Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi.doc

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 02.12.2023

Просмотров: 720

Скачиваний: 13

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Тасаввуфда бу руҳоний мақомлардан ташқари яна бир қанча амалий ҳолатлар белгиланади ва унинг умумий номи ҳол деб юритилади. Булар: қурб, маҳабба, ҳабиб, ражаъ, шавқ, унс, итмоина (халқ ососийшталиги), мушоҳада ва яқин.

IMOM G‘AZZOLIY – So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida bu mutafakkir allomani “Hujjatul Islom Muhammad ibn Muhammad G‘azzoliy Tusiy, kuniyati Abu Homid va laqabi Zaynuddindur”, deb qayd etadi. “Saddi Iskandariy” dostonida esa uni “Ko‘k gumbazi uzra bezakli qandil”, deya ta’riflaydi. Bunday yuksak e’tiroflarning mazmuni shu bo‘lsa kerakki, Imom Abu Homid G‘azzoliy asarlarida islom dinining barcha nozik jihatlarigacha e’tibor qaratiladi, masalalar teran tahlil etiladi, e’tiqodiy mavzulardagi bahs va munozaralarda olimning komil ixlosi va yuksak islomiy madaniyati namoyon bo‘lib turadi.

Abu Homid G‘azzoliy 1058 m. yilda Tus shahrida ip yigiruvchilik kasbi bilan shug‘ullanuvchi ma’rifatli bir inson oilasida dunyoga keladi. U otasidan erta etim qoladi va ikki aka-uka - Muhammad va Ahmadlarga otasining yaqin bir do‘sti ilm olishlari uchun imkoniyat yaratadi. Muhammad G‘azzoliy bolalikda mashhur olim Shayx Ahmad Roziqoniydan fiqh, Abu Nasr Ismoiliydan tavhid, Imom Haramayndan mazhab, rahbarlik, bahs, hadis va mantiq ilmlarini o‘rganadi. U 1085-yilda 27 yoshida Nishopurda turk sultoni Alp Arslonning mashhur vaziri Nizomulmulk huzurida uyushtirilgan bahslarda to‘plangan olimlarni engib chiqadi va mamlakatning eng nomdor Nizomiya madrasasiga bosh mudarrislikka tayinlanadi. Ammo ma’lum muddatdan so‘ng o‘zining ma’rifiy kamolotini o‘ylab dunyoviy ishdan voz kechadi va Tusga qaytadi. Bu erda u umrining oxiriga qadar atrofiga uch yuzga yaqin talabalarni to‘plab, ularga dars berish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Olim tafsir, hadis, tarix, falsafa, fiqh va tasavvuf ilmlari sohalariga oid yuzga yaqin asar yozib qoldirdi. Uning fiqhga oid “Bosit”, “Vosit”, “Vojiz” kabi asarlari, tafsir va aqida ilmlariga oid “Qavoidul-aqoid”, “Ar-risolatul Qudsiya”, “Al-iqtisod fil e’tiqod” kabi asarlari ma’lum. G‘azzoliyning “Ihya al-ulum ad-din”, “Qavosimul botiniya”, “Mukoshafat ul-qulub” asarlarida tasavvufiy masalalar tahlil etiladi.

Allomaning barcha asarlarida Haq taologa doimiy itoatda bo‘lish, qo‘rquv va muhabbat bilan o‘zini Haq taolo dargohida, uning doimiy nazoratida tasavvur etish, qalbini dunyoviy havaslar girdobidan xalos etib, Haq taolo zikrida bardavom bo‘lish kabi yuksak fazilatlar targ‘ib etiladi.

Imom G‘azzoliyning “Kimiyoi saodat” asarida, xususan, dil haqiqati haqida so‘z yuritiladi va dilning xosiyatlari va xislatlari bayon etiladi. Dildan murod – odamiylik haqiqatidir, deydi olim, uni ba’zan ruh deb ham ataydilar. “Dil deb siynaning chap tomonida joylashgan bir parcha go‘shtni aytmasmizkim, uning hech qanday qiymati yo‘qdir. Bu parcha go‘sht hayvonda va o‘liklarda ham bo‘ladi, uni ochiq ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi. Bu olamda ochiq ko‘z bilan ko‘riladigan narsalarni olami shahodat deydilar. Dil bu olamdan emas, u bu olamda g‘arib va musofirdir”, deydi olim, - “Dilingni tanisang – o‘zingni tanigaysan”.

