Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 359
Скачиваний: 9
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Nazorat uchun savollar.
-
Bolalar nutqini amaliy grammatikasi, unu kattalar grammatikasidan farqi. Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish jarayoni, ularni nutqiy maxsulini yaratishdagi ustunligi. -
Morfologiyani rivojlanishi. Grammatik shakllarni rivojlanishining asosiy tandensiyalari. -
So’z hosil qilishni rivojlanishi. So’z hosil qilish modelini o’zlashtirish jarayonini. -
Sintaksisni rivojlanishi. Bir so’zli gaplar. -
Ikki so’zli gaplar (protogaplar)ni shakllanishi. -
Ko’p so’zli jumlalarga o’tish. Sintaktik meyorlarni tipik buzilish holatlari.
7-MA’RUZA
Bog’langan nutqni ontogenetik rivojlanishi.
REJA:
-
Bog’langan nutq psixologik va lingvistik o’rganish obyekti sifatida, uni shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonida bog’langanlik shakllarinin o’zgarishi. -
Dialog qurish texnikasini o’zlashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolaning monologik nutqi, uning reproduksiyalovchi va ihtiyoriy fazalari.
Tayanch iboralar: mashg‘ulot, ovoz kuchi, ovoz balandligi, ovoz toni,
avtomatizatsiY.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim о‘rin eallaydi. Maktabgacha ѐshdagi bolalar kо‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-о‘, x-h, q-g‘ tovushlarini tо‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jaraѐnida ketappan - ketayapman, Hojaxon – Shohjahon, Yustam – Rustam, qalg‘a - qarg‘a kabi talaffuz etishda yо‘l qо‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni tо‘g‘ri talaffuz etishga yо‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar о‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini kо‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’ѐrda sо‘zlab, muomala qilishga о‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. Samimiy muomala me’ѐri, xatto muomalada kо‘z qarashlari, boshqalar oldida о‘zini tuta bilish – muomala madaniyatining oddiy talablaridir. Yosh avlodning barkamol, yetuk, salohiyatli insonlar bо‘lib kamolga yetishi uchun ona tilining barcha boyliklaridan, uning imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim muassasasining eng muhim vazifalaridan biri milliy adabiy til asosida bolalarning bog‘lanishli nutqini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Kuzatishlardan ma’lumki, maktabgacha ѐshdagi bolalar nutqi tafakkurni rivojlantirish bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Tilni tо‘g‘ri о‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib sо‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, javob qaytarish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanishning turli kо‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, bolalarning tо‘g‘ri muomalaga kirishtirish, boshqalar bilan gaplashish ishtiѐqining ortishiga turtki bо‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishishi muhim talab hisoblanadi. Birinchi talab, dastlab bola о‘z lug‘at boyligiga ega bо‘lishi zarur. Bu uning boshqalar bilan muomalaga kirishishida ѐrdam beradi. Bunda tarbiyachi asosiy diqqat - e’tiborini tabiiy holatda bolalarning lug‘at boyligini oshirib borishga qaratadi. Bolalarning s
о‘z boyligini oshirishda esa ularning kundalik faoliyatida tevarak-atrof bilan tanishib borishi muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Ikkinchi muhim talab, bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish. Bunda bolalarni yо‘naltiruvchi savollar, mashqlar vositasida nutqdagi sо‘zlarni tо‘g‘ri ishlatish, gapni tо‘g‘ri tuzishga о‘rgatish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Uchinchi muhim talab, bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Zero, bolalarni tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etishga о‘rgatish metodika ilmidagi murakkab masalalardan hisoblanadi. Tо‘rtinchi muhim talab, dialogik nutq, ya’ni sо‘zlashuv nutqini rivojlantirishdir. Beshinchi talab, hikoya qilib berishga (monologik nutq) о‘rgatishdir. Bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta ѐrdam berishi amaliѐtda о‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanligi lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, о‘z fikrini erkin va ravon baѐn eta olish kо‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq. Oltinchi talab, bolalarni badiiy adabiѐt bilan tanishtirish bо‘lib, bolalar adabiѐti va xalq og‘zaki ijodining eng ѐrqin namunalari kichkintoylarni yangi bir olamga olib kirishga xizmat qiladi. Adabiy asarlar bilan tanishtirish bolalarda faqat bog‘lanishli nutqni rivojlantiribgina qolmay, ularda badiiy adabiѐtga mehr - muhabbat tuyg‘ularini ham paydo qiladi. Yettinchi talab, bolalarni savod о‘rgatishga tayѐrlashdir. Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning ѐsh xususiyati, shaxsiy tayѐrgarlik darajasi hisobga olinadi. Tо‘g‘ri, katta guruhda bolalar nutqi bir muncha shakllanib qoladi. Zero, bog‘cha ѐshidagi katta bolalar faoliyatining mazmunan va shaklan xilma-xilligi ular nutqining takomillashib borishiga ham ѐrdam beradi. Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga о‘zgara boshlaydi: tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni tо‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning о‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin baѐn qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, о‘z fikrini erkin baѐn etish kabi xislatlar paydo bо‘la boshlaydi. Shunga kо‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi sо‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, о‘z fikrini grammatik jihatdan tо‘g‘ri va aniq ifodalay olish kо‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, о‘z fikrini baѐn qila olish, ifodali о‘qish faoliyati jaraѐnida tarkib toptiriladi. Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqeahodisalar ta’siri natijasida о‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir ѐki bir necha jumlalarda о‘z aksini topishi mumkin. Bog‘lanishli nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol
о‘ynaydi. Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va kо‘nikmalari mavjud bо‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar sо‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xо‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning о‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va sо‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini о‘rganish: ona tilidagi antonim, sinonim, omonim sо‘zlarni tushunish va tо‘g‘ri qо‘llashga doir tushunchalar, sо‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini tо‘g‘ri aytishga, ularning о‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yо‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod о‘rgatishga tayѐrlash muhim ahamiyat kasb etadi. Sо‘zlashish – monologik (bog‘lanishli) nutqning eng muhim metodi. Sо‘zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda eng muhim talablardan sanaladi. Sо‘zlashuv nutqi bolaning lug‘at boyligiga bog‘liq bо‘ladi. Bunda bola о‘ziga murojaat qilganlarida suhbatdoshini eshita olish, tushunish, savollarga tо‘g‘ri javob bera olish bilan birga, sо‘zlashuv madaniyatini egallay borishi ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jaraѐnida kо‘proq yо‘naltiruvchi savollar beriladi. Masalan, tabiatga saѐhat paytida tarbiyachi tomonidan “Hozir yilning qaysi fasli?”, “Bahorda tabiatda qanday о‘zgarishlar yuz beradi?”, “Bahorda qanday qushlar uchib keladi?” kabi savollarning berilishi bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga ѐrdam beradi. Bog‘lanishli nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan sо‘zlashishdir. Sо‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bо‘lib, unda bola о‘zini tutishi, kо‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining pastbalandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. Sо‘zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar ѐrdamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jaraѐnida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, kо‘pchilik о‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi. Bunda bir-birining nutqini tо‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, sо‘rash, sо‘rab bilib olish dialogik nutqqa о‘rgatishning usullari sanaladi. Ma’lumki, muloqot ikki shaklda – erkin va maxsus tayѐrlangan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik haѐt va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bо‘lib, yо‘l-yо‘lakay о‘tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bо‘lishiga ѐrdam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan t
