Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi.doc
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 02.12.2023
Просмотров: 704
Скачиваний: 13
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
6-МАВЗУ: Naqshband va o‘zbek mumtoz adabiyoti (Mashrab, So‘fi Olloyor, Huvaydo, Xaziniy ijodi misolida).
Хожагон тариқатининг шаклланишида ҳам Шайх Юсуф Хамадоний мактабининг алоҳида ўрни бор. Чунки Ю. Хамадоний таълимоти Хожаи Бузур Абдулхолиқ Ғиждувоний томонидан давом эттирилар экан, Ю. Хамадоний асос солган дастлабки 4 рашқа А. Ғиждивоний томонидан 8 рашҳага етказилган. Булар:
-
"Хуш дар дам" -
"Назар бар қадам" -
"Сафар дар ватан" -
"Хилват дар анжуман" бўлиб, Ғиждивоний улар қаторига: -
"Ёд кард" -
"Боз гашд" -
"Нигоҳ дошт" -
"Ёддашт" каби рашҳалар (томчи) қўйилади.
Хожагон таълимоти ҳақида Фахриддин Али Сафийнинг "Рашаҳоту айни-л-ҳаёт", Муҳаммад Порсонинг "Фаслу-л-хитоб" асарларида бу йўл давом эттирилган. Шунингдек, Амир Темур замонида буюк соҳибқирон ва унинг авлодлари томонидан хожагон тариқатининг пирларига эргашиш туфайли бу таълимот кенгайган. Манбаларда А. Темурнинг 4 пири ҳақида гап боради. Булар: Абубакр Зайниддин Тоибодий, Шамсиддин Кулол, Ҳасан Баҳурзий, Шайх Баҳоуддин Нақшбанд.
Баҳоуддин Нақшбанд томонидан хожагон тариқати давом эттирилиб, аввалги 8 манзил қаторига Нақшбанд томонидан 3 манзил қўшилади. Булар:
-
Вуқуфи замоний -
Вуқуфи ададий -
Вуқуфи қалбий
Бу манзилларнинг шарҳи Муҳаммад Порсонинг "Рисолаи қудсия" асарида акс эттирилган. Бундан ташқари нақшбандийлик таълимоти ҳақида Яқуб Чархийнинг "Рисолаи унсия", Абул Муҳсин Боқирнинг "Мақомоти Хожа Баҳоуддин Нақшбанд", Фахриддин Али Сафийнинг "Рашаҳоту айни-л-ҳаёт" асарларида акс этган.
Бу таълимот жаҳон бўйлаб кенг тарқалган тариқатлардан бири бўлиб, унинг машҳур Ўрта Осиёлик пирлари сифатида Хўжа Аҳрор Валий, Абдураҳмон Жомий, Ғафсул Аъзам, Даҳбидий Косоний ва бошқалар келтирилади.
Ҳазрат Навоий ҳам Жомий воситасида ушбу тариқатга кирган, Бобуршоҳ эса Ғафсул Аъзам Косоний ҳазратларига қўл берган. Улуғ ўзбек шоирлари Сўфи Олоҳёр, Хўжаназар Ҳувайдо, Амирий, Огаҳий ва бошқа ижодкорлар асарларида нақшбанд таълимоти бадиий тимсоллар орқали акс этган.
Нақшбандийлик тариқати нафақат Марказий Осиёда, балки барча ислом мамлакатларида энг кенг тарқалган тариқат ҳисобланади.
Хожагон тариқати XIV асрдан бошлаб нақшбандийлик номи билан юритила бошлади. Бу таълимотнинг асосий шиорлардан бири "Дил ба ёру даст ба кор" - "Дил Оллоҳ билан, қўл меҳнат билан" бўлиб, унинг моҳияти ўз ҳалол меҳнати билан кун кўришликни ташкил этади.
Нақшбандийлик таълимотининг асоси Абулмуҳсин Муҳаммад Бобурнинг "Мақомоти Хожа Баҳоуддин Нақшбанд" асарида акс этган бўлиб, унда тариқат йўли, дарвишлик сифати, аҳвол ва ахлоқлари баёни зикр қилинган.
