Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 05.12.2023

Просмотров: 355

Скачиваний: 9

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Nazorat uchun savollar

  1. Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari.

  2. Nutqnig to’liq rivojlanmay qolishida lug’at boyligini shakllanishning o’ziga xos hususiyatlari.


9-MA’RUZA

Nutqiy patologiya sharoitida nutqning grammatik qurilish va bog’langan nutqni shakllanishi.


REJA:

  1. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishиni shakllanishi.

  2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda bog’lanишли nutqni shakllanishi.







Nutqning grammatik qurilishining shakllanishida yetakchi mexanizm bola tomonidan til qonuniyatlarini til umumlashmalarini о‘zlashtirish hisoblanadi. Chunki, til qonuniyatlari va til umumlashmalari mazmunni nutqiy faoliyatda amalga oshirish imkonini beradi. Nutq paydo bо‘lishidagi grammatik operatsiyalar haddan tashqari murakkab bо‘lib, u yuqori darajadagi analiz-sintez faoliyatining yetarlicha rivojlanmaganligini kо‘zda tutadi.

Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi» tushunchasi, eshitish va intellekti normada bо‘lgan bolalarda barcha nutq komponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi. nutq kamchiligiga nisbatan qо‘llaniladi (keyingi sahifalarda NTR deb ataladi). Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda tilning grammatik qurilishini о‘zlashtirilishining turg‘un buzilishi, tovushlar talaffuzi, ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bо‘ladi, morfemalar sistemasini о‘zlashtirish yetarlicha tо‘laqonli kechmaydi, natijada, sо‘z yasash va sо‘z о‘zgartirish kо‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha orqada qoladi; bog‘lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi (V.Vorbyeva, B.Grinshpun, V.Gluxov, R.Levina, T.Filicheva, G.Chirkina va b.).

Nutq shakllanishidagi о‘zgarishlar, asosan, yuqori ruhiy jarayonlarning iyerarxik tuzilishidagi rivojlanishning buzilishi sifatida qaraladi. Shuningdek, sistematik yondashish kо‘rinishi yordamida nutq tizimidagi komponentlarning holatidan patologik nutqning turli xil tuzilishi haqidagi masala hal qilinadi. Nutq kamchiliklarini tadqiq qilishda nutqning rivojlanishini о‘rganishga izchil yondashish prinsipi qо‘llaniladi. Bu esa nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni maktabda о‘qitishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga (R.YE.Levina, G.A.Kashe, N.A.Nikashina G.V.Chirkina, L.F.Smirnova shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga (N.YE.Jukova, YE.M.Mastyukova, G.Y.Filicheva) imkon beradi.

Bu ishlarda asosiy e’tibor bolalarning nutqiy talaffuzi, lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishini, ravon gapirishni, shuningdek, nutqni tuzatish jarayonida bolalarning ona tilining ma’noviy va talaffuz tomonlarini bilib olishlari kabi qator masalalarni о‘rganishga qaratilgan.

Bundan tashqari, yana bir qator olimlar bolalar nutqi tо‘liq rivojlanmaganligining turli yо‘nalishlari psixolingvistika, neyrolingvistka (V.K.Orfinskaya, YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov hamda tibbiy–pedagogikaga oid S.S.Lyapidskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Grushevskaya, M.Velyakov, S.A.Mironova) ilmiy nazariy ishlar olib borishgan.

Shuni aytish joizki, bir qator tadqiqotlarda (O.N.Usanova , G.A.Kashe, A.K.Markova) bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi masalasining faqat bir tomoni, ya’ni nutqi rivojlanmagan bolalar nutqida tovushlarning talaffuzi va ular tomonidan bо‘g‘in tuzilishi tartibining о‘zlashtirilishi kabi masalalargina keng yoritildi.