о‘g‘ri tuzish malakalarining paydo bо‘lishiga, sо‘z zahirasining boyishiga olib keladi. Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarda ham bog‘lanishli nutqni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilganda tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning ѐrdamisiz, mustaqil ifodalay olishga, lug‘at boyligiga, matn mazmunini baѐn etishda izchillikka rioya qilishi, tilning ifoda vositalaridan foydalana olishi, nutqning ravonligi, tezligi, jumlalarni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza olishi, tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etishi, nutq madaniyatiga rioya etishiga qaratiladi. Misol tariqasida, “Ovchilar va quѐnlar”, “Oqsoq bо‘ri va qо‘ylar”, “Nimaning pati?” kabi о‘yinlardagi savol-javoblar ham bolalarning dialogik nutqini rivojlantiradi. Tarbiyachi bolalarga “nimaning pati?” deb savol beradi. Bolalar о‘rdakniki, qarg‘aniki, burgutniki deya javob qaytaradilar. О‘yin shartiga asosan qushning nomini takror aytgan bola biror shartni bajaradi: о‘yinga tushadi, she’r aytadi ѐki qо‘shiq kuylaydi. Bolalarning nutqini rivojlantirishda monologik nutq (bog‘lanishli, hikoya qilib berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda yuqorida sanab о‘tilgan bog‘lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bо‘ladi. Bolalarning monologik nutqining shakllanishi ularni maktabga tayѐrlashning asosiy shartlaridan biridir. Zero, bog‘lanishli nutq bolalarning mantiqiy tafakkurini va unga bog‘liq bо‘lgan zehnni о‘tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham tarkib toptiradi. Bolalarda hikoya qilish kо‘nikmasi uning lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir. Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarga muayyan mavzular bо‘yicha ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi mumkin. Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi. Masalan, “Bizning oila”, “Bahor fasli”, “О‘z - о‘tar soz”, “Qaldirg‘ochlar uchib keldi” va hokazo mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi. Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish, tovushlarni, qо‘shimchalarni tо‘g‘ri talaffuz etish, ѐshiga mos darajada tasviriy vositalardan tо‘g‘ri foydalana olishiga ѐrdam berib boriladi. Kattalarning mehnat jaraѐnini kuzatish, tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, darѐ, chо‘l, dalalarga saѐhatlar asosida hikoyalar tuzishni tavsiya etish ham bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng qulay usullar sanaladi. Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda badiiy adabiѐtning imkoniyatlari kattadir. Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiѐtning eng ѐrqin namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qо‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qо‘ya qolmaydi, balki sо‘z zahirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi. Bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish ularni savodxonlikka о‘rgatish bilan davom ettiriladi. Bu jaraѐn eshitganini anglab olishga kо‘nikma hosil qilish, о‘z fikrini ifodali, aniq, tushunarli, grammatik jihatdan t
о‘g‘ri ifodalay olish bilan bog‘liq bо‘ladi. Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiѐt namunalaridan foydalanish hamda savod о‘rgatishga tayѐrgarlik kabilarni kiritish mumkin. Tevarak-atrofni о‘rganish jaraѐni bola tafakkurini rivojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bо‘lmagan hissiy rag‘batlantirishga sabab bо‘ladi. Bunday rag‘batlanish bog‘cha ѐshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki, tevarak-atrofdagi predmetlar, voqeliklar asosida tug‘iladigan hissiѐt bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga kо‘chadi. Shuning uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning gо‘zalligini, bitmas - tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy munosabatlar va kattalar dunѐsiga kirib borishi, uning har tomonlama kamol topishi bilan birga, bog‘lanishli nutqining ham boyib, shakllanib borishiga olib keladi. Zero, bolalik dunѐni zavqlanib, hissiѐtlarga tо‘lib idrok etish, uni kashf etish bilan uyg‘undir. Demak, bog‘lanishli nutqni rivojlantirish, xilma-xil va betakror dunѐni metodik tomondan qiziqarli, turli shakl va vositalardan foydalangan holda zamon talablari asosida bolalarga yetkazishni tashkil etish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu borada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bolalarning ѐshi, о‘ziga xos xususiyatlari, lug‘at boyligi, nutq madaniyati, nutqni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza olish kabi juda kо‘p talablarni hisobga olish zarurati tug‘iladi.