Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 05.12.2023

Просмотров: 357

Скачиваний: 9

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Nazorat uchun savollar.

  1. Bog’langan nutq psixologik va lingvistik o’rganish obyekti sifatida, uni shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonida bog’langanlik shakllarinin o’zgarishi.

  2. Egosentrik nutq fenomeni, J.Piaje tadqiqotlarida egosentriklik konsepsiyasi. Egosentriklik nutqi konsepsiyasini L.S. Vigotskiyning ichki nutq konsepsiyasi bilan yaqinlik holatlari. Nutq rivojlanishini situativ yaqinligi.

  3. Dialog qurish texnikasini o’zlashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolaning monologik nutqi, uning reproduksiyalovchi va ihtiyoriy fazalari.


3 Modul. Nutqni patologik rivojlanishi


8-MA’RUZA

Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari.



REJA:

  1. Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari.

  2. Nutqnig to’liq rivojlanmay qolishida lug’at boyligini shakllanishning o’ziga xos hususiyatlari.




Bolaning ruhiy rivojlanishi bir tekisda rо‘y bermaydi. Ularda sekinlik bilan sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar bilan bir qatorda, anchagina shiddatli, tezlik bilan rо‘y beradigan kuzatishlar bir vaqtning о‘zida kuzatilishi mumkin. Bu о‘zgarishlar bora-bora yо‘qolib boradigan eski fazilatlar va yangi ruhiy fazilatlarning paydo bо‘lishi bilan bog‘liq bо‘lib, bolani gohida tanib bо‘lmaydigan holatga keltirib qо‘yadi. Bu jadal о‘zgarishlar rivojlanishning krizis davri deb ataladi. [Muxina V.S., 1978]

Kо‘pgina yirik psixologlar kabi L.Vigotskiy, A.Leontyevlar ham, maktabgacha yoshda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni ajratib berishgan, ularni faoliyat turlarining asosiy о‘zgarishlari bilan bog‘laganlar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning zarur hususiyatlari yangi vazifalar tizimiga asoslanishi lozim, bu vazifalar markazida xotira, xotiraning markazida ong turadi. Avvalambor bu bolaning tafakkurini о‘zgartirishi bilan bog‘liq: u umumiy tasavvurlari orasida aloqa о‘rnatish imkoniyatini egallaydi, bu tasavvurlar bolaning bevosita oshirgan malakasida mavjud emas. Bu sof yaqqol tafakkurdan birinchi ajralish, mavhum tafakkurning birinchi bosqichi, bola uchun mumkin bо‘lgan umumlashtirish doirasining kengayishidir. Bola bemalol erkin faraz qiladi, yarata olish darajasiga yetadi.

Ikkinchi natija – bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarining о‘zgarishi. Biror bir vaziyatga bо‘lgan qiziqishlari ma’noga ega bо‘lishni boshlaydi. Dastlabki effekttiv umumlashtirish yuzaga keladi.

Uchinchi natija – bola yangi turdagi faoliyatlarga о‘tishni boshlaydi, bular fikr va faoliyatning о‘zaro о‘ziga xos munosabatiga ega bо‘ladi. Faoliyatning bunday turlarini ijodiy faoliyatlar deb nomlashimiz mumkin.

Va nihoyat maktabgacha yoshdagi bolalalarda dastlab bolalarda ichki axloqiy instansiyalar, shuningdek, tabiat hamda о‘z shaxsi haqidagi dastlabki umumiy tasavvurlar vujudga keladi. A.Leontyev bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimida egallab turgan о‘rnining о‘zgarishidan kelib chiqqan holda, shunday fikrga kelgan: birinchi bо‘lib belgilab oladigan ishimiz bola rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch muammosini hal qilishni aniqlash lozim, bu hayot, unda mavjud bо‘lgan jarayonlarning rivojlanishi, boshqacha qilib aytganda bolaning ichki va tashqi faoliyatlarining rivojlanishidir.

Ruhiy rivojlanishning har bir bosqichi bolaning butun borliqqa bо‘lgan ma’lum, bosh munosabati о‘z faoliyatining muayyan, yetakchi turi bilan xarakterlanadi.