Nutq tо‘liq rivojlanmaganligi oqibatida tilning lug‘at tarkibi va grammatik tuzilishining о‘ziga xosligi R.YE.Levina, V.K.Orfinskaya, N.N.Traugott, S.N.Shaxovskaya , V.K.Vorobyeva, B.M.Grinshpun, L.F.Filicheva, G.V.Chirkina, A.V.Yastrebova, V.YE.Sobotovich, V.A.Kovshikov va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng talqin qilinadi.

Bu ishlarda nutqning talaffuzi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishiga, bog‘lanishli nutqni tuzatishga oid ta’lim jarayonida bolalar tomonidan nutqning mantiqiy va tovush jihatlarining о‘zlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratiladi.


Bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganishga katta hissa qо‘shgan olimlar (Gutsman, A.Libmann, M.V.Bogdanov-Berezovskiy, E.Freshels keyinchalik M.YE.Xvatsev, N.N.Traugott, V.K.Orfinskaya, R.YE.Levina, L.V.Melexova, G.V.Matsiyevskaya, YE.F.Sobotovich,V.A.Kovishkov, S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva va b.)ning ishlarida turlicha mezonlarni qо‘llash asosida NTRda nutqning rivojlanish bosqichlari va nutqiy nuqsonning tuzilish xususiyatlari (fiziologik, klinik, psixologik, lingvistik, psixolingvistik va boshqalar) ajratib kо‘rsatilgan. Shuningdek, ularda NTRning turli shakllari ta’riflangan, nutq rivojlanmaganligining turli shakllarida logopedik ta’sir metodikasi ishlab chiqilgan.

Sо‘nggi yillarda bolalardagi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganish bо‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar tadqiqotchilarning о‘z ishlarida muammo tahliliga har tomonlama sindromal yondashuv metodologiyasiga tayanganliklari natijasidir. Bolalar nutqining psixolingvistik aspekti bunday yondashuvning dastlabkilaridan hisoblanadi va bu YE.F.Sabotovich, V.A.Kovishkov, B.M.Grinshpun kabi tadqiqotchilar ishida о‘z ifodasini topgan. Ayni paytda NTRni о‘rganishning barcha masalalari hali tо‘liq ochib berilmagan. Biroq V.K.Ofrinskaya hozirgi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligi muammolari tadqiqotchilari orasida umum tomonidan qabul qilingan qoidalarga qaraganda munozarali masalalar va ziddiyatlar, logopediya ilmi rivojlanishining zamonaviy bosqichlari yuzasidan NTRga umumiy qarashlar misolida kо‘proq e’tibor qaratilayotganligini belgilaydi.

I.K.Samoylova nutqi tо‘liq rivojlanmagani asosida yotuvchi patofiziologik mexanizmlarni о‘rganish, qо‘zg‘aluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining inertligini, bosh miya pо‘stlog‘i tо‘qimalarining yuqori darajada funksional zaiflashuvini kо‘rsatadi. Tadqiqotchi bunda miya pо‘stlog‘ida qо‘zg‘atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasi yetishmasligini aniqlaydi. NTR bolalarda miyaning elektr faolligini о‘rganish jarayoni, kо‘pincha, chakka-tepa-ensa sohalarida, peshona-chakka va dominat yarim sharning chekka shoxlarida biopotensiallarning aniq lokal о‘zgarishlarini belgilab berdi (L.A.Belogrud, A.L.Lindenbaum, YE.M.Mastyukova).

V.K.Orfinskaya esa bu jarayonga bog‘liq lingvistik tavsifnomani ishlab chiqib, til tuzilishining buzilishlari yetakchi kо‘rinishlarining birlamchi va ikkilamchi shakllarini ajratadi.