Imom G‘azzoliyning “Ihya al-ulum ad-din” asarida ilmlar tasnifi va tafsilotlari keltiriladi. Asarning “Ilmda sufiylar va sufiy bo‘lmaganlarning farqiga doir” degan faslida tasavvufiy ilm darajalari va uni hosil qilish haqida so‘z boradi. Olim “sufiylarning yo‘llari nazariy ulamolarning yo‘liga ziddir”, deydi. Ya’ni, sufiylar haqiqatdan ilm tahsili ishiga kirishmaydilar. Olimlarning borliq haqiqatlariga doir qilgan ishlarini o‘rganish yoki bu masalalarni tadqiq etishga ham mutlaqo aralashmaydilar. Ularning fikriga ko‘ra, tariq (ya’ni, yo‘l) zid, yomon, o‘rtamiyona narsalardan qutulish, dunyoga aloqador barcha rishtalarni uzib, faqat Haq taologa bog‘lanish bilan “ichki kurash”ga ahamiyat berishdir. “Dunyoviy olimlar, - deydi Imom G‘azzoliy, - bu yo‘lning mavjudligini, uning g‘oyalarini, avliyo va anbiyolarning bu yuksak darajalarini mutlaqo inkor qila olishmaydi. Ammo ular bu yo‘lni g‘oyat mushkul va maqsadga uzoq deb bilishadi”.


Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G‘azzoliy 1111 yilda vafot etadi.

IBN ARABIY – Muhyiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali al-Andalusiy 1165 m.yilning 28 iyulida Mursiya shahrida Ispaniyaning taniqli islom ulamolaridan biri bo‘lmish Ali ibn Muhammad ibn Arabiy oilasida dunyoga keladi. Bu davrda Andaluziyada umaviylar sulolasidan bo‘lmish Al-muvahhidun sultonlari hukmronlik qilar edilar. Ibn Arabiy o‘z davrinig taniqli shaxslari, aslzodalari, shuningdek, tarkidunyochi zohidlar, tobein va tabaa-tobeinlar (Payg‘ambar alayhissalomning sahobalarini ko‘rganlar va ularni ko‘rganlarni ko‘rganlar) muhitida katta bo‘ladi. U poytaxt va madaniy markaz bo‘lmish Sivilya (Ishbiliya) shahrida ta’lim olib, davri ilmlarini ancha mukammal egallashga erishadi. Ammo u davlat idoralarida xizmat qilishni istamay, 1172 yillardan keyin ilohiyot ilmlarini chuqurroq o‘rganishga kirishadi va 1180 yilda Qurdoba shahrida mashhur islom ulamosi Ibn Rushd bilan uchrashadi. Shundan so‘ng ustozlari Al-Uraybiy va Muhammad at-Tamimiy tarbiyalari natijasida 1184 yilda sufiy sifatida shakllanadi, sufiylikning amaliy faoliyati davomida juda ko‘p mashhur ilohiyotchi olimlar, zohid va orif Shayxlar suhbatlarida bo‘ladi.

1193 yilda Mag‘rib, ya’ni SHimoliy Afrika bo‘ylab sayohatga chiqadi. Shu davrdan boshlab uning hayotida yorqin taassurotlar, kashfiyotlar yuz beradi. O‘zining ta’kidlashicha, shu safar davrida Xizr (a.) bilan uch marta uchrashadi. Bu davr mahsuli sifatida Ibn Arabiyning “Fususil hikam” (“Hikmatlar majmuasi”) va “Futuhoti Makkiya” (“Makka kashfiyotlari”) asarlari yuzaga keladi. Olim hayoti davomida 800 dan ziyod asar yozganligi ma’lum. Misrlik tadqiqotchi Usmon Yahyo olimning 856 asar yozganligini, shundan bizgacha 550 tasi 2917 qo‘lyozmalar vositasida etib kelganligini ma’lum qiladi.