Leontyevning fikricha, aynan ilk bolalik davrida yuzaga keluvchi о‘yin turi – asosiy, yetakchi faoliyat turi bо‘lib hisoblanadi. Boshqa asosiy xulosa: maktabgacha bо‘lgan davrdagi bolalik – shaxsning rivojlanishining dastlabki haqiqiy davri, xulq-atvorning shaxsiy mexanizmi rivojlanishi davridir. Maktabgacha yosh davrida ilk munosabatlar va aloqalar о‘rnatiladi, bular yordamida oliy faoliyat birligi va shaxs birligi hosil bо‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalikda yuzaga keluvchi faoliyatning xarakterli xususiyatlari – bu bir-biri bilan almashib turadigan, bir-birini asoslaydigan, yoki bir-biri bilan qarshi tо‘qnashuvlarga duch keladigan hamda bir-biri bilan umuman bog‘liqlikka ega bо‘lmagan motivlarga undaydi va yо‘naltiriladi, unday emas, balki bir-biriga tobe bо‘lgan sabab-vajlarning tizimidir. [Leontyev, 1983].


Maktabgacha yoshdagi shaxsning shakllanishining xususiyatlaridan yana biri, bola va kattalar orasidagi munosabatlar о‘zgarishidir. Bola о‘zini individ sifatida sezishni boshlaydi, ya’ni u о‘z fikriga, о‘z ismiga egadir, u о‘zini erkak yoki ayol jinsi vakili deb sezishni boshlaydi. U tezroq katta bо‘lishga intiladi. Mustaqil samarali natijalarga erishishga intiladi va buning evaziga minnatdorchilik, maqtov yoki boshqa qandaydir baho olishni istaydi. Bolalar kattalarga qarab taqlid qilishga intiladilar. Shunday ekan, bolaning harakati kattalar faoliyatining timsoli bevosita ifodalanadi. Kattalar, ularning predmetlarga va bir-biriga bо‘lgan munosabatini kо‘rib, bola ularga taqlid qilishni, u endi nafaqat tomosha qilishni balki kattalar harakatini taqlid orqali aynan ulardek qaytarishni boshlaydi. Bu bola va kattalar orasidagi yangi munosabat bо‘lib, kattalar timsoli bolalar harakatini va qiliqlarini boshqaradi, bu maktabgacha yoshdagi bola shaxsi uchun barcha yangidan yuzaga keluvchi harakatlarning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Bola har qanday rag‘batlantirishga katta e’tibor beradi. Bunda ular xulq-atvorining emotsional-motivatsion boshqaruvini rivojlantiradilar, modomiki maktabgacha yoshdagi bolalar о‘zlari haqida ma’lum bir xulosaga kela olmaydilar, ular о‘zlarini baholashlari kattalar xulosasiga bog‘liq bо‘ladi. [Nemov R.S., 1995].

Maktabgacha yoshda axloqiy normalarni о‘zlashtirish, shaxsning asosiy sifatlarining shakllanishi kechadi. Shaxsning bazaviy sifatlari deb, shaxsning ijtimoiy turi, yoki xarakteri tomonidan aniqlanadigan insonning barqaror individualligining yuzaga kelishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bu shaxsning fundamental tomonlari bо‘lib, individni kо‘p yillardan sо‘ng ham tanib olish mumkin bо‘lgan ustun keluvchi sabab va ehtiyojlarini о‘z ichiga oladi. [Nemov R.S., 1995].

Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining barcha kо‘rinishlari ularning xarakter tuzilishini umumlashtiradi. Bolalar ma’lum bir syujetli о‘yin jarayonida odamlarning о‘zaro munosabatlarini modellashtiradilar. [Uruntayeva G.A., 1999].