S.N.Shaxovskayaning tadqiqotlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida uchraydigan paradigmatik xatolar tahlili beriladi. Bunday bolalar ot turkumlarini о‘zlashtirishda, sо‘zdagi о‘zgarishlarning barchasida qiynaladilar. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarga logopedik ta’sir о‘tkazish ana shu nuqson tuzilmasi bilan belgilanadi va shu asosda tadqiqotning uchta yо‘nalishi belgilanadi:

I. Umumiy ruhiy rag‘batlantirish.

II. Ruhiy-motor funksiyalarni korreksiyalash.

III. Nutqni umumiy rivojlantirish.

N.N.Traugotning ta’kidlashicha, ruhiy jihatdan sustlik, cheklanish, tashabbussizlik bunday bolalarni aqliy jihatdan rivojlanmagandek qilib kо‘rsatadi. Bu, о‘z navbatida, ularning shaxsiyatiga xos asl holatlariga har doim ham muvofiq kelavermaydi. Tashqi nutqning buzilishi, shuningdek, bog‘lanishli nutqni mustaqil talaffuz qilishning birdaniga pasayishida bolalarning faol lug‘at boyligini о‘zlashtirish, nutqni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish, tovush talaffuzi va sо‘zning bо‘g‘inli kо‘rinishidan foydalanish kuzatiladi.

M.Sovak NTR tushunchasini kengaytirish maqsadida uning tarkibiga nutqning kech shakllangan kо‘rinishlarini ham kiritadi. Ular nevrologik jihatdan mutizm hamda demensiya va shizofreniyada nutqning yо‘qolishi, eshitishning pasayishi va oligofreniyadan farqlab kо‘rsatadilar.

G.A.Kashe ana shunday kamchiligi bо‘lgan bolalarning tovush talaffuzi xususiyatlarini kо‘rsatib о‘tadi. Shunga asoslanib, u о‘qitishning quyidagi yо‘nalishlarini belgilab beradi:

I. Tovushlarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish.

II. Nutqning tovush-bо‘g‘in va ritmik tizimini shakllantirish, ya’ni sо‘z va iboralarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish.

Bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, birinchi navbatda, fonetik, fonematik, morfologik va sintaksik umumlashtirishlarni shakllantirish eng muhim ish sanaladi.



Tovushlarni talaffuz etishni rivojlantirish va tovush tahliliga oid ishlarning mohiyati tovushlarni talaffuz qilish bilan bir paytda sо‘z, tovush tarkibini tahlil qilish kо‘nikmalarini rivojlantirishga doir frontal ish olib borilishi bilan belgilanadi. Tuzatish ishi fonetik xulosalarni oydinlashtirish, kengaytirish va takomillashtirishni о‘z ichiga oladi. A.Kashe bolalarning fonemalarni ajrata bilish qobiliyatlarini rivojlantirish bо‘yicha logopedik yо‘nalishdagi ishlarni shartli ravishda 5 bosqichga ajratadi:

I bosqich – nutqqa dahli bо‘lmagan tovush kompleksini taniy bilish.

II bosqich – tovushning baland–pastligi, kuchi va tempi bо‘yicha bir xil sо‘zlarni ajrata bilish.

III bosqich – tovush jihatdan о‘xshash sо‘zlarni ajrata bilish.

IV bosqich – fonemalarni ajrata bilish.

V bosqich – bо‘g‘inlarni ajrata olish.

YE.M.Mastyukova nutqning tо‘liq rivojlanmaganlik sabablarini yoritar ekan, shunday yozadi: “Nutq bola hayotining ilk bosqichlarida jadallik bilan taraqqiy etishning eng mukammal va nozik funksiyasi sanaladi”. Bola hayotining dastlabki yillaridagi turli xil noxush taassurotlar ham nutq buzilishiga olib kelishi mumkin.

Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli о‘laroq, nutq tо‘liq rivojlanmaganligining murakkab shakllarini tavsiflar ekan, M.Kritchli bunday holatda bolalarda oral-fatsial diskoordinatsiyalar, til va lab harakatida nuqsonning mavjudligini, sо‘z ma’nolarini tо‘g‘ri anglamaslik yoki notо‘g‘ri qо‘llanilishini ta’kidlab о‘tadi.