Алишер Навоий лирик оламида тасаввуф. Ғазалларида тасаввуфий тимсоллар. Қитъа ва рубоийларининг тасаввуфий жиҳатлари. “Назму-л-жавоҳир”да Ҳазрат Алига издошлик. “Арбаин”да Ҳадис намуналари мазмуни. Алишер Навоий ва муножот жанри.
Хамсачилик анъаналари доирасида тасаввуф. “Хамса” достонларидаги тимсолларнинг тасаввуфий талқинлари. “Хамса”да комил инсон чизгилари.
“Лисону-т-тайр”да Ибн Сино ва Фаридиддин Аттор фалсафасига муносабат. Рамзий тимсоллар ва тасаввуфий мақомлар.
“Насойиму-л-муҳаббат”да турк машойихлари талқини. “Ситтаи зарурия” тасаввуфий қасидалар мажмуаси сифатида.
XVI асрдан бошлаб нақшбандийлик тариқати ҳам янгиланиш даврига кирди. Бу жараёнда мутасаввиф шоир Сўфи Оллоҳёрнинг қатор рисолалари айниқса, "Маслак ул-муттақийн" ("Тақводорлар маслаги") асари муҳим роль ўйнади. Янгиланган нақшбандийлик нафақат Туркистонда, балки бутун ислом олами орқали тарқала бошлади. ХХ аср бошларига келиб, янги ижтимоий шароитда бу тариқат давомчилари мустамлакачиларга қарши кураш йўлини тутдилар. Бу жиҳатдан Муҳаммад Али Эшоннинг "Ибрат ул-ғофилий" ("Ғофилларга ибрат") ва "Мақомоти Муҳаммадали Эшон" асарларида давом эттирилди. Ушбу тариқат ҳозирги кунда ҳам Марказий Осиёда ва бир қатор ислом мамлакатларида давом эттирилмоқда.
XU asrda Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan yirik murshidi, temuriy podshohlarning katta nufuzga ega bo‘lgan ma’naviy rahnamosi Xoja Nosuriddin Ubaydulloh Ahrori Vali (q.s.) inson dilining taalluqli bo‘lishi xususida o‘zining ma’rifiy fikrlarini bayon etadi.
Insondagi barcha yuksak xislat va fazilatlari uning qalbi holatiga bog‘liq bo‘lib, qalbning qo‘riqchisi aqldir. Aql yaratilishda malakutiy, ya’ni farishtasifat bo‘lib, nuroniy va pokiza tabiati bilan qalb uyini nopoklikdan muhofaza qilib turadi. Agar inson xilqatini tashkil etuvchi to‘rt unsur mutanosibligi buzilib, tanda illat paydo bo‘lsa - buning natijasida nurdan iborat bo‘lgan aql xira tortadi. Qo‘riqchisi sust bo‘lgan qalb uyiga esa nosog‘lom tafakkur yo‘l topadi. Mirzo Abdulqodir Bedil “CHor unsur” asarida insonda uch quvvat – jismoniy quvvat, aql-idrok quvvati va ruhiy quvvat mujassam bo‘lsagina, u oliy maqsadga erisha oladi, deb ta’lim beradi.
Go‘dak ulg‘aya borgan sari o‘zi yashayotgan olamni, atrof-muhitni yaxshiroq idrok etar ekan, aqli kamolga etganda uni dunyoga keltirgan ota-onasini, ularning fazilatlarini, ixlosu e’tiborlarini chuqurroq his etadi va ularga mehr qo‘yadi. Farzandi uni tushunganini, qadrlaganini va mehr qo‘yganini ko‘rish ota-onaning oliy maqsadlaridan biri. Butun olamlarning yaratuvchisi bo‘lmish Parvardigori oliyning insonni mehr bilan yaratishdan maqsadi ham unga o‘zini tanitish, undan buyuk ixlos va sadoqat ko‘rishdan iboratdir. Shu ma’noda, xususan, Qur’oni Karimning “Vaz-z-zoriyot” surasi, 56-oyati karimasida shunday marhamat qilinadi: “Mo xalaqtul jinna val insa illa liya’buduni” (Mazmuni: “Men jinlarni va odamlarni o‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim”)
28. Demak, muvaqqat hayot berilgan inson ham o‘zini mehr bilan parvarishlagan ota-onasiga qanchalik vafo va sadoqat ko‘rsatsa, uning uchun butun olamlarni yaratgan, hayot va rizq bergan, to‘g‘ri yo‘l va ilm bergan, azaldan mavjud va abadiy bor bo‘lgan Parvardigori olamga undan-da buyuk va ta’rifga sig‘mas sadoqat va muhabbat namunasini ko‘rsatmog‘i lozim. Binobarin, aqli kamolot darajasida bo‘lgan etuk insonlarning oliy maqsadlari ham muhabbat, qurbat edi. Bu muhabbat ko‘zni quvontiruvchi go‘zal ko‘zaga emas, balki uni yasagan ko‘zagarga, qalbga zavq-shavq beruvchi mukammal olam ashyolariga emas, balki ularni buyuk hikmat va betimsol san’at bilan yaratgan Yaratguchiga yo‘nalgan edi. Pokiza muhabbat esa ibodatlarning eng afzalidir.
Hazrat Xoja Ahrori Vali o‘zlarining “Volidiyya” asarlarida yuqorida keltirilgan oyati karima tafsirida shunday yozadilar: “Mufassirlarning aytishlaricha, oyatdagi ibodatdan murod ma’rifatdir, chunki, ibodat zohiriy amallarga taalluqlidir. Ammo, uni zohirga ta’yin qilinsa, to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki, xilqat (yaratish)dan murod faqat zohir amallar emas, balki zohiriy amallar ma’rifatga tobe’dur va maqsud aslida shudur”.29
Ma’rifat – dildagi ilm, mushohada va maqsad yo‘lidagi kuchli iroda majmuidir. Bu Haqni tanish yo‘lidagi eng yuksak daraja va eng yaqin yo‘l. Ammo bu maqom Haqni tanishdagi quyi darajalar – ibodat (shariat ilmi), aql-idrok (zohiriy, naqliy ilm) tufayli hosil bo‘ladi.
Boshqacha aytgana, dildagi – ichkaridagi ma’rifatning tashqaridagi qo‘riqchilari ibodat va zohiriy ilm qudratidir. Ammo, so‘fiylar YAratguchining ularga marhamati bo‘lmish ma’rifatni qanchalik pinhon saqlamasinlar, uning nuri ularning yuzlarida, ko‘zlarida, so‘zlarida aks etib turadi. Dildan tashqaridagi bu in’ikosni (oshkoralikni) yana aql nurlari ihota etadi va muhofaza qiladi. Shuning uchun ma’rifatli inson yuzidagi nurni hamma ham ko‘ra olmaydi.
Xalq bo‘lishdan (yaratilishdan) murod ma’rifat ekan, Hazrat Xoja Ahrori Vali (r.a.) juda yoshliklaridanoq o‘zlarini dil qo‘riqchilarining tabibi emas, balki dil uyining tabibi sifatida bashorat etadilar. Hikoya qilishlaricha, yosh vaqtlarida Shayx Abu Bakr Qaffoli Shoshiy mozorlarida Hazrati Iso (a)ni tushlarida ko‘radilar va o‘zlarini ularning qadamlari (izlari)ga tashlaydilar. Ul zot (a) Hazratning boshlarini tuproqdan ko‘tarib, “G‘am emagil, biz seni tarbiyat eturmiz”, deydilar. Bu tush ta’biri haqida ba’zi do‘stlariga so‘zlaganlarida, ular “senga tib ilmidan nasiba bo‘ladi”, deydilar. Hazrat bu ta’birga rozi bo‘lmaydilar va shunday deydilar: “Sizlarning ta’biringizga roziligim yo‘qtur, man vajhi digar bila ta’bir etdim, va ul ta’bir ul tururkim, Hazrati Iso (a) mazhari ihyo bila zohir bo‘lsa, oyturlar “Isaviy al-mashhad turur”. Vaqtekim, alar bu faqirning tarbiyatini o‘zlariga oldilar, bu faqirda qulubi mayyitalarni ihyo etmak sifati hosil bo‘lur”.30
“Qulubi mayyita” – o‘lik qalblarni “ihyo etmak” – tiriltirmak tabobatning asl maqsadidir. Hazrat Xoja (r.a.) tabobatning quyi darajasi, ya’ni, tan shifokorligi bilan shug‘ullanishga qanoatlanmay (bunday shifoga inson qatorida boshqa barcha tirik jonzot ham muhtoj), YAratgan tasarrufida bo‘lgan insonlar qalblariga e’tibor qilishga, o‘lik qalblarni tiriltirishga hayotlarini bag‘ishlaganlar.
“Rashahot”da keltirilishicha, Hazrati Xoja (r.a.) o‘n ikki yoshlarida ekanlarida hamma ogohlik bilan hayot kechiradi, deb o‘ylar ekanlar: “Gumon etar erdimki, Haq subhonahu taolo xalqlarning hammasini bul vajhda yarotub tururkim, ondin g‘ofil bo‘lmaslar”.31 To shariat jihatidan balog‘atga etmagunlaricha, shunday fikrda bo‘lganlar. Ammo, keyinroq ul zotga ma’lum bo‘ladiki, ogohlik YAratganning inoyati bo‘lib, bu martaba ba’zilarga maxsus, ba’zilarga riyozat va ba’zilarga ko‘p harakat va mehnat bilan muyassar bo‘lar, ba’zilarga umuman muyassar bo‘lmas ekan.
Hazrat Xoja (r.a.) hali naqshbandiya tariqatiga rasman kirmayoq, yoshliklaridanoq, g‘ofil qalblarni uyg‘otish va ularda ma’rifatni zargarona naqsh etishni niyat qiladilar. Bu niyatlari shunday amalga oshadiki:
Xizmatidin har kishi ogoh o‘lub,
Garchi gado ma’ni ila shoh o‘lub...
Yo‘qki mamolikka nigahbon o‘lub,
Barcha salotun uza sulton o‘lub...32
Hazrat ma’rifat tarbiyasida dil holiga alohida e’tibor qaratadilar. O‘zlarining “Risolai havroiyya” asarlarida dilni jannat bog‘iga qiyos qiladilar: “Dilga jannat nomi berilgan xabarlar bunga dalildir, zero, haqiqatan dilni jannatga qiyoslasa bo‘ladi. Ammo dil bihishtiga tabiat do‘zaxidan o‘tmaguncha etmaysan”.33
Inson shunday yaratilganki, deydilar Hazrat “Volidiyya”da, uning qalbi taalluqsiz emas. Ya’ni, unda Haq bo‘lmasa, g‘ayr bo‘ladi, g‘ayr ketsa Haq qoladi. Dil bo‘sh turmaydi. Barcha haqiqat haqida so‘z yurituvchilar bir fikrda yakdillarki, ma’rifat Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallamga tobe’liksiz hosil bo‘lmaydi. Tobe’ bo‘lish esa tobe’ bo‘lish zarur bo‘lgan narsani bilishga bog‘liq. Payg‘ambar alayhissalomning esa so‘zlari, fe’llari va hollari bor. Ul zoti sharifning (a) so‘zlari tilga bog‘liq, fe’llari zohirga bog‘liq, hollari esa botinga bog‘liq.
Demak, kamolotga intilgan inson dilida basharning yagona komil farzandi va uning barcha sifatlarini kasb etish uchun intilish bo‘lmog‘i lozimdir.
Alisher Navoiy badiiy uslubi imkoniyatlari.
Алишер Навоий ислом динининг моҳиятан инсонсевар, комил инсон ва комил инсоний жамият тарбиясига хизмат қилувчи илм еканлиги учун ҳам ўзининг барча қизиқишлари калитини ундан излади. Навоий тасаввуфий дунёқарашининг фалсафий заминини ташкил етувчи вужудуюн (пантеизм) таълимотида таъкидланганидек, Аллоҳ таолонинг ҳусну жамоли, куч-қудрати ва ҳикмати биз кўриб, идрок етаётган оламда ёйилгандир, деб тушунди.
Алишер Навоий ўзининг бутун илмий ва бадиий ижодида, давлат арбоби сифатидаги сиёсий-ижтимоий фаолиятида ислом сарчашмалари бўлмиш Қуръони Карим ва ҳадиси шарифлардаги умумбашарий илғор ғояларга таянади, тасаввуф назарияси, унинг илмий-ғоявий асоси бўлмиш вужудуюн таълимотини чуқур ўрганди ва тарғиб етдики, бу нарса файласуф шоирни мутасаввуф олим сифатида ҳам шакллантирди. Буюк шоир Шарқ уйғониши жараёнида юзага келган енг илғор ижтимоий-фалсафий ҳамда бадиий тафаккур ютуқларини ўз асарларида бой фалсафий мазмун ва гўзал бадиий нафосат уйғунлигида диний заминда ўқувчисига тақдим етди. Улуғ мутафаккирнинг маърифий мазмундаги насрий асарлари заминида ҳам ислом илми тарғиб етган ҳикматлар ва улар борасидаги шоирнинг илмий мушоҳадалари ётади.
Навоий замондошлари каби адолатни, ҳалолликни, юксак ахлоқни ҳимоя қилади ва ўзининг «Насойим ул-муҳаббат», «Мажолис ун-нафоис», «Маҳбуб ул-қулуб», «Тарихи анбиё ва ҳукамо», «Муножот», «Назм ул-жавоҳир», «Арбаъин», «Сирож ул-муслимийн» каби маърифий асарларида шахснинг комил инсон сифатида шаклланиши учун қай тарзда тўғри фикр юритиши, нималардан ўзини тийиши ва қандай инсоний фазилатларга интилиши кераклигини юксак бадиий маҳорат билан тасвирлаб беради.
Навоий ижодининг асосини Қуръони Каримдаги илоҳий кўрсатмалар ташкил етади ва бу якдиллик ва уйғунлик унинг барча асарларида етук бадиий маҳорат билан акс етади.
Низомиддин Амир Алишер Навоий ўзининг насрий-маърифий асарларида мароқли ҳикоятлар, бетакрор тимсоллар, рангдор бадиий лавҳалар орқали ифодаланган тасаввуф таълимоти, исломий маданият ва маърифат унсурларини тадқиқ етиш улуғ шоирнинг диний дунёқарашини, унинг суфийлик ва вужудуюн фалсафий қарашларини илмий ёритишга хизмат қилади.
Алишер Навоийнинг тасаввуфий, фалсафий, ижтимоий фикрлар мажмуасидан иборат бўлган «Хамса» достонлар туркумида инсон масаласи марказий ўринда туради. Инсонга бўлган муносабат еса ҳар бир давр тақозосига кўра ўзгариб туради. Навоий «Хамса»сига бағишланган илмий ишларда, дарсликларда шоир достонларининг фақат ижтимоий моҳиятига еътибор қаратилиб, биринчи қисм, яъни ҳамдлар, наътлар, муножотлар, меърожномалар ва суфийларга бағишланган боблар назардан четда қолиб кетган. Ваҳоланки, достонларнинг бу саҳифаларида комил инсон консепсиясининг суфиёна талқини берилган. «Ҳайрат ул-аброр»да, жумладан, одамнинг яратилиши, инсон хилқати ва унинг ахлоқий-ижтимоий вазифалари хусусида сўз юритилади. Шоирнинг инсон ҳақидаги қарашлари ислом Пайғамбари алайҳиссалом ва шайхлар, суфийлар ҳақидаги қарашлар билан ҳамоҳанг. Навоий «ҳайрат»ларида кўнгулнинг сайру саёҳати тасвирланган. Шоир ҳамд, наът ва муножотларда суфий ахлоқи тасвиридан умуминсоний ахлоққа ўтади ва гуманистик фикрларни баён етади.
Навоий дунёни ва Илоҳни тасаввуф ва тариқат ғоялари орқали идрок етади ва бу унинг «Ситтаи зарурия» деб номланган форсий қасидаларида ҳам ўз ифодасини топган.
Шоирнинг «Лисон ут-тайр» достони еса ўрта аср ҳақиқат изловчиси учун ёзилган илмий ва амалий дастурдир. Бу достон ҳамд, муножот, наът ва меърожнома билан бошланади ва ўз ижодкори илмий-ирфоний дунёқарашининг бадиий лавҳаларидан иборатдир.
Shoir devonlaridagi hamd va na’tlar, so‘fiylik ruhida yozilgan she’rlar VIII asrlardayoq Sharqda keng tarqalgan va hozirgi kungacha davom etib kelayotgan so‘fiylik falsafasini o‘rganish nuqtai nazaridan, shuningdek, hazrat Alisher Navoiyning bu diniy-irfoniy oqimga munosabatini belgilash jihatidan ham g‘oyatda boy material bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, Alisher Navoiy Mavlono Fariduddin Attor, Xoja Ahmad Yassaviy, adib Ahmad, Shayx Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Shayx Sa’diy, Xoja Hofiz Sheroziy adabiy meroslaridan chuqur bahramand bo‘lgan shoirdir. U pirlari Bahovaddin Naqshbanddan bilvosita, Xoja Ubaydulloh Ahror Vali, Nuriddin Abdurahmon Jomiylardan bevosita so‘fiylik ta’limoti haqida ta’lim olgan shoirdir. Shuning uchun ham shoirning aksariyat she’rlarida ana shu ta’limotning o‘zak masalalarini tushunishga imkon beruvchi bayt va parchalar ko‘plab uchraydi. Alisher Navoiyning dunyoqarashiga ko‘ra, adabiy tafakkur insonning katta jismoniy, ruhiy mehnatlarning zahmatini chekib, o‘zini har tomonlama poklab erishadigan bashariy boyligidir. Bu tafakkurga shu dunyoning o‘zida ham etishish mumkin va lozimdir. «Lison ut-tayr» dostonida safar zahmatlarini boshidan kechirib, abadiyat, haqiqat izlab oliy dargohga etib borgan o‘ttizta qush timsolida adolatli va farovon hayot izlovchilar o‘zlarini ko‘radilar. «Saddi Iskandariy» dostonida o‘zi okeanda yashab, yana suv axtarib halok bo‘lgan baliq haqidagi qissa ham biz ko‘zda tutayotgan ma’rifiy dunyoqarash ruhidadir. Alisher Navoiy juda ko‘p she’rlarida insonni o‘zi yashab turgan zaminda haqiqatga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlari bilan so‘fiylik ta’limotining tarkidunyochilikni rad etuvchi bir qirrasiga munosabat bildiradiki, bu buyuk shoirning SHarq falsafasi taraqqiyotiga qo‘shgan qimmatbaho ulushidir. “Tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan o‘ziga xos ta’limotdir, - deb yozadi N. Komilov, - Ammo, shunisi borki, sufiylar o‘zlarini ba’zi hollarda faylasuflarga va kalom ahli (shariat ilmi ulamolari)ga qarshi qo‘yib kelganlar. Nega? Chunki, kalom ahli Qur’on oyatlari, Payg‘ambar (a) hadislarini zohiran o‘rganish, olam yaratilishi va tuzilishini aynan diniy tasavvurlar bilan tushuntirishdan nariga o‘tmas, islomni ham, iymonni ham aql bilan qabul qilish va ahkomlarning rasm-rusumlari, odatlarini mustahkam saqlash uchun kurashganlar. Shu bois sufiylar ahli kalomni “muqallidlar”, ya’ni o‘tganlarga taqlid qiluvchilar, quruq aqidaparastlar deb ataganlar... Tasavvufdagi o‘ziga xoslik esa dunyoga antropotsentrizm nuqtai nazaridan qarashda ko‘rinadi. Ya’ni,insonni “olam mehvari” deb bilish, olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, o‘zgarish-yangilanishlarni insonda mushohada etish va inson orqali tushuntirishda namoyon bo‘ladi.”