Ibn Arabiy e’tiqodi – islom, mazhabi – ahli sunna val-jamoa, maslagi – sufiylik o‘laroq, Haq taoloning butun haqiqati va sifatlari bilan olamga yoyilib ketganligi haqidagi vahdat ul-vujud ta’limotiga asos soladi. Uning tanqidchilari (Ibn Taymiya va b.) bu ta’limotni panteizm, ya’ni Haq taolo zuhurotdan (har erda o‘zining aksini namoyon qilishdan) iborat, deb tushunadilar. Ispan musulmonlaridan bo‘lmish yirik olim Ibn Xaldun o‘zining sufiylik masalalariga bag‘ishlangan “Muqaddima” asarining bir bobini ushbu ta’limot tanqidiga bag‘ishlaydi. U Ibn Arabiy haqida gapirar ekan, ko‘pgina sufiy va mutakallimlar kashfiyot va ongdan tashqari tushunchalar masalalarida ancha chuqur ketib, xato qilganliklarini ta’kidlaydi, “ular hattoki, panteizm va borliqning yagonaligi haqida gapirishgacha borib etdilar”, deydi.

Ibn Arabiy tarafdorlari esa bu ta’limotni haqiqiy yakkaxudolikni, Haq taolo yakka va yagona ekanligini, borliqda Undan boshqa hech narsa yo‘qligini, barcha maxluqot uning jilolanishidan iborat ekanligini ifodalovchi (tavhid) ta’limot deb e’lon qiladilar.

Ibn Arabiy bir necha bor Makka va Madina safarlarida, haj ziyoratida bo‘ladi. U Iskandariya va Qohira, Tunis va Marokash, Bag‘dod va Misr, saljuqiylar poytaxti Qo‘niya shaharlarida bo‘ladi. Uning safarlari Eron va Hindistondagi sufiylik harakatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Ibn Arabiy 1233 yildan so‘ng abbosiy xalifalar poytaxti Damashqda yashaydi va 1240 yilda shu erda vafot etadi. Olimga islom ulamolari tomonidan “Muhyiddin”, ya’ni “iymonni o‘yg‘otuvchi” va “Ash-Shayx al-akbar” (ulug‘ ustoz) faxriy laqablari berilgan.

Ibn Arabiyning vahdat ul-vujud ta’limotini mukammal darajaga etmagan, deb tanqid qilgan olim – Imom Rabboniydir.


IMOM RABBONIY – asl ismi Ahmad al-Foruqi Sarhindiy bo‘lib, 1562 m.yilning 26 iyunida hozirgi Hindistonning Dehli va Laxor shaharlari oralig‘idagi Sarhind qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi tariqat Shayxi bo‘lganligi bois, juda kichik yoshligidanoq arab tili va islomiy ilmlarni yaxshi o‘rganadi. Bolaligidayoq Qur’oni karimni to‘liq yod oladi. Shundan so‘ng davrning mashhur olimlari bo‘lmish Kamoliddin Kashmiriydan aniq va tabiiy fanlarni, Ibn al-Hojar al-Makkiy va Abdurahmon bin Fixr al-Makkiydan hadis ilmini va Bahlulloh Badaxshoniydan fiqh, tafsir va boshqa islomiy ilmlarni o‘rganadi.

1579 -yilda, 17 yoshida otasidan murshidlik (pirlik)ka ruxsat, ya’ni irshod olib, qodiriya, suxravardiya, chishtiya tariqatlari Shayxi bo‘lib taniladi va muridlar tarbiyasiga kirishadi. Shundan so‘ng Imom Rabboniy naqshbandiya tariqatiga chuqur e’tiqod qila boshlaydi. Otasi vafotidan so‘ng hajga borib kelgach, Dehlida naqshbandiya tariqatining yirik murshidi Shayx Muhammad Boqibilloh suhbatlarida bo‘ladi va bu tariqatning ham piri sifatida murid tarbiyasi uchun ruxsat oladi. Manbalarda keltirilishicha, Shayx Muhammad Boqibilloh naqshbandiya tariqatining yirik murshidlaridan biri Xojagi Muhammad Imganakiy tomonidan maxsus Imom Rabboniyga tarbiya berish uchun yuborilgan ekan.