K.P.Bekker va M.Sovak nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi holatlarida biologik, ijtimoiy sabablarni hamda ularning kombinatsiyasi ustunligi bilan bog‘liq komponentlarni ajratadilar. An’anaviy tarzda nomlanuvchi eshituvchi soqovlik kinestik-motor buzilishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan, о‘ziga xos xarakterga ega bо‘lgan nutq rivojlanishining kechikishida namoyon bо‘ladi.

I.T.Vlasenko, V.V.Yurtaykinning ta’kidlashicha, bunday bolalarning nutqiy faoliyatini tashkil etuvchi struktural tarkibiy qismlar orasida dissatsiatsiya aniqlangan. Ularning bir xillarida operatsion imkoniyatlarning saqlanganligi holatida maqsadli kо‘rsatmalarning shakllanmaganligi mavjud; boshqalarida esa yetarlicha turg‘un motivatsiyaning mavjudligi bilan birga, faoliyatning operatsion qatorida muayyan yetishmovchilik belgilangan.

Bu muammoga til konsepsiyasida zamonaviy psixolingvistik nuqtai nazardan yondashish YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov, B.M.Grinshpun, V.K.Vorobyeva kabi olimlarning ishlarida tо‘la aks ettirilgan.

L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar tomonidan nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni о‘qitish jarayonida ular tomonidan tilning turli birliklarining о‘zlashtirilishiga e’tibor qaratilgan. Mualliflar bunday bolalarda klinik alomatlarning jipsligi, ular nutqining kech rivojlana boshlaganligi, sо‘z boyligining kamligini, agrammatizmlar, talaffuz etish fonemalaridagi nuqsonlarni qayd etadilar.

Nutqi tо‘liq rivojlanmaganlik turlicha, ya’ni nutq umuman mavjud emasligidan tortib, nutq buzilishining yengil shakllarigacha bо‘lgan holatlarni qamraydi. Keyinchalik, L.F.Spirova va A.S.Yastrebovalar nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini tuzatishda quyidagi korreksion ishlarni amalga oshirish lozimligini taklif etishadi:

  1. Talaffuzni tuzatish (tovush va sо‘zlar artikulyatsiyasidagi kamchiliklar tuzatiladi, oydinlashtiriladi).

  2. Tovush tahlili va sо‘z sintezini birin-ketin reja asosida rivojlantirish.

  3. Lug‘at va nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish. Ana shu tizim asosida bolalar savodga о‘rgatiladi.

Logopedik yо‘nalishda, xususan, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy rivojlanishi, ularga nutq normalari va qonun – qoidalarini о‘rgatish borasida juda kо‘p izlanishlar olib borgan qator tadqiqotchilar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqiy rivojlanishining о‘ziga xosligini tadqiq etish natijasida ularning lug‘at boyliklari normal rivojlanayotgan tengdoshlari nutqiga qaraganda miqdor, sifat jihatidan orqada qolishini isbotlaganlar.

J.V.Antipovaning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqidagi sо‘zlarning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar tahlil etilgan. Sо‘zning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar sintagmatik va paradigmatik bog‘liqliklarning yetarli darajada shakllanmaganligi, leksik-ma’noviy doiraning tashkil etilishi darajasining pastligi, sо‘zni izlash jarayonining mukammal emasligida namoyon bо‘ladi. Ular leksikasining о‘ziga xosligi, odatdagidek kо‘pgina sо‘z va iboralarni bilmaslik, о‘z fikri ma’nosini aniq yoritib bera oladigan sо‘zni lug‘atidan tanlay olmaslik va nutqda notо‘g‘ri qо‘llash kabi holatlarda kо‘rinadi. Bolalarda uchraydigan kerakli leksemalarni boshqa, о‘zgacha ma’nodagi sо‘zlar bilan almashtirish kabi kamchiliklar sifatida ularda hali ma’noviy tizimning yetarli darajada shakllanmaganligini qayd etish mumkin.