Birinchi navbatda, nutqni egallash hisobiga, bolalarda maktabgacha yoshda kattalar bilan muloqot chegarasining ancha-muncha kengayishi rо‘y beradi. Aynan shu yoshda bola faoliyatni keng doirada egallaydi – bular о‘yin, mehnat, sermahsul maishiy muloqot kabi faoliyatlar. Texnik tomonlari shakllangani kabi, motivatsion-maqsadli tomoni ham shakllanadi. Faoliyatning yetakchi kо‘rinishi bо‘lib syujetli-rolli о‘yin hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrini ularda yanada intensiv mо‘ljalga olish davri deb atasak bо‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida о‘z о‘rnini aniqlash yangi darajasi, yangi ichki vaziyat asosiy о‘zgarish bо‘lib hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola kо‘proq kelajakka qaratilgan maqsadlarni, vositali ravishda namoyon bо‘lgan taqdimotlarni qо‘yishga о‘rganadi, va ularga erishish uchun duch kelgan qiyinchiliklarga qaramay harakat qiladi.

Bilish sohasida erishgan asosiy natija – bu bilishga oid vosita va usullarini egallash hisoblanadi. Bilish jarayonlari о‘rtasida о‘zaro zich aloqalar vujudga kelib, ularning barchasi borgan sari intellektuallashadi, anglanadi, boshqaruvchi xarakterlarni egallaydi. [Uruntayeva G.A., 1999].

Shunday qilib, biz aniqladikki, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxs shakllanishi boshlanadi, atrof-muhit va о‘z-о‘zi bilan yangi munosabatlar о‘rnatiladi. О‘z-о‘zini baholash, mustaqillik, biron-bir muammo haqida о‘z fikriga ega bо‘lish kabi xususiyatlari namoyon bо‘la boshlaydi. Shaxs rivojlanishning bu ikki yо‘nalishi bir-biri bilan tо‘qnash keladi, asosiysi, ularning ikkisi ham rivojlanishi zarur.

Maktabgacha yoshdagi bola axloqiy qoidalar va qiymatlarini о‘zlashtirib olishi lozim.

О‘yin bolaning asosiy faoliyati hisoblanib, uning yordamida bola о‘zi uchun zarur bо‘lgan barcha norma va qiymatlarni о‘zlashtirib boradi.

Shuningdek, huddi boshqa muhim faoliyatlarning rivojlanishi kabi maktabgacha yosh davrida nutq ham intensiv ravishda rivojlanadi.

D.B.Elkoninning [1989] hisoblashicha, bola unga qaratib aytilgan kattalar nutqini hayotida ilk yoshining ikkinchi qismida tushuna boshlaydi. U talaffuz qilinadigan sо‘zlar (ularning tovushli tasviri orqali), predmetlar va о‘ziga tegishli xatti-harakatlari orasida aloqalar о‘rnatadi. Bu aloqalar bola va kattalar bilan о‘zaro birgalikdagi faoliyatlari orqali, yoki maxsus ta’lim natijasida vujudga keladi. 9-10 oylikka kelganda ularning miqdori ahamiyatli darajada kо‘payadi.



D.Elkonin [1989], huddi L.Vigotskiy singari, bolada birinchi bosqichda predmet haqidagi tasavvurning hosil bо‘lishi shunchaki bо‘ladi, ya’ni u predmetni asl holicha anglamaydi. Masalan soat tushunchasi, bu kichik soat ham, katta devor soatlari ham, budilnik vazifasini bajaruvchi soat sifatida ham tushuniladi. Shunday qilib, mustaqil nutqning paydo bо‘lish davridagina birinchi umumlashtirish malakalari namoyon bо‘ladi, buning asosida oson payqash mumkin bо‘lgan belgi va alomatlarni ajrata olishi mumkin.

Narsalarni nomlash malakalari jadal ravishda mustahkamlanib boradi, va nomlangan predmetlar soni ortib boradi. Birinchi navbatda bolani bevosita о‘rab olgan atrof-muhitdagi narsalarni tushunish о‘zlashtiriladi, keyin esa kattalar ismi va о‘yinchoqlar nomi, kiyim predmetlar tasviri, va nihoyat tana va yuz qismlarini nomlash kо‘nikmalari hosil bо‘ladi.

Asta-sekinlik bilan bola ikki yoshga kelib, kattalar tomonidan unga aytilgan barcha sо‘zlarni tushuna boshlaydi, amalga oshirilgan emas, balki talaffuzda buyurilgan barcha buyruqlarni bajara oladi.

Aktiv lug‘at boyligini jadal о‘sib borishning ilk muddatlari, kattalarga aytilgan 2 va 3 sо‘zdan iborat gaplarning paydo bо‘lishi, birinchi navbatda kattalar va bolalar о‘rtasidagi munosabat xarakteriga, hamda о‘zaro muloqoti orasidagi xususiyatlarga bog‘liq buladi. Bola bilan kam gaplashilsa, yoki ular xohish-istaklarini biron urinishsiz, sо‘zsiz bajarishga shoshilsalar, bola nutqiga katta zarar, ya’ni nutq rivojlanishining orqada qolishiga sabachi bо‘lib qolinadi.

Kattalar bola gapirishni boshlagandan sо‘ng, u bilan ishlashni tо‘xtatib qо‘yishgan hollar juda kо‘p kuzatiladi. Biroq kattalar ishtirokisiz, bola nutqi kambag‘allashadi, va xatolarga boy bо‘ladi. K.Chukovskiy yozishicha: «Agarda har bir gо‘daklik yoshidagi bola bizning sayyoramizda eng mehnatkash, zahmatkash, fidoiyligini isbotlash uchun hammaga kо‘rgazmali, aniq-ravshan dalil talab qilinganda edi, u juda qisqa muddatda о‘z ona tilini, uning barcha ajoyib shakllaridagi nozik farqlari, turli xil sо‘z yasovchi qо‘shimchalari, sо‘zning turlanishi yoki tuslanishida о‘zgaradigan tugallanmasining ikir-chikirini egallashdek qobiliyatga ega ekanligini aniq dalil qilib kо‘rsatib berishimiz mumkin edi. Bularni egallashda kattalarning bevosita ta’siri ulkan ahamiyatga ega bо‘lsa ham, men uchun bu bola ruhiy dunyosidagi eng katta mо‘jizalaridan biri bо‘lib qolaveradi...» [Elkonin D.B., 1999].

Bola nutqining rivojlanishi uchun eng qulay davr, bu 1,5 yoshdan 3 yoshgacha bо‘lgan davrdir. Agar bola shu yoshda qandaydir sabablarga kо‘ra nutq malakalarini egallay olmasa, u keyinchalik juda katta qiyinchiliklar evaziga о‘tkazib yuborgan bilimlarni egallashiga tо‘gri keladi. Situativ nutq bosqichida bola nutqi rivojlanishida kechikish hollari ham kuzatiladi. Sabablar kо‘p, lekin agar bola sog‘lom bо‘lsa, asosiy sabab ota-onaning vaqtida bola bilan pedagogik jihatdan shug‘ullanmaganligidir.

Bolani tо‘g‘ri tarbiyalash jarayonida 2 yoshga kelib nutq rivojlanishida keskin о‘zgarish (yomon tomonga) sodir bо‘lishi mumkin. Bunga sabab bо‘lib, foydalaniladigan sо‘zlar miqdori kо‘payib borgan sari, ilk 2 va 3 sо‘zli gaplar paydo bо‘la boshlashidir. [Elkonin D.B., 1989]. Bola turli bahonalarda murojaat qiladi. bolaning о‘z nutqi uning faoliyatiga aylanib bо‘lgan bо‘lib, kо‘pincha predmet va о‘yinchoqlarni manipulyatsiya qilish bilan kuzatiladi. Nutq uning faoliyatlarini boshqaruvchisiga aylanib, ularning asosiy komponenti sifatida tushuniladi. Kо‘p ma’noli sо‘zlar ikkinchi planga о‘tadi, ular yanada mustahkam, predmetga nisbiylikdaligi aniq ifodalangan sо‘zlar bilan almashinadi.

Bola 2 va 3-yoshlarga kelib kattalar bilan nutq orqali suhbatlashadi. Endilikda bu yerda kontekstli nutqqa (bu nutqiy faoliyatni egallashning yuqoriroq darajasi bо‘lib, gapiruvchi voqelikning ketma-ketligini oldindan bilib turish juda muhim, ushbu ketma-ketlikni tо‘g‘ri ifodalash uchun kerakli formalarni topa olish, va voqelikka bо‘lgan о‘z munosabatini aniq bilib turishi lozim) о‘tish kerakligi maslahat beriladi. [Kulesha, 1989]. Nutq ustida ishlash jarayonida reja asosida, asta-sekinlik bilan murakkablashtirish lozim, ya’ni savol-javobdan boshlab asta sekin mustaqil gapirib bera olish darajasigacha olib borish zarur. Bunga ertak yaqqol misol bо‘lishi mumkin. Maktabgacha yosh davrida quyidagi nutq izohli nutqni egallashda davom ettiriladi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarda lug‘at boyligini boyitish jarayoni kechadi. 3 yoshning oxiriga kelib bola 1200 dan 1500 gacha bо‘lgan sо‘z miqdorini egalllaydi.