Imom Rabboniyning islom olamidagi katta xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, u o‘z davri va jamiyatida yuz bergan islom aqidalarining yo‘qolib ketishini oldini olish uchun kurashdi. Boburiy hukmdorlardan imperator Akbar tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan yangi, ya’ni barcha dinlar sintezidan iborat bo‘lgan tolerant bir dinning yoyilishiga qarshi chiqdi. U bu din mazmuni islom shariati va madaniyatiga mutlaqo mos kelmasligini va undan voz kechish lozimligini ta’kidlab imperatorga murojaat yozdi. Akbar vafotidan keyin esa islom dini sofligi, Qur’on va sunnatga mukammal amal qilish lozimligini ta’kidlab, o‘zining hamfikrlari va muridlari bilan faol harakat boshladi. Shayx Akbarning o‘g‘li imperator Jahongir e’tiborini qozonib, mamlakatda ancha keng yoyilib ketgan dinsizlik va bid’atlarga qarshi kurashdi. Bu xizmatlari uchun Imom Rabboniy islom olamida “Mujaddidi alfi soniy”, ya’ni “ikkinchi ming yillikda dinning yangilovchisi”, degan faxriy nomga sazovor bo‘ldi.

Imom Ahmad Rabboniy sufiylikning asosiy masalasi – Haqqa etish borasida o‘zining yo‘li va fikrlariga ega edi. U sufiy tariqatning qator talablarini bajargach, “mushohada” darajasiga etadi, deydi. Ana shu mushohada holatida sufiy olamdagi har bir zarrani Haq taolo jamolini ko‘radigan bir deraza sifatida tasavvur etadi. Shundan so‘ng u Buyuk Yaratguchini o‘zining tabiatidagi har bir zarrada mushohada eta boshlaydi. Sufiy Yaratguchini butun borliq bilan uyg‘unlikda – borliqdan alohida emas, borliqdan tashqarida ham, uning ichida ham bo‘lmagan bir holatda tasavvur etadi. Bunday holatdan so‘ng sufiy Haq taoloni olam bilan bog‘liq bo‘lmagan, ammo anglab bo‘lmaydigan bir tarzda olamga ta’sir etib, uni o‘z tasarrufida tutib turgan zot sifatida qabul qiladi. Haq taoloning olamda jilvalanishi uning “At-Takvin” sifatining namoyon bo‘lishidir.

Imom Rabbaniy sufizmni juda keng doirada yoygan Shayx edi. U shariat va tariqat orasida hech qanday farq yo‘qligini, shariat umumiy, tariqat xususiy jihatlarga ega ekanligini bayon etadi. Uning tushuntirishicha, shariat – islom qonunlariga bo‘ysunish, tariqat esa – ahli sunna yo‘li, Sunnani hurmat qilish, Sunnaga to‘liq bo‘ysunish yo‘lidir.17

Ushbu fikrlarini Shayx yana shunday asosolaydi: shariat uch qismdan tarkib topgan, bu – ilm, amal va ixlos. Ruhiy poklanish yo‘li (Tariqat) va uning mahsuli (Haqiqat) – SHariatning ikki xizmatchisidir, ya’ni bular – shariatning uchinchi qismi bo‘lmish ixlosni kuchaytirish vositasidar. Tariqatning turli makomlariga ko‘tarilish va Haqiqat maqomiga etishdan maqsad – haqiqiy ixlosga erishish bo‘lmog‘i lozim.

Imom Rabboniy islom diniga yangi rasm-rusumlar kiritish, ya’ni bid’atga nisbatan nihoyatda murosasiz edi. U Payg‘ambar alayhissalom sunnatlarini pok holatda saqlash va davom ettirish tarafdori edi.

Vahdat ul-vujud ta’limotini Imom Rabboniy vahdat ush-shuhud tamoyili vositasida tushuntiradi. Vahdat ul-vujuddagi “Barcha mohiyat Uning O‘zi”, degan tasavvurni Shayx “Barcha mohiyat - Undan”, deya tushuntiradi. Buning ma’nosi shuki, Haq taolo mohiyati uning yaratganlaridan alohida mavjud, ammo yaratganlari Uning soyasi kabidir. Shuning uchun vahdat ush-shuhud ta’limi bo‘lmish “Haqning yaratganlarida jilolanishi” vahdat ul-vujudning yanada yuksakroq, yanada chuqurroq anglanilishidir. Imom Rabboniy Shayx Ibn Arabiy haqida gapirar ekan, “u vahdat ul-vujud maqomida to‘xtab qoldi”, deydi. Tasavvuf ulamolarining fikrlariga ko‘ra, agar Ibn Arabiy Imom Rabboniy yonida bo‘lganida, u Shayxni egallagan maqomidan tortib chiqarib, o‘zi etgan maqom – vahdat ush-shuhudga etkazar edi. Chunki, Imom Rabboniy vahdat ul-vujud maqomidan o‘tgan edi.


Imom Rabboniyning eng mashhur asarlaridan biri – “Maktuboti Rabboniy”dir. Bu asar fors tilida yozilgan, keyin arab tiliga tarjima qilingan. Asarda tariqat masalalari xususida bahs yuritiladi. Bundan tashqari Shayxning “Isbatun nubuvva”, “Risolai Mabda val Maad”, “Raddi ravofid”, “Risolai tahliliya”, “ Sharhi ruboiyoti Abdulboqi’”, “Maorifi laduniy”, “Mukoshafati ayniy”, “Xatmi xojagon” kabi asarlari mavjud.

Shayx Imom Rabboniy 1624 yil o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Sarhind18 qishlog‘ida 63 yoshida vafot etadi.
4-мавзу. Тасаввуф тарихида ирфон босқичи

(X-XIII асрларда тасаввуф адабиёти)

Режа:

  1. Ирфон босқичининг шаклланиш манбалари.

  2. Ибн Сино ва ирфоний ишқ фалсафаси.

  3. Имом Ғаззолий таълимоти, Аллоҳни билиш маърифати.

  4. Тасаввуф адабиётининг шаклланиши.

  5. Фаридиддин Аттор ва тавҳид сирлари.


Тасаввуф давомли суратда ривожланиб борди ва тасаввуф тарихида ирфон босқичи (X-XIII) мумтоз давр сифатида қабул қилинди. Илмий жиҳатдан асослаганда тасаввуфнинг билим жиҳати, инсон англаши мумкин бўлган зоҳирий жиҳатлари мана шу даврда шаклланди. Ирфон билим демак бўлиб, ғарб истилоҳи билан айтганда тасаввуфнинг гнесеологик асослари ишлаб чиқилди. Жаҳон олимлари ислом ренессанси деб тушунтирган фикрлар ҳам маълум маънода ирфон босқичи натижасида келиб чиққан ҳолати ҳисобланади. XI-XII асрларда Шарқда аниқ фанлар ривожланади. Бу эса ўз навбатида тасаввуфий қарашларга таъсирини ўтказади. Натижада тасаввуф таълимотида илм-фанга яқинлашиш юз берди. Кўплаб мутасаввуфлар нафақат сўфийлар орасидан, балки илм-фан арбоблари орасидан етишиб чиқди.

Абу Али Ибн Сино буюк табобат олими, файласуф, ижодкор бўлиш билан бирга тасаввуфий йўналишда бир қанча илмий ва адабий асарлар яратди. Олимнинг "Ал-ишорат ват-танбиҳот" ("Кўрсатма ва танбеҳлар") асарида сўфийлар амалиётининг руҳий асослари ишлаб чиқилди. Бундан ташқари Ибн Синонинг "Тайр қиссаси", "Соломон ва Ибсол", "Юсуф" сингари бадиий асарлари замирига ҳам тасаввуфий қарашлар сингдирилди.

Тасаввуфнинг таълмий асосларига кўпроқ эътибор берилди. Оллоҳни билиш маърфатини Имом Ғаззолий таълимий жиҳатдан 3 босқичга ажратиб тушунтиради:

  1. Илмул яқин. 2. Айнул яқин. 3.Ҳаққул яқин.

("Мукошафату-л-қулуб" асосида)

Дастлабки босқич илмул яқинда ишончли кишилар, пир-муршид воситасида биру борлиги эшитиб билинади. Солий илмул яқинга шариат талабларини бажариш орқали эришади. Иккинчи босқичда у тариқат йўлига кириб, мушоҳада орқали Ҳақ мавжудлигини англаб етади, яъни маърифатга эришади. Учинчи босқичда эса эшитиб билиш, мушоҳада орқали билишдан кўриб билиш даражасига етади. Инсоннинг илоҳий руҳга яқинлашуви содир бўлади. Айни учинчи босқич Мансур Ҳаллож таълимоти бўйича аналҳақ деб айтилган.