L.F.Spirova neytral leksikadan kelib chiqib, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda uchraydigan kо‘pgina xatolarni tо‘liq yoritib bergan.

Leksik ma’nolarni о‘zlashtirishning kognifikativ yondashuvi T.V.Tumanova tomonidan ishlab chiqilgan. Muallif nutqi tо‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik umumlashtirish shakllanishining о‘ziga xos jihatlarini aniqladi va sо‘z hosil qilish operatsiyasini о‘zlashtira olmaslikning asosiy sabablarini asoslab berdi.

YE.V.Nazarova nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqini psixolingvistik jihatdan tahlil qilib, nutqiy til tuzilmasining barcha bosqichlarida ketma-ket amalga oshiriladigan, umumlashtirilgan leksik-grammatik ma’nolarning yetarli darajada shakllanmaganligini aniqlaydi. Muallif buni narsalarni nomlash va harakat vaziyatlarini aytish kabi psixologik operatsiyani amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, shuningdek, sо‘z tanlash va ularni grammatik tuzilma holatiga keltirishda ishtirok etuvchi paradigmatik va sintagmatik til apparatlarining umumiy tarzda yetarli rivojlanmaganligining natijasi sifatida qayd etadi.

О‘tgan asrdayoq professor R.YE.Levina nutq buzilishlarining eng murakkab qо‘rinishlarini tadqiq etgan holda nutqning barcha tomonlari rivojlanmaganligi bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligini chegaraladi va uni batafsil ta’riflab berdi. Mazkur toifadagi bolalarda tovushlar talaffuzi va fonemalarni ajratish holatining buzilishi yengil yoki og‘ir formada kо‘rinadi. Ular nutqida morfema(о‘zak)lar tizimining yetarli darajada о‘zlashtirilmaganligi, biroq sо‘z о‘zgartirish va sо‘z hosil qilish(yasash) kо‘nikmalarining yaxshi rivojlanganligi, lug‘at boyligining meyorga nisbatan orqada qolishida namoyon bо‘ladi. Tabiiyki, mazkur omillar bog‘lanishli nutq rivojlanishiga salbiy tasir qо‘rsatadi.

Bolalardagi nutq buzilishlarini о‘rganish uzoq yillar davomida о‘zaro hech qanday aloqasi bо‘lmagan “alohida” simptomlarni tavsiflash bilan yakunlanadi. Alohida paydo bо‘lgan nutqiy kamchiliklar mustaqil nuqsonlar sifatida tan olinar edi. Masalan, talaffuz buzilishlari, lug‘at boyligining chegaralanganligi, grammatik qurilish kamchiliklari turli xil kamchiliklarga qо‘shilib keladigan nuqson sifatida qaralar edi. Bu munosabatga R.YE.Levinaning ishlarida katta e’tibor beriladi. U nutq buzilishlarini tilni butun va yagona tizim sifatida kо‘zda tutuvchi tizimli yondashuv asosida о‘rganadi. Har bir anomal nutqiy rivojlanishning sababi va oqibatlari, ularning о‘zaro aloqasi batafsil kо‘rib chiqiladi.

Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqi turli darajada namoyon bо‘lishi mumkin: nutqiy muloqot vositalarining umuman yо‘qligidan to fonetik va leksik-grammatik elementlar rivojlanmagan yoyiq nutqgacha. Korreksion vazifalardan kelib chiqib, nutq rivojlanmaganligini 3 ta darajaga bо‘lish qabul qilingan.