Dialogik nutq asosida ona tilining grammatik tuzilishini jadal ravishda о‘zlashtirish amalga oshadi. A.N.Gvozdeva kuzatuvlariga asoslangan holda, grammatik tuzilishni egallash ikki davrga bо‘linadi.

Birinchi davr – 1 yoshu 3 oylikdan bir yoshu 10 oylikkacha davom etib, bu davrda amorf о‘zakli sо‘zlardan tuzilgan gaplarga duch kelinib, bular har qanday holatda о‘zgarmagan holda uchraydi. Bunday davrda ikki bosqich yaqqol namoyon bо‘ladi: a) bir sо‘zli gap (1 yoshu 3 oy – 1 yoshu 8 oy); b) bir nechta sо‘zdan tuzilgan gaplar, asosan ikki sо‘zli gaplar.

Ikkinchi davr – 1 yoshu 10 oylikdan 3 yoshgacha. Bu gapning grammatik tuzilishini о‘zlashtirish davri bо‘lib, grammatik kategoriyalarning shakllanishi va ularning tashqi kо‘rinishlari bilan bog‘lik bо‘ladi. Oddiy va murakkab gaplarning jadal yuksalishi namoyon buladi. Ushbu gaplarning gap bо‘laklari tilning sintaksik vositalarini ifodalaydi. Bundan tashqari bu davr ham о‘z navbatida uch bosqichga ega: a) ilk shakllarning shakllanishi (1 yoshu 10 oy – 2 yoshu 1 oy); b) sintaksik aloqalarni ifodalash uchun ona tilining fleksik tizimidan foydalanish (2 yoshu 1 oy – 2 yoshu 3 oy); v) sintaksik munosabatlarni ifodalash uchun ishlatiladigan sо‘zlarni egallash. Bola 2 yoshu 6 oyligidan 3 yoshgacha qator bog‘lovchilardan foydalanish kо‘nikmalarini egallashni boshlaydi.

A.N.Gvozdev tekshiruvlari natijasida, bu yoshda quyidagi bog‘lovchilar paydo bо‘lishi aniqlandi, bular: va, chunki, ammo, lekin, esa, bilan, faqat, demak, qayerda, qanday kabilar. 2 yoshga kelib 39 bog‘lovchidan 15 tasigina о‘zlashtiriladi.

Normada rivojlanib kelayotgan bola, avvalambor kelishik shakllarini о‘zlashtiradi.

3-3,5 yoshda sо‘z hosil qilish jarayoni ham jadal tarzda kechadi. Bu davrdan boshlab garchi о‘zlari sezmasalarda, ularning nutqlari sо‘z yasovchi, kichraytirish-erkalash, sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar yordamida boyib boradi. Ular leksik tomondan sо‘zlarni notо‘g‘ri ifodalasalar ham, rasmiy jihatdan ular tо‘g‘ri bajaradilar. (Gvozdev «Ota-о‘g‘il» о‘yinini misol qilib kо‘rsatadi: man ayiqtoyman, siz esa ayiq).

Nutq va nutq madaniyatini kengaytirish, fonematik eshitish qobiliyati ustida ish olib borish lozim. Nutq asta-sekin keyingi xatti-harakatlarni rejalashtirishning muhim shartiga aylanadi. Avval bola о‘z faoliyatlarni ketma-ket talaffuz qiladi, keyinchalik, bu ichki nutqqa aylanadi.

Ilk bolalik davridayoq nutqni egallash, faol nutq shakllanishi bolaning shu davrda umumiy psixik rivojlanishiga asos bо‘lib xizmat qiladi. Olib borilgan tadqiqot ishlar shuni kо‘rsatadiki, normal nutqqa ega bо‘lgan bolalar nutqi tо‘liq rivojlanmagan tengdoshlaridan elementar umumlashtirish borasida ancha balandda turadilar. (G.L.Rozenberg-Pupko nutqqa ega bо‘lgan va ega bо‘lmagan bolalarning predmetlarni umumlashtirishi bо‘yicha quyidagi ma’lumotni bergan (predmet va miqdorni aniqlash masalasini о‘rtaga qо‘yganimizda; predmet va uning qismi haqida birdaniga 100 nafar nutqi normada rivojlangan bolalarning hammasi tо‘g‘ri javob berdi, NTR bolalardan esa faqat 40 nafarga yaqini tо‘g‘ri aytib bera olishgan)).

4-5 yoshga kelib bolalar о‘z nutqida kasbga oid otlar; mehnat faoliyatini bildiruvchi fe’llardan foydalanishni boshlaydilar, hamda predmetning qayerda joylashganligini (chapda, о‘ngda, orasida, yonida) aytib bera oladilar, kecha-kunduz vaqtlarini ajrata oladilar, insonlarning kayfiyati va holatini xarakterlab beradilar, predmet qismlari va nomlarini ifodalovchi otlardan; xususiyatlarni ifodalovchi sifatlarni, hamda eng kо‘p ishlatiladigan fe’l, ravish, va kо‘makchilardan foydalanadilar.

5-6 yoshga kelib kasblarni nomlaydigan otlar, predmet belgilarini ifodalovchi sifatlar, odamlarni mehnatga bо‘lgan munosabatini ifodlovchi ravishlar, odamlarning ish-harakatini bildiruvchi fe’llar, bir xil ma’noga ega sо‘zlardan foydalanishni boshlaydilar. Ular sifat, ot, fe’l, ravish, qо‘shimchalarni tо‘g‘ri va о‘z joyida ma’nosiga qarab ishlatishni boshlaydilar.

6-7 yoshga kelib bolalar lug‘at boyligi kengayadi, bular predmetlar, faoliyatlar, belgilarni ifodlovchi sо‘zlardir. Ular nutqda sinonim, antonim, umulashtiruvchi otlardan foydalanishadi, ma’nosiga qarab nutqning turli qismlarini joy-joyida ishlatishadi. [Belobrikina O.A., 1998]


Biz maktabgacha yoshdagi bolaning psixologik xarakteristikasini о‘rganib chiqib, ular bilan maxsus maktabgacha muassasalarda qanday ish olib borish katta ahamiyatga ega ekanligini aniqladik. U yoki bu holda, bolalar baribir о‘xshash psixologik vazitlarga duch keladilar, bu ular bilan yanada savodli va professional ravishda ish olib borishga kо‘mak beradi.

Shuningdek, biz nutqi normada rivojlanayotgan bolalar nutqining bosqichma-bosqich rivojlanishini kо‘rib chiqdik. Endilikda NTR bolalar nutqining rivojlanishida qanday bosqichlarni bosib о‘tishlari bilan tanishib chiqamiz. Qachon, va qaysi bosqichda tо‘xtalish yoki orqada qolish kuzatiladi? Albatta avvalambor, nutqi tо‘liq rivojlanmaganlikning barcha hollarini kо‘rib chiqishimiz tо‘g‘riroq bо‘lar edi, bularga alaliya, dizartriya va boshqa nutq nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalarni misol qilishimiz mumkin.

Biroq biz nutqi tо‘liq rivojlanmaganlikning umumiy masalalarini kо‘rib chiqish bilan cheklandik, shuningdek, NTR III darajasidagi bolalarda batafsil tо‘xtalib о‘tamiz. Yuqorida aytib о‘tganimizdek, bu bolalar nutqi normada rivojlangan bolalar bilan kо‘p tomonlama о‘xshash bо‘ladi, faqatgina ular nutq jarayonida xatolar qiladilar. Ularni normal bolalardan farqlash qiyinroq, shuning uchun ham biz kо‘pincha ular nutqida paydo bо‘layotgan orqada qolishni payqamay о‘tkazib yuboramiz.