Имом Ғаззолий яъни "Ҳужжату-л-ислом" асарида ирфон босқичининг асосий йўналишлари акс этган. "Иҳйа ал-улум ад-дин" ("Диний илмларнинг барҳаётлиги") асарида илм ва маданият тарихида илк бор ботиний ва зоҳирий илмларнинг таснифи берилган.

"Кимиёи саодат" (айрим манбаларда "Чаҳор" китоби) асарининг зоҳирий таржимаси "Дил ҳақиқати". Чунки бу асарда инсон мавжудлигининг бош асоси сифатида дил берилади ва унинг асосидагина инсон тараққий этиши мумкин бўлади. Асарда жон, руҳ, дил тушунчалари ва уларнинг тасаввуф амалиётидаги ўрни кўрсатилади.

Сўфийлар руҳнинг покланиш жараёнида дил ҳақиқатига алоҳида эътибор берадилар. Тасаввуфнинг ҳам, адабиётнинг ҳам "ватани" дил бўлгани учун тасаввуф ва бадиий адабиёт тушунчаларига зидлик белгисини қўйиб бўлмайди. Аксинча, адабиётнинг тараққиётида тасаввуфнинг, тасаввуф ривожида бадиий адабиётнинг ўрнини ёки иштирокини инкор қилиб бўлмайди.

Тасаввуф адабиётининг шаклланишида Абу Саид ибн Абулхайр ва унинг "Самовий мажлислар"и алоҳида ўрин тутади. Форс рубоийнавислигига тасаввуфий талқин олиб кирган шоир Бобокўҳий Шерозий, сўфий достончилигининг шаклланишида эса Абдуллоҳ Ансорийнинг "Табоқату-с-сўфия" ("Сўфийликнинг мақомлари"), "Анису-л-мўридин" ("Муридлар дўсти") каби асарлари алоҳида аҳамиятга эга. Сўнгги асар Қуръони каримда тилга олинган "Қиссаси Юсуф" сюжети асосида яратилган бўлиб, Ансорий унга тасаввуфий талқин берган.

Тасаввуф адабиётининг ва илмининг ривожланишида Фаридиддин Атторнинг алоҳида ўрни бор. Силсила нуқтаи назаридан Нажмиддин Куброга боғланадиган "Аттор" таълимоти яратилишида Шайх Мажидиддин Боғдодий, Шайх Руҳниддин каби алломаларнинг алоҳида ўрни бор. Аттор асарлари асосан уч йўналишда яратилган. Биринчи йўналиш - илмий-маърифий рисолалар шаклида бўлиб, бунга Атторнинг "Илоҳийнома" ва "Жавҳару-з-зот" асарлари киради. Иккинчи йўналиш - машҳур шайх ва валий тарихидан иборат бўлиб, бу йўналишда Аттор "Тазкирату-л-авлиё" асарини яратган. Учинчи йўналиш - бадиий-рамзий достонлар бўлиб, ушбу йўналишда Атторнинг ўндан ортиқ достонлари тилга олинади: "Асрорнома", "Мусибатнома", "Ҳайдарнома", "Ҳайлож", "Мухторнома", "Уштурнома", "Мантиқу-т-тайр" ва бошқалар.

Фаридиддин Аттор таълимоти ва достонлари нафақат тасаввуф тарихи, балки бадиий адабиёт тараққиётида ҳам муҳим роль ўйнайди.

Яссавийлик тариқати Хожа Аҳмад Яссавий номи билан боғлиқ бўлиб, у жаҳрийлик деб ҳам юритилади. Чунки тариқатнинг асосида ошкора тантанали ибодат ва жаҳр мажлислари асосида тариқат кенгайган. Бу тариқатнинг назарий манбалари сифатида муаллифи маълум бўлмаган "Фақрнома" ва "Маслаку-л-орифин" каби асарлар туради ёки келтирилади. Уларда яссавийлик йўли, тариқат одоби, шаклланиш мақомлари, пир-мурид муносабати тариқат масканлари каби масалалар акс этган. Тариқат маскани сифатида хонақоҳ ва зовия белгиланган ва маълум бўлишича Султони Орифин томонидан ўз даврида хонақоҳ қурдирган. Кейинроқ бу хонақоҳ XIV асрда Амир Темурнинг яссия зиёрати туфайли кенгайтирилиб таъминланган.