Har bir darajada nutq komponentlarining rivojlanishini susaytiruvchi nutqning rivojlanishidagi asosiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bir darajadan boshqasiga о‘tish yangi nutqiy imkoniyatlar bilan xarakterlanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida biriktirilgan kо‘pgina gaplar alohida, ma’lum darajada sо‘zlarning buzilgan elementlarini aks ettiradi. Bu “sо‘z – konturlar” morfologik qismlarga bо‘linmaydi va predmetli mazmundan boshqa hech qanday qо‘shimcha ma’noga ega bо‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday sо‘z leksik va grammatik jihatdan farq qiluvchi qator sо‘zlarning ma’nosini bildirish uchun ham qо‘llanilishi mumkin. Masalan, “umumiy” sо‘zi bir vaqtning о‘zida “о‘qituvchi”, “о‘qitadi” va shu sо‘zning boshqa grammatik shakllarini anglatadi.

Ma’lumki, meyoriy bolalar nutqida gapning paydo bо‘lishida ham shunday jarayon kuzatiladi. Unda “turli leksik-grammatik turdagi sо‘zlarni hech qanday morfemalarsiz tanlashda chiziqli biriktirish” orqali gap tuzish holatlari (A.A.Leontev) belgilangan. Ammo bu davr uzoq vaqt davom etmaydi. “Bola gap tuzishni boshlagandan keyin, – deb yozadi, A.A.Leontev, - u juda tez ravishda bu gaplar tarkibiga kiruvchi sо‘zlar sonini orttiradi. U, shuningdek, gap tuzish qoidalarini ham egallaydi. Xarakterli tomoni shundaki, normadagi bola mavhum, tushunarsiz, farqlanmagan sо‘zlar konturidan meyordagi nutqiy rivojlanishga, grammatik mazmunni farqlashga, asos va qо‘shimchalarni tо‘g‘ri qо‘llashga tez о‘rganadi” [73; 473-b.]. Bu haqda R.YE.Levina shunday deb yozadi: “Bunda e’tiborga loyiq narsa shundaki, birinchi navbatda talaffuzning aniqligi grammatik qо‘shimchalarda aks etadi. Shu bilan bir vaqtda sо‘zning о‘zak qismi mavhum talaffuz qilinishicha qoladi”.


A.V.Korotkova , YE.N.Drozdova, A.G.Zikeyev , R.I.Lalayeva, N.V.Serebryakova, N.S.Jukova, YE.M.Mastyukova, T.B.Filicheva [66; 57; 70; 54; 78; 117] kabi bir qator olimlar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik jihatdan rivojlanishining ikkilamchi orqada qolishi kuzatilishini ta’kidlab о‘tishadi. Biroq mazkur muammoning о‘ziga xos xususiyatlari hozirda ham logopediyaning kam о‘rganilgan jabhalaridan biri sifatida qolmoqda. Nutqning grammatik jihatdan rivojlanmaslik darajasi nuqtai nazardan mazkur bolalar kategoriyasi simptomatikasining polimorfligi, variativligi (tilning morfologik va sintaktik tizimi shakllanishidagi yengil orqada qolishdan to ekspressiv nutqdagi yaqqol agrammatizmlarda namoyon bо‘luvchi og‘ir darajasigacha) bilan xarakterlanadi.

Nutq rivojlanishi buzilgan bolalarda nutqning grammatik jihatdan shakllanishi aktiv va passiv lug‘atni egallashga qaraganda katta qiyinchiliklar bilan amalga oshadi. Chunki grammatik mazmun leksik ma’no-mazmunga nisbatan doimo mavhum xarakterga egadir. Tilning grammatik tizimi kо‘p sonli til qoidalari asosida tashkil etiladi.

Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda sо‘z о‘zgartirish, sо‘z hosil qilish, gap turlarining grammatik shakllari nutqning meyorda rivojlanishida kuzatiladigan ketma-ketlikdagi singari bosqichma-bosqich rivojlanadi. NTR bolalar nutqni grammatik jihatdan о‘zlashtirishdagi о‘ziga xos xususiyatlar о‘zlashtirish sur’atining sekinligi, tilning morfologik va sintaktik tizimi hamda rasmiy tilga oid semantik tuzilmalar rivojlanishi tartibining izdan chiqishida namoyon bо‘ladi.

Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqiy tajribaning, xususan, faol nutqning yetarli darajada rivojlanmaganligi bola tomonidan ona tili murakkab grammatik tizimining empirik tarzda о‘zlashtirilishining zamini bо‘lmish “til sezgirligi”ning yuzaga kelishiga tо‘sqinlik qiladi. Bu esa, о‘z navbatida, mazkur bolalar kategoriyasi tomonidan grammatik shakllarni tushunishdagi qiyinchiliklarga sabab bо‘ladi.

Nutqiy rivojlanishdagi turli nuqsonlarni о‘z vaqtida о‘rganishda erta tashxis qilish katta ahamiyatga egadir. Nutqiy nuqson qanchalik erta aniqlansa, tibbiy va pedagogik korreksiya ishlari о‘z vaqtida olib borilsa, albatta, bolaning maktabda tо‘liq ta’lim olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik operatsiyalar shakllanishining buzilishi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida oxir-oqibat kо‘plab morfologik agrammatizmlarga olib keladi. Morfologik agrammatizmlarning asosiy mexanizmi shundan iboratki, ular morfemalarni ajratishdagi qiyinchilik va ikkilanishlar, morfemalar ma’nosini uning tovush obrazi bilan moslashtirishda yо‘l qо‘yilgan xatoliklar tarzida belgilanadi. N.S.Jukova, V.A.Kovshikov, L.F.Spirova, YE.F.Sobatovich, T.B.Filicheva, S.N.Shaxovskaya [54; 68; 105; 102; 118; 132]kabi tadqiqotchilarning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida gap tarkibidagi sо‘zlarni notо‘g‘ri qо‘llashda quyidagi holatlar kuzatiladi:

  1. kelishik, egalik qо‘shimchalarini otlar, olmoshlar, sifatlarda notо‘g‘ri qо‘llash;

  2. kelishik va egalik qо‘shimchalarini sonlar bilan notо‘g‘ri qо‘llash (kо‘ylak(ni) ikki(ta) tugmasi yо‘q);

  3. ot, fe’l va olmoshlarni notо‘g‘ri moslashtirish (bolalar chizdi(lar); Ular kelyapti(lar);

  4. о‘tgan zamondagi fe’l qо‘shimchalarini notо‘g‘ri qо‘llash (daraxt yiqil(gan)di);

  5. tushunchalarni notо‘g‘ri qо‘llash (stol tagida, uydan, stakandan).

Amaliy grammatikani egallash jarayonida bolalar nutqida turli-tuman “okkazional” shakllar deb nomlanuvchi agrammatizmlar ham kuzatiladi. Bunda bolalar nutqida ham umumiy, ham xususiy agrammatizmlar(okkazional shakllar) ishlatiladi. Umumiy okkazionalizmlar11 meyoriy nutqiy rivojlanish kabi nutq rivojanishda kuzatiluvchi buzilishlar uchun ham xos xususiyatdir.

T.N.Ushakovaning [112; 78-b.] fikricha, okkizionalizmlarning asosiy nutqiy mexanizmlaridan biri “gipper-generalizatsiya”dir. U chastotali shakllarni ortiqcha umumlashtirish, produktiv anologik shakllar bо‘yicha shakl о‘zgartirish demakdir. Bu hol kо‘pincha, sо‘z о‘zgartirish jarayonida paydo bо‘luvchi asosiy tendensiyalar: turlanish va tuslanishdagi sо‘z о‘zgarishini umumlashtirishda kuzatiladi. S.N.Seytlin [130; 6-b.] fikriga kо‘ra, bolaning nutqni о‘zlashtirishda shakl о‘zgartirishdagi okkazionalizmlarning quyidagi turlarini farqlash mumkin: