarda undosh tovushlar asosiy vazifani bajaradi, ya’ni asos bо‘ladi, о‘zak ichidagi unli tovushlarni о‘zgartirish bilan sо‘z ma’nosi о‘zgartiriladi. Masalan: ruka (k-ch) ruchki, rukova; ingl. foot-feet; arab tilida k-t-b- kitob-kutb, maktab kabi. Fors-tojik dо‘xtar-birlik-dо‘xtoron kо‘plik.

О‘zbek tili biriktiruvchi tillarning – sintetik tillar guruhiga mansub agglyutinativ til sanaladi. Bunday tillarda grammatik munosabatlar kо‘pincha, sо‘z formalari (affikslar) bilan ifodalanadi.

Masalan: ish+chi+lar+i+miz+ga

fay+la+suf+lar+ning.

Shu sababli rus tilida fleksiylar deyilganda о‘zak tarkibidagi о‘zgartiruvchi vosita – shakl nazarda tutiladi.


Biroq bunday (flektiv tillarning) tillarning ichida ham agglyutinatsiya, ya’ni qо‘shimcha olish xususiyatiga ega bо‘lganlari ham ajratiladi. Buni rus tilida ham kо‘rish mumkin.

Bola tomonidan sо‘z grammatik shakllarining о‘zlashtirilish davomiyligi semantik funksiya hamda mazkur sо‘zni atrofdagilar nutqida qо‘llanilish intensivligi darajasi bilan belgilanadi. Malum vaqt davomida bola sо‘zning faqatgina bir, eng qulay va kо‘p qо‘llaniluvchi shaklini ishlatadi.

Dastlab bolalar nutqida qaratqich, tushum kelishiklari о‘zlashtiriladi, darak maylidagi felning birlik va kо‘plik shakllari differensiatsiyalashadi, fellarni shaxs-sonda tuslash hamda hozirgi va о‘tgan zamon shakllarini о‘zaro ajrata olish kо‘nikmasi shakllanadi8.

Malumki, dastlabki sо‘zli kombinatsiyalar turli mano-mazmunni anglatuvchi “amorf- sо‘z-о‘zaklar” kо‘rinishida bо‘lishiga qaramay, bolalar grammatik aloqalarni ifoda etish uchun formal til vositalaridan tо‘g‘ri foydalana olmaydilar. Bazida bola tomonidan jumla yoki gapda sо‘zning tо‘g‘ri grammatik shaklini qо‘llay olish nutqning grammatik qurilishni о‘zlashtirib olganlik belgisi hisoblanmasligini takidlab о‘tish joiz. Bola nutqida bir sо‘zning ikki-uch grammatik shaklining mavjudligi hamda bu shakllarni boshqa sо‘zlarda qо‘llay olish kо‘nikmasining shakllanganligi grammatik qurilish xususiyatlarini о‘zlashtirganlik belgisi bо‘lishi mumkin.

Grammatik qurilishning rivojlanish bosqichilarining asosiy xususiyati bola sо‘zni atrofdagilar nutqidan qanday shaklda о‘zlashtirgan bо‘lsa, xuddi shu shaklda qо‘llashi, mazkur sо‘zni о‘z lug‘atidagi boshqa sо‘zlar bilan kombinatsiyalashida ifodalanadi. Bola о‘zlashtirgan sо‘zidan turli vaziyatlarni ifoda etishda foydalanadi.

Nutq rivojlanishining mazkur bosqichida meyorda ham, kamchilikli nutqning rivojlanishida ham bо‘g‘in va sо‘zlarni eliziyasi, kо‘pgina artikulyatsion notо‘g‘ri talaffuz, sо‘zdagi tovushlarni tashlab ketish yoki almashtirish holatlari kuzatiladi9.

Bola hayotining 3,5-4 yiliga kelib, sо‘zning predmetga muvofiqligi yetarli darajada turg‘un xarakterga ega bо‘ladi, biroq uning takomillashuvi katta maktabgacha yoshda ham davom etadi.

Leksikaning shakllanishi jarayonida sо‘z manosining aniqlashuvi ham amalga oshadi.

Nutqning leksik-grammatik tomoni rivojlanishining dastlabki bosqichida sо‘z ma’nosi polisemantik, amorf (о‘zak) va noaniq xarakterga ega bо‘ladi. Bola lug‘atidagi sо‘z bir necha manoga ega bо‘lishi mumkin. Bir sо‘z predmetni ham, belgi-xususiyatni ham, predmet bilan amalga oshiriluvchi harakatni ham ifodalashi mumkin.10

Ba’zan 4 yoshgacha bolalar nutqida sо‘z о‘zgartirishda sо‘zlarning asosini bir xillashtirish kuzatiladi. Bu tо‘rt yoshdan keyin yо‘qolib, faqat fe’l asosidagi nutqiy buzilishlargina qoladi. Otlarning sifat bilan birgalikda qо‘llanishi, kelishiklarda turlanishi, fe’llarning boshqarilishi о‘zlashtiriladi. 5 yoshga kelib esa grammatik xatolar soni yanada ortadi, chunki bu davrda bola muloqot jarayonida murakkab gaplardan kо‘proq foydalana boshlaydi. Gaplarning sifati sezilarli darajada о‘zgaradi, murakkab gap tarkibiga kiruvchi sodda gaplar ancha yoyiq, gapning uyushiq bо‘laklari paydo bо‘ladi. Bu davrda bola 12-15tacha sо‘zlarni gaplarda qо‘llay olishi mumkin, ammo bolalarning yoshlari kichikligi bois, ularda sintaktik xatoliklar ortadi, shu bilan birga, u bir vaqtning о‘zida fikrni ifodalash shakli va mazmunini kuzatish imkoniga ega emas. Katta guruhdagi bolalarda uyushiq bо‘laklarni qarama-qarshi qо‘yish malakasi shakllanadi (mening tugmalarim temirdan, yog‘ochli emas). Bola о‘z nutqida turli xil ergash gapli murakkab gaplarni qо‘llashga о‘rganadi.

Bola grammatik shakliga kо‘ra uning uchun yangi bо‘lgan sо‘zlarni har doim ham eslab qola olmaydi, uni yoyiq gaplarda qо‘llashda sо‘z mazmuni va shaklini nazorat qilishga ulgurmaydi. Katta maktabgacha tarbiya yoshiga kelib, sо‘z birikmalarini о‘zlashtirish deyarli о‘z nihoyasiga yetadi, biroq mazkur bosqichda ham gap tuzishda sо‘zlar tartibini buzish, sо‘z birikmalarini tuzishda, bitishuv, moslashuv va boshqaruv munosabatlarini qо‘llashda qiyinchilik xatoliklarga yо‘l qо‘yish kuzatilishi mumkin.


Demak, maktabgacha yosh davrida bolalar nutqining morfologik va sintaktik tomoni tо‘liq takomillashmaganligi kuzatiladi. Kichik yoshdagi bolalarning nutqni egallashi, grammatik qonuniyatlardan foydalanishlari, ular nutqining rivojlanish bosqichlari (sintaktik konstruksiyalardan foydalanishlari) ularning qaysi millat vakili va sog‘lom yoki nuqsonli bо‘lishiga qaramay umumiy о‘xshash jarayon asosida rivojlanib boradi.

Bolalar tomonidan tilni egallash juda tezlik bilan kechadi. Bu bola birinchi yoshining oxiriga borib, dastlabki sо‘zni egallagan vaqtdan boshlanadi. Qisqa vaqt mobaynida, taxminan ikki yarim yil oralig‘ida bola nutqi eng oddiy ifodadan anglangan ifodagacha, grammatik tо‘g‘ri gaplardan tuzilgan qochiriq nutqqacha shiddat bilan о‘sadi. Bolalar ona tilining grammatik qonunlarini 4-5 yoshida maxsus о‘qitishsiz egallaydilar va bu yoshda ular kо‘plab morfologik hamda sintaktik qonuniyatlardan tо‘g‘ri foydalanadilar. Bu qonunlar о‘z ichiga sо‘z formalarini tо‘g‘ri ifodalash hamda gaplarni tо‘g‘ri tuzish qonun-qoidalarini ham qamraydi.

Dastlab grammatik munosabatlar shaklini bildiruvchilarni umumlashtirish va mavhumlashtirish yuzaga keladi. Nutqning о‘sish jarayonida bolalar sо‘z turkumlaridan otlarni tez о‘zlashtiradilar. Otlardan sо‘ng bolalar sо‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni egallay boshlaydilar. Fe’llarining shaxs qо‘shimchalarini osonlik bilan egallasalar ham lekin fe’llarning zamonga qarab о‘zgarishini darhol tо‘g‘ri о‘zlashtira olmaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida sifatlar (ranglarning nomlari) juda kech paydo bо‘ladi. Olmoshlar kattalar nutqida qanday qо‘llansa, bolalar tomonidan aynan о‘zlashtiriladi. Bolalar nutqidagi dastlabki gaplar ixcham kо‘rinishda bо‘lib, ularda qonuniy ravishda qо‘shimchalar tushiriladi, bog‘lovchilar, kо‘makchilar, zamon va mayl shakllari ifodalanmaydi.

Sintaksisni egallagandan sо‘ng bolalar sо‘z ma’nolari va gaplar semantikasini ham juda tez о‘zlashtiradilar. Bolalar nutqi leksik qatlamining о‘sishi ham, albatta, gapirishi, tushunishiga bog‘liq ravishda ortib boradi. Biroq ularni о‘rab turgan atrofdagilar bilan tо‘liq muloqot qilishlari uchun grammatik qonuniyatlar qv sо‘zlarning ma’noarini tushunishning о‘zi kifoya qilmaydi. Bolalar yana albatta, о‘z ifodasini va kо‘zlagan maqsadni tо‘la va aniq yetkazib berish imkoniyatini egallashlari lozim. Buning uchun tilning pragmatik aspektlarini: suhbatlashish qoidalarni, odamlarga nisbatan hushmuomalalik shakllarini, tengdoshlar va kattalar bilan qanday gaplashish lozimligini, qisqasi turli sotsial sharoitlarda tildan tо‘g‘ri foydalanish imkoniyatlarini ham egallashlari ham zarur.

Bu esa, bola har tomonlama rivojlanishining muhim shartidir. Bolaning nutqi qanchalik tо‘g‘ri va lug‘ati boy bо‘lsa, unga о‘z fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bо‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun imkoniyat kengayadi, kattalar va о‘z tengdoshlari bilan bо‘lgan munosabati tо‘liq va mazmunli bо‘ladi, uning psixik rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi. Shuning uchun ham bolalarda nutqning о‘z vaqtida shakllanishi, uning sof va tо‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bо‘lsa, mana shu til normalarida namoyon bо‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish imkonini beradi.